28.03.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Allergiya belgilari

Allergiya eng keng tarqalgan surunkali kasallik hisoblanadi. Ushbu kasallikning ba’zi shakllari dunyo aholisining 10 dan 40 foizigacha ta’sir qiladi va 2025 yilga kelib bu kasallikka chalinganlar soni 50 foizgacha oshishi mumkin.
Allergiyani aniqlash oson, degan stereotip mavjud. Yoshlangan ko‘zlar, burun bitishi, toshmalar — haqiqatan ham, bu allergiyaning eng keng tarqalgan alomatlari hisoblanadi. Biroq bu kasallikning boshqa belgilari ham bor. Lifehacker nashri ko‘p hollarda e’tiborsiz qoldiriladigan allergiya belgilari haqida ma’lumot berdi.
Yorilgan lablar
Og‘iz orqali nafas olish odati labning qurishi va yorilishiga olib keladi. Ko‘pincha labdagi yoriqlar allergiya bilan og‘rigan bemorlarda seziladigan ilk alomat hisoblanadi.
Qorin og‘rig‘i
Klivlend klinikasi ma’lumotlariga ko‘ra, muntazam, yengil qorin og‘rishi oziq-ovqat mahsulotlariga allergiya borligining nisbatan keng tarqalgan, biroq ko‘pincha e’tibordan chetda qolgan alomati hisoblanadi.
Og‘riq sababi — allergen bilan aloqa qilishda oshqozon-ichak traktida ishlab chiqariladigan gistaminlar.
Ko‘z ostidagi qora doiralar
Sinuslarda allergik shish ko‘z ostidagi kichik kapillyarlarda qonning turg‘unligiga olib keladi. Qon tomirlari kengayadi, qorayadi va ko‘z atrofidagi eng nozik teri ostida ko‘rinadigan bo‘ladi.
Hid sezishning yo‘qolishi
Agar allergiya bilan bog‘liq burun bitishi davolanmasa (masalan, buni sezmaslik va og‘iz orqali nafas olishga odatlanmaslik), bu holat yomonlashishi yoki hatto hid sezish qobiliyatining yo‘qolishi — anosmiyaga olib kelishi mumkin.
Ta’m sezuvchanligining pasayishi
Ta’mni his qilish qobiliyati hid sezish hissi bilan chambarchas bog‘liq. Agar hid sezish bilan muammoga duch kelsangiz, unda ta’m bilish qobiliyati ham yo‘qoladi.
Siz bilvosita belgilar bilan ta’m sezuvchanligining pasayishini sezishingiz mumkin. Masalan, taomingiz ta’mini yaxshilash uchun tuz va murchni oldingidan ko‘ra tez-tez ishlata boshlaysiz.
Hirillagan ovoz
Jiddiy allergiya vokal traktini siqadi. Bu ovozning bo‘g‘ilishiga olib kelishi mumkin. Agar paydo bo‘lgan tovush 7-10 kun ichida o‘zgarmasa, terapevt qabuliga borish kerak.
Allergiya belgisi sababsiz quruq yo‘tal bilan paydo bo‘lishi mumkin, undan hech qanday tarzda qutulolmaysiz.
Xavotirlanish, tashvishlanishning kuchayishi
Anafilaktik shok, allergik reaksiyaning og‘ir shakli, ba’zida vahima hurujiga o‘xshaydi. Agar muntazam ravishda vahima hurujlarini boshdan kechirsangiz va ularga nima sabab bo‘layotganini tushunmasangiz, atrofingizdagi muhitga e’tibor bering.
Vahima shaxsan siz uchun xavfli bo‘lgan allergenning organizmga javobi bo‘lishi mumkin. Agar o‘zingizda allergiya bor deb o‘ylasangiz, shifokoringiz bilan bog‘laning va unga sizga shubhali ko‘rinayotgan alomatlar haqida batafsil aytib bering. Shifokor sizni tekshiradi, turmush tarzingiz, ovqatlanishingiz, yomon odatlaringiz haqida so‘raydi. U katta ehtimol bilan boshqa kasalliklar yo‘qligini aniqlash uchun bir qator testlarni o‘tkazishni taklif qiladi.
Agar terapevtga yashirin allergiya haqidagi taxmin o‘rinli bo‘lib tuyulsa, boshqa mutaxassis — allergist qabuliga borasiz va uning rahbarligi ostida tanangizda haddan tashqari noqulaylik reaksiyasini keltirib chiqaradigan moddani topish uchun allergenlar uchun sinovdan o‘tasiz.
67140cookie-checkAllergiya belgilari