QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA
KISLOTA ASKORBINOVAYA
ACIDUM ASCORBINICUM
Preparatning savdo nomi: Kislota askorbinovaya
Taʼsir etuvchi modda (XPN): Askorbin kislotasi (ascorbic acid).
Dori shakli: Inyeksiya uchun eritma.
Tarkibi:
Faol modda: Askorbin kislotasi 50,0 g.
Yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, natriy sulfiti, inyeksiya uchun suv.
Taʼrifi: Tiniq, rangsiz yoki biroz boʻyalgan suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Vitamin.
Farmakologik xususiyatlari
S vitamini biologik oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi. U hujayra ichidagi asosiy modda prokollagen va kollagenni sintezi va bir maromda ushlab turish uchun asosiy komponent hisoblanadi. Organizmda S vitamini degidroaskorbin kislotasiga oksidlanadi va tirozin, fenilalanin, noradrenalin metabolizmiga va baʼzi ferment tizimlariga taʼsir qiladi; u shuningdek folat kislotasini folin kislotasiga aylanishiga, uglevodlar metabolizmiga, organizmning infeksiyalarga chidamliligi, hujayralar nafasi, lipidlar, proteinlar, karnitinlar, steroidlar sinteziga, immun faoliyatiga taʼsir qiladi.
Farmakokinetikasi
S vitamini tana toʻqimalarida keng tarqaladi va jigarda metabolizmga uchraydi. S vitamini va uning metabolitlari siydik bilan chiqariladi.
Qoʻllanilishi
- S vitaminining tanqisligini oldini olish va davolash.
- temir preparatlari bilan birga temir tanqisligi anemiyasida yordamchi vosita sifatida va idiopatik metgemoglobinemiyani davolashda qoʻllanadi.
Preparatni, shuningdek infeksion kasalliklar va intoksikatsiyalarda, jigar kasalliklari, jarohat va suyak sinishlarini sekin bitishi, distrofiyalar; yuqori jismoniy faoliyatda, aqliy zoʻriqishda, homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanadi.
Qoʻllash usuli va dozalari
Mushak ichiga va vena ichiga – 1-5 ml 5% eritma, zaharlanishlarda – 60 ml gacha. Maksimal dozasi – 1-2 g.
Nojoʻya taʼsirlari
- S vitaminining yuqori dozalari diareya va siydikni kislotali muhitga oʻtishida toshlar hosil boʻlishi bilan oksalat va uratlarni choʻkmaga tushishini chaqirishi mumkin.
- Mushak ichiga yuborilgan joyda vaqtinchalik yengil ogʻriq.
- Vena ichiga tez inyeksiyasi vaqtinchalik xolsizlik yoki bosh aylanishini chaqirishi mumkin.
S vitaminini kuniga 2-3 g dan ortiq uzoq muddat isteʼmol qilishdan keyin singa simptomlari paydo boʻlishi mumkin.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Askorbin kislotasiga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Gormonal kontratseptivlar bilan bir vaqtda qoʻllaganda askorbin kislotasini soʻrilishi kamayadi. Ishqoriy ichimliklar, yangi meva yoki sabzavot sharbatlari askorbin kislotasini soʻrilishini kamaytiradi. U penitsillinni soʻrilishini oshiradi, antikoagulyantlarning taʼsirini kamaytiradi, salitsilatlarni buyurishda kristalluriyani rivojlanish xavfini oshiradi. Deferoksamin bilan davolashning boshida S vitaminini buyurish yurakka nisbatan temirning toksikligini oshirishi mumkin.
Ogohlantirishlar: temir tanqisligi holatlarida askorbin kislotasi temirni soʻrilishini kuchaytiradi. Bir shprisda qoʻllaganda S vitaminini V12 vitamini bilan farmatsevtik nomutanosibligi kuzatiladi. S vitaminining inyeksiyasi G penitsillinining kaliyli tuzi bilan nomutanosib.
Maxsus koʻrsatmalar
Qonni yuqori ivishi, tromboflebit va trombozlarga moyillik, podagra, shuningdek qandli diabeti boʻlgan bemorlarga S vitaminining yuqori dozalarini buyurish mumkin emas. S vitaminining yuqori dozalarini uzoq muddat qoʻllaganda meʼda osti bezining insulyar apparatining faoliyati susayishi mumkin, shuning uchun davolash jarayonida meʼda osti bezining faoliyatini muntazam nazorat qilish kerak. Askorbin kislotasining kortikosteroid gormonlarni hosil boʻlishiga ragʻbatlantiruvchi taʼsiri sababli, yuqori dozalar bilan davolashda buyrak faoliyati va arterial bosimni nazorat qilish kerak.
Askorbin kislotasi kimyoviy qaytaruvchi modda sifatida turli laborator sinamalar: qonda glyukoza, bilirubin miqdori, jigar transaminazalari faolligi, laktat degidrogenazaning natijalarini oʻzgartirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri.
Homiladorlik vaqtida askorbin kislotasining yuqori dozalari yuborish yangi tugʻilgan chaqaloqlarda singa paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.
S vitamini ona suti bilan ajraladi, ammo preparatni normal dozada har kuni isteʼmol qilgan hollarda hech qanday muammo tugʻilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Meʼda-ichak yoʻllari shilliq qavatini taʼsirlanishi (koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi), siydik toshlarini hosil boʻlishi, rux, mis almashinuvini buzilishi, markaziy nerv tizimi qoʻzgʻaluvchanligini oshishi, uyquni buzilishi, mikroangiopatiyalar rivojlanishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Inyeksiya uchun eritma 5%, 10 ampuladan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi va ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, hona haroratida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
1 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept boʻyicha.
Mavzuga aloqador
Endomarine kids – tabiiy vitamin va mineral kompleks
Detacsion ( Detaksion ) balm haqida ma’lumot – tarkibi, foydasi va zarari, narxi qancha .
Vitaminlar nomlanishi