25.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Bel og’rig’i qaysi kasalliklar belgisi ?

Bu mavzu ko‘plar uchun, ayniqsa, harakatsiz turmush tarzi bilan kun o‘tkazadiganlar, masalan, uzzukun ofisda stulda o‘tirib ishlaydiganlar uchun dolzarbdir. Ko‘pincha og‘riq bel yoki bo‘yin sohasida paydo bo‘ladi. Yaxshi hordiqdan so‘ng yo‘qoladi. Biroq bu jiddiy kasallikning alomati ham bo‘lishi mumkin.

Bel og‘risa, kimga murojaat qilish kerak: sababni aniqlash

Og‘riqning intensivligidan qat’i nazar, darhol tibbiy muassasaga murojaat qilishingiz kerak. Faqatgina mutaxassis aniq tashxis qo‘yishi va tegishli davolanish kursini buyurishi mumkin. Dori-darmonlarni o‘zbilarmonlik bilan tayinlab, qabul qilish holatшning yomonlashishiga va kasallikning kuchayishiga olib kelishi ehtimoldan holi emas.

Bel og‘rig‘ining eng keng tarqalgan sabablari:

  • skolioz, disk churrasi, osteoxondroz va umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq boshqa muammolar;
  • yallig‘lanish jarayonlari;
  • o‘pka, buyraklar, yurak va boshqa ichki organ kasalliklari.

Kasallik sababini mustaqil aniqlashga urinmang. Bel og‘riganda kimga murojaat qilish kerakligi bo‘yicha tibbiy muassasa yo‘llanma beradi.

Bel og‘rig‘i: qaysi shifokorga uchrash kerak?

Bel og‘riganda quyidagi mutaxassislardan biri yordam berishi mumkin:

  • bu umurtqa pog‘onasi kasalliklariga ixtisoslashgan shifokor. Kasallikni aniqlash uchun ultratovush, rentgen, MRT yoki kompyuter tomografiyasi qo‘llaniladi. Maxsus ko‘nikmalar tufayli shifokor muayyan kasalliklarni qanday davolashni aniq biladi. Qayta tiklanish uchun dori-darmonlarga qo‘shimcha ravishda fizioterapiya mashqlari va boshqa muolajalar buyuriladi;
  • Nevrolog — bu shifokor tor mutaxassislikka ega bo‘lmasa-da, kasallikning sababini aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, nevrologga murojaat qilish, vertebrolog bilan uchrashishdan ko‘ra birmuncha osonroqdir;
  • Nefrolog va urolog. Agar orqa miya bilan bog‘liq patologiyalari og‘riqqa sabab emas deb topilsa, ular bilan bog‘lanish kerak;
  • Terapevt dastlabki sababni aniqlashga yordam beradi va kerakli mutaxassisga yuboradi.

Bel og‘riyotgan bo‘lsa, qaysi shifokorga murojaat qilishni hal qilishdan oldin, og‘riq to‘satdan harakatlar yoki haddan tashqari jismoniy zo‘riqishning natijasimi yoki yo‘qligini aniqlang.

Og‘riq muammoga olib kelmasa ham, maslahat uchun darhol tibbiy muassasaga murojaat qilishingiz kerak. Yengil og‘riq dastlabki bosqichda davolanishi mumkin bo‘lgan patologiyaning rivojlanishini ko‘rsatishi mumkin. Mutaxassis normal hayotga qaytishga yordam beradi.

66270cookie-checkBel og’rig’i qaysi kasalliklar belgisi ?