Bolalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish nafaqat sog‘liqni saqlash, balki ularning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun ham nihoyatda muhim. Omega-3 va yod kabi muhim moddalar yetarli darajada qabul qilinmasa, farzandingiz diqqatni jamlash va xotira bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirishi mumkin. Ushbu moddalarning tanqisligi rivojlanishda ortda qolish va umumiy sog‘liq muammolariga olirb kelishi mumkin.
Omega-3 — Miya faoliyati uchun zarur
Omega-3 yog‘ kislotalari bolaning miyasi uchun asosiy “yoqilg‘i” hisoblanadi. Ayniqsa, DHA omega-3 yog‘ kislotasi miya hujayralarining normal ishlashi uchun zarur bo‘lib, bolalar diqqatini jamlash va yangi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyatini yaxshilaydi. Agar bolangiz tez-tez chalg‘iydigan yoki yangi ma’lumotlarni qabul qilishda qiynalayotgan bo‘lsa, bu omega-3 yetishmovchiligining belgisi bo‘lishi mumkin.
Omega-3 ning foydalari:
➖ Diqqatni jamlash va o‘quv qobiliyatini oshiradi;
➖ Xotirani mustahkamlaydi va o‘rganish jarayonini tezlashtiradi;
➖ Xulq-atvordagi ijobiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yod — bolaning aqliy rivojlanishi uchun muhim
Yod yetishmovchiligi ham bolaning diqqat va xotirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qalqonsimon bez gormonlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan yod, bolaning asab tizimi va miyasi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Yod yetishmasligi aqliy rivojlanishdagi orqada qolish va xotira bilan bog‘liq qiyinchiliklarga olib keladi.
Yodning asosiy foydalari:
➖ Aqliy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi;
➖ Xotirani kuchaytiradi va intellektual qobiliyatlarni rivojlantiradi;
➖ Miya va asab tizimining sog‘lom ishlashini ta’minlaydi.
Bolalar uchun tabiiy va samarali yordam
Bolaning sog‘lom rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan omega-3 va yod yetishmovchiligini bartaraf etish uchun GENNY BOX eng samarali yechimlardan biri. Ushbu 100% tabiiy mahsulot farzandingizning aqliy va jismoniy salohiyatini to‘liq rivojlanishiga yordam beradi.
Nega aynan GENNY BOX ?
➖ Omega-3 va yod yetishmovchiligini tezda bartaraf etadi;
➖ Diqqatni jamlash va xotirani yaxshilaydi;
➖ Ko‘rish qobiliyatini oshirib, ko‘zdagi charchoqni kamaytiradi;
➖ Aqliy va jismoniy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu mahsulot omega-3 va yod yetishmasligidan kelib chiqadigan barcha muammolarni hal qilishga yordam beradi va farzandingizning o‘qish jarayonida muvaffaqiyatlarga erishishiga yordam beradi.
Batafsil ma’lumot uchun:
https://numa-kids.uz/genny-box
Mavzuga aloqador
Bolalarda va kattalarda sababsiz tana harorati ko’tarilishi sababi nima ?
Ich o’tishi ( diareya ) sabablari va davosi. Ich o’tganda nima qilish kerak ?
Issiqda bosh og’rishi sababi nima ?