29.03.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Gemofer – qon ko’paytirish uchun preparat

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

GЕMOFЕR® PROLONGATUM

HEMOFER® PROLONGATUM

 

Preparatning savdo nomiGemofer® prolongatum .

Taʼsir etuvchi modda (XPN): temir sulfati.

Dori shakli: taʼsiri uzaytirilgan tabletkalar.

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan taʼsiri uzaytirilgan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 105 mg temir ionlariga (II) (Fe +2) ekvivalent boʻlgan 325 mg quruq temir sulfati

yordamchi moddalar: 11,1 mg laktoza monogidrati, 32,5 mg ammoniy metakrilat sopolimeri (Eudragit RS PO), 7,6 mg talk, 3,8 mg magniy stearati

qobigʻining tarkibi: 145,96 mg saxaroza, 63,48 mg talk, 8,74 mg arab kamedi, 134 mg jelatin, 0,48 mg qizil koshenil (Ye 124).

Taʼrifi: ikki tomoni qadariq, disk shaklidagi qizil rangli, oqish yadroli, yuzasi silliq, holli kiritmalarsiz boʻlgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: peroral qoʻllash uchun ikki valentli temir preparati.

ATX kodi: B03AA07

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Taʼsir mexanizmi

Temir gemoglobin, mioglobin va hujayradagi oksidlanish jarayonlarida ishtirok etuvchi temir-porfirin fermentlarining (sitoxromlar, katalaza, peroksidoza) sintezi uchun zarur modda hisoblanadi. Temirning bir qismi bevosita gemoglobin sintezi uchun sarflanadi, qolgan qismi esa organizmda ferritin va gemosiderin shaklida asosan jigar va taloqda zahira sifatida toʻplanadi.

Farmakodinamik samaralari

Temirga boʻlgan sutkalik ehtiyoj chaqloqlar va 9 yoshdan kichik bolalar uchun 10-15 mg, oʻsmir yoshdagi qizlar va ayollar uchun 16-19 mg, yoshi va jismoniy faolligiga koʻra (homiladorlik davrida – 26 mg va emizish vaqtida – 20 mg ga oshadi), oʻgʻil bolalar va erkaklar uchun – 14 -15 mgni tashkil qiladi.

Temir tanqisligi anemiyasi quyidagilarni natijasida paydo boʻlishi mumkin:

  • koʻp qon yoʻqotilishi (masalan, qon ketishi, hayzda koʻp miqdorda qon ketishi)
  • temirni meʼda-ichak yoʻllaridan oʻzlashtirilishini buzilishi (masalan, meʼda shilliq qavatini yalligʻlanishi, diareya, qusish);
  • ovqat ratsionida temir miqdori yetarli darajada boʻlmaganida (sabzavot, mevalar va goʻsht miqdori kam boʻlgan muvozanatlanmagan oziqlanish);
  • temirga yuqori ehtiyoj boʻlganda: homiladorlik (temir preparatlarini folat kislotasi bilan majmuaviy qoʻllash tavsiya qilinadi), emizish, bolalar va oʻsmirlarda jadal oʻsish davri.

Taʼsiri uzaytirilgan tabletkani meʼda-ichak yoʻllaridan oʻtish jarayonida temir ajralib chiqadi. Preparatning dori shakli temir ionlarini (II) asta-sekin bir tekisda ajralib chiqishini va soʻrilishini taʼminlaydi va meʼda-ichak yoʻllarining shilliq qavatining taʼsirlanishini rivojlanish xavfini kamaytiradi.

 

 

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi

Temir zahiralari jigarda, taloqda va suyak koʻmigida kamayganida yoki eritropoez kuchayganida uni sщrilishi oshadi. Qon zardobida temirning konsentratsiyasi yuqori boʻlganida uni soʻrilishi kamayadi. Temir tanqisligi boʻlgan shaxslarda uni soʻrilishi tanqisligiga proporsional darajada boʻlib 10-30% ni tashkil qiladi. Organizmda temir tanqisligi boʻlmaganida isteʼmol qilingan temirning taxminan 5-10% soʻriladi. Temirni soʻrilishi asosan oʻn ikki barmoq ichakda va ingichka ichakning yuqori boʻlimlarida yuz beradi.

Taqsimlanishi va metabolizmi

Faqat ikki valentli temir (Fe2+) ingichka ichak shilliq qavatining enterotsitlarga kirish qobiliyatiga ega va u yerda tashuvchi-oqsil-transferrin bilan bogʻlanadi va shunday qilib tashiluvchi temirning oʻzagini shakllantiradi. Tashiluvchi temir organizmning ehtiyojiga koʻra  temir-transferrin majmuasi shaklida zahiradagi temir oʻzagiga (jigar, taloq, suyak koʻmigi) yoki funksional temir oʻzagiga (gemoglobin, mioglobin, nafas fermentlari) oʻtkaziladi. Temir ahamiyatli dararaja oqsillar bilan bogʻlanadi (90% va undan koʻproq); koʻproq darajada gemoglobin bilan va kamroq – mioglobin, transferin, ferritin va gemosiderin bilan). Temir organizmda ferritin yoki gemosiderin shaklida asosan gepatotsitlarda, retikulo-endotelial tizimida va mushaklarda zahira sifatida toʻplanadi. Temirning yarim chiqarilish davri (T 0,5) – 6 soatni tashkil qiladi.

Chiqarilishi

Temir organizmda toksik konsentratsiyalargacha toʻplanishi mumkin. Temirning oz miqdori uzluksiz teri, sochlar, tirnoqlar, ter, shuningdek ichak, sut (sutkada 0,5-1 mg), hayz koʻrishdagi qon va siydik bilan chiqariladi. Kattalarda temirning oʻrtacha sutkalik yoʻqotilishi erkaklar va menopauzadan keyingi davrdagi ayollar uchun 1 mg ni va menopauza davri boshlanmagan sogʻlom ayollar uchun 1,5-2 mg ni tashkil qiladi.

Klinik tadqiqotlar

Havfsizligi boʻyicha klinika oldi tadqiqotlari tegilshi maʼlumotlar yoʻq.

Bezararligi boʻyicha doklinik maʼlumotlar

Ushbu dori preparati uchun muvofiq maʼlumotlar yoʻq.

 

Qoʻllanilishi

Temir tanqisligi anemiyasini oldini olish va davolashda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Gemofer® prolongatum Taʼsiri uzaytirilgan tabletkalar preparatini ovqat qabul qilgandan keyin yetarli vaqt oraligʻida (masalan, ertalab och qoringa yoki ikkita asosiy ovqatni qabul qilish oʻrtasida) qoʻllash lozim, chunki ovqat mahsulotlari temirni soʻrilishini kamaytirishi mumkin (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” boʻlimiga qarang). Ammo preparatni bunday qabul qilish usulida meʼda-ichak yoʻllari tomonidan noxush holatlar koʻproq rivojlanadi. Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan noxush holatlarni rivojlangan hollarda preparatni darhol ovqatdan keyin qoʻllash lozim. Tabletkani butunligicha, sindirmasdan va chaynamasdan kamida yarim stakan suv bilan yutish lozim. Yotgan holatda qabul qilmang.

Davolash davomiyligi

Davolash davomiyligi keyingi laborator tekshirish natijalariga muvofiq aniqlanadi.

Davolashni normal koʻrsatkichlarga erishilmagunicha davom ettirish kerak.

Davolashni organizmda temir zahirasi tiklangunicha davom ettirish mumkin.

Davolash davomiyligi temir tanqisligi darajasiga koʻra oʻzgaradi, ammo odatda taxminan 10-12 hafta davolash talab qilinadi, yoki turgʻun birlamchi patologik holati hollarida uzoqroq talab qilinadi. Temir tanqisligini profilaktika qilishda davolanish davomiyligi holatga (homiladorlik, qon donorligi, surunkali gemodializ, rejali autogemotransfuziya) koʻra oʻzgaradi. Gemoglobin koʻrsatkichlari normaga qadar tiklangandan keyin davolash qon zardobida ferritin koʻrsatkichini nazorati ostida temirni organizmda zahirasini toʻldirilishi taʼminlangunicha boʻlgan davrgacha davom ettirilishi kerak.

Qoʻllash usuli

Ichga qabul uchun buyuriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar

Temir tanqisligini oldini olish uchun

  • kuniga 1 tabletka;

Temir tanqisligini davolash uchun

  • kuniga 2 tabletkadan ovqat qabul qilishlar orasida, bir xil vaqt oraliqlarida buyuriladi.

12 yoshdan kichkina bolalar

Faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin buyuriladi.

Patsiyentlarini alohida guruhlari

Keksa yoshdagi patsiyentlar

Keksa yoshdagi patsiyentlarga, ularda meʼda sekretsiyasini pasayishi va meʼda shirasining kislotali muhitini pasayishi natijasida temirning soʻrilishini kamayishi sababli, preparatni yuqori dozalarda buyurish talab qilinishi mumkin.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda qabziyat, axlat tiqinlarni hosil boʻlishi yoki yoʻgʻon ichakni perforatsiyasi eng koʻp uchraydi.

Buyraklar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlar

Buyrak kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Jigar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlar

Jigar kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

 

Nojoʻya taʼsirlari

Klinik sinov maʼlumotlari

Muvofiq maʼlumotlar yoʻq.

Postmarketing kuzatuvi maʼlumotlari

Temir preparatlarini och qoringa yaxshi soʻrilishiga qaramay, ularni meʼda-ichak yoʻllari tomonidan boʻladigan noxush holatlarni minimallashtirish uchun ovqatdan keyin qabul qilish lozim. Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan boʻladigan noxush holatlarning jadalligi dozaga bogʻliq.

Preparatni meʼdada oz miqdorda ajralib chiqishini taʼminlaydigan taʼsiri uzaytiriligan shaklida qoʻllash meʼdani shilliq qavatiga taʼsirlovchi samarasini

kamaytiradi.

Noxush holatlar ularni uchrash tez-tezligiga koʻra sanab oʻtilgan. Uchrash tez-tezligi quyidagi tarzda aniqlanadi:

juda tez-tez (≥ 1/10),

tez-tez (≥ 1/100 dan< 1/10),

tez-tez emas (≥1/1000 dan < 1/100),

kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000),

juda kam hollarda (<1/10 000,

nomaʼlum (mavjud boʻlgan maʼlumotlar boʻyicha baholash mumkin emas).

Immun tizimi tomonidan

Nomaʼlum:     oʻta yuqori sezuvchanlik (toshmalardan, baʼzida ogʻir shakllargacha, anafilaktik reaksiyalargacha oʻzgaradi).

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan

Tez-tez:          qorin sohasida diskomfort, koʻngil aynishi, diareya, qusish, jigʻildon qaynashi, axlatni toʻq rangga boʻyalishi yoki qabziyat (qabziyat uzoq davolanish natijasi boʻlishi mumkin, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda axlat tiqinlarni hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin).

Kam hollarda: tish emalini qorayishi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Nomaʼlum:     qorin sohasida ogʻriq, qorinni yuqori sohasida ogʻriq, meʼda-ichak yoʻllaraini taʼsiralanishi (“Maxsus koʻrsatmlar” boʻlimiga qarang).

Teri va teri osti qavati toʻqimalari tomonidan:

Kam hollarda: ekzantema, toshma va eshakemi kabi terining oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Gemofer® prolongatum preparating quyidagi holatlarda qoʻllash mumkin emas:

  • preparatning har qanday komponentlariga oʻta yuqori sezuvchanlik;
  • qiziloʻngach strikturasi;
  • gemosideroz, gemoxromatoz, temirni toʻplanib qolishi bilan boʻlgan surunkali gemoliz;
  • sideroblast anemiya;
  • qoʻrgʻoshin bilan zaharlanish chaqirgan anemiya;
  • talassemiya va boshqa gemoglobinopatiyani fonidagi anemiya shakllari;
  • malabsorbsiya sindromi;
  • kechki teri porfiriyasi;
  • koʻp sonli qon quyishlar;
  • parenteral yuborish uchun temir preparatlarini qoʻllashda qoʻllanmaydi.

 

Dorilarning zaro taʼsiri

Temir tuzlarini vena ichiga yuborish

Temirni vena ichiga temirni peroral qabul qilish bilan bir vaqtda yuborish arterial bosimini pasayishini, va xatto temirni trasferinni  toʻyinishi natijasida tez ajralib chiqishi oqibatida kollapsni chaqirishi mumkin. Ushbu majmua  tavsiya qilinmagan.

Doksitsiklin

Temir tuzlarini peroral qoʻllash doksitsiklininni soʻrilishini va gepatoenteral sirkulyatsiyasini pasaytiradi. Ushbu majmuadan saqlanish lozim.

Xloramfenikol

Xlorafenikol temir preparatlarining taʼsirini sekinlashtirishi mumkin.

Mikofenolat mofetil

Temir sulfati mikofenolatni soʻrilishini pasaytiradi. Mikofenolat bilan bir vaqtda qoʻllashdan saqlanish lozim.

Dimerkaprol

Dimerkaprolni bir vaqtda qoʻllashdan saqlanish lozim.

S vitamini

S vitamini bilan birga qoʻllash temirni soʻrilishini oshiradi.

Quyidagi majmualarda dozaga tuzatish talab qilinishi mumkin

Temir koʻpchilik dori preparatlarini soʻrilishini xelatlash orqali pasaytiradi. Shuning uchun temir tuzlarini va quyida sanab oʻtilgan tibbiy preparatlarni qabul qilish oraligʻi iloji boricha uzoqroq boʻlishi kerak.

Penitsillamin va rux tuzlari

Temir sulfat penitsillamin hosilalari va rux tuzlarini soʻrilishini pasaytiradi, chunki ular temir bilan komplekslarini (xelatlarni) hosil qilishi mumkin. Penitsillaminni temir preparatlarini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin qabul qilish kerak.

Tetratsiklinlar

Temir tetratsiklinlarni soʻrilishini pasaytiradi. Tetratsiklin antibiotiklari

shuningdek doksitsiklindan tashqari hollarda temirni soʻrilishini pasaytiradi, zarurati boʻlganida ularni temir preparatlarini qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 3 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Tireoid gormonlar

Temirning peroral preparatlari levotiroksinni (tiroksinni) soʻrilishini pasaytiradi, shuning uchun bu preparatlarni kamida 2 soatlik interval bilan qoʻllash lozim.

Metildopa (L-shakli)

Temir sulfati shuningdek metildopani gipotenziv samarasini pasaytiradi. Shuning uchun bu preparatlarni qabul qilish oʻrtasidagi interval iloji boricha uzoqroq boʻlishi kerak.

Entakapon, levodopa

Temir sulfati shuningdek entekaponni soʻrilishini va levodopani biokiraolishligini 50% ga pasaytirishi mumkin. Karbidopani biokiraolishligi ham (75%) pasayadi. Shuning uchun bu preparatlarni qabul qilish oʻrtasidagi interval iloji boricha uzoqroq boʻlishi kerak.

Bifosfonatlar

Temir sulfati bifosfonatlarni soʻrilishini psasaytiradi.

Bu dori preparatlarini qabul qilish oʻrtasidagi interval kamida 2 soat boʻlishi kerak.

Antatsidlar

Oksidlar, gidroksidlar yoki magniy, alyuminiy va kalsiy tuzlarini saqlovchi antatsidlar tuzlar bilan xelatlarni hosil qiladi. Shuning uchun bu preparatlarni oʻrtasidagi interval iloji boricha uzoqroq boʻlishi kerak; antatsidni va temir preparatlarini oʻrtasidagi minimal interval 2 soatni tashkil qiladi.

Kalsiy va magniy preparatlari, xolestiramin

Temir preparatlarini va meʼda shirasini kislotaligini pasaytiruvchi dori vositalarini, kalsiy preparatlarini bir vaqtda qabul qilish (karbonatlar yoki fosfatlar), kaliy, magniy saqlovchi oziq ovqat mahsulotlarini/ichimliklarni, va xolestiraminni bir vaqtda qabul qilish temirni soʻrilishini kamaytirishi mumkin. Temirni peroral preparatlarini sanab oʻtilgan dori vositalarini qabul qilgandan keyin 2 soat davomida qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Ftorxinolonlar

Temir preparatlari ayrim xinolonlarni, masalan, siprofloksatsinni, ofloksatsinni, gatifloksatsinni va levofloksatsinni soʻrilishini 30-90% ga pasaytirishi mumkin. Shuning uchun bu dori preparatlarni temir preparatlarini qabul qilingandan keyin 2 soatdan soʻng qoʻllash lozim.

Nostseroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar

Temir preparatlarini va nosteroid yalligʻlanishiga qarshi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish meʼda-ichak yoʻllarining shilliq qavatini taʼsirlovchi samarasini kuchaytirishi mumkin.

Temirning kompleks birikmalari

Oʻsimlik ovqatida sut, kofe va choyning komponentlarida saqlanadigan temirning kompleks birikmalari (fosfat, fitat va oksalatlar kabi) temir tuzlarini biokiraolishligini pasaytirishi mumkin. Temir preparatlarini va yuqorida koʻrsatilgan birikmalarni qabul qilish oʻrtasidagi interval  kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak.

Boshqalar

Temir sulfati qoʻllanganida quyidagi dori vositalarining: alendron kislotasi, kaptopril, klodronat, rizedron dozalariga tuzatish kiritish zarurati paydo boʻlishi mumkin.

Nomutanosiblik

Muvofiq maʼlumotlar yoʻq.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Tibbiy kuzatuv

Anemiyani har qanday shaklini davolashni shifokorni maslahatidan keyin va tibbiy kuzatuv ostida amalga oshirish kerak.

Davolashni boshlashdan oldin anemiyani dastlabki sababini (masalan, meʼdani eroziyasi, yoʻgʻon ichakni raki) istisno qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng qoʻllanmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya qilingan dozalardan oshirmaslik kerak. (“Dozani oshirib yuborilishi” boʻlimiga qarang).

Yondosh patologiyalar

Temir preparatlarini quyidagi yondosh kasalliklarda buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim:

  • -ichakni yalligʻlanishi kasalliklari;
  • -divertikulit;
  • -gastrit;
  • -gepatit yoki jigar faoliyatini buzilishi;
  • -buyrak kasalliklari;
  • -qiziloʻngach strikturasi va/yoki yalligʻlanishi;
  • -oʻn ikki barmoq ichak yoki meʼdani yara kasalligi.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar

Temir preparatlarini kg tana vazniga sutkada 4 mg dan yuqori dozada qoʻllanganda meʼda-ichak yoʻllari tomonidan noxush holatlarni chaqirishi mumkin.

Yutinish qiyin boʻlgan patsiyentlar

Ushbu preparatni yutinish qiyin boʻlgan patsiyentlarda stomatitni va ogʻiz boʻshligʻida tabletka qoldiqlarini tutilib qolishi natijasida ogʻiz boʻshligʻida shilliq qavatida yarani rivojlanish xavfi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar

Eritropoetinni qabul qilish talab qilinadgan surunkali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga temir preparatlarini vena ichiga yuborish lozim, chunki ichga qabul qilinganda uremiyasi boʻlgan patsiyentlarda temirni soʻrilishi pasayadi.

Keksa yoshdagi patsiyentlar

Eng avvalo qonni yoʻqotilish yoki nomaʼlum etiologiyali temirni yoʻqotilishi boʻlgan keksa yoshdagi patsiyentlar anemiyani/qon ketishini manbaini sababini aniqlash uchun tekshirilishi kerak.

Bolalar

Temir preparatlari ayniqsa bolalarda zaharlanishni chaqirishi mumkin. Bolalarda tibbiy kuzatuvsiz uzoq va haddan ziyod qoʻllanilish preparatni toksik toʻplanib qolishga olib kelishi mumkin, u oʻlimga olib kelishi mumkin (“Dozani oshirib yuborilishi” boʻlimiga qarang).

Laborator tekshiruvlari

Temir tuzlarini qabul qilish yashirin qonga ahlatni tahlilini soxta-musbat natijalariga olib kelishi mumkin. Temir preparatlarini ichga qabul qilinganda yashirin meʼda-ichak qon ketishini oqibatida axlatni qorayishi kuzatilishi mumkin. Gvayaka sinamasini natijalari soxta musbat boʻlishi mumkin.

Temir sulfatini soʻrilishga taʼsir etuvchi omillar

Choy, kofe, tuxum, ovqatni yoki bikarbonatlar, karbonatlar, oksalatlar yoki fosfatlarni saqlovchi dori preparatlarini, shuningdek sut yoki sut mahsulotlarini, toza undan boʻlgan, non donli xlopyalar yoki boshqa klechatkani saqlaydigan mahsulotlarni istyemol qilish temirni soʻrilishini kamaytirishi mumkin. Shu sababli peroral qabul uchun preparatlarini yuqorida koʻrsatilgan preparatlari yoki ovqat mahsulotlarini qabul qilingandan keyin 1 soat yoki 2 soatgacha boʻlgan vaqt davomida qoʻllash mumkin emas.

Boshqalar

Temir saqlovchi mahsulotlarni isteʼmol qilish vaqtinchalik tish emalini rangini oʻzgarishga va axlatni qorayishiga olib kelishi mumkin. (“Nojoʻya taʼsirlari” boʻlimiga qarang). Ilmiy adabiyot maʼlumotlari boʻyicha tish emalini qorayishi preparatni qabul qilish toʻxtatilgandan keyin oʻz-oʻzidan oʻtib ketishi mumkin yoki obraziv tish pastasi yoki tishlarni professional tozalash yordamida bartaraf etish mumkin.

Tabletka yadrosining boʻlaklari ahlatda boʻlishi mumkin, ammo bu davolashni samarasiga taʼsir qilmaydi.

Laktoza, saxaroza

Ushbu dori preparati laktoza va saxaroza saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy fruktozani oʻzlashtiraolmasligi, galaktozani yetishmovchiligi, Lappa laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbsiya muammolari boʻlgan patsiyentlar bu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.

Qizil koshenil

Ushbu dori preparati allergik reaksiyalarni chaqirish qobiliyatiga ega qizil koshenil (Ye124) saqlaydi.

Utilizatsiya qilishda yoki boshqa muomala qilishdagi alohida choralar

Maxsus talablar yoʻq.

Homiladorlik va laktatsiyada qoʻllanishi

Fertillik

Muvofiq maʼlumotlar yoʻq.

Homiladorlik

Temir saqlovchi preparatlarni homiladorlikning birinchi 13 haftasi davomida qoʻllashning zarurati boʻlgan hollarda, bu preparatlarni shifokorning kuzatuvi ostida qabul qilish kerak. Homiladorlikning I uch oyligida yaxshi muvozanatlangan ovqatlanish temirni yetarli miqdorda tushishini taʼminlaydi. Preparatni homiladorlik davrida qoʻllashning xavfsizligini klinik tadqiqotlari oʻtkazilmagan, ammo homilador ayollarda temir preparatlarini terapevtik dozalarda qoʻllash natijasida homilaga zararli taʼsiri toʻgʻrisida xabar berilmagan.

Laktatsiya

Preparatni laktatsiya davrida qoʻllashning xavfsizligini klinik tadqiqotlari oʻtkazilmagan, ammo temir preparatlarini terapevtik dozalarda emizikli ayollarda qoʻllash natijasida chaqaloqlarga zararli taʼsiri toʻgʻrisida xabar berilmagan.

Diqqat yuqori jamlash, psixomotor reaksiyalarning tezligini yoki kognitiv koʻnikmalarni talab qiluvchi faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga taʼsiri

Ushbu preparat transport vositalarini yoki har qanday xarakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Preparatni yaroqlilik muddati oʻtgandan keyin qoʻllanmasin va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Temir dozasini nisbatan biroz oshishi toksik boʻlishi mumkin (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Zaharlanish simptomlari preparatni 1 kg tana vazni 20 mg Fe2+ (TV) gacha boʻlgan dozalarni qabul qilgandan keyin paydo boʻlishi mumkin. Jiddiy toksik taʼsirni rivojlanishini 60 kg Fe2+ 1 kg TV va undan yuqori dozalarni qabul qilinganda kuzatish mumkin. 200 dan 400 mg Fe2+ 1 kg TV gacha boʻlgan dozalar bilan zaharlanish davolanmaganida oʻlimga olib keladi. Preparatni bolalarda 400 mg Fe2+ gacha boʻlgan dozada qabul qilish hayot uchun xavf tugʻdiruvchi holatga olib kelishi mumkin. Preparatni yuqori dozalarda koʻp yillar davomida bunday miqdor temirga boʻlgan individual ehtiyoji uchun talab qilinmaydigan sharoitda qoʻllash tipik gemoxromatozni klinik manzarasi bilan kechuvchi surunkali intoksikatsiya olib kelishi mumkin.

Simptomlari va belgilari

Temir bilan zaxarlanish bir nechta bosqichga ega.

  • Birinchi bosqich davolashda, preparatni ichga qabul qilingandan keyin taxminan 30 minutdan 5 soatgacha taʼsirlanish, qorinda ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish va diareya kabi siptomlar kuzatiladi. Ahlat qoramoysimon ranggacha boʻyalgan, qusiq massada qon aniqlanishi va shok tirishishlar, metabolik atsidoz va koma rivojlanishi mumkin.
  • Keyinchalik koʻpincha soxta yaxshilanish bosqichi boʻlib, u 24 soatgacha davom etish mumkin.
  • Keyin yana diareya, shok va atsidoz paydo boʻlishi mumkin. Tirishishlardan, Chayn-Stoks nafasi, koma va oʻpka shishidan keyin oʻlim bilan yakunlanishi mumkin.

Davolash

Tasodifan dozani oshirib yuborilishi hollarida tibbiy yordam berish va/yoki toksikologik markazga murojaat qilish kerak.

Temir bilan oʻtkir zaharlanishi davolashda temirni ovqat hazm qilish yoʻllaridan soʻrilishini maksimal ravishda tezda bloklash kerak. Ogʻir zaharlanishni baholashda zardobdagi temirni miqdoriga asoslanish mumkin. Agar patsiyent hushida boʻlsa va unda qusish kuzatilmagan boʻlsa, darhol qusishni chaqirish kerak.

Temir ionlarini bogʻlaydigan deferoksamin maxsus antidot sifatida tavsiya qilinadi va zarur boʻlganda uni tutib turuvchi va simptomatik choralar bilan birga qoʻllash mumkin.

Oʻtkir zaharlanishda va temirni zardobda konsentratsiyasi 142 dan mkmol/l oshganda, hayotiy muhim faoliyati tutib turishini taʼminlash va deferoksaminni vena ichiga yuborish kerak.

Metabolik va yurak qon- tomir buzilishlarini simptomatik davolash kerak.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali blisterda.

3 blisterdan (3×10) qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15o dan 25oS gacha boʻlgan haroratda, quruq joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

36 oy.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

 

14970cookie-checkGemofer – qon ko’paytirish uchun preparat