25.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

HOMILADORLIK BELGILARI — DASTLABKI ALOMATLARI, TANADAGI O’ZGARISHLAR HAQIDA

Yangi hayotning paydo bo’lishi — bu ayol organizmni tomonidan mukammal tarzda boshqariladigan universal mexanizm. Afsuski, ayolning reproduktiv tizimi homiladorlikning dastlabki belgilarini urug’lanishdan keyin darhol yetkazib bera olmaydi. Ushbu holatni faqat homilani ko’tarishning turli bosqichlarida yuzaga keladigan xarakterli belgilar orqali bilib olish mumkin. Homiladorlik  alomatlari qanday bo’lishi hamma ayollarda biroz yoki tubdan farq qilishi mumkin.

Har bir ayol tanasining individualligini hisobga olgan holda, homiladorlik belgilari turlicha bo’lishi mumkin. Ba’zi ayollarda homiladorlikni ko’rsatadigan dastlabki belgilar mavjud bo’lsa, boshqalari o’zlarining sog’lig’ida o’zgarish sezmaydilar.

HOMILADORLIKNING DASTLABKI BELGILARI

Ayol homiladorligini qancha barvaqt aniqlasa, maxsus tekshiruvdan o’tish uchun shuncha ko’proq vaqti bo’ladi. Homiladorlikning birinchi kunida hech qanday belgilar kuzatilmaydi.

Urug’lanish vaqtidan boshlab kelajakdagi onaning tanasida bir qator gormonal va boshqa o’zgarishlar boshlanadi. Barcha organlar va tizimlar gormonlar o’zgarish ta’siriga uchraydi. Agar tanangizni to’g’ri tinglay olsangiz, urug’lantirishdan keyin homiladorlikning dastlbki alomatlarini aniqlash osonroq bo’ladi.

Homiladorlik haqida so’zlaydigan birinchi alomatlarni quyidagi belgilar orqali aniqlash mumkin:

  1. Hayzning bo’lmasligi. Ushbu belgi har bir ayolga ma’lum, u homiladorlik mavjudligining dastlabki belgisidir. Tuxum hujayrasi urug’lantirilganda hayz davrining ushlanib qolishi kuzatiladi, chunki oldin rad etilgan endometriy endi xomilaning to’liq rivojlanishi uchun zarurdir. Biroq hayzning kechikishi ishonchli belgi sifatida qaralmasligi kerak, chunki hayz ko’rishning yo’qligi ko’pincha reproduktiv tizim kasalliklari, stress va gormonal patologik o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Hayzning kechikishi homiladorlikning dastlabki kunlarida o’ziga xos boshqa ko’rinishlar bilan hamroh bo’lishi kerak.
  2. Ko’krak bezlarining kengayishi va og’rig’i. Ayol ko’kragi organizmidagi gormonal o’zgarishlarga juda sezgir. Homiladorlikning boshlanishida ko’krak hajmining biroz kattalashishi, siyna sezgirligining ortishi va ularning og’rishi kuzatiladi. Ko’p hollarda areola (ko’krakning pigmentiv sohasi) hududida ilgari yaqqol aniqlanmagan bo’rtmachalarning o’sishi kuzatiladi.
  3. Tez-tez siydik chiqarish. Homiladorlikning dastlabki belgilaridan biri siydik chiqarishga bo’lgan chaqiriqning tez-tez namoyon bo’lishidir. Ushbu belgi OXG (odam xorionik gonadotropini) ishlab chiqarishning ortishi fonida shakllanadi. Siydik chiqarishga undash hatto qovuqning oz miqdorda to’lganligida ham bezovta qilishi mumkin. Asosan kechasi kuzatiladi. Bundan tashqari, hayz siklining ushlanishi bo’ladi.
  4. Ta’m hohishidagi o’zgarish. Gormonlar darajasining oshishi ta’mga bo’lgan hohishning o’zgarishiga olib keladi. Ayollar ilgari hush ko’rmagan oziq-ovqat mahsulotlari bu davrga kelib tanovul qilish hohishini uyg’ota boshlaydi va aksincha. Bundan tashqari, ayol og’zida metall ta’mini sezishi mumkin.
  5. Charchoq va uyquchanlik. Bu belgisi ko’pincha birinchi homiladorlikda yuzaga keladi. Organizmdagi modda almashinuvi jarayonlarning kuchayishi va tezlashishi charchoq hissi, uyquchanlik va dam olish istagi paydo bo’lishiga olib keladi. Ishlab chiqariladigan progesterongormonini organizmga tinchlantiruvchi va tasalli beruvchi ta’sir ko’rsatadi. Charchoq hissi ayollarga kun bo’yi hamrohlik qiladi.
  6. Ko’ngil aynishi. Ushbu belgining ko’rinishi homiladorlikning 1,5 oyi uchun xosdir. Ba’zan ushbu alomat homiladorlikning yigirmanchi kuni paydo bo’ladi. Ba’zi ayollar ko’ngil aynishini yanada oldinroq his qilishadi. Bu belgini ishonchli belgilardan biri deb atash mumkin emas, chunki ko’ngil aynish hissi oshqozon-ichak, yurak-qon tomir va markaziy asab tizimi kasalliklariga xosdir. Faqat boshqa alomatlar bilan birgalikda ko’ngil aynishi homiladorlikning rivojlanishini ko’rsatadi.

Ishonchli tashxis qo’yish uchun mutaxassisning fikrini hisobga olish muhimdir. Tibbiy konsultatsiya jarayonida homiladorlikning dastlabki belgilari qaysi kuni rivojlanishi va qanday qilib ularni ajratish mumkinligini bilib olishingiz mumkin.

HOMILADORLIKNI DASTLABKI BOSQICHLARIDA ANIQLASH MUHIMLIGI

Har bir ayol homiladorlikni ilk belgilari qanday ekanligini bilishi muhimdir. Bu muhimlik quyidagi sabablarga bog’liq:

  • Homilaning patologik (bachadondan tashqari) shakllanishining yuqori xavfi;
  • Rivojlanishning dastlabki bosqichlarida homilaning genetik kasalliklarini tashxislash imkoniyati;
  • Tibbiy sabablarga ko’ra homiladorlikni to’xtatish imkoniyati.

Agar homilador ayolda tug’ishga yo’l qo’ymaydigan surunkali kasalliklari mavjud bo’lsa, dastlabki bosqichlarda homiladorlikning tugatilishi ayolning salomatligi va hayotini saqlab qolishi mumkin. Vaziyatni erta tashxislash Daun sindromi kabi genetik patologiyalarni oldini olish imkonini beradi.

BOSHLANG’ICH BELGILARI QACHON KUZATILA BOSHLASHI MUMKIN?

Bu masala bo’yicha har bir ayol organizmining individualligini hisobga olish lozim. Homiladorlikning dastlabki belgilari tuxum urug’lantirilgan paytdan boshlab 8-10 kun ichida kuzatilishi mumkin. Ushbu davr organizmning gormonal o’zgarishlarga nisbatan sezgirligiga qarab o’zgarishi mumkin.

Tibbiy amaliyotda ayollar homiladorlikni 5-kunidayoq payqashgani uchragan. Albatta bu yerda o’z vujudlariga diqqat bilan quloq soladigan va ularning ahvolida eng kichik o’zgarishlarni his qiladigan ayollar haqida gap bormoqda. Homiladorlikning 20-kunida belgilar aniqroq ko’rinishga ega bo’ladi.

Ayollar o’z vaziyatini faqat ishonchli alomatlar paydo bo’lgandan keyin tasdiqlashlari mumkin. Urug’lantirishning birinchi kunidayoq ishonchli belgilar aniqlanmaydi.

HOMILADORLIKNING IKKINCHI DARAJALI BELGILARI

Vaziyatni homiladorlikning dastlabki belgilari tasdiqlashi mumkin, bu ayolning gormonal fonida o’zgarishini ko’rsatadi. Bunday belgilarning ko’rinishi ishonchli ma’lumotlarga tenglasha olmaydi, biroq ularni e’tiborini ham chetda qoldirib bo’lmaydi. Ularga:

Tana bazal haroratining ko’tarilishi

Ayol hayz siklini muntazam kuzatib turganda, u tananing bazal (tinch holatida, uyqu vaqida, ertalablari) haroratining 37 darajagacha ko’tarilishini aniqlashi mumkin. Ushbu ko’rsatkichning o’zgarishi progesteronning yuqori darajasi bilan tushuntiriladi.

Tos sohasidagi og’irlik hissi

Urug’lantirish holatida tos a’zolarini qon bilan ta’minlashda o’zgarishlar sodir bo’ladi. Buning oqibatida ayol og’irlik va siqish hissini sezishi mumkin.

Uyqusizlik

Charchoq hissi ko’pincha asabiy taranglik va uyqusizlik bilan almashib turadi. Gormonal o’zgarishlar ayolning hissiy holatiga ta’sir qiladi. Bo’lajak onalar uxlab qolishlari qiyin kechishi mumkin.

Qorinning pastki qismi og’rig’i

Ushbu alomat ektopik homiladorlik yoki bola tushishi shakllanishida o’zini namoyon qilishi mumkin. Agar homiladorlikning boshlanishi o’z-o’zidan to’xtasa, qorinning pastki sohasida og’riq sindromi va qindan qon ketishi bilan ajralib turadi.

Dumg’aza sohasida og’riq

Urug’lantirish boshlanishi bilan dumg’aza mintaqasida tortuvchi og’riq bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, bu alomat buyrak kasalligini ko’rsatishi ham mumkin.

Bosh og’rig’i

Gormonal fonning o’zgarishi neyrologik alomatlar bilan birga keladi. Vaziyatda bo’lgan ayolda o’z-o’zidan bosh og’rig’i rivojlanishi mumkin.

Ishtahaning oshishi

Homiladorlik davrida modda almashinuvi jarayonlarning tezlashishi ishtahaning oshishiga olib keladi.

Hid va ta’m sezishining kuchayishi

Agar ayol oldinlari ba’zi hidlarga e’tibor bermagan bo’lsa, homiladorlik paytidan boshlab u ulardan nafratlanishi mumkin. Xuddi shu narsa ba’zi mahsulotlarning ta’miga nisbatan ham kuzatiladi.

Asabiylik, kayfiyatning o’zgarishi

Ko’pgina homilador ayollar emotsional beqarorlik va to’satdan yuz beradigan ruhiy tushkunlikdan shikoyat qilishadi.

Implantatsion qon ketish

Homiladorlikning dastlabki bosqichlarida ayol qinidan qonli ajralmalar ajralib turishi mumkin, bu esa bachadon devoriga urug’lantirilgan tuxumni birikishini ko’rsatadi.

Hazm qilishdagi buzilishlar

Homiladorlikning ikkilamchi belgilari sifatida qusish, qabziyat (ich qotishi) yoki diareya (ich ketishi), kekirish ko’rinishi mumkin.

Tana vaznining o’zgarishi

Homiladorlikda organizm rivojlanayotgan homilani zarur oziq moddalari bilan ta’minlashga intilganida, ayol tana vaznining ortishi qayd etilishi mumkin.

Bachadonda sanchishlar

Homiladorlikning bu alomati juda kam uchraydi, chunki har bir ayol ham uni seza olmaydi. Bachadon bo’shlig’idagi mahalliy o’zgarishlar sanchish hissini keltirib chiqarishi mumkin.

Isitma va varaja hissi

Ushbu alomat organizmning termoregulyatsiyasi buzilishi bilan hech qanday aloqasi yo’q. Isitma va varaja qilish gormonal muvozanat yo’qolishi fonida yuzaga keladi.

O’tirish holatida bezovtalik

Ushbu belgi kichik tosdagi qon oqimining kuchayishi bilan bog’liq.

Yuz, qo’llar va oyoqlarning shishishi

Bunga sabab tanada suyuqlikning ushlab turilishidir.

Yuzdagi o’zgarishlar

Agar ayol ilgari teri bilan bog’liq muammolarni boshdan kechirmagan bo’lsa, homiladorlik paytida yuz sohasida akne (ugri) paydo bo’lishi mumkin. Bu gormonal fonning o’zgarishlari tufayli sodir bo’ladi.

Gormonal fonning o’zgarishi qon tomirlarning tonusiga ta’sir qilib, ularni kengayishlarga moyil qilib qo’yadi. Natijada yuz qizarishi kuzatiladi.

Qorin damlanishi

Gormonlar miqdorining oshishi ichak muskullarining bo’shashib qolishiga hissa qo’shadi. Natija esa meteorizm kuzatiladi.

Ko’krakdagi o’zgarishlar

Urug’lantirishidan boshlab, ayol tanasi chaqaloqni emizish uchun tayyorlana boshlaydi. Xarakterli venoz (vena qon tomirlari) naqshlarining paydo bo’lishi sut bezlarini laktatsiya (emizish) uchun tayyorlanishini nazarda tutadi.

Bundan tashqari siyna atrofidagi terining qorayishi — emizish uchun tayyorgarlikning yana bir alomatidir.

Qorinning oq chizig’i pigmentatsiyasining o’zgarishi

Homilador ayollarda xarakterli pigmentar «yo’lakcha» hosil bo’ladi, u kindikdan chov suyagining yuqori qismigacha cho’ziladi.

Gemorroyning yomonlashishi

Agar ayol homiladorlikdan oldin gemorroy kasalligiga chalingan bo’lsa, endida kasallik og’irlashishi mumkin.

Boldir mushaklarining tortishishlari

Oyoqlardagi tortishishlar — modda almashinuvidagi o’zgarishlarni ko’rsatuvchi ikkinchi darajali belgidir.

Qon bosimi pastligi

Ko’pincha, bo’lajak onalar qon bosimining oshishiga moyil bo’lishadi, ammo bu ko’rsatkichning pasayishi ham homiladorlikni ko’rsatishi mumkin.

Immunitetning pasayishi

Homiladorlik ba’zi muammolarsiz davom etishi uchun ayol tanasida immunitetning pasayishi yuz beradi. Tez-tez shamollash va O’RVI hollari ham homiladorlik alomati sifatida xizmat qilishi mumkin.

Mahalliy immunitetning pasayishi natijasida kandidoz kabi zamburug’li kasallik rivojlanishi mumkin.

OVULYATSIYADAN SO’NG HOMILADOR BO’LISH MUMKINMI

Tuxum hujayra chiqganidan keyin 2 kun o’tib ayol muvaffaqiyatli urug’lanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.
Ovulyatsiya haqida batafsil→

EMIZISH DAVRIDA HOMILADORLIK BELGILARI

Agar yosh ona yangi tug’ilgan chaqaloqni tabiiy oziqlantirish (emizish) bilan shug’ullansa, u holda yangi homiladorlik to’g’risida quyidagi belgilar xabar berishi mumkin:

  • Ona suti sifat ko’rsatkichlarining o’zgarishi. Homiladorlik paytida gormonal fonning o’zgarishi ona suti sifatiga ta’sir qiladi. Ko’pincha bolalar bunday sutni iste’mol qilishdan bosh tortishadi;
  • Sut bezlarida sut miqdorini kamayishi;
  • Bolani ovqatlantirishda noxush tuyg’ular. Homiladorlik sut bezlarining o’zgarishiga olib keladi. Ayollar ko’kraklari qattiqlashadi, siynalar dag’allashadi va og’riqli bo’ladi.

Ushbu alomatlardan tashqari, umumiy holsizlik, uyquchanlik va hissiy tanglik belgilari ham mavjud. Homiladorlikning dastlabki kunlarida ushbu belgilar emizuvchi ayollarda biroz farq qilishi mumkin.

YOLG’ONCHI BELGILAR

Ro’yxatda keltirilgan alomatlar har doim yangi hayotning tug’ilishini ko’rsatmaydi. Homiladorlikning ikkilamchi belgilari turli xil organlar va tizimlarning surunkali kasalliklar alomatlari bo’lishi mumkin. Vaziyatni tasdiqlash yoki rad etish uchun faqat homiladorlikning ishonchli alomatlariga ega bo’lish, shuningdek, tibbiy ko’rikdan o’tish mumkin.

HOMILADORLIKNING NOTO’G’RI KECHISHI

Quyidagi belgilar homiladorlikning patologik holatini ko’rsatadi:

  • Ayolni o’ng va chap yonbosh sohada bezovta qiladigan yuqori darajadagi og’riq sindromi;
  • Og’riq bilan birga qindan kuchli qon oqishi;
  • Homiladorlikning kutilgan belgilarning kechikishi.

Ushbu alomatlar quyidagi asoratlarning rivojlanishini ko’rsatishi mumkin:

  • Ektopik (bachadondan tashqari) homiladorlik;
  • Spontan abort (homila tushishi);
  • Homila rivojlanishining kechikishi.

URUG’LANTIRISHDAN KEYINGI BIRINCHI KUNLARDA

Ayol jinsiy hujayralarining urug’lanishidan so’ng uning bo’linishi va embrionga aylanishi boshlanadi. Bundan tashqari, tuxum, bachadon naychasidan bachadon bo’shlig’iga ko’chib o’tadi va shilliq qavatiga implantatsiyani amalga oshiradi. Ushbu davrda homiladorlik belgilari yo’q bo’lishi mumkin.

HOMILADORLIKNI DASTLABKI BOSQICHLARIDA ANIQLASH

Maxsus tashxis usullari gestatsion davrning 5-kuni dayoqhomiladorlikni ishonchli tarzda aniqlay oladi. Homiladorlikning 3 kunida uni aniqlash deyarli mumkin emas.

Homiladorlikka test

Ekspress-testlar urug’antirishdan keyin darhol homiladorlik belgilarini aniqlay olmaydi. Buning sababi shuki, xorionik gonadotropin (OXG) darajasi asta-sekin o’sib boradi va erta davrlarda normal miqdorda saqlanib qoladi. Homiladorlik tekshiruvining ishonchli natijasi urug’lantirishdan 14 kun o’tgach olinishi mumkin.
Homiladorlik testi haqida batafsil→

Ginekologik tekshiruv

Homiladorlik ginekologik tekshiruvlar natijasida tasdiqlanishi mumkin bo’ladi. Klinik ko’rsatkichlarga quyidagilar misol bo’la oladi:

  • Bachadon hajmining kattalashishi va u konsistentsiyasining o’zgarishi;
  • Tashqi jinsiy a’zolar rangi o’zgarishi;
  • Bachadon bo’g’zining yumshalishi;
  • Bachadon harakatchanligining ortishi;
  • Bachadonning siljishi.

Ushbu beshta ko’rsatma tuxum hujayralarining joylashtirilishini ko’rsatadi.

OXG darajasining oshishi

Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun laborator qon tekshiruvi o’tkaziladi. Maksimal tahlil ma’lumotlari homiladorlikning 13-14 kunida kuzatiladi. Gormonning ko’payishi reproduktiv tizim organlari kasalliklari va ektopik homiadorlikda ham yuz beradi.

Ultratovushli tekshiruv (UTT)

Dastlabki bosqichlarda homiladorlikni aniqlashning axborot usuli ultratovush tekshiruvi (UZI) hisoblanadi. Homiladorlikni urug’lantirishdan 3 hafta o’tgach tasdiqlashi mumkin. Tadqiqot abdominal yoki transvaginal sensor yordamida amalga oshiriladi. UTT dan tashqari, hayz davrining 20-kunida homiladorlikning belgilari ekspress usullar yordamida aniqlanadi.

HOMILADORLIK DAVRIDA HAM HAYZ KO’RISH MUMKINMI

Tibbiy amaliyotda «rangli homiladorlik» kabi tushuncha mavjud. Bu degani, homilador ayol urug’lantirishdan keyin ham odatiy hayz ko’rishga duch keladi, bu tuxum urug’lantirilgan kundan boshlab birinchi 3-4 oy davom etishi mumkin. Bu holat homila tushib qolish xavfini keltirib chiqaradigan bachadondan qon ketishi bilan bog’liq emas. Rangli homiladorlik davrida og’riq sindromining pasayishi yoki kuchayishi, shuningdek qon ketishining kamayishi kuzatiladi.

DASTLABKI BELGILAR KUZATILGANDA

Homiladorlikning dastlabki belgilari paydo bo’lgan vaqtda ayollar konsultatsiyasiga murojaat qilish kerak. Agar tashxis tasdiqlansa va ayol homiladorlikni davom ettirmoqchi bo’lsa, u ro’yxatdan o’tkaziladi.

Homilani ko’tarish — bo’lajak ona oldida turadigan katta mas’uliyatdir. Bolaning sog’lom rivojlanishi uchun ayol har qanday yomon odatlardan voz kechishi, ovqatlanish va turmush tarziga e’tibor berish kerak.

16980cookie-checkHOMILADORLIK BELGILARI — DASTLABKI ALOMATLARI, TANADAGI O’ZGARISHLAR HAQIDA