19.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Inflyutsid ( Инфлюцид )

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

INFLYUTSID®

INFLUCID®

 

Preparatning savdo nomi: Inflyutsid®

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: Aconitum D3 – 25mg, Gelsemium D3 – 25mg, Ipecacuanha D3 – 25mg, Phosphorus D5 – 25 mg, Bryonia D2 – 25 mg, Eupatorium perfoliatum D1 – 25 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati, bugʻdoy kraxmali.

Taʼrifi: oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomonlama yassi faskali, katta boʻlmagan dogʻlari boʻlishi mumkin boʻlgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gomeopatik vositalar.

ATX kodi: R05X

 

Farmakologik xususiyatlari

Kasallikni tushunishiga va dori substansiyasini qoʻllanilishini tushunish yuzasidan gomeopatik davolash anʼanaviy tibbiyotdan yaqqol farqlanadi. Gomeopatik vositalar organizmning xususiy himoya mexanizmlarini ragʻbatlantiradi va shu tarzda uni potensial oʻz-oʻzini davolashni faollashtiradi. Gomeopatik vositaga organizmning javobi qatʼiy individualdir. Shu sababali dozaga bogʻliq farmakologik samaralari, farmakodinamik yoki farmakokinetik maʼlumotlarni aniqlab boʻlmaydi.

 

Qoʻllanilishi

Grippga oʻxshash isitmali infeksiyalarni va boshqa yuqori nafas yoʻllarini oʻtkir virusli infeksiyalarini oldini olish va davolashda qoʻllaniladi.

Qoʻllash usuli va dozalari

Dozalash tartibi

Kattalar: oʻtkir xolatlarda, simptomlar yengillashgunicha har soatda 1 tabletkadan qabul qilish kerak, ammo kuniga 12 tabletkadan koʻp emas. Keyingi davolashgacha yoki surunkali xolatlarda 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.

Infeksiyani oldini olish uchun kuniga 3 marta 1-2 tabletkadan qabul qilish kerak.

Pediatrik guruh

1 yoshdan 11 yoshgacha bolalar: oʻtkir xolatlarda simptomlar yaxshilangunigacha har 2 soatda          1 tabletkadan qabul qilish kerak, ammo kuniga 8 tabletkadan koʻp emas. Keyingi davolashda yoki surunkali xolatlarda 1 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilish kerak.

12 yoshdan katta va katta bolalar: oʻtkir xolatlarda, simptomlar yengillashgunicha                        1 tabletkadan har soatda qabul qilish kerak, ammo kuniga 12 tabletkadan koʻp emas. Keyingi davolashgacha 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.

Infeksiyalarni oldini olish uchun 12 yoshgacha boʻlgan bolalar 1 tabletkadan kuniga 3 marta,       12 yoshdan boshlab va undan kattalar kuniga 3 marta 1-2 tabletkadan qabul qilish kerak.

Qoʻllash usuli

Tabletkalarni ovqatdan 30 minut oldin yoki 30 minut keyin, ogʻizda sekin erishiga imkon bergan holda qabul qilish lozim.

Kichik bolalarga tabletkalarni maydalash mumkin va oz miqdordagi suvda eritish tavsiya qilinadi.

Nojoʻya taʼsirlari

Juda kam xollarda (<1/10,000) yoki nomaʼlum (mavjud boʻlgan maʼlumotlarga asosan tez-tezligini baxolab boʻlmaydi):

Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, masalan, terida toshmalar va meʼda-ichakda buzilishlar kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda Inflyutsidni qabul qilishni toʻxtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Izoh: gomeopatik dori vositasi qoʻllanganda vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday xollarda preparatni qabul qilishni toʻxtatish va shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatni Eupatoricum perfoliatum (poskonnik pronzennolist) ga yoki boshqa murakkab gulli oilalariga mansub, boshqa faol yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanligi maʼlum boʻlganda qoʻllash mumkin emas.

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri nomaʼlum.

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat laktoza va bugʻdoy kraxmali saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy galaktozani oʻzlashtiraolmaslik shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktoza malabsorbsiya sindrom boʻlgan patsiyentlarga preparatni qoʻllash mumkin emas. Bugʻdoy kraxmali glyuten saqlashi mumkin, lekin juda kam miqdorda, va shuning uchun seliakiyasi boʻlgan odamlar uchun xavfsizdir. Bugʻdoyga allergiyasi boʻlgan patsiyentlarga (seliakiyadan farq qiladi) preparatni qabul qilish mumkin emas.

Bolalar

Inflyutsidni 1 yoshdan kichik bolalarga qoʻllash mumkin emas, chunki preparatni bu guruh yoshidagilarga preparatni qoʻllash yetarlicha xujjatlashtirilmagan.

Quyidagi xollarda shifokor bilan maslahatlashing:

– Agar simptomlar yaxshilanmasa yoki yomonlashsa,

– Agar qoʻshimcha shikoyatlar paydo boʻlsa,

– Agar tana harorati saqlansa yoki 39°S oshishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanilishi

Barcha dori preparatlari kabi, homiladorlik yoki emizish davrida Inflyutsidni faqat oldindan shifokor maslaxatidan keyin qabul qilish kerak.

Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligi qobiliyatiga taʼsiri.

Gomeopatik preparatlar bilan davolash boshqa dori vositalarini qoʻllanilishini istisno qilmaydi.

Har qanday boshqa dori vositalarini bir vaqtda qoʻllash zarur boʻlganda shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan.

Chiqarilish shakli

250 mg dan tabletkalar, 20 tabletka blisterda. 3 blisterdan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Original oʻramda 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

 

19340cookie-checkInflyutsid ( Инфлюцид )