Ushbu hisoblagich haqida
*Hisoblagich komada ong buzilishini Glazgo shkalasi bo’yicha baholaydi
Formula
Hisoblagich quyidagi asosiy ko’rsatkichlarga asosan hisoblaydi:
- Bemor ko’zini ochishi
- Ixtiyoriy — 4 ball
- Ko’zini tovushga ochishi — 3 ball
- Ko’zini og’riqqa ochishi — ball
- Ko’zini ochmaslik — 1 ball
- Nutq reaksiyasi
- Bemor savollarga tez, maqsadli va to’g’ri javob berishi — 5 ball
- Maqsadga yo’naltirilmagan, aralash so’zlar — 4 ball
- Savolga mos kelmaydigan, tushinarsiz so’zlar — 3 ball
- Maqsadga yo’naltirilmagan, noaniq tovushlar — 2 ball
- Nutq yo’q — 1 балл
- Harakat reaksiyasi
- Buyirilgan harakatlarni bajaradi — 6 ball
- O’g’riqli ta’sirga javoban maqsadli harakat (qaytarish) — 5 ball
- Og’riqli ta’sirga javoban qo’l-oyoqni olib qochish — 4 ball
- Og’riqli ta’sirga javoban patalogik bukishlar — 3 ball
- Og’riqli ta’sirga javoban patalogik bo’g’im yozilishlar — 2 ball
- Harakat aniqlanmadi — 1 ball
Har bir mezon uchun ballar (ko’z ochish, javob berish, harakat reaksiyasi) umumlashtiriladi.
Maksimal ball – 15, eng kam ball 3 ga teng.
4 – yoshdan kichik bolalar uchun quyidagi mezonlar boyicha o’zgartirilgan o’lchov qo’llaniladi:
- Ko’zini ochishi
- Ixtiyoriy — 4 ball
- Ko’zini tovushga ochishi — 3 ball
- Ko’zini og’riqqa ochishi — ball
- Ko’zini ochmaslik — 1 ball
- Nutq reaksiyasi
- Bola tabassum qiladi, tovushga qaraydi, faol — 5 ball
- Bolani tinchlantirish mumkin, ammo faollik to’liq emas — 4 ball
- Bola qisqa vaqtga tinchlanyapti, qotib qolyapti — 3 ball
- Bola yig’lashdan to’xtamaydi, bezovta — 2 ball
- Bolada yig’i va faollik aniqlanmadi — 1 ball
- Harakat reaksiyasi
- Buyirilgan harakatlarni bajaradi — 6 ball
- O’g’riqli ta’sirga javoban maqsadli harakat (qaytarish) — 5 ball
- Og’riqli ta’sirga javoban qo’l-oyoqni olib qochish — 4 ball
- Og’riqli ta’sirga javoban patalogik bukishlar — 3 ball
- Og’riqli ta’sirga javoban patalogik bo’g’im yozilishlar — 2 ball
- Harakat aniqlanmadi — 1 ball
Tafsir
15 ball — Xushi aniq.
14-13 ball — o’rta darajada ong buzilishi.
12—11 ball — chuqur ong buzilishi.
10—8 ball — sopor.
7-6 ball — o’rta daraja koma.
5-4 ball — chuqur koma.
3 ball — terminal koma, miya o’limi
Qo’shimcha ma’lumot
Komaning Glazgo shkalasi va o’lim ko’rsatkichi o’rtsida bog’liqlik juda yuqoridir. 3 dan 8 gacha ballar orasida o’lim ko’rsatkichi 60%; 9 dan 12 gacha -2%; 15 ballda – 0% ni tashkil etadi .(Д. Р. Штульман, Н. Н. Яхно, 1995)
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda ongning buzilish darajasini baholash uchun Apgar shkalasi qo’llanilishi kerak.
Bola 4 yoshga to’lmaganida «bola» rejimiga o’tish maqsadga muvofiqdir.
Mavzuga aloqador
Autoimmun bepushtlik markerlari va ularni aniqlash usullari. Bepushtlik yoki farzandsizlik diagnostikasi.
Til ko’rinishi nimalarni aniqlashga yordam beradi. Til mikroflorasi yurak yetishmovchiligini tashxislashga yordam berishi mumkin.
Apgar shkalasi erta tug’ilgan chaqaloqlarning hayotiyligini baholashga yordam beradi