25.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Lineomat orqali dori quyish tezligini hisoblash (titrlash tezligi)

Infuziya tezligini hisoblash kalkulatori

% dan mg ga o'tkazish



Ushbu hisoblagich haqida

*Ushbu hisoblagich aniq hajmdagi eritma tarkibidagi aniq modda miqdorini (milligrammda) organizmga yuborish tezligini lineomat (titrlash tezligi ml/soat da) orqali hisoblash imkonini beradi. Shuningdek, bemor vazni va preparat dozirovkasi (mkg*kg/soat yoki ml/soat ko’rinishida) ko’rsatilishi kerak bo’ladi.

Masalan, 4% li dofaminning 5 ml eritmasi 200 mg toza modda saqlaydi (4% – 40 mg, 40*5=200). Preparat ampulasi (5 ml) 20 ml hajmgacha fiziologik eritmada suyultiriladi. Shunga ko’ra, 200 mg – bu modda miqdori,  20 ml esa – eritmaning umumiy hajmi. Bemor vazni – 70 kg va dofaminning buyrak dozalashidan foydalanamiz (2 mkg*kg/soat). Shunday qilib, dorini yuborish tezligi 0,84 ml/soat ni tashkil qiladi.

1 kg tana vazniga daqiqasiga ko’rsatilgan dori miqdori (mikrogrammda) orqali moddani daqiqasiga qanchadan millilitr yuborilishi hisoblanadi va daqiqasi tomchi ko’rinishiga avtomatik o’tkaziladi. Bunday holda, 1 millilitrda 20 tomchi borligi hisobga olinadi.

Agar daqiqasiga tomizish tezligi 1 tomchidan kam bo’lsa preparatni yanada suyultirish va lineomat orqali qayta hisoblash tavsiya etiladi.

Shuningdek, hisoblagich dorining ma’lum ml/soat ko’rinishidagi dozalashdan foydalanib mkg*kg/soat holida hisoblash imkonini ham beradi.

Dori vositalarining vaznga bog’liq bo’lmagan dozalarini hisoblashda kalkulyatordan foydalanish uchun «Bemorning vazni» maydoniga 1 ga teng qiymatni kiriting.

Formula

Dorini yuborish tezligi = bemor tana vazni (kg) * preparat dozasi (mkg/kg*daqiqa) / (Infuzion eritma tarkibidagi modda miqdori (mg) * (1 000/Infuzion eritma umumiy hajmi))*60

Qo’shimcha ma’lumot

Umumiy eritma miqdori 20 ml gacha suyultirilganda, vazni 70 kg bo’lgan bemor uchun ba’zi keng tarqalgan dorilarning dozalari oralig’i va dastlabki qo’llanilish tezligi
Preparat Dozalash oralig’i, (mkg/kg*daqiqa) 1 ml da standart chiqariladigan shakldagi preparatning miqdori, mg Tezlik, ml/soat
Adrenalin (gidroxlorid) 0,05-0,4 1 (0.1% – 1,0) 4.2
Noradrenalin (levonor) 0,03-1 1 (0.1% – 1,0) 2.5
Dofamin 1-20 200 (4% – 5,0) 0.4
Nitroglitserin 10-400 мкг/мин 20 (1% – 2,0) 0.6
Fenilefrin (mezaton) 0.3-2 10 (1% – 1,0) 2.5

Ta’riflangan dori haqida qisqacha

Dofamin

Agar infuziya tezligi > 20—30 mkg/kg/daqiqa bo’lsa, dofaminni boshqa tomir toraytiruvchi moddalar bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir (adrenalin, noradrenalin).

Gemodinamikaga ta’siri dozaga bog’liq::

  • Kichik doza: 1—5 mkg/kg/daqiqa, buyrakda qon oqimi va diurezni oshiradi.
  • O’rtacha doza: 5—15 mkg/kg/daqiqa buyrakda qon aylanishini, pulsni, yurak qisqaruvchanligini hamda yurak qon otib berish hajmini oshiradi.
  • Yuqori doza: > 15 mkg/kg/daqiqa qon tomir toraytiruvchi ta’siri kuchayadi.

Fenilefrin ( mezaton )

Bolyus (tezkor) dozani kiritishingiz mumkin, 25 – 100 mkg gacha. Bir necha soatdan so’ng taxifilaksiya ( dori qayta yuborilganda davolovchi ta’siri keskin pasayishi yoki anafilaksiya yuzaga kelish ehtimoli kamayishi) chaqiriladi.

20370cookie-checkLineomat orqali dori quyish tezligini hisoblash (titrlash tezligi)