MAGNЕ V6®/MAGNE B6® Магне В 6
preparatini tibbiyotda qoʻllash boʻyicha
YOʻRIQNOMA
Sizga dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu yoʻriqnomani diqqat bilan oʻqib chiqishingizni soʻraymiz. U Siz uchun muxim maʼlumot saqlaydiUshbu qoʻllash boʻyicha maʼlumotli ilova-varaqani saqlang, chunki keyinroq uni yana oʻqib chiqish talab qilinishi mumkin.
Har qanday qoʻshimcha maʼlumot yoki maslaxat olish uchun, iltimos Oʻzingizning shifokoringizga murojaat qiling. Sizning shifokoringiz ushbu dori preparatini shaxsan Sizga yozib bergan, Siz uni boshqa shaxslarga bermasligingiz kerak. |
Preparatning savdo nomi: Magne V6®
Xalqaro patentlanmagan nomi: magniy laktati digidrati/piridoksin gidroxloridi.
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar: magniy laktat digidrati – 470 mg, piridoksin gidroxloridi – 5 mg
Yordamchi moddalar: saxaroza, ogʻir kaolin, akatsiya yelimi, karboksipolimetilen 934, talk (magniy gidroksilikati), magniy stearati, karnaub mumi (kukun), titan dioksidi.
Tabletkadagi magniy (Mg2+) ning umumiy miqdori 48 mg (1,97 mmol) ni tashkil qiladi.
Taʼrifi: oval, silliq, yaltiroq, oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: vitamin-mineralli majmua.
ATX kodi: A12.
Farmakodinamikasi
Fiziologik aspektlari:
Magniy asosan xujayra ichki kationi hisoblanadi. U neyronlarning qoʻzgʻaluvchanligini va qoʻzgʻalashni nerv-mushak boʻylab oʻtkazilishini pasaytiradi, Koʻpchilik fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi. Magniy aʼzolar va toʻqimalarning muhim elementi hisoblanadi: suyak toʻqimasida odam organizmidagi magniyning umumiy miqdorini yarmi saqlanadi.
Klinik aspektlari:
Zardobdagi magniyning darajalari:
– 12 va 17 mg/l gacha (1-1,4 mEkv/l yoki 0,5-0,7 mmol/l) orasida: magniyning oʻrtacha tanqisligini koʻrsatadi
– 12 mg/l dan past (1 mEkv/l yoki0,5 mmol/l) –magniyning ogʻir tanqisligini koʻrsatadi.
Tanqislik
– birlamchi, magniy metabolizmini tugʻma anomaliyasi tufayli boʻlishi mumkin:
– quyidagilar ikkilamchi tufayli boʻlishi mumkin:
- organizmga noadekvat tushishi (ogʻir yetarli ovqatlanmaslik, alkogolizm, toʻliq parenteral ovqatlanish),
- meʼda-ichakda soʻrilishini buzilishlari (surunkali ich ketishi, meʼda-ichak oqmasi, gipoparatiroidizm),
- buyraklar miqyosida ortiqcha yoʻqotilishi (buyrak naychalarning kasalliklari, jiddiy poliuriya, diuretiklarni suisteʼmol qilish, surunkali piyelonefrit, birlamchi giperaldosteronizm, sisplatin bilan davolanish) tufayli yuz berishi mumkin.
Piridoksin (V6 vitamini) koʻpchilik metabolik jarayonlarda, nerv tizimining metabolizmini boshqarilishida ishtirok etadi. V6 vitamini magniyni meda-ichak yoʻllaridan soʻrilishini va uni xujayralarga kirishini yaxshilaydi.
Qoʻllanilishi
Ushbu dori vositasi magniy saqlaydi.
Quyidagi simptomlarning maʼlum sonini majmuasi magniyning tanqisligidan dalolat berishi mumkin:
– Asabiylik, taʼsirchanlik, kuchsiz xavotirlik, oʻtkinchi toliqish, uyquni biroz buzilishi,
– Meʼda-ichak spazmlari, yurakni tez-tez urishi (sogʻlom yurakda) shaklidagi bezovtalik koʻrinishlari,
– Mushak tirishishlari, sanchilish hissi.
Magniyni buyurish bu simptomlarni yoʻqotishga yordam berishi mumkin.
Agar bir oy davolashdan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, ushbu preparat bilan monoterapiyani davom ettirish maqsadga muvofiq emas.
Qoʻllash usuli va dozalari
Tabletkalarni katta stakan suv bilan birga qabul qilish kerak.
FAQAT KATTALAR VA 6 YoSHDAN OSHGAN BOLALAR UCHUN
Kattalar: 2-3 qabulga boʻlingan sutkada 6-8 tabletkadan, ovqat qabul qilish vaqtida.
Bolalar: sutkada 10-30 mg/kg, yaʼni 6 yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni taxminan 20 kg) 2-3 qabulga boʻlingan sutkada 4-6 tabletka, ovqatlanish vaqtida.
Odatda davolashning davomiyligi bir oyni tashkil qiladi.
Qondagi magniyning darajasi normallashganidan keyin davolashni toʻxtatish kerak.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Ushbu preparatni quyidagi hollarda qoʻllash mumkin emas:
– Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik,
– Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam boʻlgan ogʻir buyrak yetishmovchiligi.
Qoʻllashdagi alohida koʻrsatmalar va ehtiyotkorliklar
Maxsus koʻrsatmalar
Yoʻldosh kalsiy tanqisligida, qoʻshimcha kalsiy yuborish boshlangunicha, magniyning tanqisligi bartaraf qilingan boʻlishi kerak.
Tabletkalarda saxaroza borligi tufayli, fruktozani oʻzlashtiraolmaslikda, glyukoza yoki galaktozaning soʻrilishini buzilishi sindromida yoki saxaraza-izomaltaza tanqisligida preparatni qoʻllash mumkin emas.
Magniyning ogʻir tanqisligida va soʻrilishini buzilishlarida, davolash vena ichiga yuborishdan boshlanishi kerak.
Qoʻllashdagi ehtiyotkorlik choralari
TABLЕTKALAR KATTALAR VA 6 YoSHDAN OSHGAN BOLALAR UCHUN MOʻLJALLANGAN.
6 yoshdan kichik bolalar uchun mos keluvchi dori shakllari mavjud.
Oʻrtacha buyrak yetishmovchiligida, gipermagniyemiya bilan bogʻliq boʻlgan xavfni oldini olish maqsadida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik
Homiladorlikning yetarli sonidagi klinik tajriba, hech qanday fetotoksik yoki rivojlanish nuqsonlarini chaqiruvchi taʼsirini aniqlamagan.
Zarurati boʻlganida magniy homiladorlikning har qanday bosqichida qoʻllanishi mumkin.
Keng qamrovli tekshirishlar yoʻqligiga qaramasdan, bor boʻlgan klinik tajriba umidli hisoblanadi.
Laktatsiya davri
Magniyni ona sutiga oʻtishi tufayli, preparatni emizish davrida qoʻllashdan saqlanish kerak.
Nojoʻya taʼsirlari
Quyida taʼriflangan simptomlar paydo boʻlgan xolda, iltimos, darxol Oʻzingizning davolovchi shifokoringizga murojaat qiling!
– diareya
– abdominal ogʻriqlar
– teri reaksiyalari
– allergik reaksiyalar.
Dozani oshirib yuborilishi
Agarda buyraklar normal ishlayotgan boʻlsa, magniyning peroral dozasini oshirib yuborilishi odatda toksik reaksiyalarga olib kelmaydi. Ammo magniy bilan zaharlanish buyrak yetishmovchiligida rivojlanishi mumkin.
Davolash: regidratatsiya, jadallashtirilgan diurez. Buyrak yetishmovchiligida gemodializ yoki peritoneal dializ zarur.
Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri va oʻzaro taʼsirning boshqa shakllari
Tavsiya qilinmaydigan majmualar
- Fosfor yoki kalsiy tuzlari
Bu preparatlar magniyni ichakdan soʻrilishini susaytiradilar.
Eʼtiborga olish kerak boʻlgan majmualar
- Peroral tetratsiklinlar
Tetratsiklinlar va magniyni ichga qabul qilish orasida, tetratsiklinlarni meʼda-ichak yoʻllaridan soʻrilishini pasayishi tufayli, kamida 2 soatlik intervalga rioya qilish kerak.
Transport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Alohida tavsiyalar yoʻq.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, blisterlarda.
10 tabletkadan blisterda, 5 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
24 oy.
Oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtgach qabul qilinmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Mavzuga aloqador
Endomarine kids – tabiiy vitamin va mineral kompleks
Detacsion ( Detaksion ) balm haqida ma’lumot – tarkibi, foydasi va zarari, narxi qancha .
Vitaminlar nomlanishi