24.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Meldoniy – ineksiya uchun eritma

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

MЕLDONIY

MELDONIUM

Preparatning savdo nomi: Meldoniy

Taʼsir etuvchi modda (XPN): meldoniy

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma.

Tarkibi:

faol modda: meldoniy – 500 mg;

yordamchi moddalar: inyeksiya uchun suv.

Taʼrifi: rangsiz, tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

ATX kodi: S01ЕV

 

Farmakologik xususiyatlari

Meldoniy – gamma-butirobetain moddasining struktur analogi boʻlib, inson organizmining har bir hujayrasida boʻladi.

Yuqori yuklama sharoitida meldoniy hujayralarni kislorodga ehtiyoji va yetkazilishi orasidagi muvozanatni tiklaydi, hujayralarni shikastlanishdan himoya qilib, ularda modda almashinuvining toksik mahsulotlarini toʻplanishini oldini oladi; shuningdek tonusni oshiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Uni qoʻllash natijasida organizm yuklamaga chidash va energiya zahiralarini tez tiklash qobiliyatiga ega boʻladi. Shu xususiyatlari tufayli meldoniy yurak-tomir tizimi faoliyatining, miya qon aylanishining turli buzilishlarini davolash uchun, shuningdek jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshirish uchun ishlatiladi. Miokardni oʻtkir ishemik shikastlanishida meldoniy nekrotik sohani hosil boʻlishini sekinlashtiradi, tiklanish davrini qisqartiradi. Yurak yetishmovchiligida miokardning qisqaruvchanligini, jismoniy yuklamaga chidamliligini oshiradi, stenokardiya xurujlari tez-tezligini kamaytiradi. Miyada qon aylanishining oʻtkir va surunkali ishemik buzilishlarida ishemiya oʻchogʻida qon aylanishini yaxshilaydi, qonni ishemiyalangan sohalar foydasiga qayta taqsimlanishiga yordam beradi. Koʻz tubining vaskulyar va distrofik patologiyasida samaralidir. Preparat surunkali alkogolizmga boʻlgan bemorlarda abstinensiya sindromida nerv tizimining funksional buzilishlarini yoʻqotadi.

Qoʻllanilishi

Yurak ishemik kasalligini (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligi va disgormonal kardiomiopatiyani majmuaviy davolash tarkibida, shuningdek miyani qon bilan taʼminlanishini oʻtkir va surunkali buzilishlarini (insult va serebrovaskulyar yetishmovchilik) majmuaviy davolashda qoʻllanadi.

Gemoftalm va toʻr pardaga turli etiologiyali qon quyilishlari, toʻr pardaning markaziy venasi va uni shoxlarini trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabetik, gipertonik).

Pasaygan ish qobiliyatini pasayishi; jismoniy zoʻriqish, shu jumladan sportchilardagi.

Surunkali alkogolizmdagi abstinensiya sindromi (alkogolizmni spetsifik davolash bilan majmuada).

Qoʻllash usuli va dozalari

Qoʻzgʻatuvchi samarani rivojlanishi mumkinligi tufayli kunning birinchi yarmida qoʻllash tavsiya qilinadi.

Yurak-tomir kasalliklari. Majmuaviy davolash tarkibida kuniga 0,5-1,0 g dan vena ichiga (inyeksiya uchun eritma 5-10 ml 500 mg/5 ml), hamma doza bir yoʻla yoki ikkiga boʻlib qabul qilinadi. Davolash kursi – 4-6 hafta.

Miyada qon aylanishini buzilishi. Oʻtkir bosqichi – 0,5 g dan kuniga 1 marta vena ichiga 10 kun davomida, soʻngra peroral dori shaklini qabul qilishga oʻtiladi. Umumiy davolash kursi – 4-6 hafta. Surunkali buzilishlar – peroral dori shakli qoʻllanadi. Takroriy kurslar (odatda yiliga 2-3 marta) shifokor maslahatidan keyin oʻtkazilishi mumkin.

Toʻr pardaning qon-tomir patologiyasi va distrofik kasalliklari:

Parabulbar 0,5 ml inyeksiya uchun 500 mg/5 ml eritmasi 10 kun davomida qoʻllanadi.

Aqliy va jismoniy zoʻriqishlar, shu jumladan sportchilardagi zoʻriqishlar:

Kattalarga 0,5 g vena ichiga (5-10 ml inyeksiya uchun eritma 500 mg/5 ml) kuniga 1 marta. Davolash kursi – 10-14 kun. Zarurati boʻlganida davolash 2-3 hafta oʻtgach takrorlanadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya, arterial bosimni oʻzgarishi;

MNT tomonidan: kam hollarda psixomotor qoʻzgʻalishlar.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – dispeptik holatlar.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – terini qichishishi, qizarish, toshma, shishlar kuzatilishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

– bosh miya ichki bosimini oshishi (shu jumladan venoz oqimini buzilishi, bosh miya ichki oʻsmalari);

– MNT ning organik shikastlanishlari;

– homiladorlik, laktatsiya davri;

– preparatga yuqori sezuvchanlik;

– 18 yogacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Koronar qon tomirlarini kengaytiruvchi, ayrim gipotenziv preparatlar, yurak glikozidlarining taʼsirini kuchaytiradi. Antianginal vositalar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar, diuretiklar, bronxolitiklar bilan birga qoʻllash mumkin. Oʻrtacha taxikardiya va arterial gipotenziyani rivojlanishi mumkinligi tufayli, nitroglitserin, nifedipin, alfa-adrenoblokatorlar, gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlar bilan majmuaviy qoʻllashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Maxsus koʻrsatmalar

Surunkali jigar va buyrak kasalliklari boʻlgan patsiyentlarga preparatni uzoq muddat qoʻllanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Meldoniyni bolalarda qoʻllash boʻyicha yetarli maʼlumotlar yoʻq.

Kardiologiya boʻlimlarida oʻtkir miokard infarkti va nostabil stenokardiyani koʻp yillik davolash tajribasi, oʻtkir koronar sindromida meldoniy birinchi qator preparatlari emasligini koʻrsatadi.

Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qoʻllanilishi.

Homiladorlik vaqtida preparatni qoʻllashning xavfsizligi isbotlanmagan.

Homilaga mumkin boʻlgan nohush taʼsirlardan saqlanish uchun, uni homiladorlik davrida buyurilmaydi.

Ona suti bilan preparat chiqarilishi aniqlanmagan. Agar meldoniy bilan davolash ona uchun zarur boʻlsa, unda bolani emizish toʻxtatiladi.

Avtotransport vositalarini boshqarish va boshqa harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsiri

Psixomotor reaksiyalar tezligiga meldoniyning nohush taʼsiri haqida maʼlumotlar yoʻq.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng qoʻllanmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: arterial bosimni pasayishi, bosh ogʻrigʻi, taxikardiya, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.

Davolash: simptomatik.

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun eritma 10%. 5 mldan neytral shisha ampulalarda. 5 ampuladan PVX kontur uyali oʻramlarga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Манба: tibbiyot.info

2170cookie-checkMeldoniy – ineksiya uchun eritma