29.03.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Parkland bo’yicha kuygan bemorlarga infuziya hajmini hisoblash

Lund-Brauder bo’yicha kuygan sirt maydonini aniqlash

Kuygan bemorlarda azot balansi va energiya ehtiyojini hisoblash

Ma'lumotlarni to'ldiring

Quyidagilardan tanlang

 

Ushbu hisoblagich haqida

Ushbu kalkulyator bolalar va kattalardagi Parklend formulasi yordamida kuyish shokida  suyuqlik terapiyasining hajmini hisoblab chiqadi

Formula

Bu yerda: m — tana vazni kilogrammda; A — tana yuzasining % da kuygan qismi, 4 – konversiya koefsenti.

Konversiya koeffitsienti 3 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun 4, 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun 4,5 va bir yoshgacha bo’lgan bolalar uchun 5 ga teng.

Vazn ko’rsatkichini o’nlik kasrgacha aniqlik bilan kiritish mumkin.

Ma’lumot

Parkland formulasi kuygan bemorga dastlabki 24 soat ichida talab qilinadigan suyuqlik hajmini hisoblash uchun ishlatiladi.

Jami hajmning birinchi yarmi shikastlangandan keyingi dastlabki 8 soat ichida, qolgan qismi keyingi 16 soat ichida yuboriladi .

Shuni inobatga olish kerakki, 1-darajali kuyish volemik holatni gemodinamik jihatdan sezilarli darajada buzilishiga olib kelmaydi.

Shunday qilib, formulalar faqat II va undan yuqori darajadagi kuyishlarga taalluqlidir.

Qo’shimcha ma’lumot

To’qqizlar qoidasi yordamida kuyish maydonini tezda hisoblashingiz mumkin: 9% – qo’llarning har biri; 18% – oyoqlarning har biri; 18% – tananing old yuzasi; 18% – tananing orqa yuzasi; 9% – bosh; 1% – oraliq.
21280cookie-checkParkland bo’yicha kuygan bemorlarga infuziya hajmini hisoblash