Tug’ruqdan keyin qinni qanday qilib toraytirish mumkin? Ushbu mavzu ko’plab ayollarni qiziqtiradi. Intim mushaklarga avvalgi tonusni qaytarishning ko’plab alternativ usullari mavjud — turli xil krem, gel va malhamlardan tortib radikal chora sanalmish plastik jarrohlik amaliyotlariga qadar.
Qin kengayishi sabablari
Mushak tonusini kamayishiga xizmat qilgan omillar bir nechta bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalganlari orasida:
- Tug’ruq va tez-tez abort qilish;
- Ayollarda 50 yoshdan keyin yuzaga keladigan organizmdagi fiziologik o’zgarishlar;
- Muntazam surunkali ich qotishi;
- Jinsiy a’zolarda operatsiyalar o’tkazilishi;
- Mushaklarni ortiqcha jismoniy zo’riqishi tufayli zaiflashishi;
- Profilaktik choralar yetishmasligi.
Qin mushaklarining kuchsizligini nafaqat jinsiy maylning kamayishi, balki nazoratsiz siydik chiqarish, sekretsiya faolligining pasayishi, jinsiy aloqa vaqtida noqulaylik, og’riq, achishish kabi belgilar orqali aniqlash mumkin.
Bunday o’zgarishlar muqobil tibbiyot va farmatsevtik preparatlar, mashqlar yoki jarrohlik aralashuvi yordamida majburiy tuzatishni talab qiladi.
Toraytiruvchi krem, gel va lubrikantlar
Qin mushaklarining cho’zilib ketganligi nafaqat erkak va ayol o’rtasidagi jinsiy aloqada noqulaylikka olib keladi, balki ko’plab siydik-tanosil kasalliklarga, shu jumladan peshob tuta olmaslikka ham olib kelishi mumkin.
Zamonaviy farmakologiya yuqori texnologiyalar tufayli juda yaxshi rivojlangan sanaladi, shuning uchun har qanday dorixonada qinni toraytiradigan bir nechta turdagi dorilarni topish mumkin. Bunday dorilar haqida bilish kerak bo’lgan asosiy narsa: ular faqat mahalliy va qisqa muddatli ta’sirga ega. Odatda ular tabiiy komponentlar asosida tayyorlanadi. Shuning uchun asoratlar va nojo’ya ta’sir xavfi minimal darajada deb hisoblanadi.
E’tibor bering! Yagona xavf — bu mahsulotning tarkibiy qismlariga individual intolerantlik, ta’sirlanish yoki allergik reaktsiya bo’lishi mumkin.
Bunday farmakologik vositalarning eng keng tarqalgan tarkibiy qismlaridan biri bu eman po’stlog’idir, uning ekstrakti vaginal devorlarga oshlovchi ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, assortimentda turli xil gellar, lubrikant va malhamlar ham mavjud (ular maxsus intim do’konlarda ham sotiladi).
Ushbu vositalar jinsiy aloqadan oldin shilliq qavatiga qo’llanilishi kerak. Ta’sir odatda 10-15 daqiqadan so’ng sezila boshlaydi.
Maxsus mashqlar
Krem va lubrikant vositalarining tezkor samaradorligiga qaramay, ulardan foydalanishda ta’sir tezda yo’qolib ketadi. Shuning uchun zaiflashgan chanoq mushaklarini tabiiy kuchaytirishga ko’proq e’tibor qaratish kerak.
Buning uchun eng oddiy va iqtisodiy jihatdan samarali yechim — Kegel mashqlari va maxsus intim mushaklar uchun gimnastika — vumbilding sanaladi. Bu yondashuv boshidan tug’ruqni o’tkazgan ayollar uchun ayniqsa mos sanaladi.
Kegel mashqlari
Ushbu oddiy kompleks kichik chanoq mushaklarini kuchaytirish uchun dunyodagi eng samarali hisoblanadi. Bundan tashqari, bu mashqlar enurez (peshob tuta olmaslik) va ayollar siydik-tanosil tizimining boshqa kasalliklarini oldini olish uchun yaxshi chora sanaladi.
Uning mohiyati shundan iboratki, intensiv mashg’ulotlarga peshob chiqarish jarayonida ishtirok etadigan mushaklar jalb qilinadi.
Mashqni bajarish uchun ayol o’zini peshob chiqarishni istayotgandek tasavvur qilish kerak. Bunda mushaklarni bir muddat kuchantirib, so’ng bo’shashtirish talab etiladi. Ushbu oddiy va juda oson mashqni har kuni takrorlashda natijalar o’zini uzoq kuttirmaydi.
Ushbu mashq juda ko’p afzalliklarga ega: uni nafaqat uyda, balki ishda ham bajarish mumkin — atrofdagi hech kim hech narsani sezmaydi, qo’shimcha qurilmalar lozim emas, ozgina vaqt va kuch sarflaydi, ammo ajoyib natija beradi.
Dastlab mashqlarni har kuni taxminan 5 ta yondashuv bilan 10 martadan bajarish kerak, keyinchalik takrorlar sonini kuniga 300 martagacha yetkazish mumkin. Bunday mashqlar uchta asosiy guruhga bo’linadi:
- Ushlab turishsiz intim mushaklarni ritmik qisqartirish.
- Mushaklarni asta-sekin qisqartirib, shu tarzda bir necha soniya ushlab turish.
- Qindan «itarib chiqarish».
Diqqat! Jismoniy mashqlar, shuningdek, qinni toraytirish uchun dori-darmonlarni qo’llash faqatgina ginekologik muammolar bo’lmagan hollarda tavsiya etiladi. Har qanday holatda ham krem va lubrikant vositalarini ishlatishdan, shuningdek mashg’ulotlarni boshlashdan oldin shifokorga murojaat qilish kerak.
Vumbilding
Bu intim mushaklarning maxsus gimnastikasiga berilgan atama bo’lib, qisqa vaqt ichida ularning tonusini oshirishga yordam beradi. Ko’pincha, vumbildingda maxsus qurilmalar qo’llaniladi, jumladan:
- Elektr stimulyatorlar (maxsus vibro anjomlar, ipga biriktirilgan to’plar, turli xil konus va boshqalar).
- Vaginal mushaklarning siqilish kuchini o’lchaydigan maxsus qurilmalar (pnevmatika tamoyiliga ko’ra).
- «Hammasi birda» mexanik qurilmalar.
- Mushaklarni zo’riqtirmaydigan odatiy trenajyorlar.
Vumbling bilan shug’ullanishni bosqichma-bosqich va izchil boshlash kerak. Buning uchun yaxshi start yuqorida tavsiflangan Kegel mashqlari bo’la oladi. Bundan tashqari, har bir peshob chiqarish paytida ushbu jarayonni bir necha bor to’xtatishga harakat qilish mumkin.
Mashqlar hatto jinsiy aloqa paytida ham amalga oshirilishi mumkin — shunchaki intim mushaklarni qisartirishga harakat qilib, keyin barchasini qindan tashqariga «itarib chiqarish» kerak. Vaginal mushaklar biroz mashq qilingandan so’ng, jiddiyroq mashqlarni boshlash, shuningdek, mushaklarning kuchini o’lchaydigan asbob va maxsus trenajyorlarni sotib olish mumkin.
Intim plastika
Bu qinni toraytirish uchun radikal usul sanaladi. Ushbu amaliyotga yuqoridagi barcha usullarni sinab ko’rgach, ularning hech biri yordam bermagandan so’ng murojaat qilgan ma’qul.
Operatsiya tug’ruq jarayoni qiyin va og’riqli bo’lgan yoki hatto jarohatlar — vaginal yoriqlari bo’lgan ayollar uchun ayniqsa o’rinlidir. Intim plastika anorgazmiya va sezuvchanlik yo’qligi, meteorizm va enurez kabi muammolarni bir martada hal qilishi mumkin.
Xirurgik asboblar yordamida jarroh «ortiqcha» yumshoq to’qimalarni (xususan, mushaklarni) kesib tashlab, mushaklar va shilliq qavatni tikib qo’yadi. Amaliyotning o’rtacha davomiyligi 1 soatdan 3 soatgacha bo’ladi. Faqatgina umumiy og’riqsizlantirish ostida amalga oshiriladi. Reabilitatsiya davri kamida 1 oy.
Mavzuga aloqador
Farzand talab otalar uchun plan baby loyihasi
Marine mask krem haqida ma’lumot. Tarkibi, foydasi va zararlari, qo’llanilishi. Narxi qancha ?
AYOL ORGAZMI — TURLARI, AYOL JINSIY ALOQADA LAZZATLANISHI XUSUSIYATLARI, ANORGAZMIYA