20.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Ro’zador odam kunni qanday o’tkazishi kerak ?

«Ro‘zadorman, kuni bo‘yi harakat qilsam och qolaman, harakatdan qolib holsizlanaman», deb hech ham o‘ylamang. Ro‘zada odam doim ohista harakatda bo‘lishi kerak, harakat va ochlik sog‘ligimizni tiklashimizga va mustahkamlashimizga ikki karra hissa qo‘shadi. Harakat qilmasdan faqat yotib yashash esa sekin-asta yurakning kam urishi va organizmning shunga ko‘nikib qolishiga, holsizlanish holatlariga olib keladi, bu esa ibodatlarimizgayam o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Saharlikdan so‘ng 4–5 kilometr piyoda sayr qilib olish, iftorlikdan keyin esa taroveh namozlariga qoyim bo‘lish tavsiya qilinadi.

Sutkasiga kamida 7 soat uxlab olish kerak, lekin kunduzi och qorinda uxlashga sharoiti borlarga aytishim mumkinki, bu uyquni kamida ikkiga ko‘paytirib, hisob-kitobingizni olib boravering. Ya’ni, kunduzgi 1.5–2 soatlik uyqu tungi 4–5 soatning o‘rnini bosadi, buning sababi bizni oshqozonimiz toza holatda ekanligidadir. Ko‘proq peshindan keyin uxlab olish tavsiya qilinadi.

Quyosh nuri garchi bizni issiqdan «qiynasa-da», lekin bir tarafdan bizni chiniqtirib, vitaminlarga to‘ydiradi, tana qurilishimizni mustahkamlaydi. Har kuni kunning birinchi yarmigacha 15–20 daqiqa quyosh va tashqi havo issiqligidan chiniqib olish kerak, deb o‘ylayman.

65240cookie-checkRo’zador odam kunni qanday o’tkazishi kerak ?