25.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Saxarlikda nimalar yeyish kerak ?

Ertalab uyg‘onishimiz bilan dastlab iliq suvga imkon bo‘lsa bir qoshiq asal aralashtirib ichib olib, keyin saharlikka tayorgarlik ko‘rilsa, 10–15 daqiqadan so‘ng yegan taomimiz suv bilan aralashmasdan noqulayliklardan qutilamiz.

Saharlikda bizni asosiy ichimligimiz suv bo‘lishi lozim, choy ichgan taqdirdayam imkon qadar uni achchiq qilib damlamasdan ichish lozim.

Quyidagi mahsulotlar bizni kun davomida chanqashimizga va ichgan suvimizning tezroq tanamizni tark etishiga sabab bo‘lishi mumkin:

  • yog‘li mahsulotlar va yog‘li ovqatlar;
  • me’yoridan ortiq achchiq choy;
  • dudlangan go‘sht mahsulotlari (kolbasa, sosiska va hokazo);
  • sho‘r mahsulotlar;
  • tuzlama mahsulotlari;
  • kofe va kofeinga boy mahsulotlar;
  • shakarni haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish;
  • barcha notabiiy kimyoviy moddalar aralashtirib tayyorlangan oziq-ovqatlar;
  • lavr (dafna) yaprog‘i, na’matak mevasi kabi siydik haydovchi damlamalar.

Endi esa saharlik qilish uchun to‘rt xil eng foydali mahsulotni keltirib o‘tamiz.

1. Saharlikda imkon qadar tez hazm bo‘lmaydigan va yuqori kaloriyaga ega donli mahsulotlarni iste’mol qilish lozim. Bular: suli bo‘tqasi, shirguruch, grechixali ovqat va shu kabilar.

2. Sut mahsulotlaridan tvorog, yogurt, qatiq, smetana, shirchoy ham foydali hamda bu mahsulotlar bilan kun davomida chanqamasdan yurishimiz kuzatilgan.3. Asal, arab xurmosi, yong‘oq, mag‘iz, o‘rik turshagi, olcha qoqi va boshqa shu kabi quruq mevalar.

4. O‘rik, gilos, anjir, shaftoli, olma, olcha, nok va boshqa mevalar bilan saharlik qilib olish lozim.

Ho‘l mevalardan to‘yib olib, bu bilan birga suv ichmasayam bo‘ladi, faqat mevalarning o‘zi yeyiladi, xolos.

Yuqoridagi mahsulotlarni saharlik paytida imkon qadar bir-biriga aralashtirmasdan, alohida iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Bu kun davomida o‘zimizni yaxshi his qilishimizga zamin yaratadi.

Kun davomida

«Ro‘zadorman, kuni bo‘yi harakat qilsam och qolaman, harakatdan qolib holsizlanaman», deb hech ham o‘ylamang. Ro‘zada odam doim ohista harakatda bo‘lishi kerak, harakat va ochlik sog‘ligimizni tiklashimizga va mustahkamlashimizga ikki karra hissa qo‘shadi. Harakat qilmasdan faqat yotib yashash esa sekin-asta yurakning kam urishi va organizmning shunga ko‘nikib qolishiga, holsizlanish holatlariga olib keladi, bu esa ibodatlarimizgayam o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Saharlikdan so‘ng 4–5 kilometr piyoda sayr qilib olish, iftorlikdan keyin esa taroveh namozlariga qoyim bo‘lish tavsiya qilinadi.

Sutkasiga kamida 7 soat uxlab olish kerak, lekin kunduzi och qorinda uxlashga sharoiti borlarga aytishim mumkinki, bu uyquni kamida ikkiga ko‘paytirib, hisob-kitobingizni olib boravering. Ya’ni, kunduzgi 1.5–2 soatlik uyqu tungi 4–5 soatning o‘rnini bosadi, buning sababi bizni oshqozonimiz toza holatda ekanligidadir. Ko‘proq peshindan keyin uxlab olish tavsiya qilinadi.

Quyosh nuri garchi bizni issiqdan «qiynasa-da», lekin bir tarafdan bizni chiniqtirib, vitaminlarga to‘ydiradi, tana qurilishimizni mustahkamlaydi. Har kuni kunning birinchi yarmigacha 15–20 daqiqa quyosh va tashqi havo issiqligidan chiniqib olish kerak, deb o‘ylayman.

65160cookie-checkSaxarlikda nimalar yeyish kerak ?