26.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Sog’lom odamda qon bosimi oshishi sababi nima ?

Kardiolog Olga Frolova sog‘lom odamlarda qon bosimi ko‘tarilishining ehtimoliy sabablari haqida so’z yuritdi.

Frolovaning aytishicha, gipertoniya (yurak-qon tomir tizimi, bosh miya, jigar va boshqa kasalliklarga sabab bo‘luvchi jiddiy patologik holat) ga chalinmaslik uchun to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish zarur.

Mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra, tuz, shakar va hayvon yog‘lari iste’molini kamaytirish lozim. Bundan tashqari, tamaki chekish va spirtli ichimliklardan voz kechgan ma’qul.

Qon bosimini muntazam o‘lchab borish erta yoshda ikkilamchi gipertoniyaga chalinmaslikni oldini oladi. Agar erta yoshda qon bosimi 140 ga 90 dan baland bo‘lsa, albatta shifokorga murojaat qilish lozim”, deydi shifokor.

Shifokorning aytishicha, gipertenziya (arteriyalarning muntazam yuqori bosimda bo‘lishi) holatida odamlar ko‘proq tana qizishi va og‘riqlar bilan shikoyat qiladi. Bundan tashqari, yuz qizarishi holatlari ham uchraydi.

66410cookie-checkSog’lom odamda qon bosimi oshishi sababi nima ?