20.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Sunme jenshen haqida ma’lumot – foydali xususiyatlari va zararlari, qo’llanilishi, narxi qancha .

Sharqda: «Hayvonlar podshosi – yo‘lbars, o‘simliklar podshosi – jenshen», – degan maqol bor. Yo‘lbars haqiqatan ham «hayvonlar podshosi»ga o‘xshaydi, lekin «o‘simliklar podshosi» juda ham ko‘rimsiz. Uning poyasi nimjon, barglari uzunchoq panjasimon, mevasi mayda va bemaza. Ba’zan odam shakliga o‘xshaydigan ildizi esa etli va yo‘g‘on bo‘ladi. Jenshen yig‘uvchilar Uzoq Sharq taygalarida juda qimmatbaho bo‘lgan jenshen ildizini bir necha oylab izlab yurganlar. Ko‘p kishilar taygada halok bo‘lardilar, lekin shunga qaramay bu sehrli ildiz – «o‘simliklar podshosi»ni qidiruvchilarsafikamaymasdi.

Jenshen

«Jenshen» so‘zi xitoychadan tarjima qilinganda «hayot ildizi» degan ma’noni bildiradi. Jenshenning bunday deb atalishi, ildizi­ning shunchalik qimmat bo‘lishi bejiz emas. Jenshenning ildizidan og‘ir kasalliklarni davolaydigan dorilar tayyorlanadi.

Faktlar sonlarda

1.3 mlrd

 

1,3 mlrd xitoyliklar
jenshenni inson uchun
eng foydali mahsulot
deb hisoblashadi

100

 

100 ga yaqin kasalliklarni
oldini olish va
davolashda
qollaniladi

5000

 

Xitoy va Koreyada
5000 yildan buyon
iste’mol qilib
kelinadi

100

 

Jenshen o’simligi
100 yilgacha
umr ko’radi

64430cookie-checkSunme jenshen haqida ma’lumot – foydali xususiyatlari va zararlari, qo’llanilishi, narxi qancha .