20.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Tiotriazolin 25mg/ml eritma haqida ma’lumot. Tarkibi, foydasi va zararlari, qo’llanilishi, narxi, qarshi ko’rsatmalar, nojo’ya ta’siri.

TIOTRIAZOLIN eritma 25 mg/ml 2 ml N10 qo’lanishi bo’yicha ko’rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TIOTRIAZOLIN

THIOTRIAZOLINUM

 

Preparatning savdo nomi: Tiotriazolin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tiotriazolin

Dori shakli: ko‘z tomchilari

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi

faol modda: 1 ml eritma 100% quruq moddaga hisoblaganda 10 mg tiotriazolin;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, suvda eruvchi metilsellyuloza, tozalangan suv.

Ta‘rifi: biroz tovlanuvchi, rangsiz yoki biroz sarg‘ish tusli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: oftalmologik vosita.

ATX kodi: S01XA.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi.

Tiotriazolinning farmakologik samarasi ko‘z to‘qimalarining ishemiyaga uchragan sohalarida antioksidant tizimi fermentlarining faollashuvi va lipidlarning perekisli oksidlanish jarayonlarini tormozlanishi, nerv-trofik buzilishlarning og‘irligini kamaytirishi, reparativ jarayonlarning jadalligini va tezligini oshirishi, to‘qimalarda yallig‘lanish reaksiyalarining kamaytirishi, ko‘zning mikrosirkulyator qon aylanish havzasida qon oqimini yaxshilashi bilan bog‘liq. Preparat shox pardaning sezuvchanligini erta tiklanishiga, nozikroq xiralashuvlarni hosil bo‘lishga, turli asoratlarni sezilarli kamayishiga yordam beradi, ko‘rish astenopiyasi ko‘rinishlarini kamaytiradi, akkomodasion mushak va to‘r pardaning markaziy bo‘limlarining funksional ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi, bu esa ko‘zning funksional qobiliyatini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Tekshirilmagan.

 

Qo‘llanilishi

Ko‘z soqqasining jarohati va shikastlanishi, shox pardaning yallig‘lanish distrofik kasalliklari, virusli kon‘yunktivitlar. Ko‘zni yallig‘lanishini oldini olish, personal komyuterlarda ishlaydigan shaxslarda ko‘rish astenopiyasining ko‘rinishlarini kamaytirish uchun qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat kasallikning birinchi kunidanoq instillyasiya ko‘rinishida 2 tomchidan kuniga 3-4 marta shikastlangan ko‘zning kon‘yunktival bo‘shlig‘iga tomizish buyuriladi.

Og‘ir shikastlanishlarda instillyasiyani 0,5 ml 1% eritmani kon‘yunktiva osti yoki parabulbar in‘eksiyalari bilan sutkada 1 marta 7-12 kun davomida birga qo‘shib qo‘llash tavsiya qilinadi. Tiotriazolinning instillyasiyalari 14-15 kun mobaynida amalga oshiriladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursini 30 kungacha uzaytirish mumkin.

Personal kompyuter bilan ishlaydigan shaxslar uchun preparat 2 tomchidan instillyasiyalar ko‘rinishida bevosita ish boshlash oldidan buyuriladi, so‘ngra har 2 soatda.

Qo‘llash davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.

Flakon ochilganidan keyin preparat 4-8ºS haroratda saqlanishi lozimligi tufayli, qo‘llashdan oldin uni xona haroratigacha isitish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Odatda preparat yaxshi o‘zlashtriladi, yuborish joyida reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Yuqori individual sezuvchanlikda allergik reaksiyalar, shu jumladan qichishish, giperemiya bo‘lishi mumkin. Tumov holatlari to‘g‘risida xabar berilgan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Noma‘lum.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik davrida yoki emizishda qo‘llanishi.

Qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.

Bolalar.

Bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun preparatni bu yosh toifasidagi pasientlarga buyurish tavsiya qilinmaydi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri.

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya qilingan dozalarga rioya qilinganida dozani oshirib yuborilishi mumkin emas.

 

Chiqarilsh shakli

5 ml dan flakonlarda, 1 flakondan qopqoq-tomchilatgich bilan komplektda o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda original o‘ramida saqlansin.

Flakon ochilganidan keyin +4-8ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlanganida yaroqlilik muddati – 5 sutka.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

60610cookie-checkTiotriazolin 25mg/ml eritma haqida ma’lumot. Tarkibi, foydasi va zararlari, qo’llanilishi, narxi, qarshi ko’rsatmalar, nojo’ya ta’siri.