28.03.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Urug’ suyuqligi sifatini oshirish — dorilar, mahsulotlar, parhez turlari

Aksariyat erkaklar urug’lantirishni rejalashtirishni kontraseptsiyani to’liq rad etish sifatida tasavvur qilishadi. Biroq, aslida bunday emas. Agar farzand ko’rishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, kontraseptsiyadan bosh tortishdan oldin salomatlikni tartibga keltirish kerak. Bu faqatgina ayol tomonidan amalga oshirilmaydi.

Erkak spermasi sifati homiladorlik boshlanishi ehtimoli va bo’lajak bolaning sog’lig’iga bevosita ta’sir qiladi. Erkak hatto o’zining erlik quvvatiga to’liq ishongan bo’lsa ham, urug’lantirishga tayyorgarlik vaqtida urug’ foizini tekshirishi va agar kerak bo’lsa, spermatozoidlarning harakatchanligini kuchaytirishi lozim, chunki potentsiya spermatozoidlar sifatining pastligi bilan bog’liq emas.

Sperma sifatini yomonlashtiradigan omillar

  • Moyaklarning harorati. Erkaklarning moyaklari tashqarida, yorg’oqda joylashishi bejizga emas. To’laqonli spermatozoidlarning yetilishi uchun moyak harorati normal tana haroratidan bir necha darajaga past bo’lishi kerak. Moyaklarning har qanday, hatto arzimagan darajada qizib ketishi, spermatozoidlarning harakatchanligini susaytiradi. Spermatozoidlarning harakatchanligi biroz vaqtga emas, balki yangi spermiylar yetilmagunigacha pasayadi. Bola urug’lantirishga tayyorgarlik ko’rayotganda, tabiiy matolardan tikilgan, bo’sh turadigan ichki kiyimlar kiyish, shuningdek moyaklarning qizib ketishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan omillarini kamaytirish tavsiya etiladi;
  • Noqulay ekologik vaziyat nafaqat salomatlik, balki spermaga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kimyoviy moddalar (jumladan, maishiy kimyoviy moddalar) bilan doimiy aloqalar, mobil telefonlardan chiqadigan nurlanish (oz bo’lsada), ifloslangan havo, chiqindi gazlar — bu omillarning barchasi sperma holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday holda, erkak urug’ini ko’paytirish va harakatchanlik darajasini kuchaytirishga antioksidantlarni qo’llash orqali erishiladi. Antioksidantlar nafaqat atrof muhit omillarining salbiy ta’sirini bartaraf etadi, ushbu moddalar shakllanayotgan spermatozoidlarni himoya ham qiladi, ularning oziqlanishini yaxshilaydi;
  • Stressli holatlar erkaklarning reproduktiv salomatligini yomonlashtiradi. Bu holatda ko’proq dam olish, vaziyatni tinchroq holatga o’zgartirish tavsiya etiladi.
  • Kola va qahva suiste’moli. Bir qator tadqiqotlar erkaklar qahva va gazlangan shirin ichimliklar ichishi uning spermatozoidlari konsentratsiyasini pasaytirishi va harakatchanligi yomonlashtirishini ko’rsatdi. Bu kofeinning jinsiy hujayralarga o’ziga xos ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liq.

Urug’ sifatini oshirish usullari

Saqlanish muddati

Ko’pchilik agar bir necha kun yaqinlikdan saqlanib turilsa, urug’lantirish ehtimoli oshadi deb hisoblaydi. Albatta bu fikrda haqiqat mavjud, ammo me’yorni unutmaslik zarur.

JSST tavsiyalariga ko’ra, saqlanish muddati 2 kundan 4 kungacha bo’lishi kerak, agar kunlar kam bo’lsa, sperma miqdori yetarli bo’lmasligi mumkin. Uzoq muddat saqlanishda menstrual siklning urug’lantirish uchun eng qulay bo’lgan kunini o’tkazib yuborish ehtimoli mavjid.

Uzoq saqlanishdan keyin spermatozoidlar sifati o’zgaradi va u sog’lom farzand urug’lantirish uchun yetarli bo’lmasligi mumkin.

Parhez

Har bir insonning salomatligi uning ovqatlanish xususiyatlariga bevosita bog’liq. Urug’lantirishni rejalashtirish davrida kundalik taomnomaga urug’ foizini yaxshilaydigan mahsulotlarni kiritish lozim. Ammo sperma sifatini yaxshilash uchun faqat oziq-ovqat mahsulotlari yetarli bo’lmasligi mumkin.

Shu sababli, shifokor muvozanatli parhez bilan birgalikda bo’lajak otalar uchun maxsus preparatlar qabul qilishni buyurishi mumkin. Bunday komplekslar zarur vitaminlar, aminokislotalar va mikroelementlarni o’z ichiga oladi.

Spermatogenezni yaxshilaydigan mahsulotlar, qoida tariqasida, konservantlar va bo’yoq moddalarini o’z ichiga olmaydi, tabiiy tarkibga ega, qovurilmagan va ko’p miqdorda yog’da tayyorlanmagan bo’ladi. Bunday mahsulotlarga kam yog’li go’sht, dengiz baliqlari, mavsumiy sabzavotlar va mevalar kiradi.

Spermani ko’paytirish uchun va uning sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi mikroelement va vitaminlarga quyidagilar kiradi:

  • Kaltsiy;
  • C, D, E vitaminlari;
  • Beta-karotin — to’q-sariq va qizil rangli sabzavotlarda ko’p;
  • Rux — dukkaklilarda ko’p;
  • Omega 3 to’yinmagan yog’ kislotalari (bular urug’ foizi va sifatiga eng ko’p darajada ta’sir qiladi) — yog’li baliq turlarida ko’p.
  • Selen — erkaklar reproduktiv tizimining normal ishlashi uchun kerak bo’lgan yana bir antioksidant. Taomnomada uni yetarli bo’lishida urug’ suyuqligi sifati yaxshilanadi, spermatozoidlarning harakatchanligi ortadi.

Bo’lajak ota yog’li va og’ir ovqatdan butunlay voz kechishi kerak. Bundan tashqari, konservantlar, stabilizatorlar va xushbo’ylashtiruvchi moddalarni o’z ichiga olgan mahsulotlarni taomnomadan butunlay chiqarib tashlash tavsiya etiladi. Bu qo’shimchalar sperma holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Bundan tashqari, ta’mni yaxshilovchi qo’shimchalar ishtahani oshiradi, ko’p yeb yuborish va vazn orttirishga sabab bo’ladi. Tana vazni ortiqcha bo’lgan erkaklarda esa spermogramma tahlili (analizi) ancha yomonroq bo’ladi, potentsiya bilan bog’liq muammolar ham tez-tez uchraydi.

E’tiborli jihati, yog’li oziq-ovqat mahsulotlar iste’molini cheklash natijasida normal yoki ozg’in erkaklarda urug’ sifati sezilarli darajada yomonlashadi.

Dori vositalari

Allergik reaktsiyalarni davolash uchun dorilar, analgetiklar, antibiotiklar, steroidlar — bularning barchasi erkak urug’i holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hatto Viagra singari preparat ham spermatozoidlar harakatchanligini kamaytiradi.

Spermatozoidalarning harakatchanlik darajasini oshirish uchun shifokor maxsus gormonal dori-darmonlarni tavsiya qilishi mumkin. Biroq, bunday dori-darmonlarni tayinlash uchun spermogramma va boshqa sinovlarni o’tkazish talab etiladi.

Sog’lom turmush tarzi

Urug’lantirish kutilishidan kamida uch oy oldin chekishdan, alkogolli ichimliklar va giyohvand moddalar qabul qilishdan bosh tortish kerak. Bu muddat sperma butunlay yangilanishi uchun yetarli bo’ladi. Tamaki chekishda nosog’lom spermatozoidlar ko’payishi isbotlangan.

Chekuvchi va chekmaydigan erkaklarda urug’ suyuqligi parametrlari
Parametr Chekuvchilar Chekmaydiganlar
Darajasi 3.05 ±2.75 3.12 ± 2.25
Urug’ suyuqligining pH qiymati 7.64 7.62
Anomal morfologiya 73.0% ± 11.7 60.7%
Tip 1 va 2 harakatchanligi 9.9% ± 7.8 15.2%
Tip 3 harakatchanligi 28.1% (11.8) 29.1%
Tip 4 harakatchanligi 62.1% ±13.3 55.6%
Kontsentratsiya × 106 34.7 ± 28.6 43.7 ±26.5
Urug’ suyuqligida leykotsitlar
sonining oshishi
49% 35.5%

Spermogramma natijalarini yaxshilash

Agar juda uzoq muddat ichida (bir yildan ortiq) urug’lantirish sodir bo’lmasa, har ikkala tomon ham mutaxassis huzurida to’liq tekshiruvdan o’tishlari, bo’lajak ota esa spermogramma uchun tahlil topshirishi kerak bo’ladi. Ushbu laboratoriya tahlili davomida muayyan miqdordagi urug’ suyuqligida harakatchan spermatozoidlarning miqdori va ularning hayotiyligi hisoblanadi.

Urug’lantira olmaslikning sababi bo’lgan eng ko’p uchraydigan patologiya — bu sperma miqdorining yetishmasligi yoki harakatchanligi kamligidir. Ammo bu tashxis aslida kasallik emas, balki holatdir, ko’pincha u vaqtincha bo’ladi.

Dori-darmonlarni qabul qilmasdan reproduktiv salomatlikni yaxshilashga qaratilgan bir qator tavsiyalar mavjud, jumladan:

  • Turmush tarzini o’zgartirish. Homiladorlikni rejalashtirish paytida alkogolli ichimliklar, nikotin, narkotik moddalardan butunlay voz kechish kerak. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar qilishni boshlash;
  • Muvozanatli ovqatlanish — taomnomada barcha kerakli vitamin va mikroelementlar mavjud bo’lishini ta’minlash;
  • Bundan tashqari, shifokor erkakka antioksidantlar qabul qilishnitavsiya qilishi mumkin. Antioksidantlar shakllanayotgan spermatozoidlarni va ular olib yuruvchi genetik materialni erkin radikallarning vayronkor ta’siridan himoya qiladi;
  • Stressli vaziyatlardan qochish. Reproduktiv salomatlik holati erkakning his-tuyg’ulariga bevosita bog’liq. Ko’proq dam olish va ijobiy emotsiyalar — bu sog’lom farzand urug’lantirishning muvaffaqiyat kalitidir.
  • Tana vaznini me’yorga keltirish. Yog’ hujayralari estrogen gormoni ishlab chiqaradi, buning natijasida testosteron — spermatozoidlar ishlab chiqarilishi uchun ham kerak bo’lgan erkaklar gormoni ishlab chiqarilishi bostiriladi. Shu tufayli bo’lajak otalarga qomatlarini nazorat qilish va me’yoriy darajada jismoniy faollikda bo’lish (ba’zi hollarda shifokor, aksincha, jismoniy faollikni kamaytirishni tavsiya qiladi) tavsiya etiladi.
10460cookie-checkUrug’ suyuqligi sifatini oshirish — dorilar, mahsulotlar, parhez turlari