21.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Vitarich haqida ma’lumot. Tarkibi, foydasi va zararlari, qo’llanilishi. Qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar. Narxi qancha ?

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITARICH

VITARISH

 

Preparatning savdo nomi: Vitarich

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi:

Faol modda:

Retinol palmitati (A vitamini)                                                          5000 TB

Xolekalsiferol (D3 vitamini)                                                 400 TB

Tokoferol asetati (Ye vitamini)                                                 15 TB

Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini)                                          10 mg

Riboflavin (V2 vitamini)                                                           10 mg

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                 2 mg

Sianokobalmain (V12 vitamini)                                                 7,5 mkg

Nikotinamid                                                                                              50 mg

Kalsiy pantotenati                                                                    10 mg

Askorbin kislotasi                                                                                  75 mg

Magniy oksidi                                                                               30 mg

Magniy sulfat                                                                              2,8 mg

Mis sulfati                                                                                  2 mg

Rux sulfati                                                                                   63 mg

Selen dioksidi                                                                              70 mkg

Ta‘rifi: kapsulasimon shaklli, qizil-pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar va mikroelementlar.

ATX kodi: A11AA04

 

Farmakologik xususiyatlari

Vitarich vitaminlar va mikroelementlarni saqlovchi majmuaviy preparat bo‘lib, farmakologik ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi vitaminlar va mikroelementlarning xususiyatlariga bog‘liq.

Retinol palmitati (A vitamini) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, purin va pirimidin asoslari sintezini rag‘batlantiradi, ATF sinteziga yordam beradi, teri, shilliq qavati, shuningdek ko‘rish a‘zolarini normal faoliyatini ta‘minlaydi.

Xolekalsiferol (D3 vitamini) oqsil (kalsiy bog‘lovchi oqsil) sintezini rag‘batlantiradi kalsiyni ichak devori orqali qon va to‘qimalarga tashilishini yaxshilaydi; suyaklarning o‘sish sohalarida tog‘ay to‘qimalarini rivojlanishini normallashtiradi, oqsil stromasi sintezini faollashtiradi, kalsiyni qon plazmasidan qamrab olinishini va uni suyaklarda fosfatlar ko‘rinishida mustahkam fiksasiyalanishini faollashtiradi, buyrakning proksimal naychalarida kalsiy, natriy va fosfatlarni qayta so‘rilishini yengillashtiradi.

Tokoferol asetati (Ye vitamini) tabiiy antioksidant hisoblanadi va erkin radikalli jarayonlarni tormozlaydi, hujayra va hujayra organella membranalarini shikastlovchi peroksidlarni hosil bo‘lishini bartaraf qiladi. Tokoferol asetati gem va gem saqlovchi fermentlar sintezini rag‘batlantiradi, to‘qimalar nafas faoliyatini yaxshilaydi. Xolesterin sintezini ingibirlaydi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini va sinuvchan oshishini, urug‘ naychalari, urug‘don va yo‘ldosh faoliyatini buzilishini oldini oladi, reproduktiv faoliyatni normallashtiradi.

Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) jigarda ko‘pchilik ferment reasiyalarining kofermenti hisoblangan fosforlanish natijasida karboksilazaga aylanadi. V1 vitamini karbonsuvlar, oqsillar va yog‘larni almashinuvi, shuningdek nerv sinapslarida qo‘zg‘alishni o‘tkazilishi, jarayonlarini boshqarilishida muhim rol o‘ynaydi, anemik miokardiodistrofiyada kardiomiesitlarni metabolizmiga va ularning qisqaruvchanlik faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi.

Riboflavin (V2 vitamini) hujayra nafasi va ko‘rish jarayonlarida muhim katalizator hisoblanadi. ATF bilan o‘zaro ta‘sirga kirishib, flavoproteinlar koenzimini hosil qiladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, to‘qimalarni nafas jarayonlarida, karbonsuvlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida ishtirok etadi. Ko‘zlarni normal ko‘rish faoliyatini tutib turishda, gemoglobin va eritropoetinni sintezida ishtirok etadi.

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) organizm tomonidan to‘yinmagan yog‘ kislotalarini ishlatilishini yaxshilaydi, nerv tizimiga, jigar faoliyatiga, qon yaratilishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Piridoksin oltingugurt saqlagan aminokislotalarni – taurinnni (metionin va sisteindan) sintezlanishiga yordam beradi, u nerv-mushak o‘tkazuvchanligini, mushak qisqaruvchanligini normallashtiradi, tirishishlarni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Sianokobolamin (V12 vitamini) organizmda (asosan jigarda) koferment shakliga – adenozil kobalaminga yoki kobamidga aylanandi, u V12 vitaminining faol shakli hisoblanadi. Yuqori biologik faollikka ega. Kobamid dezoksiriboza va DNK, kreatin va metioninni hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, shuningdek normal qon yaratilishi uchun ham- eritrositlarni yetilishga yordam beradi. Eritrositlarda sulfgidril guruhlarni saqlagan birikmalarni to‘planishiga yordam beradi, bu ularni gemolizga nisbatan tolerantligini oshiradi. Qonni ivish tizimini faollashtiradi, tromboplastik faollikni va protrombin faollikni oshiradi. Jigar va nerv tizimini faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. To‘qimalarni regenerasiyasiga bo‘lgan qobiliyatini oshiradi.

Nikotinamid to‘qimalarni nafas jarayonlarida, karbonsuvlar, yog‘lar va aminokislotalarning metabolizmida ishtirok etadi.

Pantotenat kislotasi organizmda asetillanish koenzimini (KOA) tarkibiga kiradi, u asetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Pantoten kislotasi karbonsuvlarni, yog‘larni almashinuvida va asetilxolinni sintezida ishtirok etadi. U buyrak usti bezi po‘stlog‘ida ancha miqdorda saqlanadi va kortikosteroidlarni hosil bo‘lishini  rag‘batlantiradi.

Askorbin kislotasi organizmni hayot faoliyatida muhim rol o‘ynaydi, yaqqol kuchli tiklovchi (antioksidant) xususiyatlarga ega. Ko‘pchilik biokimyoviy reaksiyalarda vodorodni tashilishini boshqaradi, glyukozani trikarbon kislotasi siklida ishlatilishini yaxshilaydi, tetragidrofolat kislotasini, steroid gormonlarni, kollagenni va prokollagenni sintezida, to‘qimlarni regenerasiyasida ishtirok etadi. Hujayralaro moddalarni kolloid holatini va kapillyarlar normal o‘tkazuvchanligini (gialuronidaza faolligini susayishi oqibatida) tutib turishga yordam beradi. Xolesterin almashinuvida ishtirok etadi, jigarning detoksikasion va oqsil sintezlovchi faoliyatini (nafas fermentlarini faollashuvi natijasida) kuchaytiradi, jigarda glikogenni to‘planishiga va protrombinni hosil bo‘lishiga yordam beradi. Me‘da osti bezini safro ajralib chiqarilishi va tashqi sekretor faoliyatini yaxshilaydi.

Magniy mushak va suyak to‘qimasini shakllanishida, shuningdek oqsillarni sintezida ishtirok etadi.

Mis metabolizm jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi, eritrositlarni va temir almashinuvini normal faoliyati uchun kerak.

Rux organizmda fiziologik va patologik jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi, metabolik va immun jarayonlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, skeletni normal shakllanishi va to‘qimalarni regenerasiyasi uchun kerak, insulin, kortikotropin, somatotropin va gonadotropin kabi hayotiy muhim gormonlarni tarkibiga kiradi.

Selen organizmni fermentativ antioksidant faoliyatini normal taminlovchi muhim mikroelementalardan biri, u antitelalarni hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi va bu bilan shamollash va infeksion kasalliklardan himoyani oshiradi, eritrositlarni ishlab chiqarilishida ishtirok etadi, jinsiy faollikni rag‘batlantirib va uzayishiga yordam beradi.

 

Qo‘llanilishi

Giporvitaminozni, mineral moddalarni va mikroelementlarni yetishmovchiligini, shu jumladan quyidagilarda qo‘llanadi:

– jadal aqliy va jismoniy yuklama davrida,

– o‘tkazilgan kasalliklardan keyin sog‘ayish davrida,

– yetarli bo‘lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanishda,

– homiladorlik davrida va emizish davrida.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga – sutkada 1 tabletkadan ovqatdan keyin buyuriladi.

Preparatni qabul qilish davomiyligini shifokor shaxsiy ravishda belgilaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Vitarich preparati odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ba‘zida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bo‘lishi mumkin, ammo ular preparatni bekor qilinishini talab qilmaydi. Allergik reasiyalar kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vitarich preparatini qabul qilish vaqtida vitaminlarni va mikroelementlarni saqlagan preparatlarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat qabul qilinganda siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu mutloq xavfsiz bo‘lib, preparatning tarkibida riboflavinni bo‘lishi bilan bog‘liqdir.

Tavsiya qilingan dozani oshirmang.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilgan hollarda shifokorga murojaat qilish lozim. Davolash: preparatni qabul qilishni vaqtinchalik to‘xtatish, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar. 10 tabletkadan alyumin folgali blisterda. 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

60250cookie-checkVitarich haqida ma’lumot. Tarkibi, foydasi va zararlari, qo’llanilishi. Qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar. Narxi qancha ?