20.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Vitrum prenatal tabletkalar haqida ma’lumot. Tarkibi, foydasi, qo’llanilishi.

QO‘LLASH BO‘IICHA YO‘RIQNOMA

VITRUM PRENATAL

Витрум пренатал

 

Preparatning savdo nomi: Vitrum Prenatal

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Retinol asetati (A vitamini)Xolekalsiferol (D3 vitamini)

Alfa-tokoferol asetati (Ye vitamini)

Askorbin kislotasi (S vitamini)

Tiamin mononitrati (B1 vitamini)

Riboflavin (V2 vitamini)

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)

Nikotinamid

Sianokobalamin (V12 vitamini)

Folat kislotasi

Kalsiyga hisoblanganda kalsiy karbonati,

kalsiyga hisoblanganida kalsiy sulfati

Temirga hisoblanganida temir fumarati

Ruxga hisoblaganda rux oksid

4000 XB1)400 XB2)

11 XB3)

100 mg

1,5 mg

1,7 mg

2,6 mg

18 mg

4 mkg

800 mkg

200 mg

 

60 mg

25 mg

  • 1,376 mg retinol asetatiga ekvivalent
  • 10 mkg xolekalsiferolga ekvivalent
  • 11 mg alfa-tokoferol asetatiga ekvivalent

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, stearin kislotasi, natriy kroskarmellozasi, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi.

qobig‘i: gipromelloza, titan dioksidi, kuyosh shafaqi sariq, bo‘yovchisi (Ye110), kizil bo‘yovchi (Ye129).

Farmakoterapevtik guruhi: polivitamin vositalari + minerallari.

ATX kodi: A11AA04

 

Farmakologik xususiyatlari

Vitaminlar va minerallardan tashkil topgan majmuaviy preparat. Uning ta‘siri tarkibiga kiruvchi komponentlarining farmakologik xususiyatlariga bog‘liq.

Ayollar organizmida homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida vitaminlar va mineral moddalar tanqisligini to‘ldirilishini ta‘minlaydi.

 

Qo‘llanilishi

  • Homiladorlik va laktasiya davrida gipovitaminozlar, mineral moddalarning tanqisligini oldini olish;
  • homilador ayollarda temir tanqisligi, qamqonlik va kalsiy tanqisligining oldini olish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi.

Ayollarga homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrda kuniga 1 tabletkadan nonushtadan keyin

suv bilan qabul qilish tavsiya etiladi.

Preparatni qabul qilish kursi shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.

Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat qo‘llanganida allergik reaksiyalar, siydikni to‘q sariq rangga bo‘yalishi mumkin bo‘lib, bu xavf tug‘dirmaydi, chunki u preparatning tarkibida riboflavinning borligi  bilan ifodalanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozida, organizmda temirni haddan ziyod to‘planishida, qonda kalsiy miqdorini oshishida, kalsiyni  siydik bilan ko‘p chiqarilishida va siydik-tosh kasalligida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat temir va kalsiy saqlaydi, shuning uchun ichakda tetrasiklin guruhi antibiotiklarining, shuningdek mikrobga qarshi vositalari – ftorxinolon hosilalarining so‘rilishini kechiktirishi mumkin.

Askorbin kislotasi sulfanilamidlar guruhi mikroblarga qarshi vositalarini ta‘sirini va nojo‘ya samarasini (shu jumladan siydikda kristallarni paydo bo‘lishi) kuchaytiradi.

Alyuminiy, magniy, kalsiy saqlovchi antasid preparatlar, shuningdek kolestiramin, temirni so‘rilishini kamaytiradi.

Tiazid guruhi siydik haydovchi vositalari bilan bir vaqtda buyurilganida, giperkalsiemiya ehtimoli oshadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya qilingan dozadan oshirilmasin. A va D vitaminlarini saqlovchi preparatlar  bilan preparatni birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Bu vitaminlarni dozasini oshirib yuborilish xavfini oshiradi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ko‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, holsizlik, me‘da-ichak buzilishlari.

Davolash: me‘dani yuvish, ichga faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

30, 60, 100, 200 tabletkadan buraluvchi qopqoqli polietilen flakonlarda.

1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton korobkaga joylanadi.

15 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

1, 2, 4, 6 kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga yoki korobkaga joylanadi

 

Saqlash sharoiti

10°-30°C dan xaroratda, quruq joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

57590cookie-checkVitrum prenatal tabletkalar haqida ma’lumot. Tarkibi, foydasi, qo’llanilishi.