27.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Ko’kyo’tal qanday kasallik ?

Ko‘kyo‘tal bilan katta yoshdagilar ham kasallanishi mumkin.

Ko‘kyo‘tal qanday kasallik ? 

Ko‘kyo‘tal nafas yo‘lining juda xavfli bakterial infeksiyasi hisoblanib, uning qo‘zg‘atuvchisi Bordetella pertussis bakteriyasidir. Infeksiyaga yo‘liqqan kishi yo‘talishi yoki aksa urishi oqibatida havoga mikrob tarqaladi va shu yaqin atrofda nafas olgan odam zararlanadi.

Emlash jarayonlari boshlangunga qadar ko‘kyo‘tal faqatgina bolalarga xos kasallik deb hisoblangan.

Hozirgi kunda ushbu xastalikni birinchi navbatda vaksinatsiyaning to‘liq davridan o‘tmagan chaqaloqlar hamda immuniteti zaif bo‘lgan o‘smir va kattalar boshdan o‘tkazishadi. Olimlarning ta’kidlashicha, emlashning amal qilish muddati  — taxminan 4-14 yil. Qancha ko‘p vaqt o‘tsa, kasallanish ehtimoli ham yuqorilashib boradi.

Ko‘kyo‘taldan asosan yoshga yetmagan chaqaloqlar nobud bo‘ladi. Shuning uchun homilador ayollar va chaqaloq yaqinida bo‘ladigan kishilarning kasallikdan emlangan bo‘lishi juda katta ahamiyatga ega.

Ko‘kyo‘talni qanday aniqlash mumkin?

Avvaliga xuddi shamollashniki kabi alomatlar paydo bo‘la boshlaydi:

  • yo‘tal;
  • aksirish;
  • tumov;
  • harorat ko‘tarilishi, eng ko‘pida 38,9 °C gacha;
  • ba’zi holatlarda ich ketishi.

Qariyb 7-10 kun o‘tib, yo‘tal xurujlari yomonlashadi va davom etadi. Ular hatto qusish, kuchli holsizlik va keskinlashuv natijasida yuzning qizarib yoki ko‘karib ketishiga olib kelishi mumkin.
Xasta kishilarda bo‘g‘imlar torayishi sababli tez-tez yuz-bo‘yin sohasida shishlar kuzatiladi. Teri va ko‘z shilliq qavatida qon quyilishlarini ham boshdan kechirish mumkin. Asabiy ta’sirchanlik ortishi nevroz va bosh aylanishini qo‘zg‘atishi ham amaliyotda kuzatilgan. Hatto ba’zida kuchli yo‘tal bolalarni hushidan ketkizadi. Bu davr 30 kungacha davom etadi.
Xurujlar aksariyat odamlarda kuzatiladi, lekin bu hammada degani emas. Chaqaloqlar umuman yo‘talmasligi, ammo bu holatda og‘zini tez-tez ochib havo olib turishi, hansirashi mumkin. Xurujning bu turi vaqtincha nafas tizimidagi uzilishlarga va titratuvchi tutqanoqqa sabab bo‘lishi ehtimoli bor.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Agar yo‘tal kuchayganini sezsangiz, zudlik bilan terapevtga, yosh bolalarni esa pediatr huzuriga olib boring.

Avvalgi bosqichlarda ko‘kyo‘talni aniqlash birmuncha qiyin kechadi. Alomatlar shamollash, gripp va bronxitnikiga o‘xshash. Shuning uchun shifokor bemorga qon tahlili va ko‘krak qafasi rentgenini o‘tkazishni buyurishi mumkin.

Yo‘tal xuruji davomida bemor nafas qisilishlariga duch kelsa, o‘ylab o‘tirmay tez yordam chaqirish kerak.

Bunda bemorni vahimaga tushgan va tomog‘ini ushlab olgan holatda ko‘rishimiz mumkin. Teri ozroq ko‘kara boshlaydi. Lekin asosiy belgi — u hansirashni boshlaydi.

Ko‘kyo‘tal qanday davolanadi?

Chaqaloqlarni odatda kasalxonada olib qolishadi, qolganlar uyda sog‘ayishlari mumkin.

Asosiy usullar ikkitagacha kamaytiriladi.

1. Dorilar qabul qilish
Infeksiya tarqalishini to‘xtatish uchun doktor antibiotiklar yozadi. Ular bakteriyalarni parchalaydi, ammo kasallik alomatlarini bartaraf etolmaydi. Haroratni tushirishda retsepsiz beriladigan og‘riq qoldiruvchilar — paratsetamol yoki ibuprofen qabul qilish mumkin.

Yo‘tal uchun mo‘ljallangan tabletkalar esa odatda ko‘kyo‘talda yordam bera olmaydi.

2. Rejimga amal qilish
Kasallik davrida to‘g‘ri hayot tarzini yuritish juda muhim ahamiyatga ega.
Bemorga dam olish, yuqori harorat kuzatilmagan vaqtda esa yengil sayr tavsiya etiladi. Asab tizimi o‘ta taranglashishi bois jahlni chiqaruvchi barcha omillardan saqlanadi. Chiroq nuri ham yumshoq va tarqoq bo‘lishi kerak. Baland ovozdagi musiqa, suhbat yoki televizor shovqini taqiqlanadi.

Quyida tezroq sog‘ayishga oid bir necha tavsiyalar:

  • Yuqori harorat natijasida chanqash hissi oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling. Ko‘p miqdorda suyuqlik ichish kerak. Eng yaxshi tanlov — suv, meva sharbati va quruq qaynatma sho‘rva.
  • Tez-tez, oz-ozdan tanovul qiling. Ko‘p ovqat yeyish yo‘tal vaqtida qayt qilishga olib kelishi mumkin.
  • Xonada havo namlantiruvchi vositadan foydalaning. Bu yo‘talni bosishda yordam beradi.
  • Bemorning xonasidagi havo musaffo bo‘lishiga harakat qilish kerak. Binoda chekish, kuchli iforli duxi yoki havo spreylaridan foydalanish tavsiya etilmaydi — tomoqni qirishi mumkin. Xonani iloji boricha ko‘proq shamollatib turish kerak.
  • Infeksiya yuqishidan saqlaning. Qo‘lingizni sovunlab yuving, tibbiyot niqobidan foydalaning va suhbat davomida og‘zingizni salfetka bilan yopib oling.

Qanday qilib ko‘kyo‘talning oldini olish mumkin?

Eng samarali yo‘li — AKDS emlash.

AKDS —  adsorbirlangan ko‘k yo‘tal-difteriya-stolbnyak vaksinasi, demak, emlashning ta’siri bir vaqtning o‘zida uchta qo‘rqinchli yuqumli kasalliklardan himoyalaydi.

AKDS kopleksli vaksinasi, rioya etilishi zarur bo‘lgan  qat’iy o‘rnatilgan tanaffuslar bilan ko‘p marta yuboriladi (birlamchi kurs doirasi uchun eng kamida 30 kun). Emlashlar Milliy taqvimiga ko‘ra, AKDS vaksinalash chaqaloqlar 2, 3 va 4 oylik bo‘lganda bir martadan 3 marta, so‘ngra 16 oylikda, 7 va 16 yoshda bir martadan takrorlanadi.

67780cookie-checkKo’kyo’tal qanday kasallik ?