06.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Agalaktiya haqida

Agalaktiya (yun. a – inkor qo‘shimchasi, gale – sut) – emizikli ayol ko‘kragida sut bo‘lmay qolishi. A. aso-san sut bezlarining yetarli rivojlan-maganligi va organizmda ichki sekresiya bezlari funksiyasining buzilishi, mas, jinsiy bezlar va gipofizdan chiqadigan gormonlar o‘rtasidagi muvozanatning yo‘qolishi, ba’zi a’zolarning kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish, kuchli hayajon, qo‘rquv va asabiylanish ham A.ga sabab bo‘lishi mumkin. Umuman, A. Kamroq uchraydi, ko‘proq gipogalaktiya, ya’ni sut kamayib qolish hodisasi ro‘y beradi. A.ni da-volash uchun sut bezini massaj qilish (uqalash), o‘z vaqtida va bekamu ko‘st ovqatlanish, tiniqib uxlash va dam olish lozim. Bu yordam bermasa, vrach tavsiyasi bilan bolani boshqa ayolga emizdirish yoki go‘daklar uchun mo‘ljallangan sutli ovqatlar bilan boqish tavsiya etiladi.

28570cookie-checkAgalaktiya haqida