03.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Amoksitsillin DS

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

AMOKSITSILLIN

AMOXICILLIN

 

Preparatning savdo nomi: amoksitsillin

Taʼsir etuvchi modda (XPN): amoksitsillin

Dori shakli: kapsula.

Tarkibi:

har bir amoksitsillin 500 mg kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg amoksitsillin amoksitsillin trigidratiga ekvivalent;

yordamchi moddalar: magniy stearati, talk.

har bir amoksitsillin 250 mg kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg amoksitsillin amoksitsillin trigidratiga ekvivalent;

yordamchi moddalar: magniy stearati, talk.

Taʼrifi: qopqogʻi olcha rangli, korpusi sariq rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula tarkibi – oqdan biroz sargʻish ranggacha boʻlgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik (penitsillinlar guruhi).

ATX kodi: J01CA04

Farmakologik hususiyatlari

Amoksitsillin – keng taʼsir doirali antibiotik boʻlib, aminopenitsillin kislotasining hosilasidir. Antabakterial, bakteritsid taʼsir koʻrsatadi. Transpeptidazani ingibirlaydi, petidoglikainning sintezini boʻlinish va oʻsish davrida buzadi, mikroorganizmlarning lizisini chaqiradi.

Grammusbat va grammanfiy kokklar, baʼzi grammanfiy tayoqchalarga nisbatan faol. β-laktamazalar tomonidan parchalanadi, shuning uchun r-laktamaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar amoksitsillinning taʼsiriga chidamli.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul kilinganida tez va deyarli toʻliq (93%) soʻriladi. 250 mg amoksitsillin ichga qabul qilinganidan soʻng plazmadagi maksimal konsentratщyasiga (3,5-5 mkg/ml) 1-2 soatdan keyin erishiladi. Nordon muxitda barqaror, ovqat qabul qilish soʻrilishiga taʼsir qilmaydi. Turli toʻqima va aʼzolarga kiradi, gistogematik toʻsiqlardan oson oʻtadi (oʻzgarmagan gematoensefalik toʻsiq bundan mustasno). Yarim chiqarilish davri 1-1,5 soatni tashkil qiladi, buyraklarning faoliyati buzilganida yarim chiqarilish davri A– 12,6 soatgacha uzayadi. Nofaol metabolitlarni hosil qilib, qisman metabolizmga uchraydi. Oʻzgarmagan koʻrinishda (50-70%) buyraklar orqali chiqariladi. Koʻp boʻlmagan miqdorda koʻkrax suti bilan chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Preparatta sezgar mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yalligʻlanish kasalliklari:

– nafas azolarining infeksiyalari;

– siydik-jinsiy tizimi aʼzolarining infeksiyalari;

– MIY aʼzolarining infeksiyalari;

– teri va yumshok toʻqimalarning infeksiyalari.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi. Dozalash tartibi kasallikning ogʻirligi, qoʻzgʻatuvchining preparatta sezgirligi, patsiyentning yoshini hisobga olib shaxsiy belgilanadi. Kattalar uchun bir martalik doza 0,5 g kuniga uch marta. Kasallikning ogʻir kechishida doza 1,0 g gacha, sutkada 3 marta oshiriladi. 5 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan bolalarga 0,25 g dan kuniga 3 marta buyuriladi;

– 2 yoщdan 5 yoshgacha – 0,125 g dan kuniga 3 marta;

– 2 yoshgacha – kg tana vazniga 0,02 g hisobidan, hisoblangan sutkalik doza 3 qabulga boʻlinadi. Davolash kursi 5-12 kun. Asoratlanmagan gonoreyani davolash uchun 3 g preparat qabulga buyuriladi; amoksitsillin bilan bir vaqtda 1,0 g probenitsid buyurish maqsadga muvofiq. Buyraklar faoliyati buzilgan patsiyentlarda preparatning dozasi 15-50% ga kamaytiriladi yoki qabullar orasidagi interval 24 soatgacha oshiriladi.

Nojoʻya taʼsirlari

MIY tomonidan: kam – diareya, anus soxasida qichishish; dispepsiya boʻlishi mumkin; ayrim xollarda — psevdomembranoz va gemorragik kolitlar.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kam — interstitsial nefrit rivojlanishi;

Qon yaratish aʼzolari tomonidan: kam – agranulotsitoz, trombotsitopeniya.

Allergik reaksiyalar: teri reaksiyalari, asosan spetsifik makulopapulyozli toshma koʻrinishida; kam – koʻpshaklli eritma, Stivens-Djonson sindromi; ayrim kollarda — anafilaktik shok, angionevrotik shish.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatga va boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik; infeksion mononukleoz va limfatik turdagi leykemoid reaksiyalar.

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Probenitsid, fenilbutazon, oskifenbutazon, kamrok, darajada – atsetilsalitsil kislotasi va sulfinpirazon penitsillinlar qatori preparatlarning naychalar sekretsiyasini bostiradi, bu yarim chiqarilish davrining va plazmada amoksitsillinning konsentratsiyasini oshishiga olib keladi. Amoksitsillin faqat koʻpayayotgan mikroorganizmlarga taʼsir qiladi, shuning uchun uni bakteriostatik taʼsir qiluvchi, mikroblarga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. Qoʻzgʻatuvchining amoksitsillinga sezgirligini musbat sinamalari boʻlganida, boshqa bakteritsid antibiotiklar (sefalospirinlar, aminogikozidlar) bilan majmuada qoʻllash mumkin.

Maxsus koʻrsatmalar

Buyraklarning ogʻir buzilishlarida (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam) yuborishlar orasidagi intervalni 12-24 soatgacha oshirish kerak. Eshakemi va toshmali isitmada extiyotkorlik bilan qoʻllanadi. Uzoq muddat davolash jarayonida jigar, buyraklar faoliyatini va gemopoezni vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: koʻngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi.

Davolash: medani yuvish, faollashtirilgan koʻmir, tuzli surgilarni buyurish, suv- elektrolit muvozanatini toʻgʻrilash, gemodializ.

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan PVX plyonka va alyumin folga blisterda.

10 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Манба: tibbiyot.info

3140cookie-checkAmoksitsillin DS