30.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Anti akne krem haqida ma’lumot. Tarkibi, foydasi va zararlari, qo’llanilishi. Narxi qancha ?

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ANTI-AKNE

ANTI-AKNE

 

Preparatning savdo nomi: Anti-Akne.

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): salisil kislotasi, cho‘kma xosil qilgan oltingugurt, rux oksidi (alicylic acid, sulfur precipitated, zinc oxide).

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun suspenziya.

Tarkibi:

Har bir ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: salisil kislotasi – 20 mg, cho‘kma xosil qilgan oltingugurt – 50 mg, rux oksidi – 150 mg.

yordamchi moddalar: etil spirti (96%), rasemik kamfora, tozalangan suv, bentonit, propilenglikol.

Farmakoterapevtik guruhi: dermatologik preparat.

ATX kodi: D10AB02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Sirtga qo‘llash uchun preparat. Salisil kislotasi yog‘ va ter bezlarining sekresiyasini susaytiradi. Past konsentrasiyalarda keratoplastik, yuqori dozada esa – keratolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Kuchsiz mikroblarga qarshi ta‘sirga ega.

Suspenziya teriga qo‘yilganida oltingugurt sulfidlar va pentation kislotasini hosil qilib, organik moddalar bilan o‘zaro ta‘sir qiladi, ular mikroblarga qarshi va parazitlarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Rux sulfati qurituvchi, adsorbsiya qiluvchi va burishtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Ekssudasiyani kamaytiradi, bu yallig‘lanish va ta‘sirlanishning mahalliy ko‘rinishlarini yo‘qotadi.

Farmakokinetikasi

Taqsimlanishi: shikastlanmagan teri qoplamalarida rux oksidi va cho‘ktirilgan  oltingugurt teriga kiradi, lekin qon zardobida to‘planmaydi. Salisil kislotasi katta bo‘lmagan hajmda so‘riladi.

Metabolizmi: salisil kislotasi qisman digidrobenzoy kislotasiga metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi: salisil kislotasi va uning metaboliti asosan buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

– Oddiy xusnbuzar (Acne vulgaris) da qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat sutkada 1-3 marta terining shikastlangan soxasining yuvilgan, quruq yuzasiga juda yupqa qavat qilib qo‘yiladi va barmoq bilan bir tekis taqsimlanadi.

Terining haddan ziyod qurishidan saqlanish uchun, odatda davolash preparatni sutkada bir marta qo‘yishdan boshlanadi, zarurati bo‘lganida qo‘llash soni asta-sekin oshiriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Salisil kislotasini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘siri: dermatit. Teriga qo‘yilganida salisil kislotasi tez so‘riladi va haddan ziyod qo‘llanganida salisil kislotasi bilan o‘tkir tizimli zaharlanish kuzatilishi mumkin.

Oltingugurtni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘siri: muvofiq dozalar qo‘llanganida, oltingugurt saqlovchi maxalliy qo‘llash uchun preparatlar, kam zaharlilikka ega. Terining, ko‘zlarning va nafas yo‘llarining ta‘sirlanishi ko‘rinishidagi mahalliy reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Takroriy qo‘yish dermatit chaqirishi mumkin.

Rux oksidini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘siri: aniqlanmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Salisil kislotasi, oltingugurt preparatlari va rux oksidiga yuqori sezuvchanlik.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Salisil kislotasi mahalliy qo‘llash uchun boshqa dori vositalari uchun terining o‘tkazuvchanligini oshirishi mumkin.

So‘rilgan salisil kislotasi metotreksatning va sulfonilmochevina xosilalari bo‘lgan peroral gipoglikemik dori preparatlarining nojo‘ya samaralarini kuchaytirishi mumkin.

Suspenziya rezorsin bilan farmasevtik nomutanosib (eriydigan aralashmalar hosil qiladi).

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni ko‘z, og‘iz, shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak; tushgan xolda – darhol suv bilan yuvib yuborish kerak.

Salisil kislotasi mahalliy qo‘llanganidan keyin so‘rilishini  kamaytirish uchun preparatni uzoq vaqt yuqori dozalarda terining katta yuzalariga qo‘llashdan saqlanish kerak. Giperemiya va yallig‘lanish bilan  yoki yuzaki xo‘llanuvchi shikastlanishlar bilan kechuvchi teri kasalliklarida ham, salisil kislotasining so‘rilishini oshishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Oyoq-qo‘llarning periferik qon bilan ta‘minlanishi susaygan yoki diabetibo‘lgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Ahamiyatli periferik neyropatiyali bemorlarda, bir vaqtda ishqoriy preparatlar qo‘llanganida, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Oltingugurt kumushni rangsizlantirishi mumkin. Preparat simob saqlovchi sirtga ishlatiladigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida,  gidrogen sulfidini paydo bo‘lishi mumkin, u badbo‘y hidga ega va terida qora dog‘ qoldirishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganida simptomlari yo‘qolgunicha vaqtincha preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Anti-Akne preparatini bir vaqtda xusnbuzarga qarshi boshqa preparatlar bilan qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlik va emizish (laktasiya) davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni so‘rilishi pastligi tufayli, dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun suspenziya 30 ml dan flakonlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti va muddati

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, harorati 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

58020cookie-checkAnti akne krem haqida ma’lumot. Tarkibi, foydasi va zararlari, qo’llanilishi. Narxi qancha ?