05.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Beta adreno blokatorlar

Misollar: Atenolol, propranolol, metoprolol, bisoprolol, karvedilol, labetalol, nebivolol

Бета адрено блокаторлар

Taʼsir mexanizmi: Beta retseptorlar bloklanishi tufayli, ularga katexolaminlar taʼsir qilishi oqibatida kelib chiqadigan oʻzgarishlarni soʻndiradi. Masalan: yurak qisqarishlari soni kamayadi, qisqaruvchanligi susayadi, natijada miokardning kislorodga boʻlgan talabi kamayadi, sistolik qon bosimi pasayadi.

Qoʻllashga koʻrsatmalar:

  • YUIK, stenokardiya
  • Aritmiyalar
  • Gipertenziya
  • Yurak yetishmovchiligi ( faqat bisoprolol va karvedilol)
  • Oʻtkazilgan miokard infarktini qaytalanishini profilaktikasi maqsdadida
  • Migren profilaktikasi
  • Tireotoksikoz

Qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar:

  • Astma
  • Bradikardiya
  • Sinus tuguni holsizligi sindromi
  • II-III daraja blokadalar
  • Ogʻir periferik qon-tomir kasalliklari

Nojoʻya taʼsirlari:

  • Bronxospazm
  • Bradikardiya va gipotenziya
  • Turli darajali blokadalar
  • Giperkaliyemiya
  • Glyukozaga tolerantlikni buzilishi (qandli diabetli bemorlarda ehtiyotkorlik)
  • Bosh aylanishi va bosh ogʻrigʻi
  • Uyquning buzilishi va charchoq hissi
  • Erkaklarda erektil disfunksiya chaqirishi mumkin

Monitoring: Klinik belgilarga qarab monitoring qilinadi (Puls, AQB, Bemor umumiy holati va h.k )

Boshqa dorilar bilan oʻzaro taʼsiri:

  • Boshqa antigipertenziv preparatlar va alkogol taʼsirida gipotenziv effekti kuchayadi.
  • Gipotenziv effest NYAQV, steroid va esterogen preparatlari bilan antogonstik taʼsirlashadi
  • Qandli diabetli bemorlarda gipoglikemik holatni keltirib chiqarishi mumkin.
  • Verapamil yoki diltiazem bilan bir vaqtda qoʻllansa AV blokada va yurak yetishmovchiligi xavfi ortadi

Muhim jihatlar:

  • Kardioselektivlik: Atenolol, Bisoprolol, Metoprolol va b.
  • Nebivolol beta 2 retseptorlarga sezilarli darajada kam taʼsir qiladi, shuning uchun bronxlarni spazmini kam chaqiradi
  • Girdrofillik: Atenolol va sotalol suvda yaxshi eriganligi sababli gematoyensefalik barerdan kam oʻtadi. Natijada uyqu buzilish kabi nojoʻya taʼsirlar kuzatilmaydi
  • Sotalol III guruh antiaritnik dori vositasi xisoblanadi, Nebivolol esa periferik vazodilyatator xususiyatga ega.
  • Labetalol homiladorlar gipertenziyasini davolashda intravenoz usulda qoʻllanilishi mumkin.

 

15110cookie-checkBeta adreno blokatorlar