29.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Bolalarda immunitetni oshirish uchun nima qilish kerak ?

Bugun Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova ishtirokida oʻtkazilgan brifingda aholini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

— Hozirgi kunda bolalar immunitetini koʻtarish uchun nimalarga eʼtibor berishimiz kerak?

— Maʼlumki, kasallikka chalinmaslik yoki uni yengil oʻtkazishda immunitet muhim oʻrin tutadi. Maktab oʻquvchilaridagi immunitet zaifligiga koʻpincha vitaminlar tanqisligi, yomon uyqu va doimiy psixologik stress sabab boʻladi. Vitaminlar tanqisligini toʻgʻri ovqatlanishni tashkil qilish yoʻli bilan oldini olish mumkin.

Maktab oʻquvchilari orasida pala-partish ovqatlanuvchi bolalarning soni yildan yilga ortib boryapti. Yarim tayyor fasfud taomlar koʻpincha bolalarga zarur boʻlgan vitamin va minerallarni ovqatdan olishiga toʻsqinlik qiladi.

7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan davrda bolaning tanasida bir vaqtning oʻzida oʻsish va oʻrganish vazifalarini turganini unutmaslik kerak. Bu esa ota-onadan alohida eʼtibor talab etadi.

Bola kuniga kamida 4-marta ovqatlanish kerak. Agar bolada ozgʻinlik yoki ortiqcha vazn boʻlsa, shifokor maslahati zarur. Sport bilan shugʻullanadigan oʻquvchining ovqatlanishi jismoniy mashqlar hajmini hisobga olgan holda tuzilishi talab etiladi.

Yodlangan tuzni doimiy istemol qilish, suv ichish rejimiga amal qilish va ovqatlanish ratsionida vitanimlarga boy boʻlishi kerak.

A vitamini bilan boyitilgan sabzi va shirin kartoshkani, sitrus mevalari va brokkoli S vitamini hamda gripp va nafas yoʻllarining yuqumli kasalliklariga qarshi kurashishda yordam beradigan Ye vitaminiga boy yongʻoqlar, albatta, bolalar ratsionida boʻlishi maqsadga muvofiq.

Toʻgʻri ovqatlanishni tashkil qilishdagi birinchi qadam ovqatlanish madaniyatiga rioya qilishdir. Nonushta, tushlik, kechki ovqat muntazam boʻlishi va jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.

Maktab yoshidagi bolalarining organizmi maʼlum ritmlarga moslashadi. Shuning uchun uxlash, ovqatlanish, oʻynash, yurish va mashq qilish uchun vaqt topish juda muhimdir. Immunitetni yaxshilash uchun bolani yoshligidanoq rejimga koʻniktirish yaxshiroqdir. Turli yoshlarda ertalab turish, tushlik qilish, uy vazifasini bajarish va yotishga tavsiya etilgan vaqt mavjud.

Kichik maktab yoshidagi bola kechqurun soat 21:00da yotishi va ertalab soat 7:00da turishi kerak, kattaroq oʻquvchilar keyinroq, soat 22:00da yotishlari mumkin. Toʻliq kunlik dam olish immunitetga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Uyqu paytida bola organizmidagi metabolizm tezroq boʻladi, shuning uchun bolalar bu soatlarda yaxshi oʻsadi.

Uydagi ijobiy psixologik mikroiqlim bolalar salomatligining muhim shartidir. Maktab oʻquvchisining psixologik holatini barrqarorlashtirishning eng yaxshi usullari bu doʻstlar bilan yaxshi muloqatda boʻlish, sevimli mashgʻulotlari bilan shugʻullanish, ota-onalar bilan film tomosha qilish, oʻyin oʻynash va sayohat qilish kabilardir.

Xulosa qilib aytganda, maktab oʻquvchilarini immuniteti oshirish uchun toʻgʻri ovqatlanish, vaqtida uxlash, kun tartibini toʻgʻri tashkil etish va ular bilan dustona munosabatda boʻlish muhim oʻrin tutadi.

67220cookie-checkBolalarda immunitetni oshirish uchun nima qilish kerak ?