06.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

COVID-19 O’TKAZGAN BEMORLARDA BRONXIAL ASTMA KECHISH XUSUSIYATLARI (ANNOTATSIYA, MAGISTRLIK DISSERTATSIYA ISHI)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
1-SON UMUMIY AMALIYOT SHIFOKORLAR TAYYORLASH KAFEDRASI

Magistratura o’quv yili: 2021-2024

Magistratura talabasi : N.A. Xalilov
Ilmiy raxbar: 2-UAShT
kafedrasi dotsenti,t.f.n.: G.B. Yuldasheva

Mutaxassislik-5А70910203-«Ichki kasalliklar»

ANNOTATSIYA

Magistrlik ilmiy ish mavzusi:

«COVID-19 INFEKSIYASI O’TKAZGAN BEMORLARDA BRONXIAL ASTMA KASALLIGI KECHISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

I.Ilmiy ish dolzarbligi

Bronxial astma (BA) kasalligi so’ngi yillar mobaynida dunyoda eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo’lib, u jiddiy ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy muammoga aylanib bormoqda. Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga asosan qisqa davr ichida bronxial astmaning insonlar orasida 4-10% tarqalishi kelgusida bu kasallikning yanada ko’payishidan dalolat bermoqda. Buning ustiga atrof muhitning ifloslanib borishi, insoniyat genofondining yomonlashuvi bilan bir qatorda turli infeksion kasalliklar ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. So’ngi yillarda COVID-19 virusli infeksiyasi butun dunyo aholisi orasida keng tarqaldi, jumladan mamlakatimizga ham kirmay qolmadi. Virusli infeksiya nafas yo’llari orqali yuqishi, nafas a’zolarini ham zararlashi va organizm immun tizimiga salbiy ta’siri orqali ikkilamchi infeksiyaga sharoit yaratishi tufayli nafas yo’llarining eng keng tarqalgan kasalligi bo’lgan bronxial astma kechishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. COVID-19 infeksiyasi tez orada keng tarqalganligi va bunga oz vaqt bo’lgani uchun kasallikdan so’ng bronxial astma kechishi haqida yetarlicha izlanishlar olib borilmagan.

II. Tadqiqot maqsadi:

Bronxial astma kasalligi bor COVID-19 o’tkazgan bemorlarda kasallikning o’ziga xos kechish xususiyatlarini o’rganish.

III.Tadqiqot vazifalari:

1.COVID-19 infeksiyasi o’tkazgan bemorlarda bronxial astma kasalligi kechishi o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.
2.Olingan ma’lumotlarni COVID-19 infeksiyasi o’tkazmagan bronxial astmasi bor bemorlar bilan solishtirish.
3.COVID-19 infeksiyasi o’tkazgan bronxial astmasi bor bermorlarda davo muolajalari samaradorligini baholash.
IV.Tekshiruv obyekti va predmeti:

Andijon shaxrida 2022 yildan 2023 yilgacha Andijon Davlat tibbiyot instituti klinikasi 2 va 4- terapiya bo’limlarida bronxial astma tashxisi bilan davolangan bemorlar o’rtasida anamnezida COVID-19 o’tkazgan bemorlarda bronxial astma kasalligi kechish xususiyatlari, hurujlar intensivligi va davo samaradorligini o’rganish hamda kasallik ikkilamchi profilaktikasida amaliyotga tadbiq qilish.

V. Tadqiqot usullari:

1)Anketa sorovnoma shakli(bemorning ismi,familiyasi,yoshi,jinsi,tashxisi,yoʻldosh kasalliklari, alkogol ichish, chekish).
2) Umumiy klinik tekshiruvlar(umumiy qon,siydik va balg’am tahlili).
3) Instrumental tekshiruv(Ko’krak qafasi rentgenogrammasi,spirometriya, pikfluometriya)

VI. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

COVID-19 o’tkazmorlarda bronxial astma kasalligi kechishi va davo muolajalari samaradorligining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish va olingan natijalarni  kasallik ikkilamchi profilaktikasi amaliyotida qo’llashdan iborat.

28950cookie-checkCOVID-19 O’TKAZGAN BEMORLARDA BRONXIAL ASTMA KECHISH XUSUSIYATLARI (ANNOTATSIYA, MAGISTRLIK DISSERTATSIYA ISHI)