18.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Dengiz kasalligi haqida ma’lumot: sababi va belgilari

Dengiz kasalligi – kema chay qalganda roʻy beradigan kasallik holati. Samolyotda uchganda, poyezd va avtomobilda ketayotganda, liftda tez tushganda, argʻimchoqsa tez uchganda va b. hollarda ham D. k.ga xos belgilar paydo boʻladi. D. k.da bemorning koʻngli aynib qusadi, rangi oʻchadi, koʻp terlaydi, boshi aylanib ogʻriydi, darmonsizlanadi, nafas olishi va tomir urishi sustlashadi, hushdan ketish, depressiya holati kuzatiladi. Odatda, kema chayqalishdan toʻxtagach, barcha holatlar tezda yoʻqolib ketadi. Koʻpchilik kishilar transport vositasida harakat yoʻnalishiga teskari oʻtirib qolganlarida ham yuqoridagi holatlar kuzatilishi mumkin.

D. k.da ichki quloqning vestibulyar apparati taʼsirlanadi. D. k.ning paydo boʻlishi va avj olishida nerv sistemasining holati ham maʼlum ahamiyat kasb etadi, koʻproq qiziqqon kishilar va nevrasteniyaga moyil ayollarda kuzatiladi. Baʼzi yoʻlovchilarda kemaga oʻtirishi bilan kasallik belgilari roʻy beradi yoki aksincha kemada biror kor-hol roʻy berishi haqida ogohlantirilganda ham kasallik bel-gilari yoʻqolib, kishi sergaklanadi. Kemada ketayotganda ochiq havodan koʻproq bahramand boʻlish, biror narsa bilan mashgʻul boʻlish, nordon konfet yoki vitamin shimish D. k.ning oldini olishda yaxshi foyda beradi. Chayqalishga chidamsiz boʻlgan kishilar kemaning oʻrtaroq joyida (chunki bu joyda chayqalish nisbatan kuchsiz boʻladi) boshni orqaga egiltirib oʻtirishlari tavsiya etiladi. D. k.ga xos belgilar paydo boʻlishi bilan nerv sistemasini tinchlantiradigan dori — aeron qabul qilish kerak.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

39810cookie-checkDengiz kasalligi haqida ma’lumot: sababi va belgilari