08.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

ENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml N10

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Bir flakonda (5 ml) quyidagilar saqlanadi: faol modda: antibiotiklarga polirezistent Bacillus clausii sporalari – 2 milliard; yordamchi moddalar: tozalangan suv – 5 ml gacha.

Farmakodinamikasi

Enterojermina – bu patogen faollikka ega bo’lmagan, ichakni normal yashovchilari hisoblangan Bacillus clausii sporalarining suspenziyasidan tarkib topgan preparatdir.
Bacillus clausii sporalari ichga qabul qilinganida ham kimyoviy, ham fizikaviy agentlarga yuqori chidamliligi tufayli, me’da shirasining kislotali to’sig’ini yengib o’tadi va ichaklarga shikastlanmasdan yetib boradilar, u yerda ular metobolik faol vegetativ hujayralarga transformatsiyalanadi.
Enterojermina kelib chiqishi turlicha bo’lgan mikroblarga qarshi agentlarning qo’llanishi tufayli ichaklarning o’zgargan mikroflorasini tiklanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, Bacillus clausii turli vitaminlar, ayniqsa V guruhi vitaminlarini ishlab chiqarish xususiyatiga ega, bu ham antibiotiklar va ximioterapevtik agentlarni qo’llash oqibatida kelib chiqqan disvitaminozni tuzatishga o’z hissasini qo’shadi.
Bundan tashqari, Bacillus clausii ni antibiotiklarga nisbatan sun’iy chaqirilgan yuqori darajadagi geterogen chidamliligi antibiotiklar qo’llanilishi natijasida kelib chiqadigan ichak mikroflorasining buzilishini oldini olishga, ayniqsa keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklar qo’llanganda, yoki ichak mikroflorasining muvozanatini tiklanishi uchun terapevtik asosni ta’minlaydi.
Yuqorida keltirilgan antibiotiklarga chidamlilik sababli, Enterojermina® ni antibiotiklarning ikkala dozasi oralig’ida qo’llash mumkin.
Preparat penitsillinlarga (agar beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmuada bo’lmasa), sefalosporinlar (ko’pchilik holatlarda qisman chidamlilik), tetratsiklinlar, makrolidlar, aminoglikozidlar (gentamitsin va amikatsindan tashqari), xloramfenikol, tiamfenikol, linkomitsin, klindamitsin, izoniazid, sikloserin, novobiotsin, rifampitsin, nalidiks kislotasi va pipemid kislotasi (oraliq chidamlilik) va metronidazolga nisbatan chidamlilikka ega.

Farmakokinetikasi

Enterojermina® preparati o’zining tarkibi bo’yicha kimyoviy modda emasligi, me’da-ichak yo’llarida qolishi kerak bo’lgan bakteriyalarning sporalari bo’lganligi tufayli, preparatning so’rilishi, taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishini bo’yicha tadqiqotlar o’tkazishni zarurati yo’q (ADME tadqiqotlari).

Nojo’ya samaralari

Preparatni qo’llash natijasida hosil bo’lgan toshma va eshakemi kabi allergik reaktsiyalar haqida xabarlar bor.

Maxsus shartlar

Enterojermina® flakonlarida ko’rinarli kiritmalarning bo’lishi Bacillus clausii ning sporalarini agregatlari bilan bog’liq, shuning uchun bu preparatni o’zgarishlarga uchraganligini birdirmaydi.
Flakonni qo’llash oldidan silkiting.
Ushbu preparatni seliakiyada (yoki glyuten kasalligida) qo’llashga qarshi ko’rsatma yo’q.
Ehtiyotkorlik choralari
Antibiotikoterapiya kursi vaqtida Enterojermina® preparati qo’llanilayotgan bo’lsa, preparatni antibiotikning ikki ketma-ket qabul qilish dozasini orasida ichish kerak (masalan, antibakterial preparat qabul qilinganidan keyin 2-3 soat o’tgach).
Ushbu preparat faqat peroral qabul qilish uchun mo’ljallangan. Anafilaktik shok kabi og’ir anafilaktik reaktsiyalarning rivojlanish xavfi yuqori bo’lganligi sababli dori vositasini in’ektsiya yoki boshqa bir yo’l orqali yuborish qat’iyan man etiladi.
Antibiotiklar bilan davolash davrida preparatni antibiotik dozasining qabuli orasida ichish kerak.
Agar davolanishdan 2-3 kun keyin ham bemorning klinik holati yomonlashsa yoki ahvoli yaxshilanmasdan tana harorati oshishi, qusish, axlatda qon yoki shilliq paydo bo’lishi, og’iz qurishi kabi simptomlar paydo bo’lsa, bemor darhol o’zining davolovchi shifokoriga murojaat qilishi kerak.

Qo’llanilishi

– Oziq ovqat bilan zaharlanish yoki ichak mikroflorasining buzilishlari va avitaminoz (ichakda vitaminlarning so’rilishi va o’zlashtirilishi buzilishining oqibati) bilan bog’liq me’da-ichakni buzilishlari sababli kelib chiqadigan ichak disbakteriozini davolash va profilaktikasi.
– Antibiotiklar yoki kimyoterapevtik vositalar bilan davolash vaqtida o’zgargan ichak mikroflorasini tiklash bo’yicha davolash.
– Kattalar va bolalarda o’tkir me’da-ichak buzilishlari (shu jumladan bakteriya yoki viruslar chaqirgan infektsiyalar).
– Turli xil kasalliklarga yondosh bo’lgan ichak disbakteriozini davolash, shu jumladan ovqat hazm qilish yo’llarining zararlanishi (me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, pankreatit, xoletsistit, jigar va safro chiqarish yo’llarining surunkali kasalliklari va h.k.) da qo’llanadi.

Qo’llanilishi mumkin bo’lmagan holatlar

Ta’sir qiluvchi modda yoki preparatning ingrediyentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o’zaro ta’siri

Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish natijasida dorilar bilan o’zaro ta’siri aniqlanmagan.

Maxsus saqlash sharoitlari

5 ml dan polietilen flakonda. 10 yoki 20 flakondan qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti 30°S dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Flakon ochilganidan keyin, suspenziyaning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik uchun dori vositasini darhol ishlatish kerak.

Dozirovkasi

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
INЪEKTSIYa HOLIDA YuBORILMASIN!

PREPARAT FAQAT IChISh UChUN MO’LJALLANGAN!
Boshqa yuborish yo’llari orqali qo’llanilmasin!

Dozalash
Kattalarga: agar davolovchi shifokor tomonidan boshqacha buyurilmagan bo’lsa, kuniga 
2-3 flakondan qabul qilinadi.
Preparatning bir martalik dozasini (1 flakon) qabul qilishlar orasidagi tavsiya qilingan interval 3-4 soatni tashkil qiladi.
Go’daklar (3 haftalikdan boshlab), kichik va katta yoshli bolalarga: agar shifokor tomonidan boshqacha buyurilmagan bo’lsa, kuniga 1-2 flakondan qabul qilinadi.
Agar preparatning sutkalik dozasi kuniga bir flakonni tashkil qilsa, preparat kuniga bir marta (1 flakon to’liqligicha) qabul qilinishi kerak. Agar sutkalik doza 
1 flakondan ortiq bo’lsa, preparatning bir martalik dozasini (1 flakon) qabul qilishlar orasidagi tavsiya qilingan interval 3-4 soatni tashkil qiladi.
Davolanish davomiyligi shifokor tomonidan individual belgilanadi. Qo’llash bo’yicha ko’rsatmalarga qarab qo’yidagi davolanish davomiyligi tavsiya etiladi:
– antibiotiklar yoki ximioterapiya bilan davolanish vaqtida o’zgargan ichak mikroflorasini tiklash uchun yordamchi davo; antibiotiklar bilan davolash vaqtida va antibiotiklar bilan davolash tugaganidan keyin 1 haftagacha;
– kattalar va bolalar, jumladan emizikli go’daklarda o’tkir me’da-ichak buzilishlarini (shu jumladan bakteriya yoki viruslar chaqirgan infektsiyalar) davolash.
Davolash davomiyligi 5-7 kun.
– oziq-ovqat bilan zaharlanish yoki ichak mikroflorasining buzilishlari va avitaminoz (ichakda vitaminlarning so’rilishi va o’zlashtirilishi buzilishining oqibati) bilan bog’liq me’da-ichakni buzilishlari sababli kelib chiqadigan ichak disbakteriozini davolash va profilaktikasi.
Davolash davomiyligi 5-7 kun.
– asosiy davolashga yordamchi moddalar sifatida turli xil kasalliklarga yondosh bo’lgan ichak disbakteriozini davolash, shu jumladan ovqat hazm qilish yo’llarining zararlanishi (me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, pankreatit, xoletsistit, jigar va safro chiqarish yo’llarining surunkali kasalliklari va h.k.) da buriladi
Davolash davomiyligi 30 kun.
Qo’llash usuli
Bir flakonni flakonlar lentasidan yirtib oling. Flakonni silkiting. Flakonning yuqori qismini soat millari bo’ylab burang va olib tashlang. Flakonning ichidagisini biroz shirin suvga, sutga, choyga yoki apelьsin sharbatiga quying yoki preparatni oldindan suyultirmasdan iching. 
Dori vositasini ochilganidan keyin suspenziya zararlanishini oldini olish maqsadida darhol qabul qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishining klinik ko’rinishlari qayd etilmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi

Ushbu dori preparatini homiladorlik va emizish vaqtida qabul qilish mumkin.
8260cookie-checkENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml N10