05.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Essensiale forte N

Essensiale forte N inyeksiya uchun eritma 250mg/5ml 5ml N5 qo’lanishi bo’yicha ko’rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ESSENSIALE® N

ESSENTIALE® N

 

Preparatning savdo nomi: Essensiale® N.

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fosfolipidlar.

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma.

Tarkibi:

5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: soya dukkakdoshlarining quritilgan substansiyasidan olingan, 93% (3-sn-fosfatidil) xolin saqlovchi fosfatidilxolin, sinonimlari – “essensial fosfolipidlar”, “EPL®”-250 mg.

yordamchi moddalar: 126,50 mg dezoksixolat kislotasi; 13,40 mg natriy gidroksidi;     45,00 mg  benzil spirti; 12,00 mg – natriy xloridi;  0,50 mg  riboflavin, in‘eksiya uchun suv – 5 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq sariq rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruxi: gepatoprotektor vosita.

ATX kodi: A05S.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Essensial fosfolipidlar jigarning xujayra qobig‘i va xujayra organellalarining  asosiy struktur elementlaridir. Jigar kasalliklarida hamisha jigar hujayralarining qobig‘i va hujayra organellalarini shikastlanishi o‘rin tutadi, bu ular bilan bog‘liq bo‘lgan fermentlar va reseptorlar tizimi faolligini buzilishiga, jigar hujayralarining funksional faolligini yomonlashishiga va regenerasiya xususiyatini pasayishiga olib keladi.

Essensiale® N preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar o‘zining kimyoviy tuzilishi bo‘yicha endogen fosfolipidlarga mos keladi, biroq ulardagi ko‘p to‘yinmagan (essensial) yog‘ kislotalarining mikdorini yuqoriligi hisobiga, faolligi bo‘yicha endogen fosfolipidlardan ustundirlar. Bu yuqori energetik molekulalarni gepatositlarning hujayra membranalarini shikastlangan sohalariga tizilib olishi jigar hujayralarining butunligini tiklaydi, ularning regenerasiyasiga yordam beradi. Ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarining sis-ikkitalik bog‘lari hujayra qobig‘ining fosfolipidlaridagi uglevodorod zanjirlarini parallel joylashishiga to‘sqinlik qiladi, hujayra qobig‘ining fosfolipid tuzilmasi “yumshab qoladi”, bu ularning oquvchanligi va elastikligini oshishiga olib keladi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Hosil bo‘lgan funksional bloklar membranalarga birikkan fermentlarning faolligini oshiradi va muhim metabolik jarayonlarni normal, fiziologik yo‘l orqali kechishiga yordam beradi.

Essensiale® N preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar neytral yog‘lar va xolesterinni oksidlanish jarayonlari kechayotgan joylarga tashib, lipoproteinlar metabolizmini yo‘lga soladi, bu asosan yuqori zichlikka ega bo‘lgan lipoproteinlarni xolesterin bilan bog‘lanish xususiyatini oshishi hisobiga yuz beradi.

Shunday qilib, lipidlar va oqsillarning metabolizmiga; jigarning dezintoksikasion faoliyatiga; jigar hujayralariga va fosfolipidlar bilan bog‘liq fermentlar tizimini tiklanishi va saqlanishiga normallashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi; bu oxir-oqibatda jigarda biriktiruvchi to‘qimani shakllanishiga to‘sqinlik qiladi va jigar hujayralarini tabiiy tiklanishiga yordam beradi.

Fosfolipidlarni safroga ekskresiya qilinganida litogen indeksini pasayishi va safroni barqarorlashishi yuz beradi.

Farmakokinetikasi

Fosfatidilxolin yuqori zichlikka ega lipoproteidlar bilan bog‘langan holda jigarga tushadi.

Xolin komponentining yarim chiqarilish davri 66 soatni tashkil qiladi, ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar komponentining yarim chiqarilish davri 32 soatni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Jigarning yog‘li degenerasiyasi (shu jumladan qandli diabetda), o‘tkir va surunkali gepatitlar, jigar sirrozi, jigar hujayralarning nekrozi, jigar komasi va prekoma, jigarni toksik shikastlanishi; homiladorlik toksikozi, operasiya oldi va operasiyadan keyingi davolash, ayniqsa gepatobiliar sohasidagi operasiyalarida, psoriaz, radiasion sindromda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mahalliy reaksiyalarni chaqirish ehtimoli bo‘lgani tufayli mushak ichiga yuborish tavsiya etilmaydi. Shifokorning boshqa tavsiyalari bo‘lmaganida vena ichiga asta-sekin, kuniga 1-2 ampula (5-10 ml) yoki og‘ir holatlarda 2-4 ampuladan (10-20 ml) yuboriladi.

Ikkita ampula ichidagi dori vositasini bir vaqtda yuborish mumkin. Boshqa dori vositalari bilan bir shprisda aralashtirish mumkin emas.

Vena ichiga yuborilayotganda dori vositasini bemor qoni bilan 1:1 nisbatda aralashtirib yuborish tavsiya etiladi.

Preparatni suyultirish zarurati tug‘ilganida, infuzion yuborish uchun faqat 5% va 10% li dekstroza eritmasi ishlatiladi, yuborish vaqtida suyultirilgan eritma tiniq bo‘lishi kerak.

Preparatni elektrolitli eritmalar (izotonik eritma, Ringer eritmasi) bilan suyultirish mumkin emas!

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ta‘sirlarni paydo bo‘lish tez-tezligini baholash maqsadida quyidagi ta‘riflar ishlatiladi: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (> 1/100 – < 1/10); tez-tez emas (≥1/1000, -<1/100); kamdan kam (> 1/10000 – < 1/1000); juda kam (<1/10000), uchrash tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida uchrash tezligini aniqlanishi mumkin emas).

Immun tizimi  tomonidan:

Kamdan kam  hollarda tarkibidagi benzil spirtiga nisbatan yuqori sezuvchanlik kuzatiladi.

Juda kam hollarda – terida allergik toshmalar (toshma, ekzantema yoki toshmalar, eshakemi, qichishish ) kuzatilishщi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning  ingredientlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik bo‘lganda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Preparatni 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Faqat tiniq eritma ishlatilsin!

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda, tarkibida plasentar to‘siqdan o‘tadigan benzil spirti bo‘lgani tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim (tarkibida benzil spirti bo‘lgan dori vositalari ta‘sirida tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘limga olib keluvchi hansirash sindromini rivojlanishi kuzatilgan).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chiqarilish shakli

250 mg/5 ml vena ichiga yuborish uchun eritma.

5 ml dan preparat o‘rta qismi siqilgan to‘q shisha ampulalarda.

5 ampuladan PVX kontur o‘ramda.

1 kontur o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

2ºS dan 8ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

4480cookie-checkEssensiale forte N