11.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Gigantizm

Gigantizm (yun. gigas, gigantos — ulkan), ulkanlik, darozlik — odam boʻyining haldan tashqari baland boʻlishi, patologii oʻsishi. Gipofizda oʻsish gormonining koʻp ishlanib chiqishi sabab boʻladi. G. koʻproq erkaklarda, oʻsmirlik davrida uchraydi. Boʻyi 1,75 m dan baland kishilar novcha, 2 m dan balandlari daroz hisoblanadi (qarang Akromegaliya). G.ni baland boʻylilik bilan yanglishtirmaslik lozim. G.ning yevnuxoid xilida barmoqlar, qoʻl-oyoq panjalari katta boʻladi, lekin ikkilamchi jinsiy belgilar va jinsiy aʼzolar yaxshi rivojlanmaydi. Baʼzan tananing ayrim-aʼzosigina katta yoki uzun boʻladi, bu qisman G. deyiladi. Gigant odamlar hamisha sogʻlom boʻlavermaydi, ular bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, tez charchash, qoʻl-oyoklari ogʻrishidan shikoyat qilishadi. Muskullari oldiniga baquvvat boʻlishi mumkin, keyinchalik esa kuchsizlanib qoladi. Xotira, ruhiy faoliyat hamda jinsiy funksiyalarning buzilishi, shuningdek gormonal oʻzgarishlar (qalqonsimon bez, meʼda osti bezi, jinsiy bezlarda) kuzatiladi. Ularning buy-basti mutanosib boʻlmaydi, oyoq-qoʻli, ayniqsa oyogʻi uzun boʻladi, boshi hiyla kichik koʻrinadi. Agar bola tengqurlaridan ancha baland boʻlsa, vrachga murojaat qilib, tegishli maslahatlar olish lozim. Gormonal preparatlar, nur bilan davolash koʻpincha yaxshi naf beradi.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

31780cookie-checkGigantizm