11.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Gingivit – milk yallig’lanishi

Gingivit (lot. gingiva — milk, itis — yalliglanish) — milk shilliq qavatining yalligʻlanishi. Meʼda-ichak, nafas aʼzolari, yurak-tomir, nerv sistemasi, periodontit, paradontoz, qon kasalliklari, infeksion kasalliklar, avitaminozlar, ogʻir metallar (simob, qoʻrgʻoshin va b.)ning tuzlaridan zaharlanish,. tish toshi G.ga sabab boʻladi. Baʼzan antibiotshlar yoki boshqa dorilar qabul qilinganda ham G. yuzaga keladi. Hayz sikli buzilganda, homiladorlik va balogʻatga yetish davrida koʻp uchraydi. Chirigan tish qirrasi, notoʻgʻri qoʻyilgan tish yoki yasama tish, shuningdek, dagʻal tish choʻtkasining milkni chaqalashi, kimyoviy moddalar va issiqdan kuyish ham G.ga sabab boʻlishi mumkin. G.da milk qizarib shishadi, bezillab turadi va salga qonaydi (kataral G.), milk cheti kulrang karash bilan qoplanadi, ostidan yara chiqadi, ogʻizdan sassiq hid keladi. Soʻlak oqadi, t-ra koʻtariladi, jagʻ ostidagi limfa bezlari kattalashadi (yarali G.); milk oʻsib, butun tishni qoplaydi, ogʻriq sezilmaydi (gipertrofik G.) yoki aksincha tish ildizi ochilib qoladi (atrofik G.). G. ga xos dastlabki alomatlar paydo boʻlganda darhol vrachga koʻrinish zarur. Oldini olish uchun ogʻiz boʻshligʻini toza tutish, bot-bot stomatolog vrachga murojaat qilib, tish toshini oldirish va chirigan tishlarni davolatib turish lozim.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

34310cookie-checkGingivit – milk yallig’lanishi