05.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Huqna ( klizma ) va uni turlari haqida

Huqna, klizma — toʻgʻri ichakka anusdan maxsus asbob yordamida suyuqlik (koʻpincha suv) yuborishdan ibo-rat tibbiy muolaja. Tozalovchi H. (ichakdagi narsalarni chiqarib tashlash uchun qoʻllanadi), dori H. va oziq H. farq qiladi. H. faqat vrach koʻrsatmasiga muvofiq qilinadi, chunki baʼzi hollarda (appenditsit, ichak buralib qolishi va h.k.) u ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin. H. uchun maxsus noksimon rezina ballon (baʼzan maxsus qattiq uchlikli qisqichi yoki joʻm-ragi hamda uchligi bor rezina naychali voronka) qoʻllanadi, shuningdek, Esmarx krujkasidan foydalaniladi, unga suyuqlik bir meʼyorda borishi uchun joʻmrakcha, biriktirish naychasiga esa uchlik oʻrnatilgan. Tozalovchi H. qabziyataa, oziqovqatdan zaharlanganda, meʼda-ichak yoʻlini va kichik chanoq aʼzolarini rentgenologik tekshirishdan, operatsiyadan, tugʻishdan, dori va oziq H.dan oldin qoʻllanadi. Baʼzi bir davo H.si ayni vaqtda tozalovchi H. funksiyasini ham oʻtaydi (mas, moychechak-li, gipertonik, yogʻli va boshqalar). H.ning taʼsiri suyuqlik miqdoriga, uning tezlik bilan bosim ostida yuborili-shiga bogʻliq. Katta yoshdagilar uchun oʻrtacha 1 l ga yaqin toza iliq suv kerak boʻladi. Suv yuborib qilinadigan tozalovchi H. qabziyatda ichak shil-liq pardasini taʼsirlab, ichakning toʻlqinsimon harakati (peristalti-kasi)ni kuchaytiradi, natijada bemorning ichi keladi. Agar bemorning qimirlashi mumkin boʻlmasa uni chal-qancha yotqizib H. qilinadi, bemorning ostiga tuvak qoʻyiladi. Qorip muskullari haddan tashqari tarang boʻlsa, H. qilinayotganda bemor tizza va tirsaklariga tayanib turishi kerak. H. qilishdan oldin uchlikka vazelin yoki glitserin surtiladi. bemorni kleyonka solingan oʻrin chetiga chap yonboshi bilan yotqiziladi. Chap qoʻlning birinchi va ikkinchi barmoqlari yordamida dumba kerilib. oʻng qoʻl yordamida uchlik aylanma harakat bilan toʻgʻri ichakka 10—12 sm kirgiziladi. H.dan soʻng mumkin qadar 5—10 min. hojatga chiqmay turgan maʼqul. Yogʻli H. uchun oʻsimlik moyini 200 ml (bolalarga 30 — 50 ml) hajmida kechqurun yuboriladi. Bunda noksimon rezina ballon ishlatiladi. Dori H. dori moddalarining ichak shilliq pardasiga taʼsir etishi va dorining organizmga ichak orqali soʻrilishi maqsadida qoʻllanadi. Dori moddalari 10 ml va undan oz miqdorda yuborilganda yaxshi soʻriladi. Dori H. qilishdan oldin albatta tozalovchi H. oʻtkazish kerak. Oziq Huqna — sunʼiy ovqatlantirishning bir turi. U organizmning suyuqlikka, osh tuziga va oz miqdorda boʻlsa-da, oziq moddalarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qoʻllanadi. Oziq H. uchun osh tuzining fiziologik (izotonik) eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi va aminokislo-talar eritmalaridan foydalaniladi. Bunday H. tozalovchi H.dan keyin qilinadi. Oziq H. faqat vrach koʻrsatmasiga binoan davolash muassasalarida qoʻllanadi.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

32053cookie-checkHuqna ( klizma ) va uni turlari haqida