06.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Immun zardoblar haqida

Immun zardoblar – biror antigen bilan immunlangan odam va hayvonlar qonidan olinadigan va tarkibida shu antigenga xos antitelolari boʻlgan zardoblar. Immun zardob, odatda, sunʼiy immunlangan hayvonlar (quyon, ot, dengiz choʻchqalari) qonidan (qarang Immunlash) yoki baʼzi yuqumli kasalliklar bilan ogʻrib oʻtgan kishilar qonidan olinadi. I. z. ning himoya va davo xususiyatlari ular tarkibida maxsus birikmalar — kasallik qoʻzgʻatuvchi omillarni topa olish (ularga nisbatan maxsus sezuvchanligi bor) va zararsizlantirish xususiyatiga ega boʻlgan antitelolar borligiga asoslangan (qarang Immunitet). Yot oqsili bor har qanday agentning kirishiga javoban odam yoki hayvon organizmida antitelolar qosil boʻladi va uning qon zardobida uzok, vaqt, baʼzan, umrbod saklanadi. Baʼzi yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan odamlarning bir umr ushbu kasallik bilan qayta kasallanmasliklarining boisi shunda. Diagnostika (serodiagnostika) va davo-profilaktika (seroprofilaktika, seroterapiya) maqsadida qoʻllaniladigan I.z. mavjud. Organizmga I. z. yuborilganda passiv immenitet hosil boʻlib, u maʼlum muddat (2—4 hafta) saklanib turadi. Shuni nazarda tutib, infeksion kasallik (mas, qizamiq) bilan ogʻrigan bemorga yaqin yurgan kishilarni kasallikdan saqlash maqsadida I. z. bilan emlanadi. I. z. boʻgʻma, qoqshol, botulizm va h. k. ni davolashda, shuningdek, ilon, ari, baʼzi hasharotlar chaqqanda va b. hollarda qoʻllaniladi. Zardob tarkibidagi antiteloning tabiatiga qarab antitoksik, antibakterial, antivirus va ilon zahariga qarshi I. z. farqlanadi. Ke-yingi yillarda antileykotsitar zardoblarning kashf etilishi va ularni tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishi aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazishda donor va retsipiyentni aniqlash, shuningdek, immunogenetika masalalarini oʻrganish imkonini berdi. I. z. yuborilgandan keyin baʼzan shok va zardob kasalligi roʻy berishi mumkin. Buning oldini olish uchun immun zardobni yuborishdan oldinroq (15—30 daqiqa, baʼzan 1—2 kun ilgari) uning ozroq miqdori yuborib koʻriladi.

Immunitetni oshirishda eng samarali mahsulot – ALHADAYA

Qora sedana yog'i alhadaya

Alhadaya – Qora sedana yog’ini muntazam iste’mol qilish, umuman, butun vujudni, xususan, timus bezini rag’batlantiradi, bu tananing mudofaasini tartibga soladi va tarqatadi, shuningdek qondagi himoya hujayralari (T-limfotsitlar va T-qotillar) sonini barqaror qiladi. Yog ‘suyak iligi hujayralarini ishlab chiqarishni rag’batlantirish va uning funktsional holatini yaxshilash qobiliyati bilan ham mashhur, buni Janubiy Kaliforniya saraton immunobiologik laboratoriyasi tadqiqotchilari tasdiqlagan.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

29510cookie-checkImmun zardoblar haqida