15.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Ismijen tabletkalari 7mg N30

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 tabletka – 50mg muzlatilgan holatida quritilgan bakterial lizat saqlaydi, uning 7 mg mi quyidagiga mos keladi:

Staphylacoccus aureus – 6 milliard

Streptococcus pyogenes – 6 milliard

Streptococcus viridans – 6 milliard

Klebsiella pneumoniae – 6 milliard

Klebsiella ozaenae – 6 milliard

Diplococcus pneumoniae – 6 milliard (oxirgi bakteriya quyidagi turdagilarni 1 milliarddan saqlaydi – TY1/EQ11, TY2/EQ22, TY3/EQ14, TY5/EQ15, TY8/EQ23, TY47/EQ24) va liofilizatsiya jarayoni uchun 43 mg glikokkol saqlaydi.

Yordamchi moddalar: Gidratlangan kolloidli kremniy, mikrokristallik sellyuloza, ikki asosli kalsiy fosfati, magniy stearati, ammoniy glitserizanati, yalpiz essensiyasi (mentolli) kukuni.

Farmakologik ta’siri

Mahsulotning taʼsir mexanizmi preparatning organizmning yuqori va quyi respirator yoʻllari infeksiyasini chaqiruvchi mikroorganizmlarga qarshi rezistentligini oshirishi bilan bogʻliq. Ismijen organizmning respirator yoʻllari infeksiyasini qaytalanishidan himoyalaydi, qaytalanishlar soni pasayadi, isitma davomiyligi kamayadi va antibiotikni qoʻllanishi kamayadi.

Ismijenning immunomodullash xossasiga taʼsir etuvchi omillar:

T- va V- hujayralarni oʻziga xos qoʻzgʻatib turuvchi dendrit hujayralarining yetilishi;
patogen bakteriyalarning yuzasidagi zarrachalarga qismiga qarshi yoʻnaltirilgan A(IgA) spetsifik immunoglobulin sekretsiyasi
bakteriyalarni spetsifik antitelolar bilan opsonizatsiyasi yordamida granulotsitlar tomonidan bakteriya hujayralarini yoʻqotish mexanizmini kuchaytirish;
tabiiy (tugʻma) immunitetni (dendrit hujayralar va granulotsitlar ishtirokida), va spetsifik (orttirilgan) immunitetni (IgA sekretsiyasi bilan namoyon boʻlgan, bakteriyalarning yuzasidagi zarrachalarga qarshi yoʻnaltirilgan) kuchaytirish.

Farmakokinetikasi

Mahsulot qoʻllash usuli va oʻziga xosligidan kelib chiqib, farmakokinetik tadqiqotlarni oʻtkazish imkoni mavjud emas

Nojo’ya samaralari

Kam hollarda quyidagi nojoʻya samaralar kuzatiladi:

respirator, torakal va mediastinal buzilishlar;
teri va teri osti buzilishlari;
preparatni sublingval qabul qilinganda yuzaga kelgan umumiy buzilishlar va mahalliy buzilishlar; ovqat hazm boʻlishidagi buzilishlar;
Har qanday buzilish holatlarida davolash toʻxtatilishi lozim.

Qo’llanilishi

yuqori va quyi nafas yoʻllari va bronxopulmonal yoʻllarining oʻtkir, nimoʻtkir, qaytalanuvchi va surunkali infeksiyalarini oldini olish;
prevensiya va qaytalanishlar sonini qisqartirish;
zarur holatlarda preparatni boshqa dori vositalari antikbiotiklar, mukolitik vositalar, ingalyatsion kortikosteroidlar va davomli taʼsirga ega boʻlgan bronxodilyatatorlar bilan kombinatsiyada qoʻllash mumkin.
Ismijen kattalar uchun va bolalarda 3 yoshdan va undan katta bolalar uchun moʻljallangan.

Qo’llanilishi mumkin bo’lmagan holatlar

– Faol yoki yordamchi moddalarga oʻta yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o’zaro ta’siri

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri nomaʼlum.

Dozirovkasi

Dozalash

Preparat kattalar uchun va bolalarda 3 yoshdan va undan katta bolalar uchun moʻljallangan.

1 tabletkadan kunda 1-marta ovqatdan oldin, uzluksiz 10 kun bir oy mobaynida qoʻllaniladi.

Toʻliq davolash kursi ketma-ket 3 oyni tashkil qiladi.

Qoʻllash usullari

Til ostiga qoʻyib shimiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozaning oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo’llanilishi

Ismijenning hayvonlarda toksik samarasi kuzatilmaganligiga qaramay, homilador ayollarda nazoratli tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Shuning uchun, Ismijenni tasdiqlangan yoki taxmin qilinayotgan xomiladorlikning birinchi uch oyligida qoʻllashdan saqlanish tavsiya etiladi.

Fertillik va laktatsiya davrida preparatning taʼsiri yuzasidan maxsus kuzatuvlar oʻtkazilmagan.

4580cookie-checkIsmijen tabletkalari 7mg N30