29.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Kayfiyatni ko’tarish uchun eng foydali mashq

Dunyo aholisining 26 foizdan 33 foizgacha bo‘lgan qismi hayotining turli davrlarida ruhiyat bilan bog‘liq xastaliklardan aziyat chekadi. Bu hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi va umr davomiyligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, keyinchalik surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini uch barobar oshiradi. Ruhiy tushkunlik va doimiy xavotirda bo‘lish umrni qisqartiradi. Keksalarning intellektual qobiliyatida buzilishlar paydo bo‘ladi.

Tonggi badantarbiya, jismoniy faol bo‘lish aqliy salomatlikka foydali ta’sir ko‘rsatishi azaldan ma’lum. Doimiy harakatda bo‘lish organizmda endorfin darajasini oshiradi, depressiya va tushkunlik hissini kamaytiradi.

Shu sababli aynan qaysi jismoniy harakat depressiyadan tezroq xalos bo‘lishga yordam beradi, degan savol bilan tadqiqot o‘tkazildi. Avstraliyaning ikkita universiteti olimlari buning tagiga yetdi.

Tadqiqotda 7 yoshdan 85 yoshgacha qariyb bir yarim ming kishi ishtirok etdi (ularning aksariyati ayollar edi). Ishtirokchilarning bir qismi surunkali kasalliklarga chalingan, qolgan qismi butunlay sog‘lom edi.

Turli xildagi jismoniy faoliyatni solishtirgandan so‘ng olimlar ruhiy salomatlikni yaxshilash uchun eng samarali faoliyat ­— raqs ekanini tushunishdi. Raqs turining ahamiyati yo‘q, u odamga yaxshi kayfiyat berishining o‘zi kifoya.

Haftada bir marta raqsga tushib turish natijasida bir oy ichida sog‘liq ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. Raqs depressiya alomatlarini kamaytirishga va xotirani mustahkamlashga yordam beradi.

67720cookie-checkKayfiyatni ko’tarish uchun eng foydali mashq