29.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Kordiamin

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

KORDIAMIN-DARNITSA

KORDIAMIN-DARNITSA

 

Preparatning savdo nomi: Kordiamin-Darnitsa

Taʼsir etuvchi modda (XPN): nikotin kislotasining dietilamidi (niketamid)

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma.

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: nikotin kislotasining dietilamidi (niketamid) – 250 mg;

yordamchi modda: inyeksiya uchun suv.

Taʼrifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sargʻish, oʻziga xos xidli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Nafas analeptiklari. Niketamid.

ATX kodi: R07AB02.

Farmakologik xususiyatlari.

Farmakodinamikasi

Aralash taʼsirga ega analeptik. Taʼsir mexanizmi ikki komponentdan iborat: markaziy va periferik. Birinchisi, uzunchoq miyaning qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazga bevosita taʼsiri bilan bogʻliq boʻlib, uni qoʻzgʻalishiga va tizimli arterial bosimni bilvosita (ayniqsa ushbu markazni birlamchi susayishida) oshishiga olib keladi. Periferik komponenti karotid sinusining xemoretseptorlarini qoʻzgʻalishi bilan bogʻliq boʻlib, bu nafas harakatlarining sonini va chuqurligini oshishiga olib keladi. Preparat vena ichiga yuborilganda yurak ritmi tezlashadi, nafas olish soni va chuqurligi oshadi, arterial bosim biroz va qisqa muddatga oshadi. Preparat yurakka toʻgʻridan-toʻgʻri ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatmaydi va toʻgʻridan-toʻgʻri ragʻbatlantiruvchi qon tomirlarni toraytiruvchi samarani namoyon etmaydi.

Farmakokinetikasi

Kordiamin barcha yuborish usullarida qonga yaxshi soʻriladi, nisbatan tez parchalanadi, qisqa taʼsir etadi (15-60 minut). Organizmda nikotinamid, nikotin kislotasining monoetilamidi, niketamid-N-oksidni hosil boʻlishi bilan jigarda metabolizmga uchraydi. Faol boʻlmagan metabolitlar koʻrinishida siydik bilan tez chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

  • Kollaps va asfiksiya (shu jumladan yangi tugʻilgan chaqaloqlarning);
  • jarrohlik operatsiyalaridagi va operatsiyadan keyingi davrdagi shok holati;
  • qon aylanishini oʻtkir va surunkali buzilishlari;
  • qon tomirlar tonusini susayishi, infeksion kasalliklardagi va sogʻayish davridagi nafasni susayishi,;
  • uxlatuvchi va analgetik vositalar bilan zaharlanishda (majmuaviy davolash tarkibida) qoʻllaniladi.

Qoʻllash usuli va dozalari

Bir martalik va sutkalik doza, yuborishlar soni koʻrsatmalar va bemorning yoshiga qarab, shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi.

Preparat teri ostiga, mushak ichiga, vena ichiga yuboriladi. Kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 ml dan sutkada 1-3 marta buyuriladi.

Vena ichiga yuborish uchun preparatning bir martalik dozasi 0,9% natriy xloridi eritmasining 10 ml da suyultiriladi; 1-3 minut ichida yuboriladi.

Kattalar uchun yuqori dozalari teri ostiga: bir martalik – 2 ml, sutkalik – 6 ml. Zaharlanishlarda kattalar uchun teri ostiga va vena ichiga yuqori bir martalik doza –
5 ml.

Bolalarga teri ostiga, yoshiga qarab, quyidagi bir martalik dozalar buyuriladi:

1 yoshgacha – 0,1 ml;

1-4 yosh – 0,15-0,25 ml;

5-6 yosh – 0,3 ml;

7-9 yosh – 0,5 ml;

10-14 yosh – 0,75 ml buyuriladi.

Sutkada 1-3 marta yuboriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bezovtalik, yuqori jizzakilik, xavotirlik.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: koʻngil aynishi, qusish.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiyalar, arterial gipertenziya, taxikardiya.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: ogʻizning aylana mushaklaridan boshlanadigan mushak tortishishlari, tremor, mushaklar rigidligi.

Dermatologik buzilishlar: qizarish, yuzni biroz shishi, terini qichishishi, terini qipiqlanishi.

Butun organizm tomonidan buzilishlar: gipertermiya, kuchli terlash.

Allergik reaksiyalar: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, eshakemi, anginevrotik shish, tarqoq papulyoz toshmalar.

Yuborish joyida reaksiyalar: infiltratsiya, yuborish joyida ogʻriq, giperemiya, qichishish, achishish hissi.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Kordiaminga yoki preparatning komponentlaridan biriga oʻta yuqori sezuvchanlik, tirishishlarga moyillik, tutqanoq, tutqanoq hurujlari (anamnezdagi); porfiriya, bolalardagi gipertermiyada qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Kordiaminning analeptik taʼsiri PASK, salyuzid, fenotiazin hosilalarining (aminazin va boshq.) taʼsiri ostida pasayadi. Aminazin va rezerpin kordiaminning tirishtiruvchi taʼsirini kuchaytirishi mumkin. Preparatning pressor taʼsiri MAO ingibitorlarining taʼsiri ostida oshishi mumkin. Kordiamin ftivazidni oʻzlashtiraolmaslikni rivojlanishiga olib keladi. Psixostimulyatorlar va antidepressantlarning samaralarini kuchaytiradi. Narkotik analgetiklar, uxlatuvchi, antipsixotik vositalar, anksiolitiklar, tirishishga qarshi vositalarning taʼsirini pasaytiradi.

Chuqur narkoz fonida kordiamin taʼsir qilmaydi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat faqat shifokorning kuzatuvi ostida statsionar sharoitlarda qoʻllanadi. Vena ichiga yuborilganida qisqa vaqt taʼsir qiladi. Kordiaminning teri ostiga va mushak ichiga inyeksiyalari ogʻriqli boʻlganligi tufayli, ogʻriqni kamaytirish uchun, inyeksiya joyiga oldindan novokain yuboriladi (kattalarga – 1 ml 0,5% li eritma, bolalarga – yoshga bogʻliq dozalarga muvofiq yuboriladi). Novokainni yuborishdan oldin sinamani oʻtkazish lozim. Novokainni qoʻllaganda novokainni xavfsizligi boʻyicha maʼlumotlarni hisobga olish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi.

Preparatni homiladorlikda va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

Bolalar.

Preparat pediatriya amaliyotida yosh boʻyicha tavsiya qilingan dozalarda qoʻllash uchun ruhsat berilgan. Gipertermiyada qoʻllash mumkin emas.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga taʼsir qilish xususiyati.

Davolanish davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni jamlash xamda psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini zarurati bilan bogʻliq potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: preparatning nojoʻya taʼsirini kuchayishi; preparat yuqori dozalarda tarqoq toniko-klonik tirshishlar, ong va nafasni buzilishi, tirishish vaqtida apnoe chaqirishi mumkin, oʻlim bilan tugashi ham istisno qilinmaydi.

Davolash: tirishishga qarshi vositalarni qoʻllash, jadallashtirilgan diurez; zarurati boʻlganida sunʼiy nafas beriladi.

Chiqarilishi shakli

2 ml dan ampulada; 10 ampuladan qutida;

5 ampuladan kontur uyali oʻramda;

2 kontur uyali oʻramdan qutida.

Saqlash sharoiti

Original oʻramida 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

 

14760cookie-checkKordiamin