03.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

LEFNO®

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

LЕFNO®

LEFNO®

 

Preparatning savdo nomi: Lefno®

Taʼsir etuvchi modda (XPN): leflunomid

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: leflunomidni – 20 mg;

yordamchi moddalar: starlak, povidon K-30, natriy kroskarmelloza, natriy laurilsulfati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, oq kolikoat IR va tozalangan suv.

Taʼrifi: plyonka qobiq bilan qoplangan, oq rangli, oval, ikki tomonlama qavariq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: selektiv immunodepressantlar.

ATX kodi: L04AA13

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Odam farmakologiyasi

Leflunomid – bu kasallikni modifikatsiyalovchi, antiproliferativ xususiyatlari boʻlgan antirevmatik preparat.

Hayvonlar farmakologiyasi

Leflunomid hayvonlarda artrit va boshqa autoimmun kasalliklarida va transplantatsiyada, eng avvalo, sensibilizatsiya fazasi davrida uni yuborilganida samarali boʻladi. U immun modullovchi/immunosupressiv xossalarga ega boʻlib, antiproliferativ agent sifatida taʼsir koʻrsatadi va yalligʻlanishga qarshi xossalarni namoyon qiladi. Leflunomid kasallik rivojlanishining erta bosqichida yuborilganida hayvonlarda autoimmun kasalliklarida eng yaxshi himoya samaralarini namoyon qiladi.

In vivo, holda u tezda va deyarli toʻliq ravishda A771726 ga qadar metabolizmga uchraydi, mazkur metabolit in vitro faol va chamasi davolash taʼsiriga masʼul boʻladi.

Taʼsir mexanizmi

Leflunomidning A771726 faol metaboliti odamning digidroorotatdegidrogenaza (DGODG) fermentini ingibitsiya qiladi va antiproliferativ faollikka ega boʻladi.

Farmakokinetikasi

Leflunomid ichak devorida va jigarda birinchi oʻtish (halqani ochish) yoʻli bilan A771726 faol metabolitiga tezda oʻzgaradi. Uchta sogʻlom koʻngillilarda radioaktiv nishonlangan 14S-leflunomid bilan oʻtkazilgan tadqiqotda plazmada, siydikda yoki najasda oʻzgarmagan leflunomid aniqlanmagan. Boshqa tadqiqotlarda plazmada oʻzgarmas leflunomid darajalari kam hollarda aniqlangan, biroq plazmada ng/ml da aniqlangan. A771726 metaboliti plazmada aniqlangan yagona radioaktiv nishonlangan metabolit boʻlgan. Ushbu metabolit Lefno® preparatining deyarli barcha in vivo faoliyatiga javob beradi.

Absorbsiyasi

14S-leflunomid tadqiqotida ekskretsiyasi boʻyicha maʼlumotlar dozaning kamida taxminan 82% dan 95% gachasi absorbsiyalanishini koʻrsatdi. Plazmada A771726 metabolitining eng yuqori konsentratsiyasiga erishish vaqti juda oʻzgaruvchan boʻladi; plazmada eng yuqori darajalariga bir marta yuborilganidan keyin 1 soatdan 24 soatgacha vaqt davomida erishilishi mumkin. Leflunomidni ovqat bilan birga qabul qilish mumkin, chunki yutilish darajasi qorin toʻq va och holatida oʻxshash boʻladi. A771726 metabolitining yarim parchalanish davri juda uzoq (taxminan 2 hafta) boʻlganligi tufayli, A771726 ning statsionar darajalariga tezda erishishga yordam berish uchun klinik tadqiqotlarda 3 kun davomida 100 mg miqdorda zarbdor dozadan foydalanilgan.

Zarbdor dozasiz, ehtimol tutilganidek, plazmada konsentratsiyaning barqaror holatiga erishish uchun preparatni taxminan ikki oy qabul qilish talab qilinadi. Revmatoidli artriti boʻlgan patsiyentlarda dozani bir nechta tadqiqotlarida A771726 ning farmakokinetika parametrlari 5 dan 25 mg gacha dozalar intervalida chiziqli boʻlgan. Ushbu tadqiqotlarda klinik samara qon plazmasida A771726 konsentratsiyasi va leflunomidning sutkalik dozasi bilan yaqin bogʻliqlikda boʻlgan. Kuniga 20 mg dozada plazmada A771726 ning oʻrtacha konsentratsiyasi barqaror holatda taxminan 35 mkg/ml ni tashkil etadi. Barqaror holatda plazmada darajalari bir martalik dozaga nisbatan taxminan 33 dan 35 karragacha toʻplanadi.

Taqsimlanishi

Odam qoni plazmasida A771726 metaboliti oqsil (albumin) bilan keng bogʻlangan. Bogʻlanmagan A771726 ning ulushi taxminan 0,62% ni tashkil etadi. A771726 bilan bogʻlanishi konsentratsiyalarning davolash diapazonida chiziqli boʻladi. A771726 bilan bogʻlanishi revmatoidli artriti yoki surunkali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda plazmada bir muncha kamroq va koʻproq oʻzgaruvchan namoyon boʻladi. Oqsillarning A771726 bilan keng qamrovli bogʻlanishi boshqa yuqori bogʻlanadigan dori preparatlarini siljitilishiga olib kelishi mumkin. Varfarinni plazma oqsillari bilan bogʻlanishining oʻzaro taʼsiriga doir in vitrotadqiqotlari klinik ahamiyatli konsentratsiyalarda oʻzaro taʼsirni koʻrsatmadi. Xuddi shunday tadqiqotlar ibuprofen va diklofenak A771726 ni siqib chiqarmasligini, ayni vaqtda A771726 ning bogʻlanmagan ulushi tolbutamid ishtirokida 2 dan 3 karragacha ortishini koʻrsatdi. A771726 ibuprofen, diklofenak va tolbutamidni siljitadi, ammo ushbu dori vositalarining bogʻlanmagan ulushi faqt 10% dan 50% gacha ortadi. Ushbu taʼsirlar klinik ahamiyatga ega ekanligi haqida hech qanday belgilar yoʻq. Keng qamrovli bogʻlovchi oqsilga mos keladigan A771726 past taqsimlanish hajmiga (taxminan 11 litr) ega. Eritrotsitlarda koʻproq yutilishi holati yoʻq.

Biotransformatsiyasi

Leflunomid bitta birlamchi (A771726) va koʻplab ikkilamchi darajali metabolitlarga, jumladan TFMA (4-triftormetilanilin) ga qadar metabolizmga uchraydi. Leflunomidning A771726 ga metabolik transformatsiyasi va A771726 ning keyingi metabolizmi bitta ferment bilan nazorat qilinmaydi, va qayd etilganidek mikrosomal va sitozol hujayra fraksiyalarida yuz beradi. Simetidin (R450 sitoxromining xos boʻlmagan ingibitori) va rifampitsin (R450 sitoxromining xos boʻlmagan induktori) bilan oʻzaro taʼsiriga doir tadqiqotlar in vivo CYP fermentlar leflunomid metabolizmida faqat sezilarli boʻlmagan darajada ishtirok etishini koʻrsatadi.

Chiqarilishi

A771726 ning chiqarilishi sekin yuz beradi va taxminan 31 ml/soat boʻlgan yaqqol ifodalangan klirens bilan tavsiflanadi. Bemorlarda yarim chiqarilishi davri taxminan 2 haftani tashkil etadi. Leflunomidning radioaktiv nishonlangan dozasi yuborilganidan keyin radioaktivlik organizmdan bir xil darajada najaslarda, ehtimol biliar eliminatsiya yoʻli bilan, va siydikda chiqarilgan. A771726 bir marta yuborilganidan keyin siydik va najasda 36 kun davomida aniqlangan. Leflunomiddan hosil qilingan (asosan 0 dan 24 soatgacha olingan namunalarda) glyukuronidlar va oksanil kislotasining hosilasi A771726 siydikda asosiy metabolitlar boʻlgan. A771726 najasda asosiy komponent boʻlgan.

Odamda oʻtkazilgan tadqiqotda kukundagi faollashtirilgan koʻmirning peroral suspenziyasini yoki xolestiraminni yuborilishi A771726 ning eliminatsiya tezligini tezda va sezilarli ortishiga va plazmada konsentratsiyasi pasayishiga olib kelishi koʻrsatilgan. Bunday natijaga dializning meʼda-ichak mexanizmi yordamida va/yoki enterogepatik retsirkulyatsiyani toʻxtatish yoʻli bilan erishiladi, deb hisoblanadi.

Buyrak yetishmovchiligi

Leflunomidni gemodializda boʻlgan 3 ta patsiyentga va uzluksiz peritoneal dializda (UPD) boʻlgan 3 ta patsiyentga bir martalik 100 mg peroral doza qoʻrinishida yuborilgan. UPD dagi patsiyentlarda A771726 ning farmakokinetikasi sogʻlom koʻngillilardagi kabi oʻxshash boʻlgan. A771726 ning yanada tezroq chiqarilishi dori vositasini dializatga ajratib olish bilan bogʻliq boʻlmagan gemodializdagi patsiyentlarda kuzatilgan.

Jigar yetishmovchiligi

Jigar faoliyati buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda davolashga doir maʼlumotlar yoʻq. A771726 faol metaboliti oqsillar bilan ekstensiv ravishda bogʻlanadi va jigarda metabolizmga uchrashi va safro chiqarilishi yordamida tozalanadi. Jigar faoliyatining buzilishi ushbu jarayonlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Bolalarda

Leflunomid peroral qoʻllanilganidan keyin A771726 farmakokinetikasi yuvenil revmatoidli artritning (YURA) poliartikulyar turi bilan kasallangan, 3 dan 17 yoshgacha boʻlgan 73 ta bolada oʻrganilgan. Ushbu guruhda farmakokinetika tahlillarining natijalari ushbu sinovlarda tana vazni ≤40 kg boʻlgan pediatrik guruhidagi patsiyentlar katta yoshdagi patsiyentlarga nisbatan A771726 ning past darajada tizimli ekspozitsiyasiga (Css da oʻlchanadi) ega ekanligini koʻrsatdi.

Keksa yoshdagilarda

Keksa yoshdagilarda (>65 yosh) farmakokinetika maʼlumotlari cheklangan boʻlib, ammo oʻsmirlardagi farmakokinetika bilan mos keladi.

 

Qoʻllanilishi

Kattalarda revmatoid artritning faol fazasida va psoriatik artritning faol fazasida qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Davolash revmatoid artrit va psoriatik artritni davolashda tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar tomonidan boshlanishi va oʻtkazilishi kerak.

Zardobda alaninaminotransferaza (ALT) yoki glyutamin-piruvat-transaminaza (GPT) va qon hujayralarini toʻliq hisoblab chiqilishi, shu jumladan leykotsitlar va trombotsitlar farqi bir vaqtda va bir xil tez-tezlikda:

  • leflunomid bilan davolash boshlanishi oldidan,
  • davolashning dastlabki olti oyi davomida har 2 haftada
  • undan keyin har 8 haftada tekshirilishi kerak.

Dozalari

  • revmatoidli artritda: leflunomid bilan davolash odatda 3 kun davomida bir kunda bir marta 100 mg zarbdor dozasidan boshlanadi. Zarbdor dozani oʻtkazib yuborilishi nojoʻya taʼsirlar rivojlanishi xavfini pasaytirishi mumkin.

Leflunomidning tavsiya etiladigan qoʻllab-quvvatlovchi dozasi kasallikning ogʻirligiga (faolligiga) bogʻliq holda kuniga bir marta 10 mg dan 20 mg gachani tashkil etadi.

  • psoriatik artritda: leflunomid bilan davolash 3 kun davomida bir kunda bir marta 100 mg zarbdor dozasidan boshlanadi.

Leflunomidning tavsiya etiladigan qoʻllab-quvvatlovchi dozasi kuniga bir marta 20 mg ni tashkil etadi.

Davolash taʼsiri, qoida tariqasida, 4-6 hafta oʻtgach boshlanadi va keyinchalik 4 dan 6 oygacha vaqt davomida qoʻshimcha ravishda yaxshilanib borishi mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi yengil darajada boʻlgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritilishi talab qilinmaydi.

65 yoshdan katta boʻlgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritilishi talab qilinmaydi.

Bolalarda

Lefno® 18 yoshdan kichik boʻlgan patsiyentlarda qoʻllash uchun tavsiya etilmaydi, chunki yuvenil revmatoidli artritda (YURA) samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Qoʻllash usuli

Peroral qoʻllash uchun Lefno® tabletkalari. Tabletkalarni yetarlicha suv miqdorida butunligicha yutish lozim. Leflunomidning absorbsiya darajasi ovqatlanishga bogʻliq boʻlmaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Xavfsizlik profilining qisqacha taʼrifi

Arterial bosimning bir oz oshishi, leykopeniya, paresteziya, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, diareya, koʻngil aynishi, qusish, ogʻiz shilliq qavatlarida buzilishlar (masalan, aftoz stomatit, ogʻiz boʻshligʻida yaralar), qorinda ogʻriqlar, sochning jadal toʻkilishi, ekzema, toshma (jumladan dogʻli-papulyozli toshma), qichishish, terining qurishi, tendovaginit, KFK, anoreksiya, vazn yoʻqotilishi (odatda bir oz), asteniya, yengil allergik reaksiyalar va jigar parametrlarining (transaminazalar (ayniqsa ALT), kamroq gamma- GT, ishqoriy fosfataza, bilirubinni) oshishi Leflunomid qoʻllanilishi bilan bogʻliq eng koʻp uchraydigan nojoʻya taʼsirlardir.

Kutiladigan tez-tezliklar tasnifi:

Juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000), nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar boʻyicha baholanishi mumkin emas).

Har bir tez-tezlik guruhi ichida nomaqbul taʼsirlar jiddiyligi kamayib borishi tartibida taqdim etilgan.

Infeksiyalar va invaziyalar

Kam hollarda: oʻlim bilan yakun topishi mumkin boʻlgan ogʻir infeksiyalar, jumladan sepsis.

Immunosupressiv potensialga ega boshqa agentlar kabi leflunomid infeksiyalar, shu jumladan shartli-patogen infeksiyalar taʼsiriga moyillikni oshirishi mumkin. Shunday qilib, infeksiyalarning (xususan, rinit, bronxit va pnevmoniya) umumiy tez-tezligi oshishi mumkin.

Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan oʻsmalar (jumladan kistalar va poliplar):

Malignizatsiya xavfi, ayniqsa limfoproliferativ buzilishlar xavfi ayrim immunosupressiv agentlardan foydalanganda ortadi.

Qon va limfa tizimi:

Tez-tez: leykopeniya (leykotsitlar <2 g/l)

Tez-tez emas: anemiya, yengil trombotsitopeniya (trombotsitlar <100 g/l)

Kam hollarda: pansitopeniya (antiproliferativ mexanizm bilan bogʻliq), leykopeniya (leykotsitlar <2 g/l), eozinofiliya

Juda kam hollarda: agranulotsitoz

Potensial miyelotoksik moddalardan yaqin orada, birgalikda yoki ketma-ket foydalanish gematologik taʼsirlarning yuqoriroq xavfi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Immun tizimi:

Tez-tez: legkiye allergicheskiye reaksii.

Juda kam hollarda: ogʻir anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, vaskulit, jumladan teri nekrotik vaskuliti.

Metabolizmi va ovqatlanishning buzilishi:

Tez-tez: KFK ni oshishi

Tez-tez emas: gipokaliyemiya, giperlipidemiya, gipofosfatemiya

Kam hollarda: LDG ni oshishi

Nomaʼlum: gipourikemiya

Ruhiy buzilishlar:

Tez-tez emas: tashvish

Nerv tizimi:

Umumiy: paresteziya, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, periferik neyropatiya

Yurak kasalliklari:

Tez-tez: arterial bosimining bir oz oshishi

Kam hollarda: arterial bosimining kuchli oshishi

Nafas olish, koʻkrak qafasi aʼzolari va koʻks oraligʻi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: oʻpkaning interstitsial kasalliklari (shu jumladan interstitsial pnevmonit), bu oʻlimga olib kelishi mumkin.

Nomaʼlum: oʻpka gipertenziyasi

Meʼda-ichak buzilishlari:

Tez-tez: kolitlar, jumladan mikroskopik kolit, limfotsitar kolit, kollagenli kolit, diareya, koʻngil aynishi, qusish, ogʻiz shilliq qavatlarida buzilishlar (masalan, aftoz stomatit, ogʻizda yaralar), qorinda ogʻriq

Kam hollarda: taʼmning buzilishi

Juda kam hollarda: pankreatit

Gepato-biliar tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: jigar parametrlarining (transaminazalar (ayniqsa ALT), kam hollarda gamma- GT, ishqoriy fosfataza, bilirubin darajasi) oshishi

Kam hollarda: gepatit, sariqlik/xolestaz

Juda kam hollarda: jigar yetishmovchiligi va jigarning oʻlim bilan yakun topishi mumkin boʻlgan oʻtkir nekrozi kabi jigarning ogʻir shikastlanishlari.

Teri va teri osti toʻqimalari kasalliklari:

Tez-tez: sochning jadal toʻkilishi, ekzema, toshma (shu jumladan makulopapulyozli toshma), qichishish, terining qurishi

Tez-tez emas: eshakemi

Juda kam hollarda: toksik epidermal nekroliz, Stivens-Jonson sindromi, koʻp shaklli eritema.

Nomaʼlum: terining qizil yuguruki, pustulyozli psoriaz yoki psoriazning zoʻrayishi, dori preparatiga eozinofiliyali va tizimli simptomlar bilan reaksiya (DRESS).

Suyak-mushak va biriktiruvchi toʻqima kasalliklari:

Tez-tez: tenosinovitlar

Tez-tez emas: pay uzilishi

Buyrak kasalliklari va siydik chiqarilishi buzilishlari:

Nomaʼlum: buyrak yetishmovchiligi

Reproduktiv tizim va koʻkrak bezi tomonidan buzilishlar:

Nomaʼlum: maniy (sperma) konsentratsiyasining, spermatozoidlar umumiy miqdorining va ular harakatlanuvchanligining eng yuqori (qaytuvchan) kamayishi.

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joyda buzilishlar:

Tez-tez: anoreksiya, tana vaznini yoʻqotilishi (qoida tariqasida, seztlarsiz), asteniya.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Teriflunomidning faol moddasiga, asosiy faol metabolitiga yoki har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlikda (ayniqsa oldin boʻlib oʻtgan Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, koʻp shaklli eritemada);

Jigar faoliyati buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda;

Ogʻir immun tanqisligi holatlari, masalan OITS boʻlgan patsiyentlarda;

Revmatoid yoki psoriatik artritdan farqlanuvchi sabablar tufayli ilik faoliyati sezilarli ravishda buzilgan yoki sezilarli darajada anemiyali, leykopeniyali, neytropeniyali yoki trombotsitopeniyali patsiyentlarda;

Jiddiy infeksiyali patsiyentlarda;

Klinik tajriba yetarlicha boʻlmaganligi munosabati bilan oʻrtacha va ogʻir buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda;

Ogʻir gipoproteinemiyali patsiyentlarda, masalan nefrotik sindromda;

Homilador ayollarda yoki bola tugʻish yoshida boʻlgan, leflunomid bilan davolash vaqtida ishonchli kontratsepsiya vositalaridan foydalanmaydigan ayollarda va keyinchalik faol metabolitning plazmadagi darajasi 0,02 mg/l dan yuqori boʻlganida. Leflunomid bilan davolash boshlanishidan oldin homiladorlik istisno qilinishi kerak;

Emizikli ayollarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Oʻzaro taʼsirlarga doir tadqiqotlar faqat katta yoshli patsiyentlarda oʻtkazilgan.

Gepatotoksik yoki gematotoksik dori vositalarini yaqin orada yoki birgalikda qoʻllanilgan taqdirda yoki “yuvish” davrisiz bunday dori vositalari hamrohligida leflunomid bilan davolanganda nojoʻya taʼsirlarning ortishi yuzaga kelishi mumkin.

Shunday qilib, jigar fermentlarining sinchkov monitoringi va gematologik parametrlarni oʻtishdan keyin boshlangʻich fazada kuzatib borish tavsiya etiladi.

Metotreksat

Leflunomidni (sutkada 10 dan 20 mg gacha) metotreksat (haftada 10 dan 25 mg gacha) bilan birgalikda qoʻllanilgan holda oʻtkazilgan kichikroq (n = 30) tadqiqotda 30 ta patsiyentdan 5 tasida jigar fermentlari faolligini 2 karradan 3 karragacha oshishi kuzatilgan. Oshishlar bilan bogʻliq barcha muammolarning 2 tasi har ikkala dori vositalarining qoʻllanilishini davom ettirish va 3 tasi leflunomidning keyingi qoʻllanilishini toʻxtatish bilan hal etilgan. 3 martadan ortiq oshishi yana 5 ta patsiyentda qayd etilgan. Ularning barchasi, yaʼni 2 tasi har ikkala dori vositalarining qoʻllanilishini davom ettirish va 3 tasi leflunomidning keyingi qoʻllanilishini toʻxtatish bilan hal etilgan.

Revmatoidli artriti boʻlgan bemorlarda leflunomid (sutkda 10–20 mg) va metotreksat (haftada 10–25 mg) oʻrtasida hech qanday farmakokinetik oʻzaro taʼsir aniqlanmagan.

Emlash

Leflunomid bilan davolash sharoitlarida emlashning taʼsirchanligi va xavfsizligiga doir hech qanday klinik maʼlumotlar yoʻq. Shunga qaramay, tirik vaksinalar bilan emlash tavsiya etilmaydi. Tirik vaksina bilan emlashni rejalashtirishda u bekor qilinganidan keyin leflunomidning uzoq davom etadigan yarim chiqarilishi davrini hisobga olish lozim.

 

 

Varfarin va kumarinning boshqa antikoagulyantlari

Leflunomid va varfarin birgalikda qoʻllanilganida protrombin vaqti oshishi hollari haqida xabar berilgan. A771726 ni klinik farmakologik tadqiqotida varfarin bilan oʻzaro taʼsirning farmakodinamikasi kuzatilgan. Shu sababli varfarin va kumarinning boshqa antikoagulyanti birgalikda qoʻllanilganida keyingi monitoringni oʻtkazgan holda xalqaro normallashtirish koeffitsiyentiga (XNK) qatʼiy amal qilish tavsiya etiladi.

NYAQV/Kortikosteroidlar

Agar NYAQV va/yoki kortikosteroidlarni qabul qilayotgan boʻlsa, leflunomid bilan davolash boshlanganidan keyin ularni qabul qilishni davom ettirish mumkin.

Boshqa dori vositalarining leflunomidga taʼsiri

Xolestiramin yoki faollashtirilgan koʻmir

Leflunomidni qabul qilayotgan bemorlarga xolestiramin yoki faollashtirilgan koʻmir bermaslikni tavsiya etiladi, chunki bu qon plazmasida A771726 (leflunomidning faol metaboliti) konsentratsiyasi tezda va sezilarli ravishda pasayishiga olib keladi. Bu A771726 ning jigarda va ingichka ichakda retsirkulyatsiyasi buzilishidan va/yoki uning meʼda-ichak dializi buzilishidan kelib chiqadi.

CYP450 ingibitorlari va induktorlar

Odam jigarining mikrosomalarida oʻtkazilgan in vitro tadqiqotlari R450 sitoxromining (CYP) 1A2, 2S19 va 3A4 lari leflunomid metabolizmiga aloqadorligini koʻrsatdi. Leflunomidni ssimetidin (R450 sitoxromining (CYP) nospetsifik ingibitori) bilan oʻzaro taʼsiriga doir in vivo tadqiqoti A771726 ga sezilarli taʼsir mavjud emasligini koʻrsatdi.

Rifampitsinning (R450 sitoxromi nospetsifik induktorining) koʻp martalik dozalarini qabul qilgan subyektlarga leflunomidning bir martalik dozasini birgalikda yuborilganidan keyin A771726 ning eng yuqori darajalari taxminan 40% ga oʻsgan, ayni vaqtda konsentratsiya-vaqt egri chizigʻi ostidagi maydon sezilarli oʻzgarmagan. Mazkur taʼsir mexanizmi aniq emas.

Leflunomidni boshqa dori vositalariga taʼsiri

Oral kontratseptivlar

Leflunomidni ayol jinsidagi sogʻlom koʻngillilarga tarkibida 30 mkg etinilestradiolni saqlaydigan, homilador boʻlishga qarshi uch fazali peroral vositalar bilan birgalikda berilgan holda oʻtkazilgan tadqiqotda tabletkalar kontratsepsiya taʼsirining hech qanday pasayishi aniqlanmagan, A771726 farmakokinetikasi esa nazarda tutilgan diapazonga toʻliq mos kelgan. Oral kontratsepsiya vositalari bilan farmakokinetik oʻzaro taʼsiri A771726 da kuzatilgan.

Keyingi oʻzaro taʼsirlarning farmakokinetika va farmakodinamika tadqiqotlari A771726 (leflunomidning asosiy faol metaboliti) bilan oʻtkazilgan. Leflunomid uchun tavsiya etilgan dozalarda dorilarning bunday oʻzaro taʼsirini istisno etib boʻlmaydi, shu sababli leflunomid bilan davolanayotgan patsiyentlar uchun tadqiqotning quyidagi natijalari va tavsiyalar koʻrib chiqilishi kerak.

Repaglinidga (CYP2C8 substrati) taʼsiri

A771726 ning takroriy dozalaridan keyin repaglinidning oʻrtacha Cmax va AUC qiymati (muvofiq ravishda 1,7 va 2,4 marta) oshishi kuzatilgan. A771726 metaboliti CYP2C8 ning in vivo ingibitori deb faraz qilinadi. Shunday qilib, CYP2C8 yordamida metabolizmga uchraydigan repaglinid, paklitaksel, pioglitazon yoki roziglitazon kabi dori vositalari birgalikda qoʻllanilganida patsiyentlarda monitoring olib borish tavsiya etiladi, chunki ular yuqoriroq ekspozitsiyaga ega boʻlishi mumkin.

Kofeinning (CYP1A2 substrati) taʼsiri

A771726 ning takroriy dozalari kofeinning (CYP1A2 substrati) oʻrtacha Cmax va AUC qiymatini muvofiq ravishda 18% va 55% ga qisqartiradi. A771726 metaboliti CYP1A2 ning in vivo kuchsiz ingibitori deb faraz qilinadi. Shunday qilib, CYP1A2 yordamida metabolizmga uchraydigan duloksetin, alosetron, teofillin va tizanidin kabi dori vositalaridan davolash vaqtida ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim, chunki bu ushbu preparatlarning samaradorligi pasayishiga olib kelishi mumkin.

Organik anion-tashuvchilar 3 (OAT3) substratiga taʼsiri

A771726 ning takroriy dozalaridan keyin sefaklorning oʻrtacha Cmax va AUC qiymati (muvofiq ravishda 1,43 va 1,54 marta) oshishi kuzatilgan. A771726 metaboliti OAT3 ning in vivo ingibitori deb faraz qilinadi. Shunday qilib, sefaklor, benzilpenitsillin, siprofloksatsin, indometatsin, ketoprofen, furosemid, simetidin, metotreksat, zidovudin kabi OAT3 substratlari bilan birgalikda qoʻllanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

KBRBO ga (koʻkrak bezi raki barqarorligi oqsillariga) va/yoki V1 va V3 polipeptidlari organik anion-tashuvchisi substratlariga (B1/V3 POAT) taʼsiri

A771726 ning takroriy dozalaridan keyin rozuvastatinning oʻrtacha Cmax va PPK qiymati (muvofiq ravishda 2,65 va 2,51 marta) oshishi kuzatilgan. Shunga qaramay, plazmada ushbu oshishning rozuvastatin ekspozitsiyasiga, HMG-CoA reduktaza faolligiga hech qanday yaqqol taʼsiri boʻlmagan. Birgalikda qoʻllanilganida rozuvastatin dozasi bir kunda bir marta 10 mg dan oshmasligi kerak. KBRBO ning (masalan, metotreksat, topotekan, sulfasalazin, daunorubitsin, doksorubitsin) va POAT oila turkumining boshqa substratlari, ayniqsa GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (masalan, simvastatin, atorvastatin, pravastatin, metotreksat, nateglinid, repaglinid, rifampitsin) uchun birgalikda buyurilishi shuningdek ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Patsiyentlar dori vositalarining oʻta taʼsiri belgilari va simptomlarini sinchkovlik bilan nazorat qilishlari lozim va ushbu dori vositalari dozalarini pasaytirish masalasini koʻrib chiqish zarur.

Oral kontratseptivlarga (0,03 mg etinilestradiol va 0,15 mg levonorgestrelga) taʼsiri

A771726 ning takroriy dozalaridan keyin etinilestradiolning oʻrtacha Cmax va AUC0-24 qiymati oshishi (muvofiq ravishda 1,58 va 1,54 marta) va levonorgestrelning Cmax va AUC0-24 qiymati oshishi (muvofiq ravishda 1,33 va 1,41 marta) kuzatilgan. Ayni vaqtda oral kontratseptivlarning samaradorligiga nomaqbul taʼsir kutilmasa-da, shunga qaramay davolashda kontratsepsiyaning peroral turiga oʻtish masalasini koʻrib chiqish lozim.

Varfaringa taʼsiri (CYP2C9 substrati)

A771726 ning takroriy dozalari S-varfarin farmakokinetikasiga taʼsir koʻrsatmaydi, bu A771726 CYP2C9 ning ingibitori yoki induktori emasligidan dalolat beradi. Shunga qaramay, A771726 ni varfarin bilan birgalikda qoʻllanilganida varfarinni monoterapiyada qoʻllanilishiga nisbatan Xalqaro normallashtirish koeffitsiyenti (XNK) boʻyicha 25% ga pasayish kuzatilgan. Shu sababli varfarin bilan birgalikda qoʻllanilganida XNK ga qatʼiy rioya qilish va kuzatib borish tavsiya etiladi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Gepatotoksik yoki gematotoksik BMARP larni (masalan, metotreksatni) bir vaqtda qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Leflunomidning faol metaboliti boʻlgan A771726 odatda 1-4 haftani tashkil etuvchi uzoq muddatli yarim chiqarilishi davri bilan tavsiflanadi. Leflunomidning faol metaboliti boʻlgan A771726 ning uzoq muddatli yarim chiqarilishi davri oqibatida hatto leflunomid bilan davolash toʻxtatilganida ham jiddiy nomaqbul taʼsirlar (masalan, gepatotoksiklik, gematoksiklik yoki allergik reaksiyalar – quyiga qarang) yuzaga kelishi yoki saqlanishi mumkin. Ushbu holatda “yuvish” muolajasini oʻtkazish lozim. Muolajani klinik koʻrsatmalarga koʻra takrorlash mumkin.

Maqbul yoki nomaqbul homiladorlik yuz berganida “yuvish” muolajalarini va boshqa tavsiya qilingan harakatlarni oʻtkazish tavsiya etiladi.

Jigar reaksiyalari

Leflunomid bilan davolashda jigar ogʻir shikastlanishini rivojlanishi, ayrim hollarda oʻlim bilan yakun topadigan kam uchrovchi holatlari haqida xabar berilgan.

Ushbu holatlarning koʻpchiligi davolashning dastlabki olti oyi davomida kuzatilgan. Garchand ushbu nomaqbul holatlarning leflunomid bilan oʻzaro sabab bogʻliqligi aniqlanmagan va koʻp hollarda bir nechta qoʻshimcha shubhali omillar mavjud boʻlsa-da, davolashni nazorat qilish boʻyicha tavsiyalarni aniq bajarilishi majburiy boʻlib hisoblanadi.

ALT darajasi leflunomid bilan davolash boshlanishidan oldin tekshirilishi, soʻngra esa davolashning dastlabki 6 oyi davomida har 2 haftada, keyinchalik har 6-8 haftada bir marta tekshirilishi kerak.

ALT darajasi oshishining ifodalanganligi va barqarorligiga bogʻliq ravishda preparat dozalariga tuzatish kiritish yoki qabul qilishni toʻxtatish boʻyicha quyidagi tavsiyalar mavjud.

ALT normasining yuqori chegarasi 2-3 marta oshishi tasdiqlanganida dozaning sutkada 20 mg dan 10 mg gacha pasayishi ushbu koʻrsatkich sinchkov nazorat qilinishi sharti bilan leflunomidni qabul qilishni davom ettirishga imkon berishi mumkin.

Agar ALT normasining yuqori chegarasi 2-3 marta oshishi saqlansa yoki agar ALT darajasini normaning yuqori chegarasidan 3 martadan ortiq koʻtarilishi tasdiqlansa, leflunomidni qabul qilinishi toʻxtatilishi kerak va “yuvish” muolajasini boshlash lozim.

Qoʻshimcha gepatotoksik taʼsirlar ehtimoli tufayli, leflunomid bilan davolanishda alkogol isteʼmol qilinishidan tiyilish tavsiya etiladi.

Leflunomidning faol metaboliti A771726 oqsillar bilan bogʻlanganligi va jigarda metabolizmga uchrashi va safro sekretsiyasi vositasida chiqarilishi sababli, gipoproteinemiyasi boʻlgan bemorlarda qon plazmasida A771726 miqdori darajasi oshishi mumkinligi faraz qilinadi. Leflunomidni ogʻir gipoproteinemiyasi yoki jigar faoliyati buzilishlari boʻlgan bemorlarda qoʻllash mumkin emas.

Gematologik reaksiyalar

ALT bilan bir qatorda qonning toʻliq klinik tahlili, jumladan leykotsitar formulani va trombotsitlar sonini aniqlash leflunomid bilan davolash boshlanishiga qadar, shuningdek davolashning dastlabki 6 oyi davomida har 2 haftada va soʻngra har 6-8 haftada oʻtkazilishi kerak.

Ilgari anemiyasi, leykopeniyasi va/yoki trombotsitopeniyasi boʻlgan bemorlarda, shuningdek suyak iligi faoliyati buzilishi yoki bunday buzilishlar rivojlanishi xavfi boʻlgan bemorlarda gematologik buzilishlar yuzaga kelishi xavfi ortib boradi. Bunday holatlar yuzaga kelganida qon plazmasida A771726 darajasini pasaytirish uchun “yuvish” muolajasidan foydalanish lozim.

Jiddiy gematologik reaksiyalar, jumladan pansitopeniya rivojlanganida Arava preparatini va suyak-ilik qon hosil qilinishini soʻndiruvchi boshqa har qanday birgalikda qoʻllanuvchi preparatni qabul qilish toʻxtatilishi hamda “yuvish” muolajasini boshlash zarur.

Boshqa davolash turlari bilan birgalikda qoʻllanilishi

Hozirgi vaqtda leflunomidni revmatologiyada qoʻllaniladigan bezgakka qarshi preparatlar (masalan, xloroxin va gidroksixloroxin) bilan, mushak ichiga yoki peroral yuboriladigan oltin preparatlari bilan, D-penitsillamin, azatioprin va boshqa immunodepressiv vositalar (metotreksat bundan mustasno) bilan birgalikda qoʻllanilishiga doir maʼlumotlar hanuzgacha yoʻq. Kompleks davolash buyurilishi bilan bogʻliq xavf, ayniqsa uzoq muddat davolanganda, nomaʼlum. Bunday turdagi davolash qoʻshimcha yoki hatto sinergik toksiklik (masalan gepato- yoki gematotoksiklik) rivojlanishiga olib kelishi mumkinligi tufayli, mazkur preparatning boshqa bazaviy preparatlar (masalan, metotreksat) bilan kombinatsiyalari maqbul emas.

Teriflunomidni leflunomid bilan birgalikda yuborilishi tavsiya etilmaydi, chunki leflunomid terilflunomidning dastlabki kelib chiqish birikmasi boʻlib hisoblanadi.

Davolashning boshqa turlariga oʻtish

Leflunomid organizmda uzoq saqlanishi tufayli, boshqa bazaviy preparatni (masalan, metotreksatni) tegishli “yuvish” muolajasi oʻtkazilmagan holda qabul qilishga oʻtish oʻtilgandan keyin hatto uzoq muddat oʻtgach qoʻshimcha xavf (masalan, kinetik oʻzaro taʼsir, organotoksiklik) yuzaga kelishi imkoniyatini oshirishi mumkin.

Ana shunday tarzda gepatotokskik yoki gematotoksik preparatlar (masalan metotreksat) bilan yaqin orada oʻtkazilgan davolash nojoʻya holatlar soni ortishiga olib kelishi mumkin, shu sababli leflunomid bilan davolashni boshlagan holda mazkur preparat qabul qilinishi bilan bogʻliq barcha ijobiy va salbiy jihatlarni sinchkov ravishda koʻrib chiqish zarur.

Teri reaksiyalari

Yarali stomatit rivojlanganida leflunomid qabul qilinishini toʻxtatish lozim.

Leflunomidni qabul qilgan patsiyentlarda Stivens-Jonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz yuzaga kelishining juda kam uchraydigan hollari haqida xabar berilgan. Teri reaksiyalari va/yoki shilliq qavatlar tomonidan reaksiyalar yuzaga kelganida leflunomid va boshqa har qanday u bilan bogʻliq boʻlgan preparat qilinishini bekor qilish va darhol “yuvish” muolajasini boshlash zarur. Preparatni organizmdan toʻliq chiqarilishiga erishish zarur. Bunday hollarda preparatni takroriy buyurish mumkin emas.

Pustullyozli psoriaz yuzaga kelishi va leflunomiddan foydalangandan keyin psoriazni zoʻrayishi haqidagi xabarlar kelib tushgan. Davolashni bekor qilish patsiyent kasalligining kechishini va anamnezni hisobga olgan holda koʻrib chiqish zarur.

Infeksiyalar

Maʼlumki, leflunomidga oʻxshash va immunosupressiv xossalarga ega preparatlar bemorlarni turli infeksiyalarga, jumladan opportunistik infeksiyalarga (faqat immunitet pasayishi sharoitlarida kasalliklarni chaqirishga qodir boʻlgan zamburugʻlar va mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan infeksiyalarga) nisbatan yanada sezuvchanroq qilib qoʻyadi. Yuzaga kelgan infeksiya kasalliklari qoidaga koʻra ogʻir kechadi va erta va jadal davolashni talab qiladi. Ogʻir infeksiya kasalligi yuzaga kelganida leflunomid bilan davolashni toʻxtatib qoʻyish va “yuvish” muolajasini boshlash talab qilinishi mumkin.

Tuberkulyoz qayta faollashishi xavfi tufayli, tuberkulinga nisbatan musbat reaksiyali bemorlarni sinchkov kuzatish lozim.

Leflunomidni boshqa immunodepressantlar bilan birgalikda qabul qilayotgan patsiyentlarda taraqqiy etib boruvchi multifokal leykoensefalopatiyaning (TEML) kam uchraydigan hollari qayd etilgan.

Davolash boshlanishidan oldin barcha patsiyentlar tuberkulyozning faol va nofaol (“yashirin”) shakliga mahalliy tavsiyalarga muvofiq tekshiruvdan oʻtishlari kerak. Bu anamnezni, tuberkulyoz bilan ehtimol ilgari boʻlgan kontaktni va/yoki oʻpkaning rentgen tekshiruvi, tuberkulin sinamasi va/yoki zarurat boʻlganida gamma-interferonning ajralib chiqishi kabi tegishli skriningni oʻz ichiga olishi mumkin. Preparat buyurilganida ayniqsa ogʻir kasal yoki immuniteti zaif boʻlgan patsiyentlarda soxta manfiy tuberkulinli teri reaksiyalari yuzaga kelishi xavfini yodda tutish zarur. Oʻtmishda tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni infeksiyaning qayta faollashuvi ehtimoli tufayli sinchkov ravishda nazorat qilish lozim.

 

Nafas yoʻllari reaksiyalari

Leflunomid bilan davolashda oʻpkaning kam uchraydigan interstitsial kasalligi hollari, shuningdek kam uchraydigan oʻpka gipertenziyasi hollari qayd etilgan. Ularni yuzaga kelishi xavfi oʻpkaning interstitsial kasalligi bilan ilgari kasallangan patsiyentlarda ortishi mumkin. Oʻpkaning interstitsial kasalligi potensial oʻlimga olib boruvchi buzilish boʻlib, u davolash vaqtida oʻtkir kechishi mumkin. Yoʻtal va dispnoe kabi simptomlar leflunomid bilan davolashni toʻxtatishga va zarurat boʻlganida keyingi tekshiruvga sabab boʻlishi mumkin.

Periferik neyropatiya

Periferik neyropatiya hollari leflunomidni qabul qilayotgan patsiyentlarda qayd etilgan. Patsiyentlarning koʻpchiligida leflunomidni qabul qilish toʻxtatilganidan keyin holatning yaxshilanishi kuzatilgan. Biroq yakuniy natijaning sezilarli oʻzgaruvchanligi mavjud, yaʼni ayrim patsiyentlarda neyropatiya oʻtib ketgan boʻladi va ayrim patsiyentlar doimiy simptomlarga ega boʻlgan. 60 yoshdan yuqori yosh, neyrotoksik preparatlarning birgalikda qoʻllanilishi va diabet periferik neyropatiya rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin. Agar patsiyent leflunomidni qabul qilayotgan boʻlsa va periferik neyropatiya rivojlansa, leflunomid bilan davolashni toʻxtatish va preparatni yoʻq qilish muolajasini oʻtkazish haqidagi masalani koʻrib chiqish zarur.

Kolit

Leflunomidni qabul qilgan patsiyentlarda kolit, jumladan mikroskopik kolit yuzaga kelishi hollari haqida xabar berilgan. Leflunomid bilan davolanayotgan va surunkali diareyaning izohlab boʻlmaydigan simptomlari rivojlanayotgan patsiyentlar uchun tegishli tashhislash protseduralari bajarilishi kerak.

Arterial bosim

Leflunomid bilan davolash boshlanishidan oldin va boshlanganidan keyin davriy arterial bosim darajasini nazorat qilish lozim.

Reproduktiv faoliyat (erkaklar uchun tavsiyalar)

Erkak patsiyentlar erkaklar tomonidan kelib chiqadigan embrional toksiklik ehtimoli haqida xabardor qilinishi kerak. Leflunomid bilan davolash vaqtida ishonchli kontratsepsiya kafolatlanishi kerak.

Erkaklar tomonidan kelib chiqadigan embrional toksiklik xavfi haqida konkret maʼlumotlar yoʻq. Shunga qaramay, bunday spetsifik xavfni baholash maqsadida hayvonlarda tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Har qanday ehtimol tutilgan xavflarni minimallashtirish uchun homilador qilishni istagan erkaklar leflunomiddan foydalanishni toʻxtatish va xolestiraminni 8 g dozada 11 kun davomida bir kunda 3 marta yoki 50 g kukun holatidagi faollashtirilgan koʻmirni 11 kun davomida bir kunda 4 marta qabul qilish haqidagi masalani koʻrib chiqishi kerak.

Har qanday holatda ham dastlab plazmada A771726 ning konsentratsiyasi oʻlchanadi. Soʻngra plazmada A771726 ning konsentratsiyasi kamida 14 kunlik tanaffus bilan takroran aniqlanishi kerak. Agar plazmada har ikkala konsentratsiya 0,02 mg/l dan past boʻlsa, eng kamida 3 oyni tashkil etadigan kutish davridan keyin embrional toksiklik xavfi juda past boʻlib hisoblanadi.

“Yuvish” muolajasi

8 g xolestiramin bir kunda 3 marta qoʻllaniladi. Muqobil sifatida 50 g faollashtirilgan koʻmir kukuni bir kunda 4 marta qoʻllaniladi. Toʻliq yuvib tashlash davomiyligi, qoida tariqasida, 11 kunni tashkil etadi. Davomiyligi klinik yoki laboratoriya koʻrsatkichlariga bogʻliq ravishda oʻzgartirilishi mumkin.

 

 

Laktoza

Leflunomid laktozani saqlaydi. Galaktoza taʼsirini koʻtara olmaslik, Lapp laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza soʻrilishining buzilishi bilan bogʻliq kam uchraydigan nasliy muammolari boʻlgan patsiyentlar ushbu dori preparatini qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida

Homiladorlik davrida:

Leflunomidning faol metaboliti boʻlgan A771726 ehtimol qilinishicha homiladorlik davrida qoʻllanilganida jiddiy tugʻma nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Lefno® preparati homiladorlikda qoʻllanilishi mumkin emas.

Bola tugʻish yoshidagi ayollar davolash vaqtida va davolashdan keyin 2 yilgacha yoki davolashdan keyin 11 kungacha samarali kontratsepsiya vositalaridan foydalanishi kerak.

Agar hayz boshlanishining biror-bir ushlanib qolishi yoki homiladorlikka shubha qilish uchun biror-bir boshqa sabab boʻlsa, patsiyent homiladorlikka testdan oʻtish uchun darhol shifokorni xabardor qilishi zarurligi, va agar natija ijobiy boʻlsa, shifokor va patsiyent homiladorlik uchun mavjud xavfni muhokama qilishi kerakligini nazarda tutishi kerak. Qonda faol metabolit darajasini tezda pasaytirish, quyida bayon qilingan preparatni yoʻq qilish muolajasini amalga oshirish yoʻli bilan hayzni birinchi bor ushlanib qolinishidayoq leflunomidni homilaga taʼsiri xavfini kamaytirish mumkinligi ehtimoli mavjud.

Kichik prospektiv tadqiqotda, leflunomidni qabul qilgandan keyin, extiyotsizlik natijasida homilador boʻlgan ayollarda (n=64), homilador boʻlgandan uch haftadan ortiq boʻlmagan vaqt va dori vositasini eliminatsiyasini muolajasini oʻtkazganda, xech qanday sezilarli farqlar (r=0,13) kuzatilmadi, umumiy (5,4%) va xar qanday taqqoslash guruhiga nisbatan (4,2% guruhda, kasallik bilan bogʻlangan [N=108] va 4,2% sogʻlom homilador ayollarda [N=78].

Leflunomid bilan davolanayotgan va qasd qilmagan holda homilador boʻlib qolgan ayollar uchun homila A771726 ning toksik konsentratsiyalari (nazorat konsentratsiyasi – 0,02 mg/l dan past) taʼsiriga uchramasligiga ishonch hosil qilish maqsadida quyida koʻrsatilgan muolajalardan biriga amal qilish tavsiya etiladi.

Kutish davri

Qon plazmasida A771726 ning konsentratsiyasi uzoq vaqt davomida 0,02 mg/l dan yuqori boʻlishi mumkinligini kutish mumkin. Konsentratsiya leflunomid bilan davolash toʻxtatilganidan keyin 2 yil oʻtgach 0,02 mg/l dan kam boʻlishi mumkin, deb hisoblanadi.

Qon plazmasida A771726 ning konsentratsiyasi birinchi marta 2 yillik kutish davri tugaganidan keyin oʻlchanadi.

Shundan keyin qon plazmasida A771726 ning konsentratsiyasini eng kamida 14 kun oʻtgach oʻlchash zarur. Agar har ikkala oʻlchashlarning kattaligi 0,02 mg/l dan past boʻlsa, hech qanday teratogen xavf kutilmaydi.

“Yuvish” muolajasi

  • Leflunomid bilan davolash toʻxtatilganidan keyin: xolestiramin 8 g dozada 11 kun ichida bir kunda 3 marta yuboriladi;
  • muqobil sifatida – kukun qilib tuyilgan 50 g faollashtirilgan koʻmir 11 kun ichida bir kunda 4 marta yuboriladi.

Tanlangan “yuvish” muolajasiga bogʻliq boʻlmagan holda eng kamida 14 kunlik interval oraligʻida ikkita alohida testlar bilan tekshirish oʻtkazish va plazmada preparatning konsentratsiyasi birinchi bor 0,02 mg/l dan past darajada qayd etilgan paytdan eʼtiboran homilador boʻlish paytiga qadar bir yarim oy kutish zarur.

Bola tugʻish yoshi davridagi ayollarni ular leflunomid bilan davolash toʻxtatilganidan keyin homilador boʻlishga urinishlaridan oldin 2 yil oʻtishi kerakligi haqida xabardor qilish zarur. Agar ishonchli kontratsepsiyada 2 yillik kutish davri asossizdek tuyulsa, profilaktika maqsadlarida “yuvish” muolajasi oʻtkazilishini maslahat berish mumkin.

Xolestiramin ham, faollashtirilgan koʻmir ham estrogenlar va progestogenlar absorbsiyasiga taʼsir koʻrsatishi mumkin, shu sababli homilador boʻlishga qarshi ishonchli peroral vositalar xolestiramin yoki faollashtirilgan koʻmir yordamida “yuvish” davrida yuz foizlik kafolat bermaydi. Kontratsepsiyaning muqobil usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Ona suti bilan emizish

Hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar leflunomid yoki uning metabolitlari ona sutiga oʻtishini koʻrsatadi. Shu sababli koʻkrak bilan emizuvchi ayollar leflunomidni qabul qilmasligi kerak.

Fertillikka taʼsiri

Hayvonlarda tugʻilishlarga doir tadqiqotlarning natijalari erkaklar va ayollar fertilligiga hech qanday taʼsir koʻrsatmagan, ammo takroriy dozalar toksikligi oʻrganilganida erkaklar jinsiy aʼzolarida nomaqbul taʼsirlar kuzatilgan.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Bosh aylanishi kabi nojoʻya taʼsirlar yuzaga kelganida patsiyentning diqqatni toʻplash va reaksiyalarni namoyon qilish qobiliyati xos tarzda buzilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari

Leflunomidni tavsiya etiladigan sutkalik dozasidan 5 marta ortiq dozada qabul qilgan patsiyentlarda surunkali dozani oshirib yuborilishi haqida xabarlar, shuningdek kattalar va bolalarda dozaning oʻtkir oshirib yuborilishi haqida xabarlar berilgan. Dozani oshirib yuborilishining koʻp hollarida nomaqbul holatlar rivojlanishi haqida xabar berilmagan. Yuzaga kelgan nomaqbul holatlar leflunomidning xavfsizlik profili bilan qiyosiy oʻxshash boʻlgan. Diareya, qorinda ogʻriq, leykopeniya, anemiya va jigar faoliyati holatiga doir test koʻrsatkichlarining oshishi eng koʻr kuzatilgan.

Davolash

Doza oshirib yuborilganida yoki toksiklikda organizm tozalanishini jadallashtirish uchun xolestiramin yoki faollashtirilgan koʻmirni qabul qilish tavsiya etiladi. Uchta sogʻlom koʻngillilar tomonidan 24 soat davomida bir kunda 3 marta 8 g dan qabul qilingan xolestiramin qon plazmasida A771726 metaboliti miqdori darajasini 24 soatdan keyin taxminan 40% ga va 48 soatdan keyin 49-65% ga pasaytirgan. Faollashtirilgan koʻmirni (suspenziyaga aylantirilgan kukunni) peroral yoki meʼda zondi orqali (sutka davomida har 6 soatda 50 g) yuborilishi plazmada faol A771726 metaboliti konsentratsiyasini 24 soatdan keyin 37% ga va 48 soatdan keyin 48% ga kamaytirishi koʻrsatilgan.

“Yuvish” muolajasining maʼlumotlarini klinik koʻrsatkichlar boʻyicha takrorlash mumkin. Gemodializ va XAPD bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar leflunomidning bosh metaboliti boʻlgan A771726 dializ yoʻli bilan chiqarilishiga qodir emasligini koʻrsatadi.

 

Chiqarilish shakli

Blisterda 10 ta tabletka, karton oʻramida tibbiyotda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma bilan birga 3 ta blister joylangan.

 

 

Saqlash sharoitlari

Quruq, yorugʻlikdan himoya qilingan joyda 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish shartlari

Retsept boʻyicha.

Манба: tibbiyot.info

4000cookie-checkLEFNO®