14.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Leykotsitlar – oq qon hujayralari

Leykotsitlar (leyko… va yun. Cytus — hujayra), oq qon tanachalari — odam va hayvonlar qonidagi rangsiz hujayralar; qonning yadroli shaklli elementlari. Yadrosining shakli har xil, shunga koʻra, tayoqcha yadroli, segment yadroli va monotsitlarga ajrati-ladi. L. suyak koʻmigi, limfa tugunlari va taloqda hosil boʻladi. Donali L. (granulotsitlar) va donasiz L. (agranulotsitlar) farq qilinadi. Qonni tekshirganda L.ning boʻyalish xususiyatiga qarab, ularni eozinofillar (kislotali boʻyoq—eozin bilan boʻyaladi), bazofillar (asosli boʻyoq — metilen koʻki bilan boʻyaladi) va neytrofillarga (neytral boʻyoqlar bilan boʻyaladi) boʻlinadi, ularning har biri maʼlum bir funksiyani bajaradi. L. qon tomir oʻzanidan chiqib hujayralararo boʻshlikda oʻzicha harakat qila oladi. Ular organizmning yot jismlar kirgan joyiga yetib kelib, mikroorganizmga yaqinlashgach, soxta oyoqlar chiqarib, uni hamma tomondan oʻrab oladi va yutib yuboradi (qarang Fagotsitoz). Organizmni mikroorganizmlardan himoya qilishda qon yaratuvchi aʼzolarning roli katta, bu vaqtda ular koʻplab leykotsit ishlab chiqaradi. Fagotsitozda faqat L.gina emas, balki organizmdagi boshqa hujayralar ham ishtirok etadi. Bunday qujayralar makrofaglar deyiladi. L., makrofaglar, qon va toʻqimalardagi boshqa faol moddalar faqat bakteriyalar hamda kasallik qoʻzgʻatuvchi agentlarni yutib yubormay, balki organizmni jarohat yoki kasallik tufayli nobud boʻlgan hujayralardan, toksinlardan ham tozalaydi. Shuning uchun turli kasalliklarda qonda L. soni anchaoshib ketadi (qarang Qon yaratilishi). 1 mkl qonda, odatda, 4000—9000 leykotsit boʻladi. Ular soni kun boʻyi oʻzgarib turadi, mas, ertalab L.kam boʻlsa, tushdan keyin koʻpayadi. L.ning ayrim turlari protsent jihatdan muayyan nisbatda boʻladi (ahyonda oʻzgarishi ham mumkin), bu nisbat leykotsitar formula deb ataladi. L. sonining ortib ketishi (9000 dan ortiq) leykotsitoz, kamayishi (4000 dan kam) leykopeniya deyiladi. Limfotsitlar va monotsitlar ham L.ning bir turi—agranulotsitlarga (donasiz L.ga) kiradi. Immunitet vujudga kelishida limfotsitlarning roli katta; ular toksinlarni zararsizlantiradi va antitelolar hosil boʻlishida qatnashadi.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

33210cookie-checkLeykotsitlar – oq qon hujayralari