29.04.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

MEZAKAR tabletkalari 200mg N50

MEZAKAR tabletkalari 200mg N50 qo’lanishi bo’yicha ko’rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MEZAKAR®

MEZAKAR®

 

Preparatning savdo nomi: MEZAKAR®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): karbamazepin

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi:

har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: karbamazepin – 200 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, gipromelloza, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati va tozalangan suv.

Ta‘rifi: bir tomonida bo‘linish chizig‘i va ikkinchi tomonida «K» bostirilgan yozuvi bo‘lgan oq yoki deyarli oq rangli dumaloq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhiEpilepsiyaga qarshi preparatlar.

ATX kodi: N03AF01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmokodinamikasi

Epilepsiyaga qarshi dori vositasi sifatida karbamazepinning faollik spektri: ikkilamchi tarqoq bo‘lgan va tarqoq bo‘lmagan holda parsial (oddiy va kompleks) xurujlarni; tarqoq tonik-klonik tirishish xurujlarini, shuningdek ko‘rsatilgan xurujlar kombinasiyasini qamrab oladi.

Mezakar® preparatining faol moddasi karbamazepinning ta‘sir mexanizmi faqat qisman aniqlangan. Karbamazepin o‘ta qo‘zg‘algan nerv tolalari membranalarini barqarorlashtiradi, takroriy neyronal razryadlar yuzaga kelishini ingibisiya qiladi va qo‘zg‘algan impulslarning sinaptik o‘tishini pasaytiradi. Ehtimol, qo‘llash davomiyligi va voltajga bog‘liq bo‘lgan natriy kanallarini blokada qilish yo‘li orqali qutbsizlangan neyronlarda natriyga bog‘liq ta‘sir potensiallarining takroran hosil bo‘lishini oldini olish preparat ta‘sirining bosh mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.

Glutamat ajratilishini pasayishi va neyronlar membranalarini barqarorlashishi preparatning tirishishlarga qarshi ta‘sirini izohlashi mumkin, karbamazepinning antimaniakal ta‘siri esa dopamin va noradrenalin metabolizmini so‘ndirilishidan kelib chiqishi mumkin.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Tabletkalar qabul qilinganidan keyin karbamazepin, garchand sekin bo‘lsa-da, deyarli to‘liq so‘riladi. Odatdagi tabletkani bir marta qabul qilinganidan keyin plazmada maksimal konsentrasiyasiga 12 soat (chaynaladigan tabletkalar uchun 6 soat; sirop uchun – 2 soat) o‘tgach erishiladi. Ichga qabul qilish uchun preparatning turli dori shakllari qo‘llanilganidan keyin faol moddaning so‘rilish darajasida klinik ahamiyatli farqlar qayd etilmagan. Preparatning 400 mg karbamazepinni saqlaydigan tabletkasini bir marta ichga qabul qilinganidan keyin o‘zgarmas faol moddaning plazmadagi konsentrasiyasining taxminan 4,5 mkg/ml bo‘lgan o‘rtacha qiymatiga erishiladi.

Mezakar® preparatining biokirishaolishi peroral qo‘llash uchun turli shakllarida 85-100% ni tashkil etdi. Ovqatlanish Mezakar® preparati dozalariga bog‘liq bo‘lmagan holda karbamazepinning so‘rilishi tezligi va darajasiga sezilarli ravishda ta‘sir qilmaydi.

Plazmada preparatning muvozanat konsentrasiyalariga 1-2 hafta chegarasida erishiladi, bu jigar ferment tizimlarining karbamazepin bilan autoinduksiyasining, bir vaqtda qo‘llaniladigan boshqa dori vositalari bilan geteroinduksiyasining o‘ziga xos individual xususiyatlariga, shuningdek davolashga qadar bemorning holatiga, preparat dozasiga va davolash davomiyligiga bog‘liq.

Karbamazepin turli preparatlarining biokirishaolishi o‘zgarib turishi mumkin; past samaradorlikni yoki epilepsiya xurujlari xavfini, shuningdek nojo‘ya ta‘sirlarning kuchayishini oldini olish maqsadida dori shaklini o‘zgartirishdan tiyilish maqsadga muvofiq.

Taqsimlanishi

Karbamazepinni qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 70–80% ni tashkil etadi. O‘zgarmas karbamazepinning orqa miya suyuqligida va so‘lakdagi konsentrasiyasi faol moddaning oqsillar bilan bog‘lanmagan zarrachasiga (20–30%) proporsional. Ona sutida karbamazepin konsentrasiyasi uning qon plazmasidagi darajasining 25-60 foizini tashkil etadi.

Karbamazepin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali singib o‘tadi. Karbamazepin to‘liq so‘rilganida ehtimol qilingan taqsimlanish hajmi 0,8-1,9 l/kg ni tashkil etadi.

Biotransformasiyasi

Karbamazepin ko‘pincha epoksid yo‘li orqali jigarda metabolizmga uchraydi, buning oqibatida asosiy metabolitlar – 10,11-transdiol hosilasi va glyukuron kislotasi bilan uning kon‘yugati hosil bo‘ladi.

R450 sitoxromi 3A4 fermenti karbamazepinning karbamazepin-10,11-epoksidga biotransformasiyasini ta‘minlaydigan asosiy izoferment bo‘lib hisoblanadi. Ushbu metabolik reaksiyalar oqibatida shuningdek 9-gidroksi-metil-10-karbamoilakridan «kichik» metaboliti ham hosil bo‘ladi. Karbamazepinni bir marta peroral qo‘llanilganidan keyin faol moddaning taxminan 30 foizi epoksidli metabolizmning yakuniy mahsulotlari ko‘rinishida siydikda aniqlanadi.

Karbamazepin biotransformasiyasining boshqa muhim yo‘llari turli monogidroksilatli hosilalarning, shuningdek uridildifosfat-glyukuronoziltransferaza (UGT2V7) ishtirokida karbamazepinning N-glyukuronidi hosil bo‘lishiga olib keladi.

Chiqarilishi

O‘zgarmas karbamazepinning yarim chiqarilishi davri preparat bir marta qabul qilinganidan keyin o‘rtacha 36 soatni tashkil etadi. Karbamazepinning jigar mikrosomal fermentlari faolligini induksiyalashga qodirligi munosabati bilan doimiy qabul qilinganida yarim chiqarilishi davri o‘rtacha 16-24 soatni tashkil etadi. Boshqa preparatlar, mikrosomal fermentlarning induktorlari (masalan, fenitoin, fenobarbiton) bilan birgalikda davolanayotgan pasientlarda yarim chiqarilishi davri o‘rtacha 9-10 soatni tashkil etadi.

10,11-epoksid metabolitining yarim chiqarilishi o‘rtacha davri preparat bir marta qabul qilinganidan keyin o‘rta hisobda 6 soatni tashkil etadi.

400 mg karbamazepin bir marta oral qabul qilinganidan keyin uning 72% siydik bilan va 28% najas bilan chiqariladi. Buyraklarda taxminan 2% o‘zgarmas karbamazepin ko‘rinishida va taxminan 1 foizi farmakologik faol 10,11-epoksid metaboliti ko‘rinishida qayta so‘riladi.

Pasientlarda farmakokinetik tavsif ko‘rsatkichlari

Qon plazmasida karbamazepinning davolash muvozanat konsentrasiyasi sezilarli individual o‘zgarishlarga ega. Pasientlarning ko‘pchiligi uchun u 4-12 mkg/ml atrofida bo‘ladi, bu 17-50 mkmol/l ga mos keladi. 10,11-epoksid-karbamazepin konsentrasiyasi qon plazmasida karbamazepin darajasining taxminan 30 foizini tashkil etadi.

Karbamazepin kuchli darajada chiqarilishi tufayli bolalarga davolash konsentrasiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kattalarga nisbatan karbamazepinning yuqori dozalari (mg/kg da) kerak bo‘lishi mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlarda ulardan yoshroq bo‘lgan katta yoshdagi pasientlarga nisbatan karbamazepin farmakokinetikasi o‘zgarishiga ko‘rsatmalar mavjud emas.

Jigar va buyrak faoliyatida buzilishi bo‘lgan pasientlarda karbamazepin farmakokinetikasiga doir ma‘lumotlar mavjud emas.

 

Qo‘llanilishi

  • epilepsiyada: oddiy parsial xurujlar (fokal xurujlar); murakkab parsial xurujlar (psixomotor xurujlar); tarqoq, asosan fokal genezdagi xurujlar (uyqu paytida tarqoq xurujlar, diffuz tarqoq xurujlar); epilepsiyaning aralash shakllarida;
  • uchtalik nerv nevralgiyasida;
  • til-bo‘g‘iz nervining idiopatik nevralgiyasida;
  • og‘riq sindromi bilan diabetik neyropatiyada;
  • tarqoq sklerozda epilepsiya shakldagi tirishishlarda;
  • alkogolli abstinentli sindromda tirishish xurujlari rivojlanishini oldini olishda;
  • psixozda (asosan maniakal-depressiv holatlarda, tashvishli, ajitasiyalangan va ipoxondrik depressiya va katatonik qo‘zg‘aluvchanlikda) qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mezakar® 2-3 marta ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Mezakar® preparatini ovqatlanish vaqtida, undan keyin yoki ovqatlanishlar oralig‘ida ozroq miqdordagi suyuqlik, masalan bir stakan suv bilan ichish mumkin.

Xitoylik Xan etnik guruhiga va tay millatiga mansub pasientlarni davolanish boshlanishidan oldin HLA-B*1502 alleli katta ehtimol bilan karbamazepin keltirib chiqaradigan og‘ir Stivens-Jonson sindromi rivojlanishi xavfini nazarda tutishi munosabati bilan mazkur allel mavjudligiga testdan o‘tkazish tavsiya etiladi («Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari» bo‘limida genetik sinovlar va teri reaksiyalari haqidagi axborotga qarang).

Epilepsiyada:

Karbamazepin dozalari xurujlarni mos ravishda nazorat qilishga erishi uchun har bir bemor uchun individual ravishda tanlanishi kerak. Optimal dozani aniqlash uchun qon plazmasida karbamazepin konsentrasiyasini monitoring qilish foydali bo‘lishi mumkin. Epilepsiyani davolashda plazmadagi konsentrasiya odatda 4-12 mkg/ml (17-50 mkmol/l) ni tashkil etishi kerak («Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang).

Kattalarda: Mezakar® preparatining barcha dori shakllari uchun dozani shunday tarzda bosqichma-bosqich oshirish tavsiya etiladiki, bunda tanlangan doza har bir pasientga individual ravishda mos kelsin.

Mezakar® preparati dozasini bir necha qabul qilishlarga ajratish lozim, biroq boshlang‘ich tavsiya etilgan doza bir kunda 1-2 marta 100-200 mg ni tashkil etadi. So‘ngra optimal ta‘sirga erishish uchun dozani bosqichma-bosqich oshirish mumkin, u ko‘pincha 800-1200 mg/sutkani tashkil etadi. Ayrim hollarda sutkada 1600 mg yoki hatto 2000 mg zarur bo‘lishi mumkin.

Keksalarda: dorilarning o‘zaro ta‘sirini inobatga olgan holda keksa yoshdagi pasientlarga dozani ehtiyotkorlik bilan tanlash lozim.

Bolalar va o‘smirlarda: Mezakar® preparatining barcha dori shakllari uchun dozani shunday tarzda oshirish tavsiya etiladiki, bunda tanlangan doza har bir pasientga individual ravishda mos kelsin.

Odatda davolashni sutkada bir necha qabul qilishlar bilan tana vaznining har bir kilogrammiga 10-20 mg dozada o‘tkazish lozim.

Mezakar®tabletkalarini juda yosh bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

5-10 yoshda: sutkada 400–600 mg (sutkada 2-3 x 200 mg tabletka, bir necha marta qabul qilish uchun) dozada.

10-15 yoshda: sutkada 600–1000 mg (sutkada 3-5 x 200 mg tabletka, bir necha marta qabul qilish uchun) dozada.

>15 yoshda: sutkada 800-1200 mg (dozasi kattalardagi kabi) dozada.

Tavsiya etiladigan eng yuqori doza

6 yoshgacha: 35 mg/kg/sutka

6-15 yosh: 1000 mg/sutka

>15 yosh: 1200 mg/sutka.

Epilepsiyaga qarshi preparatlar mumkin bo‘lganida monoterapiya sifatida buyurilishi kerak, biroq politerapiyada dozani oshirishning aynan o‘sha rejimiga amal qilinadi.

Mezakar® preparatini epilepsiyaga qarshi o‘tkazilayotgan davolashga asta-sekin, dozani ushlab turgan holda yoki, agar zarurat bo‘lsa, boshqa antiepileptiklar dozasini o‘zgartirgan holda qo‘shish lozim («Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri yoki o‘zaro ta‘sirning boshqa shakllari» bo‘limiga qarang).

Uchtalik nerv nevralgiyasi

Sutkada 200–400 mg ni tashkil etadigan boshlang‘ich dozani og‘riq to‘liq yo‘q bo‘lishiga qadar (sutkada 3-4 marta o‘rtacha 200 mg ga) oshirib boriladi. Ko‘pchilik pasientlar uchun preparatning sutkada 3-4 marta 200 mg li dozasi  og‘riqsiz holatni ushlab turish uchun yetarli bo‘ladi. Ayrim hollarda Mezakar®preparatining sutkada 1600 mg li dozasi kerak bo‘ladi. Og‘riq yo‘qolganidan keyin dozani qo‘llab-quvvatlovi minimal dozagacha asta-sekin pasaytiriladi. Tavsiya qilinadigan eng yuqori doza sutkada 1200 mg ga teng. Og‘riq yo‘qolganidan keyin davolashni yangi xuruj paydo bo‘lishiga qadar asta-sekin yakunlash lozim.

Keksalarda:

Uchtalik nerv nevralgiyasida dozalari

Keksa yoshdagi insonlarda preparatlarning o‘zaro ta‘siri va epilepsiyaga qarshi turli vositalarning farmakokinetika xususiyatlari farqlanishi munosabati bilan Mezakar® preparati dozalarini ehtiyotkorlik bilan tanlash lozim.

Keksa yoshdagi pasientlar uchun 100 mg li boshlang‘ich doza tavsiya etiladi. 100 mg li boshlang‘ich dozani og‘riq sindromi yo‘qolishiga qadar bosqichma-bosqich (odatda sutkada 3 yoki 4 marta 200 mg) oshirish kerak. So‘ngra dozani qo‘llab-quvvatlovchi minimal dozaga qadar pasaytirish lozim. Ayrim hollarda Mezakar® preparatining sutkada 1600 mg li dozasi kerak bo‘ladi. Tavsiya qilinadigan eng yuqori doza sutkada 1200 mg ga teng. Og‘riq yo‘qolganidan keyin davolashni yangi xuruj paydo bo‘lishiga qadar asta-sekin yakunlash lozim.

Litiy bilan davolab bo‘lmaydigan pasientlarda maniakal-depressiv psixozni oldini olish

Boshlang‘ich doza bir nechta marta qabul qilgan holda sutkada 400 mg ga teng, dozani simptomlar ustidan nazorat o‘rnatilishiga qadar yoki bir kunda bir nechta marta qabul qilgan holda 1600 mg yig‘indi dozasiga erishilishiga qadar bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Odatda davolashni bir nechta marta qabul qilishga ajratgan holda sutkada 400-600 mg doza bilan olib borish lozim.

Pasientlarning alohida guruhlarida

Buyrak/jigar faoliyati buzilishida

Buyrak yoki jigar faoliyatida buzilishlari bo‘lgan pasientlarda karbamazepin farmakokinetikasi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Xavfsizlik profiliga doir yig‘ma axborot

Ayniqsa Mezakar® preparati bilan davolashni boshlanishida yoki preparatning o‘ta yuqori boshlang‘ich dozasi qabul qilinganida, yoki keksa yoshdagi pasientlarni davolashda tez-tez yoki juda tez-tez nomaqbul reaksiyalar, masalan, markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan (bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ataksiya, uyquchanlik, sirqovlanish, diplopiya); me‘da-ichak yo‘llari tomonidan (ko‘ngil aynashi, qusish), shuningdek allergik teri reaksiyalari yuzaga keladi.

Dozaga bog‘liq nojo‘ya reaksiyalari, qoida tariqasida, bir necha kundan keyin o‘zidan o‘zi ham, preparat dozasi vaqtincha pasaytirilganidan keyin ham yo‘qoladi. MNT tomonidan nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishi preparat dozasini nisbiy oshirib yuborilishi yoki qon plazmasida faol modda konsentrasiyasining kuchli o‘zgarishlari oqibati bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda qon plazmasida faol substansiyasi darajasini monitoring qilish va preparatning sutkalik dozasini alohida kichikroq (3-4) dozalarga ajratish tavsiya etiladi.

Klinik sinovlarlarda va o‘zidan o‘zi berilgan xabarlarda olingan nomaqbul reaksiyalarning yig‘ma jadvali

Nojo‘ya ta‘sirlar MedDRA bo‘yicha a‘zolar tizimlarini tasniflash asosida taqdim etilgan.

A‘zolar tizimlarining har bir sinfida nomaqbul reaksiyalar ular yuzaga kelishi tez-tezligi bo‘yicha keltirilgan bo‘lib, avval eng ko‘r uchraydigan ta‘sirlar, so‘ngra esa og‘irligi darajasi kamroq reaksiyalar sanab o‘tiladi. Quyida sanab o‘tilgan nomaqbul reaksiyalar quyidagicha (CIOMS III) tasniflangan: «juda tez-tez » (≥1/10), «tez-tez» (≥1/100, <1/10), «tez-tez emas» (≥1/1000, <1/100), «kam hollarda» (≥1/10000, <1/1000), «juda kam hollarda» (<1/10000).

Qon va limfa tizimlari tomonidan
Juda tez-tez: Leykopeniya
Tez-tez: Trombositopeniya, eozinofiliya
Kam hollarda: Leykositoz, limfadenopatiya
Juda kam hollarda: Agranulositoz, aplastik anemiya, pansitopeniya, chin eritrositar aplaziya, anemiya, megaloblastik anemiya, retikulositoz, gemolitik anemiya
Noma‘lum: Suyak iligi faoliyatining so‘ndirilishi
Immun tizimi tomonidan
Kam hollarda: Preparatga nisbatan yuqori sezuvchanlikning sekinlashgan reaksiyalari, ular isitmali qaltirash, teri toshmasi, tomirlarning yallig‘lanishi, limfadenopatiya, psevdolimfoma, artralgiya, leykopeniya, eozinofiliya, gepatosplenomegaliya, jigar funksional probalari ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi va turli kombinasiyalarda uchraydigan safro yo‘llarining yo‘qolishi sindromi (jigar ichki safro yo‘llarining buzilishi va yo‘qolishi) bilan kechadi. Jarayonga boshqa a‘zolar (masalan, jigar, o‘pka, buyraklar, oshqozon osti bezi, miokard, yo‘g‘on ichak) jalb qilinishi mumkin.
Juda kam hollarda: Anafilaktik reaksiya, shish, angionevrotik shish, gipogammaglobulinemiya
Noma‘lum**: Doriga nisbatan eozinofiliya va tizimli holatlar (DRESS) bilan kechadigan teri reaksiyasi
Infeksion va parazitar kasalliklar
Noma‘lum**: VEB-infeksiyaning reaktivasiyasi
Endokrin tizimi tomonidan
Tez-tez: Shish, suyuqlikning ushlanib qolinishi, tana vaznining ortishi, antidiuretik gormon keltirib chiqargan giponatriemiya va qonning osmolyarliligi pasayishi (ADG ta‘siri), u kam hollarda yaqqol ifodalangan lohaslik, qusish, bosh og‘rig‘i, ongning xiralashuvi, asab buzilishi bilan intoksikasiyaga olib keladi.
Juda kam hollarda: Galaktoreya, ginekomastiya
Metabolizm va ovqatlanish tomonidan
Kam hollarda: Foliy tanqisligi bilan anemiya, ishtahaning pasayishi
Juda kam hollarda: O‘tkir porfiriya (o‘tkir intermitasiyalovchi va aralash porfiriya), o‘tkir bo‘lmagan porfiriya (teri-jigar porfiriyasi)
Ruhiyat tomonidan
Kam hollarda: Gallyusinasiyalar (ko‘rish va eshitish bilan), depressiya, tajovuzkorlik, ajitasiya, qo‘zg‘aluvchanlik holati, ongning xiralashuvi.
Juda kam hollarda: Psixozning faollashuvi
Nerv tizimi tomonidan
Juda tez-tez: Ataksiya, bosh aylanishi, uyquchanlik
Tez-tez: Diplopiya, bosh og‘rig‘i
Tez-tez emas: Anormal g‘ayri ixtiyoriy harakatlar (masalan, tremor, asteriksis, distoniya, uchib tortishish), nistagm
Kam hollarda: Diskineziya, ko‘z harakatining buzilishi, nutqning buzilishi (masalan, artikulyasiyaning buzilishi yoki nutqning tushunarsiz ekanligi), xoreoatetoz, periferik neyropatiya, paresteziya, parez.
Juda kam hollarda: Xavfli neyroleptik sindrom, mioklonusli va periferik eozinofiliyali aseptik meningit, disgevziya
Noma‘lum**: Sedativ ta‘sir, xotiraning buzilishi
Ko‘rish a‘zolari tomonidan
Tez-tez: Akkomodasiyaning buzilishi (masalan, ko‘rishning xiraligi)
Juda kam hollarda: Ko‘z gavharining xiralashishi, kon‘yunktivit
Eshitish a‘zosi va muvozanat tomonidan
Juda kamda: Eshitishning buzilishi, masalan, quloqlarda shovqin, yuqori eshitish sezuvchanligi, eshitishning pasayishi, ton yuqoriligi qabul qilinishini o‘zgarishi
Yurak tomonidan
Kam hollarda: Yurak o‘tkazuvchanligining buzilishi
Juda kam hollarda: Aritmiya, hushdan ketish bilan atrioventrikulyar blokada, bradikardiya, yurakning turg‘un yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligining kuchayishi
Tomirlar tomonidan
Kam hollarda: Gipertoniya yoki gipotoniya
Juda kam hollarda: Tomir kollapsi, embolizm (masalan, o‘pka emboliyasi), tromboflebit.
Nafas olish, ko‘krak qafasi a‘zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan
Juda kam hollarda: Isitmali qaltirash, hansirash, pnevmonit yoki pnevmoniya bilan kechadigan o‘pkada yuqori sezuvchanlik reaksiyalari
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan
Juda tez-tez: Ko‘ngil aynashi va qusish
Tez-tez: Og‘izning qurishi, suppozitoriylar qo‘llanilganida rektal achishishlar paydo bo‘lishi mumkin
Tez-tez emas: Diareya, qabziyat
Kam hollarda: Qorinda og‘riq
Juda kam hollarda: Pankreatit, glossit, stomatit
Noma‘lum**: Kolit
Gepatobiliar tizim tomonidan
Kam hollarda: Gepatining xolestatik, parenximatoz (gepatosellyulyar) yoki aralash shakli, safro yo‘llarining yo‘qolishi sindromi, sariqlik
Juda kam hollarda: Jigar yetishmovchiligi, jigarning granulematoz shikastlanishi
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan
Juda tez-tez: Eshakemi, u o‘tkir allergik dermatit bo‘lishi mumkin
Tez-tez emas: Eksfoliativ dermatit
Kam hollarda: Tizimli qizil yugurik, qichishish
Juda kam hollarda: Stivens-Jonson sindromi*, toksik epidermal nekroliz, yorug‘likka sezuvchanlik reaksiyasi, ko‘p shaklli eritema, bo‘g‘imsimon eritema, pigmentasiyaning buzilishi, purpura, akne, jadal terlash, alopesiya, ortiqcha tuklarning paydo bo‘lishi
Noma‘lum**: O‘tkir tarqoq ekzentematoz pustulyoz**, lixenoidli keratoz, onixomadezis
Suyak-mushak tizimi, biriktiruvchi to‘qima va suyaklar tomonidan
Kam hollarda: Mushak zaifligi
Juda kam hollarda: Suyak to‘qimasida metabolizmning buzilishi (plazmada kalsiy va qonda 25-gidroksixolekalsiferol miqdorining qisqarishi), bu osteomalyasiya/osteoporoz, artralgiya, mushak og‘riqlari, mushak spazmlariga olib keladi
Noma‘lum**: Sinishlar
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan
Juda kam hollarda: Tubulointerstisial nefroz, buyrak yetishmovchiligi, buyraklar faoliyatining buzilishi (masalan, albuminuriya, gematuriya, oliguriya va qonda mochevina/ azotemiya), siydikning tutilib qolishi, tez-tez siyish
Reproduktiv tizim tomonidan
Juda kam hollarda: Jinsiy buzilishlar/erektil disfunksiya, spermatogenez buzilishi (spermatozoidlar sonini va/yoki ularning harakatchanligini pasayishi)
Umumiy buzilishlar va preparatni yuborish joyida asoratlar
Juda tez-tez: Charchash
Laboratoriya tadqiqotlari va instrumental tadqiqotlarning natijalari
Juda tez-tez: Gamma-glutamiltranspeptidazaning oshishi (jigar fermentlari induksiyasi munosabati bilan), bu ko‘pincha klinik ahamiyatga ega emas
Tez-tez: Qonda ishqoriy fosfataza darajasining oshishi
Tez-tez emas: Transaminazalar darajasini oshishi
Juda kam hollarda: Ko‘z ichki bosimining yuqoriligi, qonda xolesterin, yuqori zichlikdagi lipoprotein, trigliseridlar darajasining oshishi. Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi: L-tiroksin (erkin tiroksin, tiroksin, triyodtironin) darajasining pasayishi va tireotrop gormoni darajasining oshishi, bu odatda klinik ko‘rinishlarga ega emas, qonda prolaktin darajasini o‘sishi
Noma‘lum**: Suyak zichligining pasayishi

* Ayrim Osiyo mamlakatlarida kam hollarda namoyon bo‘ladi. «Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang.

**O‘zidan o‘zi berilgan xabarlarda keltirilgan qo‘shimcha nojo‘ya reaksiyalar (tez-tezligi noma‘lum).

Quyidagi salbiy holatlar Mezakar® preparatining ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingi qo‘llanilishi tajribasida o‘zidan o‘zi berilgan xabarlardan va adabiyotdan olingan. Mazkur reaksiyalar haqida aholi mustaqil ravishda noaniq miqdorda xabar qilganligi tufayli, ularning tez-tezligini aniq baholash mumkin emas, shu sababli ular «noma‘lum» toifasiga kiritiladi. Nojo‘ya ta‘sirlar MedDRA bo‘yicha a‘zolar tizimlari tasnifi asosida taqdim etilgan. A‘zolar tizimlarining har bir sinfida nomaqbul reaksiyalar ularning yuzaga kelishi tez-tezligi bo‘yicha, eng og‘ir darajasidan boshlab keltirilgan.

Pasientlarda karbamazepin bilan uzoq vaqt davolanganda suyak to‘qimasi mineral zichligining pasayishi, osteogenez buzilishlari, osteoporoz va suyak sinishi holatlari haqida xabarlar berilgan. Karbamazepinning suyak to‘qimasi metabolizmiga ta‘siri mexanizmi aniqlanmagan.

Genetik markerlar va Stivens–Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, dorilarga nisbatan yuqori sezuvchanlik sindromi, o‘tkir tarqoq ekzentematoz pustulyoz va makulopapulyozli toshma kabi terining salbiy holatlari yuzaga kelishi o‘rtasida yetarlicha dalillar mavjud. Yapon millatiga mansub va yevropalik pasientlarda mazkur reaksiyalar HLA-A*3101 alleli mavjud bo‘lganida karbamazepin qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Boshqa marker – HLA-B*1502 xitoylik Xan etnik guruhiga, tay millatiga mansub pasientlarda va kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan ayrim insonlarda Stivens–Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz bilan kuchli o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatdi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Anamnezda karbamazepinga yoki kimyoviy jihatdan o‘xshash dori preparatlarga (trisiklik antidepressantlar kabi) yoki preparatning boshqa tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlikda.

Atrioventrikulyar blokadali, anamnezda suyak iligi bilan qon hosil qilinishini so‘ndirilishi yoki jigar porfiriyasi (masalan, o‘tkir takrorlanib turuvchi porfiriya, variegat porfiriyasi, kechki teri porfiriyasi) mavjud bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Mezakar® preparatini monoaminoksidaza ingibitorlari bilan kombinasiyada qo‘llash mumkin emas («Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri yoki o‘zaro ta‘sirning boshqa shakllari» bo‘limiga qarang).

Maxsus ko‘rsatmalar

Ko‘mir sorbentlari bilan gemoperfuziyani o‘tkazish tavsiya etiladi. Gemodializ karbamazepin dozasi oshirib yuborilganligini davolashning samarali usuli bo‘lib hisoblanadi. Dozani oshirib yuborilishi boshlangandan keyin 2 va 3-kunlari doza oshirib yuborilishining simptomlari takroran kuchayishi mumkin, karbamazepinning sekin so‘rilishidan kelib chiqadi.

Homiladorlik va laktasiya davrida

Homiladorlik davrida

Ma‘lumki, epilepsiya bilan kasallangan va davolanmayotgan onalardan tug‘ilgan bolalar homila rivojlanishi buzilishlariga, jumladan rivojlanish nuqsonlariga boshqalarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘ladilar. Mezakar®preparatini umurtqalar to‘sh suyagining qoplanmasligi (spina bifida) va boshqa tug‘ma nuqsonlar – bosh chanog‘i-yuz tuzilmalari rivojlanishining nuqsonlari (tirtiq lab, bo‘ri og‘iz), yurak-tomir tizimi a‘zolarining nuqsonlari, gipospadiya, shuningdek boshqa a‘zolar tizimlari nuqsonlari kabi tug‘ma kasalliklar va rivojlanish nuqsonlari bilan bog‘liqligi haqidagi xabarlar mavjud.

Pasientlarni homila rivojlanishi buzilishining yuqori xavfi ehtimoli haqida xabardor qilish, shuningdek tug‘ruqdan oldingi tekshiruvini o‘tkazish lozim. Shimoliy amerika homiladorlar registri ma‘lumotlariga asoslangan holda tug‘ilgandan keyin 12 haftalik davrida aniqlangan jarrohlik, tibbiy, kosmetik ahamiyatga ega rivojlanishning asosiy tug‘ma nuqsonlari hissasiga homiladorlikning birinchi trimestrida faqat karbamazepin bilan davolangan 3,0% (95% II 2,1–4,2%) onalar va epilepsiyaga qarshi davolashni qabul qilmagan 1,1% (95% II 0,35–2,5%) homilador ayollar to‘g‘ri keladi (nisbiy xavf 2,7, 95% II 1,1–7,0).

Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda:

  • epilepsiyasi bo‘lgan homilador ayollarni davolash o‘ta ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.
  • agar Mezakar® preparatini qabul qilayotgan ayol homilador bo‘lib qolsa yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsa, yoki homiladorlik davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida, davolashdan kutiladigan samarani va ehtimol kutiladigan asoratlarni, ayniqsa homiladorlikning birinchi 3 oyida, sinchkovlik bilan solishtirish lozim.
  • Bola tug‘ish davridagi ayollarga Mezakar® preparatini monoterapiya sifatida buyurish lozim, chunki homilaning tug‘ma nuqsonlari rivojlanishi tez-tezligi preparatni monoterapiya sifatida buyurilishiga nisbatan epilepsiyaga qarshi kombinasiyalangan davolash qo‘llanilganida yuqori bo‘ladi. Rivojlanish nuqsonlari karbamazepinni politerapiya tarkibida qo‘llanilishi natijasi sifatida ma‘lum bir preparatlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin va ularning xavfi valproat bilan kombinasiyada yuqori bo‘lishi mumkin.
  • karbamazepinni samarali minimal dozada buyurish lozim. Plazmadagi konsentrasiyasi xurujlarning paydo bo‘lishi nazorat qilinishi sharti bilan 4-12 mkg/ml davolash diapazonining minimal darajasida ushlanib turilishi kerak. Karbamazepin qo‘llanilganida nuqsonlarning rivojlanishi xavfi dozaga, aynan esa doza 400 mg/sutkadan ortiqni tashkil etganida, bog‘liq bo‘lishiga dalil mavjud. Rivojlanish buzilishlari soni karbamazepin yuqori dozalarini qabul qilish vaqtiga nisbatan kamroq bo‘lgan.
  • pasientlarni homila rivojlanishi buzilishining yuqori xavfi ehtimoli haqida xabardor qilish, shuningdek tug‘ruqdan oldingi tekshiruvni o‘tkazish lozim.
  • homiladorlik vaqtida epilepsiyaga qarshi samarali davolashni to‘xtatib turish lozim emas, chunki kasallikning rivojlanibyu ketishi ona va homilaga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Monitoring va ogohlantirish

Ma‘lumki, homiladorlik davrida foliy kislotasi tanqisligi rivojlanadi. Epilepsiyaga qarshi vositalar ushbu tanqislikni kuchaytirishi haqida xabar berilgan. Bu epilepsiyaga qarshi vositalarni qabul qilgan ayollardan tug‘iladigan bolalarda tug‘ma nuqsonlar tez-tezligi ortishiga xizmat qiladi. Shu sababli homiladorlikka qadar va homiladorlik vaqtida foliy kislotasini qo‘shimcha ravishda qabul qilish tavsiya etiladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yuqori qon ketishini oldini olish maqsadida homiladorlikning oxirgi haftalarida ayollarga, shuningdek yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga K1 vitaminini buyurish tavsiya etiladi.

Onalari Mezakar® preparatini tirishishlarga qarshi boshqa vositalar bilan birga qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda epilepsiya xurujlari va/yoki nafas so‘ndirilishining bir necha hollari bayon qilingan. Bundan tashqari, onalari Mezakar® preparatini qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qusish, diareya va/yoki ovqatlanish sustligining bir necha hollari haqida xabar berilgan. Ehtimol, ushbu reaksiyalar o‘zi bilan preparat qabul qilinishini bekor qilish sindromi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda namoyon bo‘lishini ifodalaydi.

Bola tug‘ish yoshidagi ayollar va kontrasepsiya vositalari

Fermentlarning induksiyasi munosabati bilan Mezakar® preparati estrogenlar va/yoki progesteronni saqlaydigan homiladorlikka qarshi peroral vositalar samaradorligini pasaytirishi mumkin, shu sababli bola tug‘ish yoshidagi ayollar preparat bilan davolash davrida homiladorlikdan saqlanishning muqobil usullarini qo‘llashi lozim.

Laktasiya davrida

Karbamazepin ona sutiga singib o‘tadi, unda konsentrasiya qon plazmasidagi darajasidan 25-60% ni tashkil etadi. Shu sababli yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun ona suti bilan emizishning afzalliklarini va ehtimoli bo‘lgan nomaqbul oqibatlarni taqqoslash lozim. Mezakar® preparatini qabul qiluvchi onalar bolalarini ona suti bilan emizishlari mumkin, ammo shu shart bilanki, ehtimoli bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar (masalan, yaqqol ifodalangan uyquchanlik, allergik teri reaksiyalari) rivojlanishiga nisbatan bola ustidan kuzatuv o‘rnatiladi. Karbamazepinni antenatal ravishda yoki ona suti bilan qabul qilgan bolalarda xolestatik gepatit hollari bayon qilingan bo‘lib, shu munosabat bilan gepato-biliar tizim tomonidan nojo‘ya ta‘sirlarni tashhislash maqsadida bunday bolalar ustidan kuzatuv olib borish lozim.

Fertilligi

Erkaklar fertilligining buzilishlari va/yoki spermatogenez buzilishlari haqida kam hollarda xabarlar berilgan.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

R450 3A4 sitoxromi (CYP3A4) karbamazepinning faol metaboliti – 10,11-epoksidi hosil bo‘lishini katalizasiya qiladigan asosiy ferment bo‘lib hisoblanadi. CYP3A4 ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llanilishi qon plazmasida karbamazepin konsentrasiyasi oshishini keltirib chiqarishi mumkin, bu o‘z navbatida nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. CYP3A4 induktorlarini bir vaqtda qo‘llanilishi karbamazepin metabolizmini kuchaytirishi mumkin, bu qon zardobida karbamazepin konsentrasiyasi pasayishiga va davolash samarasi susayishiga olib keladi. Shunday tarzda CYP3A4 induktori qabul qilinishini to‘xtatish karbamazepin metabolizmi tezligini pasaytirishi mumkin, bu qon plazmasida karbamazepin darajasi oshishiga olib keladi.

Karbamazepin CYP3A4 ning hamda jigarda І faza va ІІ faza boshqa ferment tizimlarining kuchli induktori bo‘lib hisoblanadi, shu sababli qon plazmasida metabolizmini induksiyalash yo‘li orqali CYP3A4 bilan ko‘proq metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlarning konsentrasiyasini pasaytirishi mumkin.

Odamning mikrosomal epoksid-gidrolazasi o‘zi bilan karbamazepin-10,11-epoksidning 10,11-transdiol hosilalari hosil bo‘lishiga javobgar bo‘lgan fermentni ifodalaydi. Odamning mikrosomal epoksid-gidrolazasi ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llanilishi qon plazmasida karbamazepin-10,11-epoksidining konsentrasiyalari oshishiga olib kelishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarga olib keluvchi o‘zaro ta‘sirlar

Mezakar® preparatini monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi; preparat qo‘llanilishi boshlanishidan oldin, agar klinik holatlar imkon bersa, MAO ingibitori qabul qilinishini eng kamida 2 hafta oldin yoki undan ertaroq to‘xtatish zarur («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang).

Plazmada karbamazepin darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan vositalar

Qon plazmasida karbamazepin darajasini oshishi nomaqbul reaksiyalar (bosh aylanishi, uyquchanlik, ataksiya, diplopiya) paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi tufayli, quyida sanab o‘tilgan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida Mezakar® preparati dozasiga muvofiq ravishda tuzatish kiritish va/yoki qon plazmasida uning darajalarini nazorat qilish zarur.

Analgetiklar, yallig‘lanishga qarshi preparatlar: dekstropropoksifen.

Androgenlar: danazol.

Antibiotiklar: makrolidli antibiotiklar (masalan, eritromisin, klaritromisin), siprofloksasin.

Antidepressantlar: fluoksetin, fluvoksamin, paroksetin, trazodon.

Epilepsiyaga qarshi vositalar: vigabatrin.

Zamburug‘ga qarshi vositalar: azollar (masalan, itrakonazol, ketokonazol, flukonazol, vorikonazol). Vorikonazol yoki itrakonazol bilan davolanayotgan pasientlarga epilepsiyaga qarshi muqobil vositalar tavsiya etilishi mumkin.

Antigistamin preparatlar: loratadin.

Antipsixotik preparatlar: olanzapin.

Tuberkulyozga qarshi preparatlar: izoniazid.

Viruslarga qarshi preparatlar: OIV ni davolash uchun proteaza ingibitorlari (masalan, ritonavir).

Karboangidraza ingibitorlari: asetazolamid.

Yurak-tomir dori vositalari: diltiazem, verapamil.

Ovqat hazm qilish yo‘llari kasalliklarini davolash uchun preparatlar: ehtimol simetidin, omeprazol.

Boshqa moddalar: greypfrut sharbati, nikotinamid (faqat yuqori dozalarda).

Qon plazmasida karbamazepinning faol metaboliti bo‘lgan 10, 11-epoksidi darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan preparatlar

Qon plazmasida karbamazepinning faol metaboliti bo‘lgan 10, 11-epoksidining yuqori darajasi nojo‘ya reaksiyalar (masalan bosh aylanishi, uyquchanlik, ataksiya, diplopiya) rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkinligi tufayli, kvetiapin, primidon, progabid, valproy kislotasi, valnoktamid va valpromid kabi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida Mezakar® preparati dozasiga muvofiq ravishda tuzatish kiritish va/yoki qon plazmasida uning darajasini nazorat qilish zarur.

Qon plazmasida karbamazepinning darajasini pasaytirishi mumkin bo‘lgan preparatlar

Quyida sanab o‘tilgan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida Mezakar®preparati dozasiga muvofiq ravishda tuzatish kiritish zarur bo‘lishi mumkin.

Epilepsiyaga qarshi preparatlar: okskarbazepin, fenobarbital, fenitoin (fenitoin bilan intoksikasiyani va karbamazepinning subterapevtik konsentrasiyalarini oldini olish maqsadida, karbamazepin bilan davolash boshlanishidan oldin qon plazmasida fenitoin konsentrasiyasi 13 mkg/ml yetishiga qadar unga tuzatish kiritish tavsiya etilgan) va fosfenitoin, primidon va klonazepam (garchand unga doir ma‘lumotlar qarama-qarshi bo‘lsa ham).

O‘smalarga qarshi preparatlar: sisplatin yoki doksorubisin.

Tuberkulyozga qarshi preparatlar: rifampisin.

Bronxodilatatorlar yoki astmaga qarshi preparatlar: teofillin, aminofillin.

Dermatologik preparatlar: izotretinoin.

Boshqa moddalar bilan o‘zaro ta‘siri: qizilpoychani (Hypericum perforatum) saqlaydigan preparatlar.

Qon plazmasida bir vaqtda qo‘llanilishi buyurilgan preparatlar darajasiga karbamazepinning ta‘siri

Karbamazepin qon plazmasida ayrim preparatlar darajasini pasaytirishi va ularning ta‘sirlarini kamaytirishi yoki tenglashtirishi mumkin. Quyida keltirilgan preparatlar dozasiga klinik talablarga muvofiq tuzatish kiritish zrurati yuzaga kelishi mumkin.

Analgetiklar, yallig‘lanishga qarshi preparatlar: buprenorfin, metadon, parasetamol (karbamazepinni parasetamol (asetaminofen) bilan uzoq vaqt qo‘llanilishi gepatotoksiklik rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin), fenazon (antipirin), tramadol.

Antibiotiklar: doksisiklin, rifabutin.

Antikoagulyantlar: peroral antikoagulyantlar (masalan, varfarin va asenokumarol).

Antidepressantlar: bupropion, sitalopram, mianserin, sertralin, trazodon, trisiklik antidepressantlar (masalan, imipramin, amitriptilin, nortriptilin, klomipramin).

Qusishga qarshi vositalar: aperpitant.

Epilepsiyaga qarshi preparatlar: klobazam, klonazepam, etosuksimid, lamotridjin, okskarbazepin, primidon, tiagabin, topiramat, valproy kislotasi, zonisamid. Fenitoin bilan intoksikasiyani va karbamazepinning subterapevtik konsentrasiyalari yuzaga kelishini oldini olish maqsadida plazmada fenitoinning tavsiya etilgan konsentrasiyasi karbamazepin bilan davolashga qo‘shimcha qilinishiga qadar 13 mkg/ml dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Qon plazmasida mefenitoin darajasini ortishining yakka hollari haqida xabar berilgan.

Zamburug‘ga qarshi preparatlar: itrakonazol, vorikonazol. Vorikonazol yoki itrakonazol bilan davolanayotgan pasientlarga epilepsiyaga qarshi muqobil vositalar tavsiya etilishi mumkin.

Antigelmint preparatlar: albendazol.

O‘smalarga qarshi preparatlar: imatinib, siklofosfamid, lapatinib, temsirolimus.

Neyroleptik preparatlar: klozapin, galoperidol va bromperidol, olanzapin, kvetiapin, risperidon, ziprazidon, aripiprazol, paliperidon.

Viruslarga qarshi preparatlar: OIV ni davolash uchun proteaza ingibitorlari (masalan, indinavir, ritonavir, sakvinavir).

Anksiolitiklar: alprazolam.

Bronxodilatatorlar yoki astmaga qarshi preparatlar: teofillin.

Kontraseptiv preparatlar: gormonal kontraseptivlar (kontrasepsiyaning muqobil usullarini qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim).

Yurak-tomir dori vositalari: kalsiy kanallari blokatorlari (digidropiridin guruhi), masalan, felodipin, digoksin, simvastatin, atorvastatin, lovastatin, serivastatin, ivabradin.

Kortikosteroidlar: kortikosteroidlar (xususan prednizolon, deksametazon).

Erektil disfunksiyani davolash uchun qo‘llaniladigan vositalar: tadalafil.

Immunodepressantlar: siklosporin, everolimus, takrolimus, sirolimus.

Tireoidli preparatlar: levotiroksin.

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri: estrogenlar va/yoki progesteronlarni saqlovchi preparatlar.

Alohida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan preparatlar kombinasiyalari

Karbamazepin va levetirasetamni bir vaqtda qo‘llanilishi karbamazepin toksikligini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Karbamazepin va izoniazidni bir vaqtda qo‘llanilishi izoniazidning gepatotoksikligi kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Karbamazepin va litiy preparatlarini bir vaqtda qo‘llanilishi qon plazmasida litiyning hatto davolash darajalarida ham neyrotoksiklikni kuchayishiga olib kelishi mumkin. Karbamazepin va metoklopramidni yoki kuchli trankvilizatorlarni (galoperidol, tioridazin) bir vaqtda qo‘llanilishi nojo‘ya nevrologik ta‘sirlar kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Mezakar® preparati va ayrim diuretiklar (gidroxlorotiazid, furosemid) bilan kombinasiyalangan davolash simptomatik giponatriemiya yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

Karbamazepin qutblamaydigan mushak relaksantlari ta‘sirlariga (masalan, pankuroniya) to‘sqinlik qilishi mumkin. Ushbu preparatlar dozalarini oshirib zarurati yuzaga kelishi mumkin, pasientlarga esa kutilganidan ancha tez neyromushak blokadasi yakunlanishi mumkinligi tufayli holatni sinchkov monitoring qilish zarur bo‘ladi.

Karbamazepin boshqa psixotrop preparatlar kabi alkogol ta‘sirini ko‘tara olish imkoniyatini pasaytirishi mumkin, shu sababli pasientlarga alkogolni iste‘mol qilishdan tiyilish tavsiya etiladi.

Serologik tadqiqotlarga ta‘siri

Karbamazepin perfanazin konsentrasiyasini aniqlash uchun VEJX-tahlilning soxta musbat natijasini berishi mumkin.

Karbamazepin va 10, 11-epoksid trisiklik antidepressantlar konsentrasiyasini aniqlash uchun qutblangan fluoressensiya usuli bo‘yicha immunologik tahlilning soxta musbat natijasini berishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ogohlantirish

Mezakar® preparatini qabul qilish chog‘ida agranulositoz va aplastik anemiya rivojlanishi mumkin. Biroq, bu holatlar juda kam hollarda yuzaga kelganligi munosabati bilan ularning yuzaga kelishi xavfi yuzasidan miqdoriy baho berish qiyin. Ma‘lumki, davolashni qabul qilmagan umumiy populyasiyada agranulositoz rivojlanishi umumiy xavfi bir yilda 1 mln. aholiga 4,7 holatni, aplastik anemiyaning esa – bir yilda 1 mln. aholiga 2,0 holatni tashkil etadi.

Preparat qo‘llanilishi vaqtida turli tez-tezlikda (kam hollardan to tez-tezgacha) trombositlar yoki leykositlar sonini pasayishi qayd etiladi. Davolash boshlanishidan avval, shuningdek davolanish jarayonida vaqti-vaqti bilan qonning klinik tahlillarini o‘tkazish, jumladan trombositlar, va ehtimol, retikulositlar sonini hisoblash, shuningdek qon zardobida temir konsentrasiyasini aniqlash lozim.

Ehtimol qilingan gematologik buzilishlarga xos toksiklikning erta belgilari, shuningdek teri qoplamalari va jigar tomonidan simptomlar haqidagi axborotni pasientlar va ularning qarindoshlari e‘tiboriga yetkazish zarur. Pasient isitmali qaltiroq, tomoqda og‘riq, toshma, og‘iz bo‘shlig‘ida yara, petexiy va purpuralar ko‘rinishida sababsiz qon quyilishlari, gemorragiyalarning yuzaga kelishi kabi nomaqbul reaksiyalar paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat qilish zarurligi haqida xabardor qilinadi.

Agar leykositlar yoki trombositlar soni shak-shubhasiz past bo‘lsa yoki davolash vaqtida pasaysa, pasientni va qonning umumiy tahlilini sinchkov ravishda kuzatish zarur («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qarang). Biroq og‘ir, o‘sib boruvchi leykopeniya yoki isitmali qaltiroq yoki tomoqda og‘riq kabi klinik holatlar namoyon bo‘lishi bilan leykopeniya rivojlansa, davolashni to‘xtatish lozim. Suyak iligi faoliyati sezilarli ravishda so‘ndirilganida Mezakar® preparati qo‘llanilishini bekor qilish zarur.

Preparat buyurilishidan oldin va davolash jarayonida jigar faoliyatini, ayniqsa anamnezda jigar kasalliklari haqidagi ma‘lumotlar mavjud bo‘lgan pasientlarda, shuningdek keksa yoshdagi pasientlarda tekshirish zarur. Mavjud jigar faoliyati buzilishlari kuchayganida yoki jigarning faol kasalligi paydo bo‘lganida preparat qo‘llanilishi darhol bekor qilinishi lozim.

Karbamazepinni qabul qilayotgan pasientlarda jigar faoliyati testlarining natijalari, ayniqsa gamma-glutamiltransferaza normadan tashqarida bo‘lishi mumkin. Bu ehtimol ushbu fermentni jigarda induksiyasi oqibati bo‘lishi mumkin. Fermentning induksiyasi shuningdek qonda ishqoriy fosfataza darajasi oshishini keltirib chiqarishi mumkin. Jigar metabolizmining yuqori ko‘rsatkichlari karbamazepin qo‘llanilishini bekor qilish oqibati bo‘lib hisoblanmaydi.

Karbamazepin qo‘llanilishi tufayli jigar tomonidanog‘ir reaksiyalar juda kam hollarda kuzatiladi. Jigar disfunksiyasi simptomlari yoki jigarning faol kasalligi yuzaga kelganida pasientni tezda tekshiruvdan o‘tkazish, Mezakar® preparati bilan davolashni esa tekshiruv natijalari olinishiga qadar to‘xtatib turish zarur.

Epilepsiyaga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda o‘z joniga qasd qilish xulqi, shu jumladan o‘z joniga qasd qilish fikrlari yuzaga kelishi yuqori xavfi qayd etiladi.

Epilepsiyaga qarshi preparatlarni randomizasiyalangan plasebo-nazorat qilinuvchi tadqiqotlari davomida olingan ma‘lumotlarning metatahlili ham o‘z joniga qasd qilish fikrlari va xulqi xavfining bir oz oshishini ko‘rsatgan. Bunday xavfning yuzaga kelishi mexanizmi noma‘lum, hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ma‘lumotlar karbamazepin qo‘llanilganidan keyin o‘z joniga qasd qilish fikrlari va xulqi xavfining oshishini istisno etmaydi.

Shu munosabat bilan depressiya rivojlanishini, o‘z joniga qasd qilish xulqini, kayfiyatdagi boshqa o‘zgarishlarni yoki pasientning noodatiy xulqini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida pasient holatini sinchkov nazorat qilish lozim. Pasientlarga (va pasientlarni parvarishlayotgan shaxslarga) o‘z joniga qasd qilish fikrlari va xulqi belgilari paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilishni tavsiya etish lozim.

Mezakar® preparati qo‘llanilganida og‘ir dermatologik reaksiyalar, jumladan Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) juda kam hollarda qayd etilgan. Og‘ir (bir qator hollarda pasient hayotiga tahdid soladigan) teri reaksiyalari rivojlnganida, pasient kasalxonaga yotqazilishi kerak. Ko‘p hollarda Stivens-Jonson sindromi va Layell sindromi preparat bilan davolashning dastlabki oylarida rivojlangan. Baholash natijalariga ko‘ra ushbu reaksiyalar oq tanli irq ustun bo‘lgan mamlakatlardagi 10 000 ta yangi foydalanuvchilardan 1-6 tasida paydo bo‘ladi. Agar simptomlar og‘ir teri reaksiyalarini (Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi/toksik epidermal nekrolizni) ko‘rsatayotgan bo‘lsa, Mezakar® preparati qo‘llanilishini bekor qilish va muqobil davolash masalasini ko‘rib chiqish zarur.

Teri reaksiyalari

Karbamazepin qo‘llanilganida og‘tr va gohida o‘lim bilan yakunlanadigan teri reaksiyalari, jumladan toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va Stivens-Jonson sindromi juda kam hollarda qayd etilgan. Ushbu reaksiyalar oq tanli irq ustun bo‘lgan mamlakatlardagi 10000 ta yangi foydalanuvchilardan 1-6 tasida paydo bo‘ladi, biroq Osiyo mamlakatlarida xavf taxminan 10 marta yuqori bo‘ladi.

Pasientlarni immun tizimi tomonidan kelib chiqadigan salbiy holatlarga moyillik tug‘diruvchi turli HLA-allellarning daxldorligini isbotlovchi juda ko‘p dalillar paydo bo‘lmoqda.

Xan etnik guruhiga, tay millatiga mansub pasientlarda va kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan ayrim insonlarda HLA-B*1502 allel

Xitoylik Xan etnik guruhiga, tay millatiga mansub pasientlar Stivens-Jonson sindromi rivojlanishi xavfi va karbamazepin qo‘llanilishi. Xitoylik Xan etnik guruhi va tay millatiga mansub pasientlar orasida HLA-B*1502 allelini tashuvchilar xalqning 10 foizini tashkil etadi. Ushbu pasientlarda preparat bilan davolash boshlanishidan oldin ushbu allel mavjudligiga test o‘tkazish lozim. Agar pasientni allel mavjudligiga tahlili musbat natijani bersa, u holda preparat bilan davolashni boshlamaslik kerak, terapevtik davolashning boshqa variantlari yo‘q bo‘lgan hollar bundan mustasno. Tekshiruvlardan o‘tgan va (HLA)-B*1502 ga nisbatan manfiy natija olgan pasientlar Stivens-Djonson sindromi rivojlanishining past xavfiga ega bo‘ladi, biroq reaksiyalar yana yuzaga kelishi mumkin.

Osiyolik xalqlarga mansub pasientlar karbamazepinni qabul qilinishi munosabati bilan Stivens-Jonson sindromi/toksik epidermal nekroliz (SSD/TEN) rivojlanishining yuqori xavfini nazarda tutuvchi boshqa ma‘lumotlar ham mavjud. Osiyolik boshqa xalqlar orasida mazkur allel tashuvchilar soni yuqori (Filippin va Malaziyada 15% dan ortiq) bo‘lganligi tufayli, pasientlarda (HLA)-V*1502 alleli mavjudligiga genetik skrining o‘tkazish zarurati bor.

Yevropeoid, afrikalik, ispan irqlariga mansub pasientlarda, shuningdek yaponlar va koreyslarda (HLA)-B*1502 ulushi sezilarli emas (< 1%).

Yevropalik va yapon millatiga mansub pasientlarda HLA-A*3101 allel

Yevropalik va yapon millatiga mansub pasientlarda mavjud bo‘lgan HLA-A*3101 alleli karbamazepin bilan davolashda Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, dorilar ta‘sirida eozonofiliya bilan kechadigan toshma yoki og‘irligi darajasi kamroq bo‘lgan shaklda o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustullyoz va makulopapulyoz toshma kabi allergik teri reaksiyalarining rivojlanishi xavfini oshirishini taxmin qilishga imkon beruvchi ma‘lumotlar mavjud.

HLA-A*3101 allelining tarqalganligi etnik populyasiyada keng o‘zgarib turadi va yevropalik populyasiyada 2% dan 5% gachani hamda yaponlarda taxminan 10% ni tashkil etadi.

HLA-A*3101 allelining mavjudligi karbamazepin keltirib chiqargan teri reaksiyalarning (ko‘p hollarda kamroq darajada jiddiy) yuzaga kelishi xavfini umumiy populyasiyada 5% dan Shimoliy Yevropa avlodlari vakillarida 26% gacha oshirishi mumkin, uning mavjud emasligi esa o‘z navbatida xavfni 5% dan 3,8% gacha pasaytirishi mumkin.

Karbamazepinni buyurishdan oldin HLA-A*3101 allelining mavjudligiga pasientlarni skriningdan o‘tkazishga tavsiya qilish uchun ma‘lumotlar yetarli emas.

HLA-A*3101 alleli mavjudligi isbotlangan pasientlarda karbamazepin yoki kimyoviy jihatdan yaqin bo‘lgan birikmalarning qo‘llanilishi, agar preparatni qo‘llashdan olingan foyda kutiladigan xavfdan ortiq bo‘lsa, o‘zini oqlashi mumkin.

Boshqa dermatologik reaksiyalar

Tezda o‘tib ketuvchi yengil dermatologik reaksiyalar, masalan izolyasiyalangan makulyar yoki makulopapulyoz ekzantemalar rivojlanishi ham mumkin. Odatda ular o‘zgarmas dozalarda ham, preparat dozasi pasaytirilganida ham bir necha kun yoki haftadan keyin o‘tib ketadi. Ancha jiddiy dermatologik reaksiyalarning erta belgilarini yengil o‘tib ketuvchan reaksiyalardan farqlash juda murakkab bo‘lganligi tufayli, pasient holati yomonlashganida preparat qo‘llanilishini darhol to‘xtatish uchun pasient sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishi kerak.

Pasientda HLA-B*1502 allelining mavjudligi karbamazepinga nisbatan teri tomonidan tirishishlarga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanlik sindromi yoki sezilarli bo‘lmagan toshmalar (makulopapulyoz toshmalar) kabi kamroq jiddiy bo‘lgan nomaqbul reaksiyalar yuzaga kelishi bilan bog‘liq emas.

Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

Mezakar® yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishini, jumladan eozinofiliyali va tizimli simptomlar (DRESS) bilan dorilar ta‘siriga bog‘liq toshma, DRESS bilan bog‘liq HHV6 reaktivasiyasi, isitmali qaltiroq, toshmalar, vaskulit, limfadenopatiya, psevdolimfoma, artralgiya, leykopeniya, eozinofiliya, gepatosplenomegaliya, jigar faoliyati ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari va safro yo‘llari yo‘qolishi sindromi (jumladan ichki safro yo‘llarining buzilishi va yo‘qolishi) bilan sekin kechadigan hamda turli kombinasiyalarda namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘plab yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek boshqa organlarga (o‘pka, buyraklar, oshqozon osti bezi, miokard, yo‘g‘on ichakka) ham ta‘sir bo‘lishi mumkin.

Umuman olganda yuqori sezuvchanlikni ko‘rsatuvchi simptomlar paydo bo‘lganida, Mezakar® preparati qo‘llanilishini darhol to‘xtatish kerak.

Karbamazepinga nisbatan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarni bunday pasientlarning taxminan 25-30 foizida okskarbazepinga nisbatan ham yuqori.

14380cookie-checkMEZAKAR tabletkalari 200mg N50