06.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Natriy oksibutirat

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

NATRIYA OKSIBUTIRAT

SODIUM OXYBUTYRAS

 

Preparatning savdo nomi: Natriya oksibutirat

Taʼsir etuvchi modda (XPN): sodium oxybate;

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 200 mg natriy oksibutirat 100% moddaga qayta hisoblanganda;

yordamchi modda: inyeksiya uchun suv.

Taʼrifi: tiniq, ransiz, kuchsiz oʻziga hos hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: umumiy anesteziya uchun vositalar.

ATX kodi: N01AX11.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Natriy oksibutirati γ-oksimoy kislotasining (GOMK) natriyli tuzi hisoblanadi. Kimyoviy tuzilishi va farmakologik xususiyatlari boʻyicha markaziy nerv tizimining tormozlovchi asosiy mediatori, γ-aminomoy kislotasi (GAMK) ga yaqin. Gematoensefalik toʻsiq orqali oson oʻtadi. Preparat nootrop faollik elementlariga ega va sedativ, uxlatuvchi, narkotik, markaziy miorelaksatsiya qiluvchi taʼsirlarga ega, narkotik va nonarkotik analgetiklarning ogʻriq qoldiruvchi faolligini kuchaytiradi, organizm, shu jumladan bosh miya, yurak, koʻz toʻr pardasini gipoksiyaga chidamligini kuchaytiradi, oksidlanish jarayonlarini faollashtiradi.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetikasi boʻyicha maʼlumotlar cheklangan. Gematoensefalik va boshqa gistogematik toʻsiqlar orqali oʻtadi. Vena ichiga yuborilgandan keyin qondan 2-3 soat davomida chiqariladi.

Qoʻllanilishi

Jarroxlik, akusherlik va ginekologiyada noingalyatsion narkoz, kirish va bazis narkozi.

Psixiatriya va nevrologik amaliyotda – markaziy nerv tizimining intoksikatsiyasi, jarohat shikastlanishida qoʻllanadi.

Qoʻllash usuli va dozalari

Natriy oksibutirati narkoz uchun vena ichiga, mushak ichiga yoki ichga qabul qilinadi. Preparat kattalarga vena ichiga tana vazniga 70-120 mg/kg hisobidan, xolsizlangan patsiyentlarga – tana vazniga 50-70 mg/kg hisobidan yuboriladi. Eritma minutiga 1-2 ml tezlikda sekin yuboriladi. Preparatni shuningdek 50-100 ml 5% li (40%) glyukoza eritmasida suyultirish va vena ichiga tomchilab sekin yuborish mumkin. Yuborish boshlangandan 5-7 minutdan keyin patsiyent uyquga ketadi. Natriy oksibutiratni kattalarga shuningdek tana vazniga 35-40 mg/kg dozada tiopental natriy (4-6 mg/kg) bilan bir vaqtda vena ichiga yuborish mumkin.

Natriy oksibutirat mushak ichiga 120-150 mg/kg (mononarkoz uchun) yoki barbituratlar (tiopental natriy) bilan birga 100 mg/kg dozalarda yuborish mumkin.

Bolalarga vena ichiga 100 mg/kg dozada 30-50 ml 5% li glyukoza eritmasida 5-10 minut davomida yuboriladi.

Natriy oksibutirati bilan narkozda odatdagi premedikatsiya (promedol, atropin, diprazin, pipolfen bilan) oʻtkaziladi. Natriy oksibutirati bilan bazis narkoz fonida asosiy narkoz tegishli sxemalarga muvofiq tutib turiladi.

Davolovchi akusherlik narkozi uchun preparat 50-60 mg/kg dozada 20 ml 40% li glyukoza eritmasida 10-15 minut davomida vena ichiga sekin (minutiga 1-2 ml) yoki 40-80 mg/kg dozada ichga qabul qilinadi. Uyqu yoki yuzaki narkoz 1,5-3 soat davom etadi. Akusherlik operatsiyalariga oʻtilganda preparat 60-70 mg/kg dozada vena ichiga 10-15 minut davomida yuboriladi va shu fonda miorelaksantlarni boʻlib yuborib intubatsion narkoz amalga oshiriladi.

Bosh miya patologiyalari va jarohat shikastlanishlarida, bosh miyaning gipoksik shishi bilan kechuvchi organizmning toksik shikastlanishlarida natriy oksibutirati                50-100 mg/kg dozada (boshqa choralari bilan majmuada) vena ichiga qoʻllanadi.

Natriy oksibutiratining 5% li eritmasi koʻrinishida ichga qabul qilish mumkin, agar bunday eritmani tayyorlash sharoiti qoʻllash xavfsizligi va aniq dozalashni taʼminlasa.

Kattalarga narkoz uchun ichga 100-200 mg/kg hisobidan 5% li eritma operatsiyadan 40-60 minut oldin buyuriladi.

Preparat bolalarga kirish narkozi uchun 150 mg/kg dozada 20-30 ml 5% li glyukoza eritmasida operatsiyadan 40-60 minut oldin buyuriladi.

Nojoʻya taʼsirlari

Natriy oksibutirati qoʻllanilganda eng koʻp uchraydigan nojoʻya reaksiyalarga quyidagilar kiradi: bosh aylanishi, koʻngil aynishi.

Immun tizimi tomonidan: oʻta yuqori sezuvchanlik.

Metabolizm va oziqlanish tomonidan buzilishlar: anoreksiya, ishtahani pasayishi.

Ruhiyat tomonidan buzilishlar: depressiya, katapleksiya, odatdagi boʻlmagan tush koʻrishlar, ongni chalkashishi, dezoriyentatsiya, tungi dahshatlar, somnambulizm, uyquni buzilishi, uyqusizlik, qoʻzgʻalish, oʻz joniga qasd qilishga urinish/fikrlar, psixoz, paranoya, gallyutsinatsiyalar, patologik fikrlar, ajitatsiya, uyquga ketishni buzilishlari.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi, vertigo, bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik, tremor, muvozanatni buzilishi, diqqatni buzilishi, gipoyesteziya, paresteziya, disgevziya, mushaklarni tirishib tortilishi, amneziya, bezovta oyoqlar sindromi, tirishishlar.

Koʻrish aʼzosi tomonidan buzilishlar: koʻrishni noaniqligi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: yurak urib ketishi, gipertenziya, bradikardiya.

Nafas aʼzolari tomonidan buzilishlar: hansirash, burunni bitishi, nazofaringit, sinusit, nafasni susayishi, apnoe.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar: koʻngil aynishi, qusish, diareya, qorinda ogʻriq, axlatni tutib turolmaslik.

Teri va teri osti yogʻ kletchatkasi tomonidan buzilishlar: gipergidroz, toshmalar, eshakemi.

Suyak-mushak tizimi tomonidan buzilishlar: artralgiya, mushak spazmlari, belda ogʻriq.

Siydik-jinsiy tizim tomonidan buzilishlar: siydikni tutib turolmaslik, nikturiya.

Boshqalar: asteniya, toliqish, mastlik hissi, gipokaliyemiya, periferik shishlar, tana vaznini oshishi.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Gipokaliyemiya, miasteniya, gipertenziv sindrom bilan kechuvchi homiladorlar toksikozi, preparatning komponentlariga oʻta yuqori sezuvchanlik, ogʻir depressiya, qahrabo kislotasining yarimaldegid degidrogenazasi tanqisligida qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Natriy oksibutirati va benzodiazepinlarni bir vaqtda qoʻllaganda nafas markazini susayishi xavfi oshadi. Natriy oksibutiratini opioid analgetiklar, barbituratlar, miorelaksantlar, MNT susaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllanilganda sedativ taʼsiri kuchayadi. Natriy oksibutirati GOMK-degidrogenaza tomonidan metabolizmga uchrashi tufayli, bu ferment ragʻbatlantiruvchi yoki ingibitsiya qiluvchi preparatlar (valproat, fenitoin va etosuksimid) bilan potensial oʻzaro taʼsiri xavfi mavjud. Natriy oksibutirat bilan bir vaqtda buyurilganda antidepressantlar, alkogol, sedativ uxlatuvchi vositalarning samarasi kuchayishi mumkin. Natriy oksibutirat va tritsiklik antidepressantlar bir vaqtda buyurilganda nojoʻya samaralarning tez-tezligi oshadi.

Maxsus koʻrsatmalar

Natriy oksibutirati nafas markazini susaytiradi. Natriy oksibutiratini porfiriyasi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllash mumkin emas, chunki hayvonlarda oʻtkazilgan eksperimentda porfirinogen samarasi aniqlangan. Umumiy anesteziya oʻtkazilganda natriy oksibutiratini ogʻir gipertenziya, bradikardiya, yurak oʻtkazuvchanligini buzilishi, tutqanoq, eklampsiya, buyrak yetishmovchiligi va alkogolni suisteʼmol qiluvchi patsiyentlarda qoʻllash mumkin emas.

Opioidlar va barbituratlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

Depressiv buzilishlari va/yoki anamnezida oʻz joniga qasd qilish harakatlari boʻlgan patsiyentlar natriy oksibutirati bilan davolash davrida doimiy nazoratga muhtojlar. Davolash davrida yurak yetishmovchiligi, gipertenziya yoki buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda tuzsiz parhezga rioya qilish tavsiya etiladi. Jigar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda natriy oksibutiratining yarim chiqarilish davri va organizmga tizimli ekspozitsiyasi vaqti oshishi mumkin. Preparatni qoʻllash davrida alkogolni isteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanishi.

Natriy oksibutiratini homiladorlik davrida qoʻllash tavsiya etilmaydi (akusherlik operatsiyalaridan tashqari).

Natriy oksibutiratini emizish davrida qoʻllash tavsiya etilmaydi, chunki preparat bolaga uxlatuvchi sifatida taʼsir koʻrsatadi.

Bolalar. Preparat pediatriya amaliyotida qoʻllanadi.

Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati.

Preparatni qoʻllash davrida patsiyent transport vositasini boshqarish va yuqori diqqat, tezkor ruhiy va harakat reaksiyalarini talab etuvchi ishlarni bajarishdan saqlanishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: arterial gipotenziya, bradikardiya (minutiga 40-50 zarbagacha), gipotermiya, tirishishlar, ataksiya, qusish, nafasni susayishi (nafas toʻxtashi mumkin), koʻz reflekslarni saqlanishi bilan yaqqol miorelaksatsiya, nojoʻya reaksiyaning namoyon boʻlishi kuchayishi mumkin. Narkozdan chiqayotganda psixomotor qoʻzgʻalish kuzatilishi mumkin.

Davolash. Bu simptomlarni bartaraf etish uchun oʻpkaning sunʼiy ventilyatsiyasi (OʻSV), barbituratlar, neyroleptiklar qoʻllanadi. Nafas, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tutib turish uchun simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

5 ml yoki 10 ml dan ampulada. 5 yoki 10 ampula qutida.

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

 

14830cookie-checkNatriy oksibutirat