05.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

PIKOLAKS tomchilar 0,75% 30ml

PIKOLAKS tomchilar og’iz orqali 0,75% 30ml qo’lanishi bo’yicha ko’rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PIKOLAKS

PICOLAX

Preparatning savdo nomi: Pikolaks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natriy pikosulfati (sodium picosulfate)

Dori shakli: oral tomchilar.

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100% suvsiz moddaga qayta hisoblaganda 7,5 mg (20 tomchi) pikosulfat natriy;

yordamchi moddalar: sorbit (Ye 420); natriy benzoati (Ye 211); limon kislotasi monogidrati; natriy sitrati; in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: surgi vosita.

ATX kodi: A06AV08.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Pilolaks preparatining ta‘sir etuvchi moddasi natriy pikosulfati triarilmetan guruhiga mansub mahalliy ta‘sirga ega surgi vositasi bo‘lib hisoblanadi. Natriy pikosulfati yo‘g‘on ichakda bakteriyalar ta‘sirida parchalanganidan keyin peristaltikani kuchaytirib, uning shilliq qavatini rag‘batlantiradi, yo‘g‘on ichak bo‘shlig‘ida suv va elektrolitlar to‘planishiga olib keladi. Buning natijasida defekasiya rag‘batlantiriladi, axlatni tashilishi vaqti va yumshayishi ro‘y beradi.

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganidan keyin natriy pikosulfati ahamiyatli so‘rilishsiz yo‘g‘on ichakka yetib boradi.

Faol metabolit bis-(p-gidroksifenil)-piridil-2-metan yo‘g‘on ichakda bakteriyalar ta‘sirida parchalanganidan keyin hosil bo‘ladi, Pikolaks ta‘sirining boshlanishi odatda faol metabolitni ajralib chiqishiga qarab, preparat qabul qilingandan keyin 6-12 soat o‘tgach boshlanadi. Peroral qabul qilingandan keyin dori vositasining faqat ahamiyatsiz miqdori organizmning a‘zolari va tizimlarida aniqlanishi mumkin.

Preparatning surgi samarasi qon plazmasidagi faol metabolitning darajasi bilan bog‘liq emas.

Qo‘llanilishi

Qabziyatlar yoki ichni kelishini yengillashtirishni talab qiluvchi holatlarda qo‘llanadi.

Boshqa surgi vositalari kabi Pikolaksni qabziyatning sababini aniqlamasdan turib har kuni yoki uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin emas.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ishlab chiqaruvchining dozatori bilan dozalanadi.

Kattalarga: 13-27 tomchi (bu 5-10 mg natriy pikosulfatiga mos keladi);

4 yoshdan oshgan bolalar (faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha): 7-13 tomchi (bu 2,5-5 mg natriy pikosulfatiga mos keladi).

Pikolaksni kechqurun qabul qilish kerak. Pikolaks qo‘llanilgandan keyin ichakni bo‘shashishi 10-12 soatdan keyin kuzatiladi. Preparat suyuqlik bilan yoki usiz qabul qilish mumkin.

Qabziyatning sababini aniqlamasdan, Pikolaksni har kuni yoki uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin emas.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, teri reaksiyalari (toshma, qichishish, eshakemi).

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, sinkope. Bosh aylanishi va sinkope yuzaga kelishi ehtimoli vazovagal reaksiya (abdominal spazm yoki ichni kelishi kabi) bilan bog‘liq (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya, qorinda sanchiqlar, abdominal og‘riq, qorinda diskomfort, qusish, ko‘ngil aynishi.

Preparatni uzoq vaqt va haddan tashqari ko‘p qo‘llash suyuqlik, kaliy va boshqa elektrolitlarni yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida, ayniqsa preparatni diuretiklar yoki kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda mushak kuchsizligi va yurak funksiyasini buzilishlariga olib kelishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi moddaga, boshqa triarilmetanlarga yoki preparatning biron-bir boshqa yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik. Ichak tutilishi yoki qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining o‘tkir kasalligi, masalan appendisit. Ichakning o‘tkir yallig‘lanishli kasalligi. Ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechuvchi o‘tkir abdominal og‘riq, u yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarga ishora qilishi mumkin. Kuchli suvsizlanishda qo‘llash mumkin emas.

Preparatning biron-bir yordamchi moddasini kam uchraydigan nasliy o‘zlishtiraolmaslik, masaoan aniqlanmagan fruktozani o‘zlashtiraolmaslik ehtimoli mavjud (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Pikolaksni suv va elektrolit muvozanatini buzilishlari (masalan buyrak funksiyasini og‘ir buzilishida) bilan bog‘liq holatlarda tibbiy kuzatuv ostida qo‘llashlari kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Pikolaksning yuqori dozalarini diuretiklar yoki kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llash elektrolit muvozanatini buzilishilari xavfini oshirishi mumkin, bu yurak glikozidlariga sezuvchanlikni oshishiga olib kelishi mumkin.

Antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash Pikolaksning surgi samarasini pasaytirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Surunkali qabziyati bo‘lgan pasientlarda to‘liq diagnostikani o‘tkazish va qabziyat sababini aniqlash kerak.

Preparatni uzoq vaqt qo‘llash suv va elektrolit muvozanatini buzilishi va gipokaliemiyaga olib kelishi mumkin.

Natriy pikosulfatini qo‘llash bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan bosh aylanishi va/yoki sinkope holatlari haqida xabar berilgan. Mavjud ma‘lumot ta‘riflangan ko‘rinishlar ich kelishidagi sinkopega javob beradi (Valsalva sinamasi bilan bog‘liq) yoki qorindagi og‘riqqa vazovagal javob bilan bog‘li.

Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik kabi kam uchraydigan nasliy kasalligi bo‘lgan pasientlar bu preparatni qabul qilmasliklari kerak, chunki u sorbit saqlaydi.

Bu dori vositasining bir dozasi 1 mmol natriy saqlaydi, ya‘ni natriydan deyarli xoli.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homilador ayollar ishtirokida natriy pikosulfatini qo‘llash bo‘yicha yetarli tadqiqotlar yo‘q. Xavfsizlikni e‘tiborga olib, agar iloji bo‘lsa, Pikolaksni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.

Klinik ma‘lumotlar bis-(p-gidroksifenil)-piridil-2-metan (BGPM) faol metaboliti ham, uning gdyukuronidi ham ko‘krak sutiga kirmasligini namoyish qiladi. Shunday qilib, Pikolaksni emizish davrida qo‘llash mumkin. Fertillikka ta‘sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Bolalar. Preparat 4 yoshdan oshgan bolalarda faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi.

Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Lekin pasientlarni vazovagal reaksiyalar (xususan abdominal spazmlar) oqibatida bosh aylanishi va/yoki sinkope kabi nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishi mumkinligi haqida ogohlantirish kerak. Abdominal spazm yuzaga kelgan hollarda bemor avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash kabi potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanishi kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi ichki suyuq kelishi (diareya) ga, ichak spazmlariga va suyuqlik, kaliy va boshqa elektrolitlarni klinik ahamiyatli yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.

Dozani o‘tkir oshirib yuborganda oqibatlar, Pikolaks qabul qilingandan keyin yaqin orada majburiy qusish yoki me‘dani yuvish orqali minimallashtirish mumkin. Suyuqlik o‘rnini to‘ldirish va elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelishi mumkin. Spazmga qarshi vositalarni qo‘llash mumkin.

Pikolaksni qabziyatlarda tavsiya etiladigan dozalardan ahamiyatli darajada yuqori dozada qo‘llaganda yo‘g‘on ichak shilliq qavatini ishemiyasi haqida xabar berilgan.

Boshqa surgi vositalari kabi Pikolaksning dozasi uzoq vaqt oshirib yuborilganda surunkali diareya va qorinda og‘riq, gipokaliemiya, ikkilamchi giperaldosteronizm va ehtimol buyraklarda tosh hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Surgi vositalarini uzoq vaqt suiiste‘mol qilganda buyrak kanalchalarini shikastlanishi, metabolik alkaloz, gipokaliemiya oqibatida mushaklarni bo‘shashishi haqida xabar berilgan.

 

Chiqarilish shakli.

15 ml yoki 30 ml dan flakonda. 1 flakondan qutida.

 

Saqlash sharoiti.

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

8380cookie-checkPIKOLAKS tomchilar 0,75% 30ml