QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SANDIMMUN NEORAL®
SANDIMMUN NEORAL®
Preparatning savdo nomi: Sandimmun Neoral®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): siklosporin (siclosporin)
Dori shakli: yumshoq kapsulalar.
Tarkibi:
1 jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 25, 50 yoki 100 mg siklosporin;
yordamchi moddalar: alfa-tokoferol, suvsiz etanol, makkajo‘xori moyining mono- va ditrigliseridlari, makrogolgliserin gidroksisteorati, polietoksillangan gidrogenlangan kanakunjit moyi, propilenglikol;
kapsula qobig‘ining tarkibi: temir II,III oksidi (Ye172) (25 va 100 mg li kapsulalar), temir III oksidi (Ye172) (50 mg li kapsulalar), titan dioksidi (Ye171), gliserin 85%, propilenglikol, jelatin.
Ta‘rifi:
Kapsulalar 25 mg dan: oval shaklli, kulrang-moviy rangli, qizil rangli “NVR 25 mg” yozuvli yumshoq jelatin kapsulalar;
Kapsulalar 50 mg dan: uzunchoq shaklli, oq-sariq rangli, qizil rangli “NVR 50 mg” yozuvli yumshoq jelatin kapsulalar;
Kapsulalar 100 mg dan: uzunchoq shaklli, kulrang-moviy rangli, qizil rangli
“NVR 100 mg” yozuvli yumshoq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Selektiv immunosupressantlar. Kalsinevrinning ingibitorlari.
ATX kodi: L04AD01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Siklosporin 11 aminokislotalardan tashkil topgan siklik polipeptid bo‘lib, kuchli immunosupressiv vosita hisoblanadi.
Hayvonlardagi tadqiqotlarda siklosporinni teri, shox parda, buyrak, jigar, yurak, o‘pka, me‘da-osti bezi, ingichka ichak, suyak ko‘migining allogen transplantatlarini yashab qolishini uzaytirishi aniqlangan.
U shuningdek, terining sekin tipdagi o‘ta yuqori sezuvchanligi, eksperimental allergik ensefalomielit, Freynd ad‘yuvanti artriti, “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiya (TXQR) va T-xujayralar bilan bog‘liq antitelalarni hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi xujayra orqali bo‘ladigan reaksiyalarni tormozlaydi. Eksperimental ma‘lumotlar sefalosporinning samaradorligi, asosan T-limfositlarga ta‘siri bilan, ulardan T-xelperlar asosiy nishon xujayralar hisoblanadi, G0 yoki G1 xujayra fazasidagi immunokompetent limfositlarni spesifik va qaytuvchan bostirilishi bilan bog‘liq. Shunday qilib, siklosporin limfokinlarning, shu jumladan interleykin 2 (IL-2, T-xujayralarning o‘sish omili) hosil bo‘lishini va chiqishini bostiradi.
Odamlarda ko‘chib ketish va “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasini oldini olish va davolash uchun Sandimmun Neoral®ni ishlatish bilan katta a‘zolar va suyak ko‘migining muvaffaqiyatli transplantasiyasi o‘tkazilgan. Siklosporin S gepatiti virusi bo‘yicha ijobiy va salbiy resipientlarda jigar transplantasiyasida muvaffaqiyatli ishlatilgan. Sandimmun Neoral® preparati bilan davolashni yaqqol yaxshi samarasi shuningdek turli holatlarda topilgan, ularni immunologik mexanizmlarga asoslanganligi aniqlangan yoki taxmin qilinadi.
Siklosporinni gemopoezni bostirmasligi va fagositar xujayralarning faoliyatini yomonlashtirmasligi tufayli, Sandimmun Neoral® qabul qilayotgan pasientlar, immunosupressiya maqsadida sitostatiklarni qabul qilayotganlarga qaraganda, kamroq darajada infeksiyalarga duchor bo‘ladilar.
Farmakokinetikasi
Dozalarni barcha klinik diapazonida Sandimmun Neoral® siklosporinning dozasi va ekspozisiyasi (AUC) to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik va so‘rilishni doimiy profilini namoyish qiladi; va faqat ovqat qabul qilish yoki sirkad ritmni yondosh ahamiyatsiz ta‘siri aniqlanadi. Shu xususiyatlari oqibatida alohida pasientlar orasidagi farmakokinetik turliligi past, qondagi preparatning minimal darajalari va siklosporinning umumiy ekspozisiyasi (AUC) orasidagi korrelyasiya yuqori hisoblanadi, shuning uchun preparatni peroral qabul qilishni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar o‘tkazish mumkin. Sandimmun Neoral®, yumshoq jelatin kapsulalari, va Sandimmun, ichga qabul qilish uchun eritma, bioekvivalentdir.
Siklosporin 3,5 l/kg o‘rtacha taxminiy taqsimlanish hajmi bilan asosan aylanib yuruvchi qon hajmidan tashqarida taqsimlanadi. Qonda taqsimlanishi, plazmada 33 dan 47% gacha, limfositlarda 4 dan 9% gacha, granulositlarda 5 dan 12% gacha va eritrositlarda 41 dan 58% gacha saqlanish bilan konsentrasiyaga bog‘liq. Plazmada taxminan 90% oqsillar, asosan lipoproteinlar bilan bog‘langan bo‘ladi.
Siklosporin 15 dan ko‘proq metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan yaqqol metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi asosan safro bilan bo‘ladi, peroral dozaning faqat 6% siydik bilan chiqariladi; va faqat 0,1% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llangan tahlil usuli va maqsadli populyasiyaga qarab, siklosporinning yarim chiqarilishini yakuniy eliminasion davriga taalluqli ma‘lumotlarni yuqori turliligi mavjud. Yarim chiqarilishini yakuniy eliminasion davri sog‘lom ko‘ngillilarda 6,3 soatdan, jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda 20,4 soatgachani tashkil qilgan.
Eliminasiya, asosan safro bilan bo‘ladi va peroral dozaning faqat 6% siydik bilan, shuningdek 1% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Buyrak faoliyatini buzilishi
Terminal buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, 3,5 mg/kg vena ichiga yuborilganidan keyin 4 soat davomida qonda 1800 ng/ml (diapazon 1536 dan 2331 ng/ml gacha) o‘rtacha minimal konsentrasiya kuzatilgan. Taqsimlanishni o‘rtacha hajmi (TO‘X) 3,49 l/kg, tizimli klirensi esa (KL) – soatiga 0,360 l/kg ni tashkil qilgan. Bu tizimli KL (soatiga 0,360 l/kg) buyraklari normal ishlayotgan pasientlardagi o‘rtacha tizimli KL (soatiga 0,56 l/kg) taxminan uchdan ikkisini tashkil qilgan.
Buyrak yetishmovchiligi siklosporinni chiqarilishiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigarni og‘ir kasalliklari va biopsiya bilan tasdiqlangan jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda, siklosporinning yarim chiqarilishini terminal davri 20,4 soatni tashkil qilgan (diapazon sog‘lom odamlardagi 7,4 soatdan 11,0 soatlar bilan solishtirganda, 10,8 soatdan 48,0 soatgacha).
Qo‘llanilishi
Transplantasiyalardagi qo‘llanishi:
katta a‘zolarning transplantasiyasi:
- buyrak, jigar, yurak transplantatlar, majmuaviy yurak-o‘pka allotransplantatlar, o‘pka va me‘da osti bezi allotransplantatlarni ko‘chib ketishini oldini olish;
- ilgari boshqa immunosupressiv preparatlar bilan davolangan pasientlarda transplantatni ko‘chib ketishini davolash.
suyak ko‘migining transplantasiyasi:
- transplantatning ko‘chib ketishini oldini olish;
- “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalar:
Endogen uveit:
- an‘anaviy davolash samarasiz yoki noxush nojo‘ya samaralar chaqiradigan pasientlarda, faol o‘rta yoki ko‘rishni yo‘qotish xavfi bo‘lgan noinfeksion etiologiyali orqa uveitni davolash.
- to‘r pardani jalb qilinishi bilan yallig‘lanishni takroriy xurujlari bo‘lgan Bexchet uveitini davolash.
Nefrotik sindrom:
- minimal o‘zgarishlar bilan nefropatiya, o‘choqli va segmentar glomeruloskleroz, membranoz glomerulonefrit kabi buyrak kalavalarining patologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan kattalar va bolalardagi steroidga bog‘liq va steroidga chidamli nefrotik sindrom;
- remissiyalarni induksiya qilish va tutib turish;
- steroidlarni bekor qilish imkoniyatini beruvchi, ular chaqirgan remissiyani tutib turish.
Revmatoid artrit:
- faol fazadagi revmatoid artritning og‘ir shakllarini davolash.
Psoriaz:
- standart davolash samarasiz yoki noma‘qul bo‘lgan psoriazning og‘ir shakllari.
Atopik dermatit:
- tizimli davolashni talab qiluvchi atopik dermatitning og‘ir shakllari.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sandimmun Neoral®ning sutkalik dozasini doimo ikki qabulda (ertalab va kechqurun) qabul qilish kerak.
So‘rilishi va chiqarilishining yaqqol inter- va shaxs ichki o‘zgaruvchanligini, shuningdek dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri imkoniyatlarini e‘tiborga olib, klinik natija va o‘zlashtiraolishishiga qarab dozani shaxsiy ravishda tanlash kerak. Kapsulalarni blisterlardan faqat qo‘llash oldidan olish kerak. Blisterlar osilganida paydo bo‘ladigan o‘ziga xos xid normal bo‘lib, kapsulalarning sifati yomonlashganini ko‘rsatmaydi. Kapsulalarni butunligicha yutish kerak.
Peroral qo‘llash uchun quyida keltirilgan dozalar doirasi faqat tavsiya sifatida qaralishi kerak.
Transplantasiyadan keyingi pasientlarda yuqori darajalari oqibatidagi noxush reaksiyalardan va past darajalari oqibatidagi a‘zoni ko‘chib ketishini oldini olish uchun, qondagi siklosporinning darajasini muntazam nazoratini o‘tkazish kerak.
Transplantasiya
Yirik a‘zolarning transplantasiyasi
Sandimmun Neoral® bilan davolashni operasiyagacha 12 soat davomida, 2 qabulga bo‘lingan 10 mg/kg dan 15 mg/kg gacha dozada boshlash kerak. Operasiyadan keyin 1-2 hafta davomida preparat har kuni xuddi shu dozada buyuriladi, shundan keyin doza qondagi siklosporinning konsentrasiyasini nazorati ostida ikki qabulga bo‘lingan 2-6 mg/kg samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga erishilgunicha asta-sekin pasaytiriladi.
Sandimmun Neoral® boshqa immunodepressantlar (kortikosteroidlar yoki uch- yoki to‘rt komponentli dorili davolashni qismi sifatida) bilan qo‘llanganida, pastroq dozalar ishlatilishi mumkin (masalan, 3 mg/kg dan 6 mg/kg gacha 2 qabulda davolashni boshida).
Agar Sandimmun Neoral® infuziya uchun eritma uchun konsentrat ishlatilsa, tavsiya etilgan doza peroral qo‘llash uchun Sandimmun Neoral®ning muvofiq dozasini taxminan uchdan birini tashkil qiladi va pasientlarni iloji boricha tezroq peroral qo‘llashga o‘tkazish tavsiya etiladi.
Suyak ko‘migining transplantasiyasi
Boshlang‘ich dozani transplantasiyadan bir kun oldin yuborish kerak. Ko‘pchilik bunday hollarda Sandimmun Neoral®ni vena ichiga yuborish afzalroq bo‘ladi. Vena ichiga tavsiya etiladigan doza sutkada 3-5 mg/kg ni tashkil qiladi. Shu dozada vena ichiga yuborish ko‘chirib o‘tkazilishdan keyin 2 hafta davomida davom ettiriladi, so‘ngra Sandimmun Neoral®ning 2 qabulga bo‘lingan taxminan 12,5 mg/kg sutkalik dozadagi peroral samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tiladi.
Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash kamida 3 oy davomida (afzalrog‘i 6 oy) o‘tkaziladi, shundan keyin transplantasiyadan keyin 1 yil o‘tguniga qadar preparat to‘liq bekor qilingunicha doza asta-sekin pasaytiriladi. Agar Sandimmun Neoral® davolashni boshlang‘ich bosqichi uchun ham buyurilsa, ko‘chirib o‘tkazilishdan oldingi kundan boshlab tavsiya etiladigan sutkalik doza 2 qabulda 12,5-15 mg/mg ni tashkil qiladi.
So‘rilishini kamayishiga olib keluvchi MIY kasalliklari bo‘lganida, yuqoriroq peroral dozalari yoki Sandimmun Neoral®ning vena ichiga infuziyalarini qo‘llash talab qilinishi mumkin.
Sandimmun Neoral®ni yuborish to‘xtatilganidan keyin ayrim pasientlarda “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiya rivojlanishi mumkin, u odatda davolash qayta boshlanganidan keyin orqaga qaytadi. Bunday hollarda dastlabki 10-12,5 mg/kg to‘yintiruvchi dozani peroral buyurish shundan keyin ilgari yetarli bo‘lgan samarani bir maromda ushlab turuvchi dozani har kuni peroral yuborishga o‘tish kerak. “Transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyani davolash uchun, u kuchsiz ifodalangan shaklda surunkali kechganida, Sandimmun Neoral®ni past dozalarda qo‘llash kerak.
Transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalar
Transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda Sandimmun Neoral®ishlatilganida, quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilish kerak:
- Davolashni boshlash oldidan hech bo‘lmaganda ikki ko‘rsatgich bo‘yicha qon zardobidagi kreatininning ishonchli dastlabki darajasini aniqlash, shuningdek davolash davomida dozaga tuzatish kiritish uchun buyrak faoliyatini muntazam baholash kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” 6 bo‘limga qarang).
- Yakka yo‘l qo‘yiladigan qo‘llash usuli peroral hisoblanadi (vena ichiga infuziyalar uchun konsentratni ishlatish mumkin emas), sutkalik dozani esa ikki qabulga bo‘lish kerak.
- Umumiy sutkalik doza, ko‘rishni yo‘qotish xavfi bo‘lgan uveitli pasientlar va nefrotik sindromi bo‘lgan bolalardan tashqari, 5 mg/kg dan oshmasligi kerak.
- Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun minimal samarali va yaxshi o‘zlashtiriladigan dozani shaxsiy ravishda belgilash kerak.
- Ma‘lum muddat davomida adekvat javob bo‘lmagan (aniq ma‘lumot olish uchun pastga qarang), yoki samarali doza xavfsizlik bo‘yicha belgilangan ko‘rsatmalarga to‘g‘ri kelmaganida, Sandimmun Neoral®bilan davolash to‘xtatilishi kerak.
Endogen uveit
Remissiyani induksiyasi uchun preparat peroral 2 qabulda 5 mg/kg sutkalik dozada ko‘z soqqasi tomirli qavatining faol yallig‘lanish belgilari yo‘qolgunicha va ko‘rish o‘tkirligi yaxshilangunicha buyuriladi. Davolashga qiyin beriluvchi hollarda davomli bo‘lmagan davrga doza sutkada 7 mg/kg gacha oshirilishi mumkin. Agar vaziyatni bir Sandimmun Neoral® bilan nazorat qilish mumkin bo‘lmasa, unda boshlang‘ich remissiyaga erishish uchun yoki ko‘zni yallig‘lanish xurujini bartaraf qilish uchun tizimli kortikosteroidlarni, 0,2-0,6 mg/kg sutkalik dozada prednizolonni (yoki ekvivalent dozada boshqa preparatni) qo‘shish mumkin.
Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash davomida dozani eng kam samarali dozaga erishilgunicha asta-sekin pasaytirish kerak, u kasallikni remissiya davrida sutkada
5 mg/kg dan oshmasligi kerak.
Nefrotik sindrom
Remissiyani induksiyasi uchun tavsiya etilgan sutkalik dozani 2 qabulda peroral qo‘llash kerak. Agar buyrak faoliyati normal bo‘lsa (proteinuriyani hisoblamasdan), unda tavsiya etilgan sutkalik doza
– kattalar uchun 5 mg/kg va
– bolalar uchun 6 mg/kg ni tashkil qiladi.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda (buyrak faoliyatini yo‘l qo‘yilgan darajali pasientlar: qon zardobida kreatininning maksimal darajasi kattalarda
200 mikromol/l va bolalarda 140 mikromol/l), boshlang‘ich doza sutkada 2,5 mg/kg dan oshmasligi kerak.
Agar bir Sandimmun Neoral® qo‘llanganida qoniqarli samaraga erishib bo‘lmasa, ayniqsa steroidga chidamli pasientlarda, unda uni past dozalardagi peroral kortikosteroidlar bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi. Agar 3 oy davolashdan keyin yaxshilanish yuz bermasa, Sandimmun Neoral®ni bekor qilish kerak.
Dozalar samaradorlik (proteinuriya) va xavfsizlik (birinchi navbatda qon zardobidagi kreatinin) ko‘rsatgichlarning hisobi bilan shaxsiy ravishda tanlanishi kerak, lekin kattalar uchun sutkada 5 mg/kg va bolalar uchun sutkada 6 mg/kg dozadan oshmasligi kerak.
Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun dozani minimal samaraligacha shaxsiy ravishda pasaytirish kerak.
Revmatoid artrit
Davolashni birinchi 6 haftasi davomida tavsiya etiladigan doza peroral 2 qabulda sutkada 3 mg/kg ni tashkil qiladi. Samarasi yetarli bo‘lmagan holda, agar o‘zlashtirilishi imkoniyat bersa, sutkalik doza asta-sekin oshirilishi mumkin, lekin 5 mg/kg dan oshmasligi kerak. To‘liq samaradorlikka ega bo‘lish uchun Sandimmun Neoral® bilan 12 haftagacha davolash talab qilinishi mumkin.
Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun preparatni o‘zlashtirilishiga qarab dozani shaxsiy eng kam samarali darajagacha pasaytirish kerak. Sandimmun Neoral®ni past dozalardagi kortikosteroidlar va/yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan birga buyurish mumkin. Sandimmun Neoral®ni shuningdek metotreksat bilan monoterapiyaga qoniqarsiz javobi bo‘lgan pasientlarda past dozalardagi metotreksatning haftalik kursi bilan qo‘shish mumkin, Sandimmun Neoral®ning boshlang‘ich dozasi, o‘zlashtirilishi imkoniyat berganicha dozani oshirish mumkinligi bilan 2 qabulda sutkada 2,5 mg/kg ni tashkil qiladi.
Psoriaz
Bu kasallikning o‘zgaruvchanligi tufayli, davolashni shaxsiy ravishda tanlash kerak. Remissiyani induksiyasi uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich doza peroral 2 qabulda 2,5 mg/kg ni tashkil qiladi. 1 oy davolashdan keyin yaxshilanish bo‘lmaganida sutkalik doza asta-sekin oshirilishi mumkin, lekin 5 mg/kg dan oshishi mumkin emas. Agar sutkada 5 mg/kg dozada 6 hafta davolashdan keyin qoniqarli terapevtik samara olinmasa yoki agar samarali doza xavfsizligi bo‘yicha belgilangan ko‘rsatmalarga to‘g‘ri kelmasa, davolashni to‘xtatish kerak.
Sutkalik 5 mg/kg boshlang‘ich dozani qo‘llash, holati tezroq yaxshilanishni talab qiluvchi bemorlarda oqlangan. Agar qoniqarli samaraga erishilsa, Sandimmun Neoral®ni bekor qilish, yangi qaytalanish xolida esa uni ilgari samarali bo‘lgan dozada qayta buyurish mumkin.
Ayrim pasientlarga uzluksiz samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash talab qilinishi mumkin. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun dozalarni minimal samarali darajada shaxsiy ravishda tanlash, ular sutkada 5 mg/kg dan oshmasliklari kerak.
Atopik dermatit
Bu holatning o‘zgaruvchanligi tufayli, davolashni shaxsiy ravishda tanlash kerak. Tavsiya etilgan doza peroral 2 qabulda sutkada 2,5-5 mg/kg ni tashkil qiladi. Agar sutkalik
2,5 mg/kg doza 2 hafta davomida qoniqarli samaraga erishish imkoniyatini bermasa, sutkalik dozani tez maksimal – 5 mg/kg gacha oshirish mumkin. Juda og‘ir hollarda kasallik ustidan tez va adekvat nazoratga sutkada 5 mg/kg boshlang‘ich dozani qo‘llab erishish mumkin. Qoniqarli samaraga erishilganda doza asta-sekin pasaytiriladi va, iloji boricha, Sandimmum Neoral®ni bekor qilish kerak. Qaytalanish paydo bo‘lgan xolda, Sandimmun Neoral® bilan takroriy davolash kursi o‘tkazilishi mumkin.
Kasallikning simptomlarini yo‘qotish uchun 8 hafta davomiylikdagi davolash kursi yetarli bo‘lishiga qaramasdan, nazorat o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilish sharti bilan 1 yilgacha davomiylikdagi davolash samarali va yaxshi o‘zlashtirilishi ko‘rsatilgan.
Pasientlarning alohida toifalari
Buyrak faoliyatini buzilishi
Siklosporin minimal buyrak eliminasiyasiga duchor bo‘ladi va uning farmakokinetikasi buyrak faoliyatini buzilishiga bog‘liq emas. Lekin, uning nefrotik potensiali bilan buyrak faoliyatini sinchiklab monitoring qilish tavsiya etiladi.
Transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalar
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar, nefrotik sindromi bo‘lgan pasientlaradan tashqari, siklosporinni qabul qilmasliklari kerak. Nefrotik sindromi va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich doza sutkada 2,5 mg/kg dan oshmasligi kerak.
Jigar faoliyatini buzilishi
Siklosporin jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilishining yakuniy davri sog‘lom ko‘ngillilardagi 6,3 soatdan jigarni og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientda 20,4 soatgacha o‘zgargan. Qondagi preparatning darajalarini tavsiya etilgan maqsadli doirada tutib turish uchun, jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozani pasaytirish talab qilinishi mumkin.
Bolalarni davolashda qo‘llanishi. Klinik tadqiqotlar maxsus muammolarsiz 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda siklosporinning standart dozasini qabul qilishni o‘z ichiga olgan. Bir necha tadqiqotlarda, pediatrik pasientlarda, kattalarda ishlatiladiganga qaraganda 1 kg tana vazniga siklosporinning yuqoriroq dozalarini zarurati va o‘zlashtirilishi kuzatilgan.
Bolalarda nefrotik sindromdan tashqari, transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalarda Sandimmun Neoral®ni ishlatish tavsiya etilmaydi.
Keksa pasientlarni davolashda qo‘llanishi.
Keksa odamlarda Sandimmun Neoral®ni qo‘llash tajribasi cheklangan, lekin tavsiya etilgan dozalarda preparat qo‘llanganidan keyin, hech qanday spesifik muammolar xaqida xabar berilmagan.
Siklosporinni qo‘llash bilan revmatoid artritni davolashni klinik tadqiqotlari o‘tkazilganida, 17,5% prasientlar 65 yoshli va undan katta bo‘lganlar. Davolash o‘tkazilganida ularda sistolik arterial bosimni oshishiga ko‘proq moyillik, shuningdek 3 oydan 4 oylikkacha davomiylikdagi davolash kursidan keyin dastlabki darajasi bilan solishtirganda zardobda kreatininning konsentrasiyasi >50% ga oshishi aniqlangan.
Transplantasiyadan keyingi pasientlarda va psoriazi bo‘lgan pasientlarda siklosporinning klinik tadqiqotlari, ularning preparatga reaksiyasi yosh pasientlar reaksiyasidan farqini aniqlash uchun, 65 yoshli va undan katta shaxslarning yetarli miqdori kiritilmagan. Boshqa chop etilgan klinik tekshirishlarda keksa va yosh pasientlar orasida preparatga reaksiyada farqlar aniqlanmagan. Umuman, keksa pasientlar uchun doza tanlashni, odatda minimal dozadan boshlab ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak, bu jigar, buyrak, yurak faoliyatini pasayishi, yondosh kasalliklar yoki boshqa dorili davolashning yuqori tez-tezligi bilan bog‘liq.
Siklosporinning peroral chiqarilish shakllari orasida o‘tish
Siklosporinni bir peroral chiqarilish shaklidan boshqasiga o‘tishni ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida amalga oshirish kerak. Chiqarilishini yangi shaklini yuborish, o‘tishgacha kuzatilgan darajalarga erishilganiga ishonch hosil qilish uchun, qondagi siklosporinning darajasini monitoringi bilan birga kechishi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Siklosporinni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan va klinik sinovlar davomida kuzatilgan asosiy noxush reaksiyalar buyrak faoliyatini buzilishi, tremor, girsutizm, arterial gipertenziya, diareya, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil ayinishi va qusishni o‘z ichiga oladi.
Siklosporin bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pchilik noxush reaksiyalar, dozalashga bog‘liq va dozani pasaytirishga javob beradi. Turli ko‘rsatmalarda noxush reaksiyalarning umumiy doirasi, asosan o‘xshashdir; lekin ko‘rinishlarining tez-tezligi va og‘irligida farq kuzatiladi. Natijada transplantasiyadan keyingi yuqoriroq boshlang‘ich dozalarda va davomliroq tutib turuvchi davolashda, nojo‘ya samaralar, boshqa ko‘rsatmalar bo‘yicha preparatni qabul qilayotgan pasientlardagiga qaraganda, transplantasiyada pasientlarda tez-tezroq va odatda og‘irroq namoyon bo‘ladi.
Anafilaktoid reaksiyalar preparat vena ichiga yuborilganidan keyin kuzatilgan.
Immunodepressantlarni qabul qilayotgan, shu jumladan sefalosporin bilan davolashni va sefalosporinni o‘z ichiga olgan davolash sxemasini, infeksiyalar (virusli, bakterial, zamburug‘li, parazitar) yuqishini yuqori xavf zonasida bo‘ladilar. Ham umumiy, ham mahalliy infeksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, organizmda davolashgacha bo‘lgan infeksiyalar yomonlashishi mumkin, poliomavirusli infeksiyalarning faollashishi esa poliomavirus-assosiasiyalangan nefropatiyani (PVAN) yoki DK virus-assosiasiyalangan avj olib boruvchi multifokal leykoensefalopatiyaga (PML) olib kelishi mumkin. Jiddiy va/yoki o‘lim hollari qayd qilingan.
Immunosupressantlarni, shu jumladan sefalosporin bilan davolashni va sefalosporinni o‘z ichiga olgan davolash sxemasini qabul qilayotgan pasientlar limfomalar yoki limfoproliferativ kasalliklar va boshqa xavfli o‘smalar, ayniqsa terini, rivojlanishini yuqori xavfi zonasida bo‘ladilar. Xavfli o‘smalar paydo bo‘lishini tez-tezligi davolashning jadalligi va davomiyligi oshishi bilan oshadi.
Ayrim xavfli o‘smalar o‘limga olib kelishi mumkin.
Dori vositasining noxush reaksiyalari klinik sinovlarning ma‘lumotlari bo‘yicha a‘zolar tizimi sinflari bo‘yicha sanab o‘tilgan. Har bir a‘zolar tizimi sinfida dori vositasining noxush reaksiyalari tez-tezligi bo‘yicha keltirilgan, eng tez-tez reaksiyalar boshida ko‘rsatilgan. Xar bir tez-tezlik guruhida noxush reaksiyalar og‘irligini kamayishi tartibida berilgan. Bundan tashqari, dori vositasining har bir noxush reaksiyasi uchun muvofiq tez-tezlik toifasi quyidagi mezonlar yordamida aniqlanadi (CIOMS III): juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan istisno hollari.
Qon va limfatik tizimi tomonidan: tez-tez: leykopeniya.
Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: juda tez-tez: anoreksiya; giperglikemiya.
Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez: tremor; bosh og‘rig‘i; tez-tez:konvulsiyalar; paresteziya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda tez-tez: gipertenziya; tez-tez:giperemiya
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: juda tez-tez: ko‘ngil aynishi; qusish; me‘da-ichak diskomforti; diareya; gipertrofik gingivit; tez-tez: peptik yara.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tez: gepatotoksiklik.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda tez-tez: girsutizm; tez-tez: akne, toshma.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: juda tez-tez: buyrak disfunksiyasi.
Reproduktiv tizimi tomonidan: juda tez-tez: hayz ko‘rish siklini buzilishi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar: tez-tez: giperemiya; shish.
Postmarketing qo‘llash tajribasida quyidagi nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgan, ularning tez-tezligi noma‘lum:
Qon va limfatik tizimi tomonidan: trombotik mikroangiopatiya, gemolitiko-uremik sindrom, trombotik trombositopenik purpura; anemiya; trombositopeniya.
Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: giperlipidemiya, giperurikemiya, giperkaliemiya, gipomagniemiya.
Nerv tizimi tomonidan: ensefalopatiya, shu jumladan qaytuvchan orqa ensefalopatiya sindromi (COZE), tirishishlar, ongni chalkashishi, dezorientasiya, reaksiyani pasayishi, qo‘zg‘alish, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi, po‘stloq ko‘rligi, koma, parezlar, miyachali ataksiya, ko‘rish nervi diskini shishi, shu jumladan xavfsiz bosh miya ichki gipertenziyaga nisbatan ikkilamchi bo‘lgan, ko‘rishni buzilish ehtimoli bilan dimlangan shishi, periferik neyropatiya, migren.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: o‘tkir pankreatit
Jigar va o‘t-chiqarish yo‘llari tomonidan: gepatotoksiklik va jigarni shikastlanishi, shu jumladan xolestaz, gepatit va ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi jigar yetishmovchiligi.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: gipertrixoz
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: miopatiya, mushak spazmlari, mialgiya, mushak kuchsizligi, oyoqlarda og‘riq.
Reproduktiv tizimi tomonidan: ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va preparatni yuborish joyini holati: charchoqlik, tana vaznini oshishi.
Ayrim nojo‘ya reaksiyalarning ta‘rifi
Oyoqlarda og‘riq
Siklosporinni qo‘llanishi bilan bog‘liq oyoqlardagi og‘riq holatlari haqida xabar berilgan.
Oyoqlardagi og‘riq adabiyotlarda ta‘riflangan kalsinevrin ingibitori tomonidan induksiyalangan og‘riq sindromining (Calcineurin-Inhibitor Induced Pain Syndrome (CIPS)) ko‘rinishlari bo‘lgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Siklosporinga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalarda qo‘llash bo‘yicha ogohlantirish choralari.
Quyidagi qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud:
- buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda (buyrak yetishmovchiligini yo‘l qo‘yilgan darajasi bo‘lgan nefrotik sindromdan tashqari);
- nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziyada:
- nazorat qilinmaydigan infeksiya yoki har qanday xavfli o‘smada;
- bir vaqtda rozuvastatin qo‘llanganida siklosporinni qo‘llash.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ovqat bilan o‘zaro ta‘sirlar
Bir vaqtda yog‘larning miqdori yuqori bo‘lgan ovqat yoki greypfrut sharbati bir vaqtda qo‘llanganida, siklosporinning biokiraolishligini oshishi aniqlangan.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Turli preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri haqida xabar berilmagan. Quyida yaxshi xujjatlashtirilgan va klinik ahamiyatli deb hisoblangan preparatlar sanab o‘tilgan.
Qator preparatlarni siklosporinning metabolizmi va chiqarilishida ishtirok etuvchi jigar fermentlari, ayniqsa CYP3A4 ta‘sirini raqobatli susaytirish yoki qo‘zg‘atish yo‘li bilan plazma yoki qonda siklosporinning konsentrasiyasini oshirishi yoki pasaytirishi ma‘lum. Shuningdek siklosporin CYP3A4 va ko‘pchilik dori vositalari uchun yakuniy tashib o‘tkazuvchi R-glikoproteining (Rgp) ingibitori hisoblanadi. Bu CYP3A4 yoki aliskiren kabi Rgp substratlari bo‘lgan bir vaqtda qo‘llanayotgan dori preparatlarining plazma konsentrasiyalarini oshirishi mumkin.
Nefrotoksiklik rivojlanishini sababi bo‘lgan, sinergik ta‘sirga ega preparatlar
Asiklovir, aminoglikozidlar (shu jumladan gentamisin va tobramisin), amfoterisin V, siprofloksasin, furomemid, mannitol, melfalan, trimetoprim (+sulfometoksazol), vankomisin, NYAQP (shu jumladan diklofenak, indometasin, naproksen va sulindak), gistamin N2-reseptorlarining blokatorlari (masalan, simetidin, ranitidin), metotreksat.
Takrolimusni birga qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki bu nefrotoksiklik rivojlanishi xavfini oshiradi.
Siklosporin va rozuvastatinni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Siklosporinning konsentrasiyasini pasaytiruvchi preparatlar
Barbituratlar, karbamazepin, okskarbazepin, fenitoin, nafsillin, sulfadimidin vena ichiga; orlistat, rifampisin, okteotid, probukol, trimetoprim vena ichiga, dalachoy saqlovchi preparatlar, tiklopedin, sulfinpirazon, terbinafin, bozentan.
Siklosporinning konsentrasiyasini oshiruvchi preparatlar
Xloroxin, makrolid-antibiotiklar (masalan, eritromisin, azitromisin va klaritromisin); ketokonazol va qarama-qarshi va kamroq ifodalangan samara bilan – flukonazol va itrakonazol, vorikonazol, diltiazem, nikardipin, verapamil, metoklopramid, peroral kontraseptivlar, danazol, metilprednizolon (yuqori dozalarda), allopurinol, amiodaron, xoloat kislotasi va uning hosilalari, proteaza ingibitorlari, imatinib, kolxisin, nefazodon.
Dori vositalari bilan boshqa ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlari
Nifedipin va siklosporinni bir vaqtda qo‘llash, faqat bir siklosporinni qo‘llash bilan solishtirganda milklarning giperplaziyasi hollari sonini oshishiga olib kelishi mumkin.
Siklosporin va lerkanidipin bir vaqtda qo‘llanganidan keyin, lerkanidipinning AUC uch marta, siklosporinning AUC esa 21% ga oshadi. Shuning uchun siklosporin va lerkanidipinni bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Diklofenak va siklosporinni bir vaqtda qo‘llash, buyrak yetishmovchiligini rivojlanish ehtimoli bilan, u qaytuvchan xarakterga ega, diklofenakning biokiraolishligini ahamiyatli oshishiga olib keladi. Bu o‘sish diklofenakning “birinchi o‘tish” yuqori samarasini pasayishi bilan chaqirilishini ehtimoli katta. Siklosporin va “birinchi o‘tish”ni past samarasiga ega bo‘lgan NYAQP (masalan asetilsalisil kislotasi) bir vaqtda qo‘llash, odatda, ularning biokiraolishligini o‘sishi bilan bog‘liq emas.
Siklosporin shuningdek digoksin, kolxisin, prednizolon, GMG-KoA reduktaza ingibitorlari (statinlar), etopozid, aliskiren va bosentan yoki dabigatrinning klirensini pasaytirishi mumkin.
Digoksin qabul qilgan pasientlarda siklosporin bilan davolash boshlanganida, bir necha kun davomida angishvonagul bilan jiddiy intoksikasiya kuzatilgan. Shuningdek siklosporinni kolxisinning ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda miopatiya va neyropatiyani rivojlanishi kabi toksik samaralarini kuchaytirishi mumkinligi xabar berilgan. Agar digoksin yoki kolxisin siklosporin bilan bir vaqtda buyurilsa, zarurati bo‘lgan holda dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilish mumkin bo‘lishi uchun, digoksin yoki kolxisinning toksikligi ko‘rinishlarini esa aniqlash uchun, sinchkov klinik monitoring o‘tkazish kerak.
Bir vaqtda lovastatin, simvastatin, atorvastatin, pravastatin va kam hollarda, fluvastatin bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda siklosporin qo‘llanganida, postmarketing tadqiqotlar o‘tkazilganida va adabiyot ma‘lumotlariga muvofiq miotoksiklik rivojlanishi hollari haqida xabar berilgan, ular mushaklarda og‘riq va kuchsizlik, miozit va rabdomiolizni o‘z ichiga olgan. Siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganida bu statinlarning dozasini, buyurish xaqidagi muvofiq ma‘lumotda keltirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha pasaytirish kerak. Miopatiya simptomlari bo‘lgan pasientlarda yoki buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlarini rivojlanishini, shu jumladan rabdomioliz oqibatida rivojlangan ikkilamchi buyrak yetishmovchiligi, xavf omillari bo‘lgan pasientlarda, statinlar bilan davolash vaqtincha bekor qilinishi yoki to‘xtatilishi mumkin.
Everolimus yoki sirolimus va mikroemulsiya ko‘rinishida siklosporinning to‘liq dozalari bir vaqtda qo‘llangan tadqiqotlarda zardob kreatininni oshishi kuzatilgan. Bu samara ko‘pincha siklosporinning dozalari kamaytirilganda qaytuvchan xarakterga ega. Everolimus va sirolimus siklosporinning farmakokinetikasiga faqat biroz ta‘sir qiladi. Siklosporinni bir vaqtda qo‘llash qonda everolimus va sirolimusning konsentrasiyasini ahamiyatli oshiradi.
Siklosporin va kaliy tejovchi preparatlarni (masalan, kaliy tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari, angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari) yoki kaliy saqlovchi preparatlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki bu qon zardobida kaliyning darajasini ahamiyatli oshishiga olib kelishi mumkin.
Bosentan bilan bir vaqtda qo‘llanganida, siklosporin qon plazmasida bosentanning darajasini oshiradi. Siklosporin shuningdek gipoglikemiya paydo bo‘lishi xavfini oshirib, repaglinpidning plazmadagi darajalarini oshirishi mumkin.
Siklosporin va aliskiren birga qo‘llanganida Smax taxminan 2,5 marta va AUC taxminan 5 marta oshgan. Shunga qaramasdan, siklosporinning farmakokinetik profili ahamiyatli o‘zgarmagan. Dabigatran etaksilati va siklosporinni birga qo‘llash, siklosporinni P-gp ingibitori sifatidagi faolligi oqibatida dabigatranning plazmadagi konsentrasiyasini oshishiga olib keladi.
Dabigatran tor terapevtik indeksga ega va plazmada uning konsentrasiyasini oshishi qon ketishi xavfini oshirishi mumkin.
Tavsiyalar
O‘zining sinergik ta‘siri bilan nefrotoksik chaqirishi mumkin bo‘lgan preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda buyrak faoliyatini (xususan zardobda kreatinin darajasini) sinchiklab monitoringini o‘tkazish kerak. Ahamiyatli buyrak buzilishi holida boshqa preparatning dozasini kamaytirish yoki muqobil davolashni ko‘rib chiqish kerak.
Transplantatning resipientlarida qaytuvchan xarakterga ega bo‘lgan (zardobda kreatininning darajasini o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan) va bir vaqtda fibratlarni (masalan, benzofibrat, fenobarbital) qo‘llashdan keyin paydo bo‘luvchi buyraklar faoliyatini buzilishi haqida alohida xabarlar bor. Shuning uchun bunday pasientlarda buyraklar faoliyatini sinchiklab nazorat qilish kerak. Buyrak faoliyatini ahamiyatli buzilishi holida majmuaviy davolashni bekor qilish kerak.
Siklosporinning biokiraolishligini kamaytiruvchi yoki ko‘paytiruvchi preparatlar
Transplantasiyani o‘tkazgan resipientlarda qonda siklosporinning darajasini aniqlashni tez-tez o‘tkazish kerak, xususan, boshqa preparatlar bilan davolashni boshida va oxirida; zarurati bo‘lganida Sandimmun Neoral®ning dozaga tuzatish kiritish kerak.
Transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalarda, qonda siklosporinning konsentrasiyasini aniqlash nisbiy hisoblanadi, chunki qondagi preparatning darajasi va klinik samaralari orasidagi o‘zaro aloqa kamroq aniqlikda namoyish qilingan. Siklosporinning qondagi darajasini oshirishi ma‘lum bo‘lgan preparatlar bir vaqtda qo‘llangan holda, buyrak faoliyatini tez-tezroq nazorat qilish va Sandimmun Neoral® preparatining ta‘sirini noxush samaralari paydo bo‘lishini sinchiklab kuzatish, plazmada siklosporinning darajasini aniqlashga qaraganda muhimroq ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Nifedipin
Sandimmun Neoral® preparati bilan ilgarigi davolashda milklarning giperplaziyasi rivojlangan pasientlarda, bir vaqtda nifedipinni qo‘llashdan saqlanish kerak.
NYAQP
“Birinchi o‘tish” samarasi yuqori bo‘lgan NYAQP (masalan, diklofenak) qabul qilayotgan pasientlar, bu preparatlarni Sandimmun Neoral® qo‘llamayotgan pasientlarga qaraganda kamroq dozalarda qabul qilishlari kerak.
Digoksin, kolxisin, GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari
Agar shu preparatlardan birontasi Sandimmun Neoral® preparati bilan bir vaqtda qo‘llanayotgan bo‘lsa, toksiklik ko‘rinishlarini erta aniqlash va dozani yanada pasaytirish yoki preparatni bekor qilish maqsadida sinchkov klinik monitoringni o‘tkazish kerak.
Dori preparatlar orasidagi o‘zaro ta‘sirni keksa yoshli pasientlarda paydo bo‘lishini ehtimoli yuqori.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sandimmun Neoral®ni faqat immunosupressiv davolashning tajribasiga ega bo‘lgan va muntazam to‘liq tibbiy ko‘rik, arterial bosimni o‘lchash va xavfsizligini laboratoriya ko‘rsatkichlarini nazorat qilishni o‘z ichiga olgan keyingi kerakli kuzatuvni ta‘minlashga qodir shifokorlar buyurishlari mumkin. Preparat qabul qilayotgan transplantasiyadan keyingi pasientlar, davolashni bir maromda ushlab turish uchun muvofiq laboratoriya va tibbiy vositalarga ega bo‘lgan muassasada bo‘lishlari kerak. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga javobgar bo‘lgan shifokor, pasientni keyingi kuzatuv uchun to‘liq ma‘lumot olishi kerak.
Limfomalar va boshqa xavfli o‘smalar
Boshqa immunosupressantlar kabi siklosporin ham limfomalar va boshqa xavfli o‘smalar, ayniqsa terining xosil bo‘lishi rivojlanish xavfini oshiradi. Yuqori xavfi ma‘lum preparatlarni ishlatishga nisbatan, ko‘proq immunodepressiyaning darajasi va davomiyligi bilan bog‘liq. Shunday qilib, bir necha immunosupressantlarni (shu jumladan siklosporin) saqlovchi davolash dasturini ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak, chunki bu ayrimlari o‘lim bilan tasdiqlangan limfoproliferativ kasalliklar va katta o‘smalarga olib kelishi mumkin.
Terining xavfli o‘smalarini potensial xavfini hisobi bilan, Sandimmun Neoral®bilan davolanayotgan pasientlarni ultrabinafsha nurlanishni oshiqcha ta‘siridan saqlanish kerakligi haqida ogohlantirish kerak.
Infeksiyalar
Boshqa immunosupressantlar kabi siklosporin ham ko‘pincha pasientlarni shartli-patogen mikroorganizmlar chaqirgan turli bakterial, zamburug‘li, parazitar va virusli infeksiyalar rivojlanishiga moyilroq qiladi.
Siklosporin qabul qilayotgan pasientlarda latent poliomavirusli infeksiyalarni faollashishi kuzatilgan, ular poliomavirus-assosiasiyalangan nefropatiyaga (PVAN), ayniqsa VK- virusli nefropatiyaga (VKVN) [56], yoki DK virus-assosiasiyalangan avj olib boruvchi multifokal leykoensefalopatiyaga (PML) olib kelishi mumkin. Bunday holatlar ko‘pincha yuqori umumiy immunodepressiv yuklama bilan bog‘liq bo‘lgan va immuniteti susaygan va buyrak faoliyati yomonlashgan yoki nevrologik simptomlari bo‘lgan pasientlarda differensial diagnostikada ko‘rilishlari kerak.
Jiddiy va/yoki o‘lim bilan yakunlanishlar qayd qilingan. Ko‘p komponentli uzoq muddatli immunosupressiv davolashni o‘tayotgan pasientlarda birinchi navbatda samarali preventiv va terapevtik strategiyani qo‘llash kerak.
O‘tkir va surunkali nefrotoksiklik
Sandimmun Neoral® bilan davolashni birinchi bir necha xaftalari davomida ko‘pincha zardob kreatinini va mochevina darajasini oshishi kabi potensial jiddiy asorat paydo bo‘ladi. Bu funksional o‘zgarishlar dozaga bog‘liq va odatda dozani pasayishiga javob berib, qaytuvchan bo‘ladi. Uzoq muddatli davolash vaqtida, ayrim pasientlarda buyraklarda struktur o‘zgarishlar (masalan, arteriolalar gialinozi, tubulyar atrofiya va interstisial fibroz) rivojlanishi mumkin, ularni buyrak transplantatlari bo‘lgan pasientlarda surunkali ko‘chib ketish oqibatidagi o‘zgarishlardan ajratish kerak. Buyrak faoliyati ko‘rsatkichlarini sinchkov monitoringini o‘tkazish kerak. Qiymatlarni normadan og‘ishi dozani pasaytirish kerakligini belgilashi mumkin.
Gepatotoksiklik va jigarni shikastlanishi
Sandimmun Neoral® shuningdek zardob bilirubini va jigar fermentlarining dozaga bog‘liq va qaytuvchan oshishini chaqirishi mumkin. Siklosporin qabul qilayotgan pasientlarda xolestaz, sariqlik, gepatit va jigar yetishmovchiligini o‘z ichiga oluvchi gepatotoksiklik va jigarni shikastlanishi haqida xabar berilgan. Ko‘pchilik xabarlarda yaqqol yondosh kasalliklari, asosiy kasalliklari va infeksion asoratlar va gepatotoksik potensiali bo‘lgan preparatlar bilan yondosh davolashni o‘z ichiga oluvchi, boshqa yomonlashtiruvchi omillari bo‘lgan pasientlarda ta‘riflangan. Ayrim hollarda, asosan transplantasiyadan keyingi pasientlarda o‘lim qayd qilingan. Jigar faoliyatini muvofiq ko‘rsatgichlarini muntazam nazoratini o‘tkazish kerak. Norma qiymatlaridan og‘ishi dozani pasaytirish zaruratini ko‘rsatishi mumkin, bu ko‘rsatgichlarni normadan og‘ish hollarida dozani pasaytirish kerak.
Keksa yoshli pasientlarda qo‘llash
Keksa yoshli pasientlarda buyrak faoliyatining monitoringini alohida sinchkovlik bilan o‘tkazish kerak.
Transplantasiyadan pasientlarda siklosporinning darajasini monitoringi
Sandimmun Neoral® transplantasiyada pasientlarda ishlatilganida, qondagi siklosporinning darajasini monitoringi, xavfsizlikning muhim chorasi hisoblanadi.
Qondagi siklosporinning darajasini spesifik monoklonal antitelalarni (o‘zgarmagan preparatning miqdorini aniqlash) ishlatib aniqlash yaxshiroqdir; shuningdek yuqori samarali suyuqlik xromatogafiya (VEJX) usulini ham ishlatish mumkin. Plazma yoki zardobda miqdoriy aniqlashda ajratishni standart usulini (vaqt va harorat) qo‘llash kerak.
Jigar ko‘chirib o‘tkazilgan pasientlarni boshlang‘ich kuzatish uchun, davolashni boshida qondagi siklosporinning darajalarini nazoratini faqat spesifik monoklonal antitelalar yordamida yoki immunosupressiyaning muvofiq darajasini ta‘minlash uchun, spesifik va nospesifik monoklonal antitelalarni ishlatish bilan parallel aniqlashlar usuli bilan o‘tkazish kerak.
Qondagi, plazmadagi yoki zardobdani siklosporinning konsentrasiyasi, pasientning klinik holatiga ta‘sir qiluvchi ko‘p omillardan faqat biri ekanligini yodda saqlash kerak. Muvofiq, natijalarni faqat boshqa klinik va bioximik ko‘rsatgichlarni butun qatori doirasida ko‘rish kerak.
Gipertenziya
Sandimun Neoral® bilan davolash vaqtida arterial bosimni muntazam monitoring qilish kerak; agar gipertenziya rivojlansa, muvofiq antigipertenziv davolashni boshlash kerak. Siklosporinning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydigan antigipertenziv vositalarga, masalan, isradipinga afzallik berish kerak.
Qondagi lipidlar darajasini oshishi
Sandimmun Neoral® preparati bilan davolash bilan bog‘liq qaytuvchan xarakterga ega bo‘lgan qondagi lipidlarni biroz oshishi haqida alohida xabarlar bo‘lgan. Lipidlar darajasini davolashni boshlashdan oldin va keyin bir oy o‘tgach o‘lchash kerak. Lipidlar darajasini oshishi aniqlanganida, rasiondagi yog‘lar ulushini kamaytirish, va zarurati bo‘lgan holda, dozaning kattaligini qayta ko‘rib chiqish kerak.
Giperkaliemiya
Siklosporin, ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda giperkaliemiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Shuningdek siklosporinni kaliy tejovchi preparatlar (masalan, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzinga-aylantiruvchi ferment ingibitorlari [1], angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari) va kaliy saqlovchi preparatlar bilan birga qo‘llashda, shuningdek kaliy miqdoriga boy parxezda bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik talab qilinadi. Bunday hollarda kaliyning darajasini nazorat qilish kerak.
Gipomagniemiya
Siklosporinni qabul qilish magniyning chiqarilishini oshiradi, bu avvalambor peritransplantasion davrda simptomatik gipomagniemiyaga olib kelishi mumkin. Peritransplantasion davr davomida, avvalambor agar nevrologik simptomlar kuzatilsa, qon zardobida magniyning darajasini nazorat qilish kerak.
Agar bu zarur deb topilsa, qo‘shimcha magniy preparatlarini buyurish kerak.
Giperurikemiya
Giperurikemiyasi bo‘lgan pasientlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Kuchsizlantirilgan tirik vaksinalar
Siklosporin bilan davolash vaqtida vaksinasiya samarasizroq bo‘lishi mumkin, kuchsizantirilgan tirik vaksinalarni ishlatishdan saqlanish kerak.
Boshqa dori vositalarini yondosh qo‘llashdagi o‘zaro ta‘sir
Siklosporin birga qo‘llanganida ko‘p preparatli efflyuksli olib o‘tuvchi R-glikoprotein (P-gp) yoki aliskiren, dabigatran yoki bosentan kabi organik anion-tashuvchi oqsillar (OATO) uchun substrat bo‘lgan preparatlarning konsentrasiyasini oshirishi mumkin.
Siklosporinni aliksiren bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Siklosporinni dabigatran yoki bosentan bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Ushbu tavsiyalar eslatilgan o‘zaro ta‘sirlarni potensial klinik ta‘sirlariga asoslangan.
Alohida yordamchi moddalar: etanol
Homiladorlik yoki emizish davrida, jigar kasalliklari yoki tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarga, alkogolizmi bo‘lgan bemorlarga yoki bolalarga Sandimmun Neoral® preparatini buyurishda etanolning miqdorini hisobga olish kerak.
Transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalarda qo‘shimcha ehtiyotkorlik choralari
Buyrak faoliyatini buzilishlari (buyrak yetishmovchiligini yo‘l qo‘yilgan darajasi bo‘lgan nefrotik sindromdan tashqari), nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziyasi, nazorat qilinmaydigan infeksiyasi yoki har qanday xavfli o‘smasi bo‘lgan pasientlarda siklosporinni qo‘llash mumkin emas.
Endogen uveitlardagi qo‘shimcha ehtiyotkorlik choralari
Sandimmun Neoral® buyrak faoliyatini buzishi mumkinligi tufayli, buyrak faoliyatini muvofiq ko‘rsatgichlarini muntazam nazoratini o‘tkazish kerak va agar bir martadan ko‘proq o‘lchashlarda asos darajasi bilan solishtirganda zardob kreatininining darajasi 30% dan ko‘proqqa oshgan bo‘lsa, Sandimmun Neoral® preparatining dozasini 25% dan 50% gacha pasaytirish kerak. Agar darajani oshishi dastlabki bilan solishtirganda 50% dan ko‘proq bo‘lsa, dozani yanada kamaytirishni ko‘rib chiqish kerak.
Bu tavsiyalar, xatto agar pasientning ko‘rsatgichlari ilgarigidek laborator norma chegaralarida bo‘lsa ham qo‘llaniladi.
Sandimmun Neoral®ni nevrologik Bexchet sindromi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Nevrologik Bexchet sindromi bo‘lgan pasientni nevrologik statusini sinchiklab tekshirish kerak.
Endogen uveiti bo‘lgan bolalarda Sandimmun Neoral® preparatini qo‘llash yetarlicha tekshirilmagan.
Nefrotik sindromidagi qo‘shimcha ehtiyotkorlik choralari
Sandimmun Neoral® buyrak faoliyatini buzishi mumkinligi tufayli, buyrak faoliyatini muvofiq ko‘rsatgichlarini muntazam nazoratini o‘tkazish kerak; buyrak faoliyatini baholash, va agar bir martadan ko‘proq o‘lchashlarda asos darajasi bilan solishtirganda zardob kreatininining darajasi 30% dan ko‘proqqa oshgan bo‘lsa, Sandimmun Neoral® preparatining dozasini 25% dan 50% gacha pasaytirish kerak. Agar darajani oshishi dastlabki bilan solishtirganda 50% dan ko‘proq bo‘lsa, dozani yanada kamaytirishni ko‘rish kerak. Buyrak faoliyatini dastlabki o‘zgarishlari bo‘lgan pasientlarga dastlab preparatni sutkada 2,5 mg/kg dozada buyurish kerak, va ular sinchkov kuzatuvga muhtojdirlar.
Ayrim pasientlarda Sandimmun Neoral® preparati qo‘zg‘atgan buyrak disfunksiyasini aniqlash qiyinlashishi mumkin, bu nefrotik sindromning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan buyrak faoliyatini o‘zgarishlari mavjudligi bilan bog‘liq, Bu Sandimmun Neoral® bilan assosiasiyalangan o‘zgarishlarni, qon zardobida kreatinin darajasini oshishisiz buyraklarni struktur o‘zgarishlarning aniqlanishini kam hollarini tushuntiradi. Shunday qilib, Sandimmun Neoral®bilan davolash bir yildan ko‘proq davom etganida minimal steroidga bog‘liq o‘zgarishlari bo‘lgan neyropatiyali pasientlarda buyrak biopsiyasini qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Immunodepressantlar (shu jumladan siklosporin bilan) davolangan nefrotik sindromi bo‘lgan pasientlarda, alohida hollarda xavfli o‘smalar, shu jumladan Xodjkin limfomasi, paydo bo‘lgan.
Revmatoid artritdagi qo‘shimcha ehtiyotkorlik choralari
Sandimmun Neoral® buyrak faoliyatini buzishi mumkinligi tufayli, davolash boshlangunigacha zardobdagi kreatininning dastlabki darajasi, xhch bo‘lmasa ikki marta o‘lchashlar orqali ishonchli aniqlangan bo‘lishi kerak, shundan keyin zardobdagi kreatinin darajasi davolashni birinchi 3 oyi davomida 2 haftalik intervallar bilan, so‘ngra esa oyida bir marta aniqlanishi kerak. 6 oy davolashdan keyin zardobdagi kreatininni, kasallikning barqarorligi, yondosh davolash va yondosh kasalliklarga qarab, har 4-8 oyda o‘lchash kerak. Sandimmun Neoral®ning dozasi oshirilganda yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan yondosh davolash buyurilganida yoki ularning dozasi oshirilgan holda, tez-tezroq nazorat kerak.
Agar zardob kreatininining darajasi o‘lchashlarning bittadan ko‘prog‘idagi asos daraja bilan solishtirganda 30% dan ko‘proqqa oshganicha qolsa, Sandimmum Neoral® preparatining dozasini kamaytirish kerak. Agar zardob kreatininining darajasini oshishi 50% dan ko‘proqni tashkil qilsa, preparatning dozasi kamida 50% ga kamaytirilishi kerak. Xatto agar pasientning ko‘rsatgichlari ilgarigidek laboratoriya normalari chegaralarida bo‘lsa ham, bu tavsiyalar qo‘llanadi. Agar dozani pasaytirish bir oy davomida darajani pasayishiga olib kelmasa, Sandimmun Neoral® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Agar Sandimmun Neoral® preparati bilan davolash vaqtida paydo bo‘lgan gipertenziya muvofiq antigipertenziv davolash yordamida nazoratga erishilmasa ham, preparatni bekor qilish zarur bo‘lib qolishi mumkin.
Uzoq muddatli immunosupressiv davolashning (shu jumladan siklosporin) boshqa turlaridagi kabi, limfoproliferativ kasalliklarning xavfini oshishini yodda tutish kerak. Agar Sandimmun Neoral® metotreksat bilan majmuada ishlatilsa, alohida ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Psoriazdagi qo‘shimcha ehtiyotkorlik choralari
Sandimmun Neoral® buyrak faoliyatini buzilishi mumkinligi tufayli, davolash boshlangunigacha zardobdagi kreatininning dastlabki darajasi, xech bo‘lmasa ikki o‘lchashlar orqali ishonchli aniqlangan bo‘lishi kerak, shundan keyin zardobdagi kreatinin darajasi davolashni birinchi 3 oyi davomida 2 haftalik intervallar bilan aniqlanishi kerak. So‘ngra, agar kreatininning darajasi turg‘un tursa, o‘lchashni bir oyda bir marta o‘tkazish kerak. Agar o‘lchashlarning bittadan ko‘prog‘idagi asos daraja bilan solishtirganda zardob kreatininining darajasi 30% dan ko‘proqqa oshganligicha qolsa, Sandimmun Neoral®preparatining dozasini 25-50% ga kamaytirish kerak. Agar zardob kreatininining darajasini oshishi 50% dan ko‘proqni tashkil qilsa, Sandimmun Neoral® preparatining dozasi kamida 50% ga kamaytirilishi kerak. Bu tavsiyalar hatto agarda pasientning ko‘rsatgichlari ilgarigidek laboratoriya normalari chegaralarida bo‘lsa ham qo‘llanadi. Agar dozani pasaytirish bir oy davomida darajani pasayishiga olib kelmasa, Sandimmun Neoral® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Agar Sandimmun Neoral® preparati bilan davolash vaqtida paydo bo‘lgan gipertenziya muvofiq antigipertenziv davolash yordamida nazoratga erishilmasa ham, preparatni bekor qilish zarur bo‘lib qolishi mumkin.
Keksa yoshli pasientlarga nisbatan davolashni faqat nogironlikka olib keluvchi psoriaz holida o‘tkazish kerak, buyrak faoliyatining monitoringini esa, alohida ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak.
Psoriazi bo‘lgan bolalarda Sandimmun Neoral®ni ishlatish yetarlicha tekshirilmagan.
Psoriazi bo‘lgan bemorlarda Sandimmun Neoral® bilan davolash vaqtida, an‘anaviy davolash holidagi kabi, xavfli o‘smalarning (xususan, terining) paydo bo‘lish hollari aniqlangan. Terida psoriaz uchun notipik bo‘lgan morfologik elementlar paydo bo‘lganida, ular ko‘proq rak yoki rakoldi bo‘lishi mumkin, Sandimmun Neoral® bilan davolashni boshlashdan oldin biopsiyani o‘tkazish kerak.
Xavfli yoki rakoldi morfologik elementlari bo‘lgan pasientlar, Sandimmun Neoral®ni faqat bunday elementlar muvofiq davolangandan keyin va faqat, agar muvaffaqiyatli davolash uchun hech qanday boshqa muqobil mavjud bo‘lmagan holda qabul qilishlari kerak.
Ayrim xollarda psoriazi bo‘lgan Sandimmun Neoral® bilan davolangan pasientlarda, preparatni qabul qilishni darxol bekor qilishga reaksiya qiluvchi limfoproliferativ kasalliklar paydo bo‘lgan.
Sandimmun Neoral® qabul qilayotgan pasientlarda, bir vaqtda V spektrli ultrabinafsha nurlar va PUFA fotoximioterapiyani qo‘llash mumkin emas.
Mavzuga aloqador
Alhadaya Omega 3 – tabiiy baliq moyi haqida ma’lumot. Tarkibi, foydasi va zararlari, qo’llanilishi. Qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar. Narxi qancha ?
Lamifaren ( ламифарен organic life ) – Laminaria Agustata haqida to’liq ma’lumot. Foydasi va zararlari, qo’llanilishi. Qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar. Rostdan foydasi bormi ?
Laminalife ( laminalayf, ламиналайф, laminariya ) haqida to’liq ma’lumot. Foydasi va zararlari, qo’llanilishi. Qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar. Mahsulot rostdan foydalimi ?