18.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Sariq kasalligi – sariqlik haqida ma’lumot

Sariq kasalligi – jigarda hosil boʻladigan bilirubin — oʻt pigmentining (qarang Oʻt) toʻqimalarda toʻplanishi tufayli teri, koʻz oqi va shilliq pardalarining sariq tusga kirishi. Sariq kasalligi qonda bilirubin miqdorining oshib ketishi natijasida paydo boʻladi. Kelib chiqish sabablari va hosil boʻlish mexanizmiga koʻra, Sariq kasalligi jigarda paydo boʻluvchi, mexanik va gemolitik xillarga boʻlinadi. Jigar (parenximaga oid) Sariq kasalligi jigar hujayralarining infeksion yoki toksik zaharlanishi natijasida paydo boʻlib, jigarda turli xil oʻzgarishlar keltirib chiqaradi, bilirubinni ichakka oʻtkazadi: axlat rangi oqarib, siydik toʻqlashadi. Jigar Sariq kasalligi aksariyat oʻtkir gepatit kasalligi (qarang Virusli gepatit) tufayli, shuningdek, jigar hujayralarining alkogol taʼsirida zaharlanishi oqibatida kelib chiqadi. Mexanik Sariq kasalligi oʻt (safro)ning oʻt yoʻllaridan oʻta olmasligi, mas, oʻt pufagida toshlar paydo boʻlishi natijasida oʻtning ichakka oʻta olmasligi va shu tufayli oʻt yoʻllarida toʻxtalib qolgan safrodagi bilirubin toʻgʻridantoʻgʻri qonga oʻtib ketishi sababli kelib chiqadi.

Sariq kasalligi
Jaundice eye.jpg
Gepatit A keltirib chiqargan teri va koʻz oqsilini sariq ranglanishi.
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Gastroenterologiya
KXK-10 R17
KXK-9 782.4
DiseasesDB 7038
MedlinePlus 003243
Patient UK Sariq kasalligi
MeSH D007565

Odatda, avval koʻz oqi, keyin yumshoq tanglayning shilliq pardasi, til osti, teri sargʻayadi. Sariklikning kuchlikuchsizligi qondagi bilirubin miqdorining koʻpozligiga bogʻliq. Sariq kasalligida koʻpincha teri kichishadi, chunki oʻt kislota teridagi periferik nerv oxirlarini qoʻzgʻatadi.

Sariq kasalligi paydo boʻlganida darhol vrachga murojaat qilish lozim.

2—3 kunlik chaqaloqlarda koʻpincha jigar funksiyasidagi vaqtinchalik yetishmovchilik natijasida badan sargʻayishi — fiziologik sariqlik kuzatiladi. Bu holat maxsus davoni talab qilmaydi va 1—2 haftada oʻtib ketadi. Baʼzan ona bilan bolaning qoni birbiriga mos kelmasa, yaʼni ona qoni rezusmanfiy boʻlib, homilaniki esa rezusmusbat boʻlsa, u holda ona bilan homila oʻrtasida «rezusraqobat» yuzaga kelishi natijasida Sariq kasalligi chaqaloklardagi gemolitik kasalliklar bilan birga davom etadi. Sariq kasalligi gohida homiladorlik istisqosida ham yuz beradi.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

38150cookie-checkSariq kasalligi – sariqlik haqida ma’lumot