06.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Shapko’rlik – qorong’uda ko’rish qobiliyati pasayishi

Shabkoʻrlik (fors— tun, kecha) — qorongʻida koʻrish qobiliyatining buzilishi. Sh. koʻpincha tugʻma boʻlib, bolalik va oʻsmirlik davrida asosan oʻgʻil bolalarda kuzatiladi, aksariyat oilaviy-irsiy xususiyatga ega boʻladi. Simptomatik Sh. koʻzning turli organik kasalliklari (glaukoma, koʻruv nervi atrofiyasi, xorioretinit va h.k.)da kasallikning bir belgisi sifatida uchraydi. Funksional Sh. koʻproq ovqat tarkibida A vitamini yetishmasligi yoki boʻlmasligi natijasida paydo boʻladi. shahrida bemor nim qorongʻi yoki tuzuk yoritylmagan xonalarda, kunning gʻirashira paytlarida va tunda, yorugʻdan qorongʻiga oʻtganda koʻra olmay qoladi (ayni vaqtda yorugʻlikda yaxshi koʻradi). Keyinroq rang ajrata olmaslik alomatlari namoyon boʻladi, asosan, koʻrish maydoni torayib, koʻrish oʻtkirligi ham pasayadi. Sh.ka koʻz toʻr pardasi tayoqcha qujayralari (qarang Koʻz) strukturasining organik oʻzgarishlari yoki shu hujayra tarkibiga kiruvchi koʻz purpuri (rodopsin)ning funksional yetishmovchiligi sabab boʻladi. Koʻz purpuri oqsilning A vitamini bilan hosil qilgan kompleksi boʻlib, koʻzning qorongʻilikka moslashuvida muhim ahamiyatga ega. U yorugʻlik taʼsirida (retinin va spetsifik oqsilga) parchalanadi, qorongʻida esa (bevosita A vitamini ishtirokida) tiklanadi va shu bilan tayoqchahujayralar funksional qobiliyatini tiklaydi. SH.ka xos alomatlar sezilsa darhol mutaxassis vrachga koʻrinish lozim.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

33660cookie-checkShapko’rlik – qorong’uda ko’rish qobiliyati pasayishi