03.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Trimol forte

QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA

TRIMOL FORTЕ 

TRIMOL FORTE

Preparatning savdo nomi: Trimol Forte

Taʼsir etuvchi moddalar (XNP): paratsetamol, propifenazon, kofein.

Dori shakli: tabletka

Tarkibi

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:  Paratsetamol – 500 mg; propifenazon – 150 mg; suvsiz kofein – 30 mg.

Yordamchi moddalar: jelatinlangan kraxmal, metilgidroksibenzoat,

propilgidroksibenzoat, gidroksipropilsellyuloza, kolloid kremniy dioksidi,  magniy stearati.

Taʼrifi

Oq yoki hira oq rangli, kapsulasimon bir tomonida boʻlish chiziqli va xuddi shu tomonida “Trimol Forte” yozuvi boʻlgan qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar. Ikkinchi tomoni tekis qoladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Analgetik-antipiretiklar

ATX kodi: N02BE71

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat. Preparatning taʼsiri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarining farmakologik xususiyatlari bilan bogʻliq.

Paratsetamol isitmani tushiruvchi va ogʻriqni qoldiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Propifenazon – pirazolin hosilasi, ogʻriqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi.

Kofein markaziy nerv tizimiga, asosan bosh miya qobigʻiga, nafas va qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarga ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi, uykuchanlikni va toliqish hissini kamaytiradi, yurak – qon tomir tizimiga taʼsir koʻrsatadi: yurak qisqarishini tez-tezligini oshiradi, gipotoniyada arterial qon bosimini oshiradi. Kofein shuningdek mustaqil ogʻriqni qoldiruvchi samaraga ham ega.

 

Farmakokinetikasi

Paratsetamol meʼda-ichak yoʻllaridan tez va deyarli toʻliq soʻriladi. Plazmadagi choʻqqi konsentratsiyasiga 30-60 minutda erishadi va plazmadan yarim chiqarilish davri terapevtik dozadan keyin 1-4 soatni tashkil qiladi. Paratsetamol aʼzolar va suyuqliklarida nisbatan teng taqsimlanadi. Dori vositaning plazma proteinlari bilan bogʻlanishi oʻzgaruvchan: oʻtkir intoksikatsiya vaqtida uchraydigan konsentratsiyalarda 20-50% bogʻlanishi mumkin. Terapevtik dozaga qarab 90-100% dori vosita birinchi kun davomida siydik bilan chiqarilishi mumkin. Shunga qaramasdan paratsetamol deyarli oʻzgarmasdan chiqarilmaydi, asosiy qismi jigardagi konʼyugatsiyasidan keyin chiqariladi.

Kofein tez va deyarli toʻliq soʻriladi; u koʻp darajada metabolizmga uchraydi. Metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 3-5 soat, proteinlar bilan bogʻlanish – 35% ni tashkil qiladi.

 

Qoʻllanilishi

Trimol Forte turli genezli kuchsiz va oʻrtacha jadallikdagi ogʻriq sindromi (bosh ogʻrigʻi , migren, tish ogʻrigʻi, nevralgiya, mialgiya, artralgiya, dismenoreya va boshqalar), isitma sindromida (OʻRK, gripp) va boshqa infeksion-yalligʻlanish kasalliklarida yuqori tana haroratini pasaytirish uchun qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga (ovqatlanish vaqtida yoki ovqat qabul qilgandan keyin).

Kattalarga: sutkada 1 yoki 2 tabletkadan buyuriladi.

Oʻsmirlarga (12-16 yosh): sutkada 1 tabletkadan. Preparatni ogʻriqsizlantiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq va isitma tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Boshqa dozalari va qoʻllash sxemalari shifokor tomonidan belgilanadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Gastralgiya, koʻngil aynishi, qusish, gepatotoksiklik, nefrotoksiklik, meʼda – ichak yoʻllarini eroziv-yaralari shikastlanishi, allergik reaksiyalar (teri toshmasi va eshakemi).

Boshqa nojoʻya samaralar: qichishish, eritema, angionevrotik shish, astma, anafilaktik shok va hansirash.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

Meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yara kasalligi, meʼda – ichakdan qon ketish, jigar yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi.

Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza genetik yoʻqligi.

Glaukoma, bronxial astma.

Homiladorlik va emizish davri va 12 yoshdan kichik bolalar.

Yaqqol arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi ogʻir kechishi, yuqori qoʻzgʻatuvchanlik, uyquni buzilishida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Geparin, peroral antikoagulyantlar, rezerpin, steroid gormonlar va diabetga qarshi vositalarni taʼsirini kuchaytiradi. Boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar, metotreksat bilan bir vaqtda qoʻllanganda nojoʻya samaralarni rivojlanish havfini oshiradi. siydik kislotasini chiqarilishiga yordam beradigan spironolakton, furosemid, gipotenziv vositalar podagraga qarshi vositalarni samarasini kamaytiradi. Preparatlar (barbituratlar, rifampitsin, salitsiamid, tirishishga qarshi preparatlar va jigarning mikrosomal fermentlarini ragʻbatlantiruvchi boshqa preparatlar) jigar faoliyatiga taʼsir qiladigan paratsetamolni toksik metabolitlar xosil boʻlishiga olib keladi. Metoklapramid paratsetamolni soʻrilishini tezlashtiradi. Paratsetamol taʼsirida xloramfenikol chiqarilish vaqti 5 martaga koʻpayadi. Paratsetamol qayta qabul qilinganda antikokoagulyantlarni (dikumarin hosilasi) taʼsirini kuchaytiradi. Paratsetamol va etanol bir vaqtda qabul qilinganda jigarning shikastlanishi xavfini oshirishi mumkin. Kofein ergotaminni soʻralishini tezlashtiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Trimol Forteni ogʻir darajali jigar va buyrak yetishmovchiligi, qon ketishiga, alkogolni suiisteʼmol qilishda va glyukozo-6-fosfat degidrogenaza tanqisligi boʻlgan bemorlarda buyurish mumkin emas. Propifenazon porfiriyaning oʻtkir xurujlarni chiqarishi mumkin va shu tufayli bunday patsiyentlar uchun xavfsiz hisoblanmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davri.

Asoslangan maʼlumotlar yoʻq. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Qoʻllash yoʻriqnomasi bilan birga 10 tabletkadan 10 blisterlarda saqlovchi karton quti.

Qoʻllash yoʻriqnomasi bilan birga 10 tabletkadan 2 blisterlarda karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 30˚S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati:

48 oy.

 

Dorixonalardan berish tartibi:

Retseptsiz.

Манба: tibbiyot.info

3050cookie-checkTrimol forte