15.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

UROSTIM tabletkalari 50mg N10

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Preparatning bir tabletkasi quyidagi mikrob turlarini:

Eshcerichia coli 29 (3x109bakterial hujayralari),

Eshcerichia coli J5 (3x109bakterial hujayralari),

Proteus mirabilis, Klebsiella pneumonia, Enterococcus faecalis har bir mikroorganizmlarini hujayralarini – 0,4×109 miqdoridagi 50 mg liofilizirlangan oʻlik bakterial hujayralarini va stabilizator koʻrinishida dekstran 40 ni saqlaydi.

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza (101 turi), bugʻdoy kraxmali, kremniy dioksidi, povidon K25, magniy stearati.

Farmakologik ta’sir

Immunitetni ragʻbatlantiruvchi preparat.

Urostim polibakterial immunitetni ragʻbatlantiruvchi vosita boʻlib, u organizmning tabiiy rezistentligini va urogenital yoʻllarining turli infeksiyalariga nisbatan spetsifik immunitetini oshiradi. Urostim hujayra va gumoral darajalarda taʼsir koʻrsatib, immun tizimini ragʻbatlantiradi, tizimli va lokal immunitetni faollashuviga yordam beradi, immunitetni ragʻbatlantiradi.

Nojo’ya samaralari

Klinik tadqiqotlarda Urostimning nojoʻya samaralari aniqlanmagan

Maxsus shartlar

Urostim yordamchi modda sifatida bugʻdoy kraxmalini saqlaydi, buni seliakiya bilan xastalangan patsiyentlar albatta hisobga olishlari kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Preparatni qoʻllash avtotransportni yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Qo’llanilishi

Urostim peroral qoʻllash uchun moʻljallangan.

Kattalarda urogenital yoʻllarining oʻtkir, qaytalanuvchi va surunkali nospetsifik infeksiyalarini, ularni chaqiruvchi mikroorganizmlarning turlaridan qatʼiy nazar qaramay immunterapiya va profilaktikasi uchun qoʻllanadi.

Preparatni ayniqsa sistitlarda, piyelonefritlarda, prostatitlarda, simptomsiz bakteriuriyalarda va boshqalarda qoʻllash tavsiya qilinadi.

Zarurat boʻlganida Urostimni antibiotiklar bilan majmuada buyuriladi. Urostimni uzoq muddatli antibiotikoterapiya fonida immun faolligi pasaygan patsiyentlarga buyurish ayniqsa muhim va foydalidir.

Qo’llanilishi mumkin bo’lmagan holatlar

-antitelolar sintezini oshishi bilan kechuvchi autoimmun buzilishlar,

-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o’zaro ta’siri

Urostimni boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsirlari aniqlanmagan.

Uni boshqa dori vositalari bilan, shu jumladan antibiotiklar bilan majmuada buyurish mumkin.

Dozirovkasi

Odatda preparat 1 tabletkadan sutkada 1-marta, ertalab och qoringa buyuriladi.

Kattalarga oʻtkir urogenital infeksiyalarda Urostimning 1 tabletkasini, antibiotiklar bilan birga ertalab, och qoringa buyuriladi. Davolash simptomlar yoʻqolgunicha, ammo kamida 10 kun davomida davom ettiriladi.

Surunkali va qaytalanuvchi urogenital infeksiyalarda – 1 tabletkani ertalab, och qoringa 2-3 oy davomida buyuriladi. Zarurati boʻlganida Urostim bilan davolashni 3 oydan keyin qayta boshlash mumkin.

Urostimni operatsiyadan keyingi asoratlarini oldini olish uchun qoʻllash mumkin. Bunday holatlarda preparatni qabul qilish operatsiyadan bir oy oldin boshlanadi va operatsiyadan keyin yana bir oy davomida davom ettiriladi – 1 tabletkani sutkada 1-marta buyuriladi. Oʻtkazib yuborilgan dozalarni toʻldirish uchun preparatni ikki barobar dozalarini qabul qilishga hojat yoʻq. Bunday holatlarda oʻtkazib yuborilgan dozalarga eʼtibor qilmaslik va davolashni odatdagi tartibda davom ettirish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan.
13950cookie-checkUROSTIM tabletkalari 50mg N10