03.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Xolangit ( Angioxolit, o’t chiqarish yo’llari yallig’lanishi ) haqida ma’lumot

Xolangit (yun. chole — oʻt va anderon — tomir), angioxolit — oʻt yoʻllarining yalligʻlanishi. X.ni, odatda, ichak tayoqchasi va boshqa mikroblar qoʻzgʻatadi. Koʻpincha xoletsistit, oʻttosh kasalligi bilan birga kechadi. Infeksiya oʻt yoʻllariga oʻt pufagi, meʼdaichak yoʻli, meʼda osti bezidan va limfa, qon orqali tushishi mumkin. Shuningdek, oʻt yoʻli motor funksiyasining buzilishi yoki tosh paydo boʻlib, oʻt toʻxtab qolishi ham X.ga sabab boʻladi. X. kataral, yiringli va nekrotik boʻlishi mumkin. Kechishiga koʻra, oʻtkir va surunkali X. farqlanadi.

Oʻtkir X.da bemorning eti uvishib vaqtvaqti bilan isitmalaydi, koʻp terlaydi, ogʻzi taxirlashib, qusadi, oʻng qovurgʻa osti ogʻriydi. Jigari shishib, terisi sargʻayadi, kichishadi. Surunkali X. koʻpincha oʻtkir X.dan soʻng vujudga kelib, belgilari xoletsistitga oʻxshaydi. Bunda koʻz oqlari sargʻayib, oʻng qovurgʻa osti doim ogʻrib turadi, bemorni darmoni qurib vaqtvakti bilan eti uvishadi, tez charchaydi. Koʻpincha jigar va taloq shishadi. Baʼzan X. oqibatida peritonit, jigar sirrozi, pankreatit va boshqa kelib chikishi mumkin.

Davo bemorning umumiy ahvoli va kasallik belgilariga qarab olib boriladi, parhez buyuriladi.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

38230cookie-checkXolangit ( Angioxolit, o’t chiqarish yo’llari yallig’lanishi ) haqida ma’lumot