04.05.2024

Tibbiyot24.uz

Tibbiyot Sayti

Yiring – yallig’langan joyda to’planadigan suyuqlik

Yiring (madda, fasod, patos) — yalligʻlangan joyda toʻplanadigan suyuqlik (ekssudat); leykotsitlar (oq qon tanachalari), monotsitlar, neytrofillar, oqsillar, shuningdek, toʻqimalarning parchalanish mahsulotlaridan iborat. Y. yiringlatuvchi mikroblar (stafilokokklar, streptokokklar, gonokokklar va b.), shuningdek, baʼzi kimyoviy moddalar (skipidar va b.) yalligʻlantirgan toʻqimalarda hosil boʻladi. Y. ning rangi uni hosil qilgan mikrob turiga bogʻliq; sariq Y. — stafilokokk, yashil Y. koʻplab parchalangan leykotsitlar, iflos qoʻngʻir Y. — chirituvchi mikroblar, badboʻy Y. — chirituvchi mikroflora va parchalangan toʻqimalar borligini bildiradi. Y. ning quyuq-suyuqligi (konsistensiyasi) uning paydo boʻlish muddatiga ham bogʻliq, Mas, yangi hosil boʻlgan Y. suyuq, vaqti ancha oʻtgani quyuq boʻladi. Y. boylagan joy tevarak-atrofidagi toʻqima va aʼzolardan parda bilan ajralgan boʻlsa, abssess deb ataladi. Y. dan qonga zaharli moddalar oʻtadi, shuning uchun biror joyda Y. paydo boʻlsa, darhol uni yoʻqotish chorasini koʻrish lozim.

       

13.12.2021

Tibbiyot.info

Tibbiyot Sayti

ALHADAYA – QORA SEDANA YOG’I KAPSULADA

ALHADAYA – FOYDALI XUSUSIYATLARI

Reklamangizni joylashtiring !

Kolloid eritmalar va turlari haqida

Kolloid eritmalar, z o l l a r -zarrachalarining oʻlchami 1 nm dan 100 nm gacha boʻlgan yuqori dispers sistemalar. Kolloid eritmalar gazsimon (tutun, bulut, tuman), suyuq (emulsiyalar) va qattiq (aralashmalar, qattiq kolloid eritmalar, rangli shishalar) holatda boʻladi. Kolloid eritmalar mono- va polidispers holatlarda boʻladi. Monodispers holatdagi Kolloid eritmalar faqat sintetik yoʻl bilan olinishi mumkin. Polidispers Kolloid eritmalar 2 usulda olinadi: yirikroq zarrachalarni maydalash (dispergatsiya usuli) va molekula yoki ionlardan yirikroq zarrachalar hosil qilish, yaʼni agregatlash (kondensatsiya usuli).

Dispergatsiya usulida Kolloid eritmalar hosil qilish uchun qattiq jism stabilizator bilan birga kukun qilib maydalanadi yoki elektr yohud ultratovush yordamida suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi. Kolloid eritmalarni kislota, asos va toʻzlardan tozalashda dializ, ultrafiltrlash, elektrodializ, ultratsentrifugalash usullaridan foydalaniladi.

Kolloid eritmalar juda kichik osmotik bosim, suyet diffuziya va Broun harakatiga ega. Zarrachalar zaryadli boʻlganligi tufayli, ular elektroforez jarayonida elektrod tomon harakat qiladi.

Oʻta yuqori disperslikka ega boʻlgan Kolloid eritmalar zol deb ataladi. Zollarni nomlashda dispersion muhitni hosil qiluvchi modda asos qilib olinadi: dispersion muhit suv boʻlsa, gidrozol, organik modda boʻlsa, organzol, keyingilari kimyoviy tarkibiga koʻra benzozol, alkozol va boshqa deyiladi. Agar dispersion muhit gaz boʻlsa, bunday zol aerozol, suyuq dispersion muhitga ega boʻlgan zollar esa liozollar (yun. lios — suyuqlik) deb ataladi. Dispers faza zarrachalari bilan dispersion muhit zarrachalari orasidagi bogʻlanishga qarab, Kolloid eritmalar liofob va liofil zollarga boʻlinadi. Liofob zollarga dispers platina, kumush, oltingugurt zollari misol boʻla oladi. Liofil zollarda esa bu bogʻlanish kuchli boʻladi, ularga oqsil, jelatina, pepsin va yuqori molekulyar moddalarning eritmalari kiradi.

Kolloid eritmalar sanoat, qishloq xoʻjaligi va tibbiyotda muhim rol oʻynaydi. Barcha tirik organizmlar toʻqimalari va hujayralarining asosini tashkil etuvchi oqsil, nuklein kislotalar, kraxmal, glikogen kabi moddalar Kolloid eritmalar holida uchraydi. Tuproqning unumdorligi uning Kolloid eritmalar xrlidagi qismining fizik-kimyoviy xossalariga, sement, chinni, keramika, sir va boʻyoqlar sifati ularning disperelik darajasi hamda Kolloid eritmalarning xossalariga bogʻliq. Kolloid eritmalar charm, qogʻoz, gazlama, sunʼiy ipak, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida ham keng qoʻllaniladi.

Энг сифатли қора седана ёғи капсуласи

🔹Кўпчиликнинг қийнайдиган гипертонияни олдини олишда;

🔹Қандли диабетга қарши курашишда;

🔹Ревматизм ва бўғим касалликларининг олдини олишда;

🔹Жигар ва буйрак муаммолардан халос этишда;

🔹Турли бактерия, вирус, шамоллаш ва гриппнинг олдини олишда;

🔹 Aллергия, инсон организмида яшаб, соғлом ривожланишга йўл қўймайдиган паразитлардан халос бўлишда;

🔹Иммунитетингизни бақувват қилиб, чарчоқ, ҳолсизлик, уйқусизлик ва ҳазим қилиш тизимини яхшилашда яқиндан кўмаклашади.

Боғланиш ва тўлиқ маълумот

Тел : +998 99 842 88 86

Телеграм : @al_hadaya_2

Расмий саҳифа : www.alhadaya.uz

32540cookie-checkYiring – yallig’langan joyda to’planadigan suyuqlik